cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

2-Maktab Matbuot Xizmati

Savollar bo'lsa adminga murojaat qiling👇👇 Admin: @Shuxratbek_Maxmudov

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
542
مشترکین
-124 ساعت
-37 روز
-2730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

СОҒЛОМ ҲАЁТ УЧУН 5000 ҚАДАМ ЮРИШ МАРАФОНИ Бугун эрта тонгдан 30-июнь "Ёшлар куни" муносабати билан шаҳар ҳокимлиги, шаҳар ИИБ, шаҳар миллий гвардия ҳамда шаҳар ёшлар ишлари агентлиги ҳамкорлигида шаҳримиздаги Хонтоғ адирлиги йўлларда соғлом ҳаёт учун 5000 қадам юриш МАРАФОН ўтказилди. Ушбу марафонда шаҳар фаоллари,, спортчилари, ёшлар ҳамда кўнгилли аҳоли вакиллари иштирок этдилар ════ °❖◎❖◎❖°════ https://t.me/M2_Maktab_Matbuot_Xizmati https://t.me/+sqJIkqpFm8pjZThi
نمایش همه...
👍 10
02:23
Video unavailableShow in Telegram
Shaxsan Prezidentimizdan yoshlar kuni uchun maxsus! Barchasi uchun katta rahmat, janob Prezident. P.S. sevimli iqtibosingizni izohlarda qoldiring, aziz yoshlar. ════ °❖◎❖◎❖°════ Ⓜ️ @Xonobod24 👉 t.me/+LMZIpVLCJSgyNThi
نمایش همه...
26.37 MB
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор Хонобод шаҳар Юксалиш МФЙ ҳудудида истиқомат қилувчи, 2-умумий ўрта таълим ўқувчиси Шаробидинов Абдуллоҳ Хайрулло ўғли ҳамда Хонобод МФЙ ҳудудида истиқомат қилувчи, 2-умумий ўрта таълим ўқувчиси Султанбекова Хонзода Зафарбек қизи Россия Федерациясининг "Большая перемена" лойиҳада иштирок этиб финалист бўлди. Эндиликда Абдуллоҳ Шаробидинов 2024 йил 15 - июлдан 5 - августгача. Россия Федерациясининг Крим шаҳридаги Артек оромгоҳига 100% йўлланмани қолга киритди. Бунга тиббий суғурта, икки тарафлама авиачипталар, меҳмонхона, емоғлар ва Артек мактабида дарслар таклиф қилинган.
Ўзбекистон Республикасидан 30 нафар номзодларни сараланиб ўлинди..
════ °❖◎❖◎❖°════ Ⓜ️ @Xonobod24 👉 t.me/+LMZIpVLCJSgyNThi
نمایش همه...
👏 13👍 9 1🔥 1🎉 1
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi: 1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi; 3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi; 4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi; 5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi; 6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi; 7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.  ⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi: 1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish; 2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash; 3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish; 4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. @alisher_sadullaev
نمایش همه...
6986619.pdf1.67 MB
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН! Ҳурматли фуқаролар жорий йилнинг 27-28 июнь кунлари Хонобод шаҳар ҳудудида ҳамкор ташкилотлар томонидан ўқув машғулотлари ўтказилиши режалаштирилган. Шу муносабати билан овозли сирена чалиниши мумкин. Юқоридагиларни инобатга олиб ортиқча ваҳимга тушмаслигингизни сўраб қоламиз. ════ °❖◎❖◎❖°════ Ⓜ️ @Xonobod24 👉 t.me/+LMZIpVLCJSgyNThi
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Biz sizlarni yangi ochilgan “ OXFORD “ o’quv markazimizga taklif etamiz. U yerda siz : - Ingliz tili ( 0 dan General English, CEFR, IELTS) - Koreys tili ( 0 dan Topikgacha) - Matematika kurslaridan Xonobod shahridagi eng sifatli ta’limni olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bonus sifatida KOREYS va INGLIZ tillaridan xar yakshanba kunlari BEPUL SPEAKING CLUB lar tashkillashtiriladi. Darslarni Janubiy Koreyada 5 yil davomida yashab, nufuzli universitetlaridan biri bo’lgan INHA universiteti bitiruvchisi bo’lgan NABIJONOV MUSLIMBEK olib boradilar. Agarda siz Janubiy Koreya va dunyoning boshqa nufuzli universitetlarida tahsil olmoqchi bo’lsangiz bizga murojaat qiling, chunki bizda bu yo’lda katta tajriba bor. Biz sizga sifatli ta’lim va tajribaga asoslangan maslahatlar berishga kafolat beramiz. Biz sizlarni albatta “ OXFORD “ o’quv markazimizda kutib qolamiz. Tanlovda adashmang ! MANZIL: Xonobod shahar Prezident maktabi binosi ( sobiq “ko’k” kollej). MUROJAAT UCHUN TEL: +998 95 031 24 22 TELEGRAM : @nabijonovmuslimbek ════ °❖◎❖◎❖°════ Ⓜ️ @Xonobod24 👉 t.me/+LMZIpVLCJSgyNThi
