fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید 👈

Тиббиёт ходимларининг касбий малакасини ривожлантириш маркази Матбуот хизмати

Тиббиёт ходимларининг касбий малакасини ривожлантириш маркази Матбуот хизмати

رفتن به کانال در Telegram

ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

نمایش بیشتر
1 922
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
O‘ZBEK TILI — QALBIMIZ KO‘ZGUSI, MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MUSTAQILLIGIMIZNING ENG OLIY RAMZIDIR! Ona tilimizning betakror jozibasi, boyligi va go‘zalligini biz har kuni o‘zaro muloqotimizda, shirin suhbatlarimizda chin dildan his etamiz. Ayniqsa, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy kun yaqinlashgan sayin qalblarimizda ona tilimizga bo‘lgan cheksiz ehtirom va milliy g‘urur tuyg‘usi yanada jo‘sh uradi. Ushbu qutlug‘ ayyom arafasida Uzluksiz tibbiy ta’lim milliy institutida “Umummilliy diktant” loyihasi yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Loyihada Uzluksiz tibbiy ta’lim milliy instituti rahbari, professor Habibulla Ataullayevich Akilov boshchiligida tajribali shifokor-olimlar, professorlar va fakultetlarning kafedra mudirlari «bir yoqadan bosh chiqarib», yuksak faollik ko‘rsatmoqdalar. Ayni paytda ushbu xayrli va ma’rifiy tashabbus muassasaning barcha fakultet va kafedralari tizimida qizg‘in va tizimli ravishda davom etmoqda. Ona tili — millatning ruhi, uning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi muqaddas rishtadir. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek: "Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur". Shifokorlikdek sharafli kasb egalarining ona tilimiz sofligi va ulug‘vorligini ta’minlashga, savodxonlik madaniyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan bugungi hissasi tahsinga loyiqdir. Til yashasa — millat yashaydi, til yuksalsa — el yuksaladi. Milliy g‘ururimiz va davlat tilimiz doimo barhayot bo‘lsin! #UmummilliyDiktant #DavlatTili #UTTMI #OnaTilimMillatRuhi #TibbiyotOlimlari

В КАФЕДРЕ ДЕТСКИХ НЕРВНЫХ БОЛЕЗНЕЙ НАЦИОНАЛЬНОГО ИНСТИТУТА НЕПРЕРЫВНОГО МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ СОСТОЯЛСЯ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ИНТЕРАКТИВНЫЙ СЕМИНАР. 7 октября 2026 года Кафедрой детских нервных болезней НАЦИОНАЛЬНОГО ИНСТИТУТА НЕПРЕРЫВНОГО МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ в сотрудничестве с Корейским международным фондом здравоохранения (KOFIH) было проведено престижное международное мероприятие — «ИНТЕРАКТИВНЫЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ СЕМИНАР: МУЛЬТИДИСЦИПЛИНАРНОЕ ВЕДЕНИЕ ДЕТЕЙ С ЛЕКАРСТВЕННО-УСТОЙЧИВОЙ (РЕЗИСТЕНТНОЙ) ЭПИЛЕПСИЕЙ». В данной конференции активное участие приняли детские неврологи, эпилептологи, специалисты ЭЭГ, клинические диетологи, врачи профильных медицинских учреждений и клинические ординаторы. В рамках семинара подробно обсуждались такие актуальные вопросы, как диагностика фармакорезистентной эпилепсии у детей, роль современной генетической диагностики при эпилептических энцефалопатиях, а также внедрение в Узбекистане широко применяемой в мировой практике кетогенной диетотерапии и критерии правильного подбора пациентов. Это мероприятие, нацеленное на анализ реальных клинических случаев, стало важным шагом в повышении практической квалификации медицинских работников нашей страны и выводе системы оказания мультидисциплинарной помощи больным детям на новый уровень в соответствии с мировыми стандартами. ЧЕРЕЗ НЕПРЕРЫВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ — К ЗДОРОВЬЮ НАЦИИ! ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

