fa
Feedback
Fozilbek Yuldoshev | Blog

Fozilbek Yuldoshev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

Fozilbek Yuldoshev — professional dasturchi, talaba va oddiy inson. Aqlli insonlar jamiyati... Murojaat uchun: @yuldoshevuz

نمایش بیشتر
Buy Ad
667
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-97 روز
-5530 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
مه '26
مه '260
در 0 کانال‌ها
آوریل '26
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+8
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+3
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+1
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '250
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+24
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+4
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+16
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+45 020
در 20 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+1 447
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+1 543
در 8 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+338
در 1 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+31
در 5 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+28
در 3 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+492
در 7 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+411
در 14 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+1 075
در 15 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+5 913
در 12 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
13 مه0
12 مه0
11 مه0
10 مه0
09 مه0
08 مه0
07 مه0
06 مه0
05 مه0
04 مه0
03 مه0
02 مه0
01 مه0
پست‌های کانال
2013-yildagi galaktika mo'jizasi Tasavvur qiling, siz jonli efirda Super Mario 64 o'yinini o'ynayapsiz. Hamma narsa odatdagidek, lekin kutilmaganda Mario hech qanday sababsiz osmonga "uchib" chiqib ketadi va o'yinning keyingi bosqichiga o'tib ketadi. Bu voqea 2013-yilda strimer Dota_TeaTime bilan sodir bo'ldi. O'sha paytda hech kim nima bo'lganini tushunmadi. Bu shunchaki o'yindagi xato emas edi, chunki bu xatoni dunyodagi hech bir geymer qayta takrorlay olmadi. Oradan yillar o'tib, dasturchilar va o'yin fanatlari o'yin kodini mikroskop ostida tahlil qila boshlashdi. Ma'lum bo'ldiki, Marioning balandlik koordinatasini belgilovchi raqam kutilmaganda C5221000 dan C5A21000 ga o'zgarib qolgan. Bu o'zgarish kompyuter tilida bor-yo'g'i 1 bitning (0 dan 1 ga) o'zgarishi edi. Lekin bu o'zgarish Marionni o'sha soniyaning o'zida bir necha qavat yuqoriga "otib" yuborish uchun kifoya qilgan. Tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, o'yin kodida xato bo'lmagan. Yagona mantiqiy xulosa: Kosmik nur zarbasi. Koinotdan kelgan yuqori energiyali zarra (neytron) aynan o'sha soniyada konsolning xotira blokiga (RAM) urilgan va Marioning balandligiga javob beruvchi bitni "chertib" yuborgan. Bu voqea shunchaki qiziqarli fakt emas, u texnologiya olamidagi juda katta muammoni ko'rsatib berdi. Nintendo o'yinlaridagi bu kabi hodisalar sababli hozirgi kunda kosmik nurlardan himoyalangan xotira qurilmalari (ECC RAM) ustida jiddiy ishlanadi. Agar kosmik zarra o'yinda emas, samolyot boshqaruvi yoki bank tranzaksiyasida 1 bitni o'zgartirsa nima bo'ladi? Kripto valyuta tranzaksiya qilayotganda shunday holat sodir bo'lsa, shunchaki dunyodagi eng boy odamga aylanasiz qolasiz... 🙂‍↕️ Bu holat qanday bo'lganini ko'rmoqchi bo'lsangiz, The 1,000$ Bounty nomi bilan Youtubedan qidirishingiz mumkin, chunki bu ishni takrorlagan odamga 1000$ mukofot puli vada qilingan. Yoki quyidagi havolada bu holatni ko'rsangiz bo'ladi: https://youtu.be/-5inMGwn5VY?si=_OWPd_YIpr6WMjoS @byfozil