نمایش همه...
👍 5
Qabul jarayoni yakunlandi. Abituriyentlar soni oxirgi 6 yilda eng kam miqdorni tashkil etdi #abituriyent Kecha tunda abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. UzBMB bergan ma’lumotga ko‘ra, 894 ming 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: joriy yil bitiruvchilari — 410 ming 334 nafar; avvalgi yillar bitiruvchilari — 483 ming 945 nafar. Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🤵‍♂️ erkaklar — 431 ming 806 nafar; 👩🏻‍🔧 ayollar — 462 ming 473 nafar. Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin. O‘tgan davrda birinchi marta abituriyentlar soni 900 ming nafarga ham yetmadi. 2021-yilni hisobga olmaganda, qolgan yillarda abituriyentlar soni 1 mlndan oshayotgan edi. Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil): 2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar; 2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar; 2021-yil — 948 ming 211 nafar; 2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar; 2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar; 2024-yil — 894 ming 279 nafar. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
IQTIDORLI, FAOL HAMDA TURLI XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL BILUVCHI YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT Xabaringiz bor joriy yilning iyul oyi oxirgi haftalarida shahrimizda "Dunyo sadolari" milliy va estrada festivali oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, mazkur festivalga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy mehmonlarga qulaylik yaratish uchun "Gid guruhlari" hamda "Volontyor yoshlar" guruhlari faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. Hurmatli yoshlar agarda Siz turli xorijiy tillarni mukammal bilsangiz, shuningdek faol va dunyoning turli mamlakatlar hamda Respublikamiz boʻylab yangi doʻstlar orttirishni istasangiz unda bizga murojaat qiling. Ushbu guruhlarda faoliyatini olib borish istagidagi yoshlar mahallangizdagi yoshlar yetakchilar hamda quyidagi raqamlarga murojaat etishingiz mumkin boʻladi: +998943812383 Maʼlumot oʻrnida ushbu "Gid guruhlari" hamda "Volontyor yoshlar" guruhlariga qabul qilingan yoshlar, malakali ustozlar tomonidan oʻqitiladi. ════ °❖◎❖◎❖°════ Ⓜ️ @Xonobod24 👉  t.me/+LMZIpVLCJSgyNThi
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
IQTIDORLI, FAOL HAMDA TURLI XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL BILUVCHI YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT Xabaringiz bor joriy yilning iyul oyi oxirgi haftalarida shahrimizda "Dunyo sadolari" milliy va estrada festivali oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, mazkur festivalga tashrif buyuruvchi xorijiy hamda mahalliy mehmonlarga qulaylik yaratish uchun "Gid guruhlari" hamda "Volontyor yoshlar" guruhlari faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. Hurmatli yoshlar agarda Siz turli xorijiy tillarni mukammal bilsangiz, shuningdek faol va dunyoning turli mamlakatlar hamda Respublikamiz boʻylab yangi doʻstlar orttirishni istasangiz unda bizga murojaat qiling. Ushbu guruhlarda faoliyatini olib borish istagidagi yoshlar mahallangizdagi yoshlar yetakchilar hamda quyidagi raqamlarga murojaat etishingiz mumkin boʻladi: +998943812383 Maʼlumot oʻrnida ushbu "Gid guruhlari" hamda "Volontyor yoshlar" guruhlariga qabul qilingan yoshlar, malakali ustozlar tomonidan oʻqitiladi. ════ °❖◎❖◎❖°════ Ⓜ️ @Xonobod24 👉  t.me/+LMZIpVLCJSgyNThi
نمایش همه...
B
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.