Bugun, 2026-yil 8-oktabr kuni Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutining "Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya" kafedrasida xalqaro miqyosdagi muhim maʼruza boʻlib oʻtdi. Tadbirda Germaniyaning nufuzli DMG Dental-Material Gesellschaft mbH kompaniyasi Ilmiy kommunikatsiyalar boʻlimi rahbari (Head of Scientific Communication) Dr. Felix Wöhrle maʼruzachi sifatida ishtirok etdi. U uchrashuvda "Ortopedik stomatologiyada zamonaviy qolip olish xomashyolari" mavzusidagi maʼruzasini taqdim etdi. Ingliz tilida olib borilgan va oʻzbek tiliga sinxron tarzda tarjima qilingan ushbu chiqishda zamonaviy qolip olish xomashyolari asosida ishlab chiqilgan yangi material, uning anʼanaviy qolip olish materiallaridan afzalliklari va ustun jihatlari haqida mukammal maʼlumotlar berildi. Bunday ilmiy maʼruzalar diplomdan keyingi taʼlim va soha mutaxassislari uchun jahon stomatologiyasidagi eng soʻnggi yangiliklar, materiallar va innovatsion yondashuvlarni oʻrganish hamda tajriba almashishda bebaho platforma boʻlib xizmat qiladi. Tadbir yuqori saviyada oʻtdi va kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi. ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

MILLIY TIBBIY TA’LIM INSTITUTI BOLALAR ASAB KASALLIKLARI KAFEDRASIDA XALQARO INTERAKTIV SEMINAR BOʻLIB OʻTDI. 2026-yil 7-oktabr kuni MILLIY TIBBIY TA’LIM INSTITUTI BOLALAR ASAB KASALLIKLARI KAFEDRASI tomonidan Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) bilan hamkorlikda “INTERAKTIV TA’LIM SEMINARI: DORI-DARMONGA CHIDAMLI (REZISTENT) EPILEPSIYASI BO‘LGAN BOLALARNI MULTIDISSIPLINAR BOSHQARISH” mavzusida nufuzli xalqaro tadbir oʻtkazildi. Ushbu anjumanda bolalar nevrologlari, epileptologlar, EEG mutaxassislari, klinik diyetologlar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari shifokorlari hamda klinik ordinatorlar faollik koʻrsatdilar. Seminar doirasida bolalarda farmakorezistent epilepsiyani tashxislash, epileptik entsefalopatiyalarda zamonaviy genetik diagnostikaning roli hamda dunyo amaliyotida keng qoʻllanilayotgan ketogen diyetoterapiyasini Oʻzbekistonda joriy etish va bemorlarni toʻgʻri tanlash mezonlari kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Real klinik holatlar tahlil etilgan ushbu tadbir yurtimiz tibbiyot xodimlarining amaliy tayyorgarligini oshirish va bemor bolajonlarimizga jahon standartlari asosida multidissiplinar yordam koʻrsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam boʻldi. UZLUKSIZ TA’LIM ORQALI MILLAT SALOMATLIGI SARI!ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