2
Darknet nimaligini aniq bilmoqchi bo'lganlar uchun maxsus maqola 😉 Internet aslida vebsaytlardan tashkil topgan. Biz internet bilan ishlatadigan hamma narsa bu vebsayt. Hatto, kundalik foydalanadigan Telegram, Youtube, Instagramlar ham aslida vebsayt hisoblanadi va ma'lumotlarni API orqali vebsaytdan olib sizga uzatadi. Darknet ham shu kabi vebsaytlar yig'indisi. Shunchaki .onion domeni asosidagi saytlarga Darknet deb nom berilgan. Lekin bu domendan foydalanishga cheklovlar o'rnatilgan, buning asosiy sababi esa domen egasini topish imkonsiz bo'lganidadir. Masalan, O'zbekiston saytlari uchun mo'ljallangan .uz domeni egasini pasport ma'lumotlari mavjud, lekin .onion domen egasi shunchaki anonim. Aynan shu sababli .onion domenlariga cheklov o'rnatilgan va Darknet nomini olgan. Darknetga Chrome kabi oddiy brauzerlarda kirishga cheklov bo'lsada, Tor Browser kabi maxfiy brauzerlardan bemalol .onion saytlariga kirsa bo'ladi. Darknet saytlarini topish uchun esa aynan Darknetda Ahmia Search qidiruv tizimi mavjud. Ahmia Search havolasini esa ochiq internetdan ham topsa bo'ladi. Darknet ham biz foydalanadigan saytlarga o'xshash onion saytlarini o'z ichiga olgan oddiy internet. Lekin, domen anonim bo'lgani uchun undan noqonuniy maqsadlarda foydalanishadi. Darknetda qora yo'llar bilan pul topish masalasi avj olgan. Ma'lumotlarga ko'ra, butun internetning 99% ma'lumotlari darknetda saqlanadi, bu ham shunchaki taxmin. Darknetda kengroq ma'lumotlarni jamlagan Wikipedia, topish qiyin bo'lgan videolar jamlangan Youtube, har qanday masalada yordam beradigan Telegram kabi chatlar, hazillar yozish uchun platformalar mavjud. Lekin, aynan noqonuniy saytlar ham mavjudligi, bizni undan cheklaydi. Biz darknetda bilim olishimiz, bepul kitoblar o'qishimiz, shedevr filmlar va videolar tomosha qilishimiz mumkin. Hatto, siz Tor Browser orqali bu vazifalarni qilsangiz bo'ladi. Lekin sizdan iltimos, shunchaki darknetdan to'g'ri maqsadda foydalaning. Men sizga darknetdan foydalanishni maslahat bermayman, lekin baribir shunchaki yaxshi maqsadda foydalanib ko'rmoqchi bo'lganlarga internetning siz bilmagan bu yashirin siri orqali bilim olish yo'lingizda omad tilayman. 🙂 @byfozil
143
3
Endi yashirinib bo'lmaydi GeoSpy AI sizning aniq joylashuvingizni 2 soniya ichida topishni o'rgandi. Endi bu AI joylashuvni x
Endi yashirinib bo'lmaydi GeoSpy AI sizning aniq joylashuvingizni 2 soniya ichida topishni o'rgandi. Endi bu AI joylashuvni xaritada ko'rsatadi va hatto atrofdagi 3D sahnani yig'adi. Videoda batafsil ko'rsangiz bo'ladi. Ishlash usuli oddiy: ijtimoiy tarmoqlardan istalgan suratni yuklaysiz, va sun'iy intellekt fon, binolar, relyef va kichik detallarga tahlil o'tkazib, surat olingan joyning koordinatalarini mukammal aniqlaydi. Foydalanib ko'rmoqchilar bo'lsa, AIga havola mana bu yerda: https://app.geospy.ai @byfozil
131
4
AIdan startap uchun yangi loyiha g'oyalarini so'radim. Uning javoblarini eshitib kulasiz. Nomlari ham g'alati. 😂👇 1) Uyalmas Do'st — Do'stiz qarzini eslatib turish uchun qarz eslatma dasturi. Xuddiki, har kuni quyidagicha xabar yuboradi: "O'sha so'msa esingdami". 🤣 2) G'iybat Checker — Qaysidir commentda boshqalar g'iybatlari mazmunini AI yordamida tahlil qilib aniqlab beradigan dastur. Masalan, suhbatlar mazmunini ochib beradi, qanday g'iybat bo'layotganini tahlil qilib. 😁 3) Qaynonasiz Hayot — Bu kelinlar uchun universal dastur bo'lib, qaynona yaqinlashganda signal keladi va telefondagi barcha tarmoqlarni o'chirib pazandalik videolarini ochib qo'yadi. Qaynona "Ovqatni olib kel" desa, "Oyijon, hozir tayyor bo'ladi" deb avtomatik javob qaytaradi. 😜 Bu loyihalardan ko'rinib turibdiki, o'zbek madaniyatini singdiryapmiz sun'iy intellektlarga. Yana yakunda "Investorlar bormi, kodini o'zim yozaman" deb kulib qo'yadi. 😂 Qiziq tomoni bunaqa startaplar hali ishlab chiqilmagan. Ishlab chiqilsa ham g'alati loyiha bo'larkan, ayniqsa Uyalmas Do'st) @byfozil
145
5
Yashash hayot uchun xavfli brat. Bu SMS bilan shuni tushuntirib qo'ymoqchi bo'lishgan. 😅 Menimcha, chekivorishli vaqti)
142
6
Kompyuterlar eski narxga qaytmoqda... 🔥 RAM yetishmasligi yuz berayotgan bir paytda Xitoydagi kompaniya hozirgi RAM narxlaridan 4 barobar arzon xotiralarni ishlab chiqishni boshladi. Ular tezkor xotira chipini arzon narxda ishlab chiqishga muvaffaq bo'lishdi. Natijada, Yevropadagi gigant kompaniyalar aksiyalari quladi va barcha kompyuterlar Xitoy kompaniyasi ishlab chiqargan tezkor xotiraga o'tishni boshlab yuborishgan. Agar bu kompaniya bunday arzon narx bilan sifatni saqlab qola olsa, katta ehtimol bilan kompyuter narxlari yana arzonlaydi. Albatta, shuni kutib qolamiz) 💥 @byfozil
212
7
Bitcoin narxi yer bilan bitta bo'lyapti. Oxirgi marta 2 yil oldin shu qiymatda bo'lgan ekan va shunday buyon faqat ko'tarilgan. Bosivorishli vaqtimikana) 🙂‍↔️ @byfozil
218
8
Apple bo'lsa bo'ldida 👆😂 @byfozil
Apple bo'lsa bo'ldida 👆😂 @byfozil
264
9
-2147483648_-210203.jpg
1
10
Sony PS6 chiqishini 2029-yilga qoldiradi Bularning barchasi RAM yetishmasligi sababli. Konsolning chiqarilishi 2026-2028-yill
Sony PS6 chiqishini 2029-yilga qoldiradi Bularning barchasi RAM yetishmasligi sababli. Konsolning chiqarilishi 2026-2028-yillarda bo'lishi kutilgan edi, lekin endi muddatlar bir necha yilga surilishi mumkin, va narx oshishi ehtimoli bor, chunki kompaniya yangi konsolni yetarlicha kuchli va arzon qilib chiqarolmaydi bir vaqtning o'zida. @byfozil
297
11
Matnlar qirolini qarshi oling Google yangi sun'iy intellektni taqdim etdi. Endi siz bu bilan istalgan maqola, mustaqil ish, i
Matnlar qirolini qarshi oling Google yangi sun'iy intellektni taqdim etdi. Endi siz bu bilan istalgan maqola, mustaqil ish, insho va hatto kurs ishini ham mukammal va professional darajada yoza olasiz. Bu AI har bir gapni tahlil qila oladi va professional darajada yoza olgani bilan ko'pchilikni hayron qoldirdi. Endi domlangiz yoki o'qituvchingiz so'ragan vazifaga ko'p vaqt sarflash ham shart emas. Foydalanish uchun quyidagi "link"ga kirsangiz bo'ladi: https://www.khanmigo.ai/writingcoach AI ko'z oldimizda yuksalyapti... @byfozil
273
12
GTA VI o'yinida yagona syujet liniyasi bo'lmasligini yaxshi bilasiz. Hattoki, ayrim manbalarda har bir NPC (bot)ning o'z syujet liniyasi bo'lishini taxmin qilishmoqda. Dasturchi sifatida aytishim mumkunki, bu deyarli imkonsiz. Chunki, har bir NPCdagi alohida syujet algoritmini ishlab chiqish umuman oson emas. Lekin, muhim jihat bor: sun'iy intellekt rivoji sababli voqealar kechish jarayonini AIga bemalol ishonib topshirsa bo'ladi. Ya'ni har bir NPCning syujet liniyasini aynan AI ishlab chiqishi mumkin, bu voqealarning kechish jarayoniga bog'liq bo'ladi. Nega endi yo'q? 2013-yildagi GTA V va 2018-yildagi RDR2 qilgan inqilobni inobatga olsak, 2026-yilda GTA VI dan bunday senariy kutsak bo'ladi nazarimda. Bekorga chiqish vaqtini uzaytirishayotgani yo'qdir har holda. PS5 larni tayyorlang) @byfozil
222
13
Rasmlardan har qanday matn, jadvallar va formulalarni chiqarib olish uchun zo'r AI topdim. Ushbu xizmat yordamida hujjatning