Bugun, 2026-yil 7-oktabr kuni Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutida (sobiq Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi) tibbiyot sohasida oʻta muhim va dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. “Farmakorezistent epilepsiyasi boʻlgan bolalarga multidissiplinar yordam: tashxislashdan ketogen diyetoterapiyasigacha” mavzusidagi ushbu nufuzli tadbir Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Xalqaro seminarni institut rahbari, professor Akilov Xabibulla Ataullayevich kirish soʻzi bilan ochib berdilar. Professor oʻz nutqida bolalar oʻrtasida uchraydigan doriga chidamli epilepsiya kasalligiga qarshi kurashishda zamonaviy va xalqaro tajribaga asoslangan yondashuvlarni tibbiyot amaliyotiga joriy etish, ayniqsa, bu jarayonda multidissiplinar yordam modelining ahamiyati yuqori ekanligini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, tadbirda institutning “Bolalik davri asab kasalliklari” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor Shamansurov Shoanvar Shomurotovich ishtirok etib, mazkur sohadagi dolzarb muammolar va bolalar nevrologiyasidagi yangi davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha oʻz fikr va tavsiyalarini oʻrtoqlashdilar. Tadbirda Koreya Respublikasidan kelgan dunyo miqyosidagi taniqli xalqaro ekspertlar va professorlar oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar: Professor Xeng-Dong Kim (Heung-Dong Kim) — bolalar epileptologiyasi va ketogen diyetoterapiyasi boʻyicha yetakchi ekspert, Kangbuk Samsung shifoxonasi Epilepsiya markazi rahbari; Professor Rita Yu (Rita Miyoung Yu) — Aju universiteti shifoxonasi professori; Professor Xyu Jin Shin (Hui Jin Shin) — Severans bolalar shifoxonasi, Yonsey universiteti Tibbiyot kolleji professori. Seminarda mahalliy va xorijlik mutaxassislar, jumladan, bolalar nevrologlari, epileptologlar, EEG mutaxassislari, klinik diyetologlar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari shifokorlari hamda klinik ordinatorlar ishtirok etdi. Tadbir davomida quyidagi asosiy masalalar qamrab olindi va muhokama qilindi: Bolalarda farmakorezistent epilepsiyani tashxislash va klinik, EEG asosida baholash koʻnikmalarini takomillashtirish. Epileptik entsefalopatiyalarda zamonaviy genetik diagnostikaning roli. Epilepsiyaning doriga chidamli shakllarini davolashda dunyo amaliyotida keng qoʻllanilayotgan ketogen diyetoterapiyasini Oʻzbekistonda joriy etish va bu davolash usuli uchun bemorlarni toʻgʻri tanlash mezonlari. Amaliyotdagi real klinik holatlar tahlili va Oʻzbekiston sharoitida bemorlarni toʻgʻri yoʻnaltirish boʻyicha yangi amaliy yondashuvlarni shakllantirish. Boʻlib oʻtgan ushbu xalqaro seminar yurtimiz tibbiyot xodimlarining sohadagi amaliy tayyorgarligini oshirish va bemor bolajonlarimizga jahon standartlari asosida multidissiplinar yordam koʻrsatish tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam boʻldi. ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

Bugun — institutimiz uchun tarixiy va quvonchli qo‘shaloq bayram!💐 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustozlar, professor-o‘qituvchilar va pedagoglarning kasbiy bayramini nishonlar ekanmiz, institutimiz hayotidagi yana bir muhim tarixiy voqea — Uzluksiz tibbiy ta’lim milliy instituti maqomiga ega bo‘lganimiz quvonchiga ham sherik bo‘lmoqdamiz. 95 yillik boy tarixga ega bo‘lgan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, keyinchalik Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi sifatida faoliyat yuritib kelgan dargoh bugun yangi, yuksak maqom bilan o‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu — nafaqat institutimiz tarixi uchun, balki shu dargohda yillar davomida mehnat qilgan barcha ustozlar, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar va xodimlar uchun ham faxrli va unutilmas voqeadir. Shu munosabat bilan institutning ilmiy yig‘ilishida institut rahbari, professor Xabibulla Atoullayevich Akilov barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etdilar. Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Rahmonovich Xanapiyayev ishtirok etib, institut jamoasiga samimiy tilaklarini bildirdi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovg‘alarni institutning professor-o‘qituvchilari va pedagoglariga tantanali ravishda topshirdilar. Bayram tadbiriga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomarupovning musiqiy chiqishi alohida fayz bag‘ishladi. Uning dildan ijro etgan qo‘shiqlari ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bugungi bayramga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi. 95 yillik tarix — bizning boy merosimiz. Milliy institut maqomi — bizning yuksak e’tirofimiz va katta mas’uliyatimiz. Bugun institut jamoasi oldida yanada ulkan vazifalar turibdi. Tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish, ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirish hamda uzluksiz postdiplom ta’lim tizimini takomillashtirish — barchamizning muhim vazifamizdir. Shunday ulug‘ maqsadlar yo‘lida mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Aziz va muhtaram ustozlar, bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! 💐 «Uzluksiz ta’lim orqali — millat salomatligi sari!» ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

Aziz va muhtaram ustozlar, qadrli murabbiylar! ✨ Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! 👨‍🎓 Inson hayotida ustozning o‘rni beqiyos. Zero, har bir kasb egasining ilk qadami, dunyoqarashi, bilim va tafakkurining shakllanishida mehribon ustoz va fidoyi murabbiyning zahmati mujassam. Ayniqsa, tibbiyot sohasida ustoz-shogird an’anasi o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki shifokor va hamshiraning bilimiga nafaqat kasbiy mahorat, balki inson taqdiriga daxldorlik, mehr-oqibat, mas’uliyat va fidoyilik ham hamroh bo‘lishi kerak. 📚 Sizlarning yillar davomida bergan bilimingiz, hayotiy tajribangiz, ezgu nasihatlaringiz va shogirdlaringiz qalbiga singdirgan insoniy fazilatlaringiz bugun jamiyatimiz taraqqiyoti, xalqimiz salomatligi va kelajagimiz uchun xizmat qilmoqda. 👩🏻‍🏫 Ustozga berilgan hurmat — ilmga, ma’rifatga va kelajakka berilgan hurmatdir. 🌺 Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz kamolini ko‘rib, ularning yutuqlaridan faxrlanib, doimo el-yurt e’tibori va ardog‘ida bo‘lib yuring! 💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar va qadrli murabbiylar!

UZLUKSIZ TIBBIY TA’LIM MILLIY INSTITUTI 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! Zamon o‘zgaradi, ta’lim shakllari yangilanadi. Ammo ustozga bo‘lgan hurmat, ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan mas’uliyat, millat salomatligi yo‘lidagi ezgu maqsadlar o‘zgarmaydi. 95 yillik tarix — 95 yillik tajriba, 95 yillik pedagogik mas’uliyat. Bugun bu ulug‘ an’ana zamonaviy tibbiy ta’lim va uzluksiz ta’lim tamoyillari asosida davom etmoqda. Barcha ustoz va murabbiylarni, professor-o‘qituvchilarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Uzluksiz ta’lim orqali — millat salomatligi sari!ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz

USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI Ustoz va murabbiylar kuni arafasida hurmatli ustoz va murabbiy — professor Saidjalol Mahmudovich Bahromov holidan xabar olish va uni tabriklash maqsadida samimiy uchrashuv tashkil etildi. Eldor Jasurovich Isxakov — Gematologiya, bolalar onkologiyasi, klinik immunologiya va transfuziologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent hamkasblari bilan birgalikda o‘z ustozlari va murabbiylarini ziyorat qildilar. Uchrashuv Milliy uzluksiz tibbiy ta’lim instituti rektori, rahbariyati va professor-o‘qituvchilari nomidan tashkil etildi. Hamkasblar professor Saidjalol Mahmudovichga institut va uning rahbariyati nomidan samimiy tabriklar hamda ezgu tilaklarni yetkazdilar. Ustozga hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida maxsus tayyorlangan esdalik sovg‘alari ham topshirildi. Professor Saidjalol Mahmudovich o‘z shogirdlari va hamkasblarini katta quvonch bilan kutib oldi. Samimiy suhbat davomida u o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi, qiziqarli voqealarni yodga oldi va barchaga ezgu tilaklarini bildirdi. O‘z navbatida, professor institut rahbariyati va jamoasiga e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorligini bildirdi. U barcha hamkasblariga o‘zining iliq salomlarini yo‘llab, ularni sog‘inganini va birgalikda mehnat qilgan yillarini doimo minnatdorlik bilan eslashini ta’kidladi. Ushbu uchrashuv ustozga hurmat, murabbiyga minnatdorlik va avlodlar davomiyligining yorqin ifodasiga aylandi. SIZGA RAHMAT, AZIZ USTOZ VA MURABBIY! BILIM, TAJRIBA VA DONISHMANDLIGINGIZ UCHUN SIZGA. ТХКМРМ расмий телеграм канали - https://t.me/txkmrm Марказнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади. Марказ расмий сайти — tipme.uz