Rasmlardan har qanday matn, jadvallar va formulalarni chiqarib olish uchun zo'r AI topdim. Ushbu xizmat yordamida hujjatning fotosurati yoki skanerdan deyarli har qanday ma'lumotni olish mumkin. Masalan, rasm formatidagi istalgan hujjatda barcha matnlarni ajratib olish mumkin. Men kod yozilgan rasmdan kodlarni olishni sinab ko'rdim. Bepul sinab ko'rishingiz mumkin, bu yerda: https://lightning.ai/lightning-ai/environments/open-source-ocr-playground @byfozil
175
14
Mayning o'rnini sun'iy intellekt fermalari egalladi 🧐 Xitoyda hozirda bir vaqtning o'zida o'nlab translyatsiyalar orqali dar
Mayning o'rnini sun'iy intellekt fermalari egalladi 🧐 Xitoyda hozirda bir vaqtning o'zida o'nlab translyatsiyalar orqali daromad qilishmoqda, bu yerda neyron tarmoqlar haqiqiy videolarga asoslanib to'liq tasvir va ovoz yaratadi, mahsulotlar sotiladi (Batafsil videoda). Bunday strimlarda bir qurilmadan soatiga 50–100 dollar daromad olishadi. Qiziq tomoni bu efirlarda jonli odamlar yo'q, hammasi AI tomonidan sahnalashtiriladi... 🗿 @byfozil
163
15
Blogim kuzatuvchilariga mendan sovg'a 😎👆 Uyalmasdan olavering... @byfozil
Blogim kuzatuvchilariga mendan sovg'a 😎👆 Uyalmasdan olavering... @byfozil
147
16
ChatGPTga captcha yuborgandim, topib beryapti javobini. 😂 Endi nima keragi bor ekan ortiqcha tekshiruvni) @byfozil
158
17
Janubiy Koreyada o'g'ri juda kuchli kompyuter joylashgan joyga keldi va katta kompyuter o'rniga ichida joylashgan 1000 dollar
Janubiy Koreyada o'g'ri juda kuchli kompyuter joylashgan joyga keldi va katta kompyuter o'rniga ichida joylashgan 1000 dollarga teng 4 ta DDR5 modulidagi operativ xotirani o'g'irladi. Kompyuterdan ko'ra ichidagi kichkina narsa qimmatroq hozirgi kunda. Zamon o'zgarganini qarang. 😂 @byfozil
174
18
Bu haqiqiy inqilob: OpenAI raqobatchilari hisoblanadigan Anthropic kompaniyasi Coworkni chiqardi — bu Claude Code ga o'xshayd+1
Bu haqiqiy inqilob: OpenAI raqobatchilari hisoblanadigan Anthropic kompaniyasi Coworkni chiqardi — bu Claude Code ga o'xshaydi, lekin kompyuterda har qanday vazifalar uchun. Sun'iy intellekt agenti kompyuteringiz bilan istagan narsani qila oladi, shunchaki so'rang. — Claude ish stolidagi fayllarni papkalarga ajratishi mumkin; — Har qanday ma'lumotlar asosida hisobot tayyorlaydi; — Tizimingizdagi barcha keraksiz fayllarni topib o'chiradi; — Jadvallar bilan ishlay oladi, har qanday matnni qisqartiradi va kompyuteringizni to'liq boshqaradi; — Hozircha faqat MacOS uchun pullik obunachilar uchun chiqarilmoqda, lekin hammaga chiqarishni va'da qilmoqda. Sinab ko'rish uchun formani to'ldirish kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdfPy1_p7M2U9Ot8O9r98T3QXDOYbLNUxbILA1Ilpv7eYNUWw/viewform @byfozil
179
19
Bu Minecraft 😂 @byfozil
Bu Minecraft 😂 @byfozil
195
20
Instagram buzilishi: 17,5 million foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari darknetda paydo bo'ldi Malwarebytes tadqiqotchilari
Instagram buzilishi: 17,5 million foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari darknetda paydo bo'ldi Malwarebytes tadqiqotchilari katta ma'lumot oqimi haqida xabar berishdi: darknetda 17,5 million Instagram foydalanuvchisining shaxsiy ma'lumotlari, jumladan elektron pochta va telefon raqamlari bazasi paydo bo'ldi. Parollar esa buzilmagan. Voqea fonida firibgarlar shoshilinch parolni o'zgartirish zarurligi haqida soxta bildirishnomalar yuborishni boshlashdi. Mutaxassislar bunday xabarlarga ishonmaslik va manbalarni diqqat bilan tekshirishni maslahat berishmoqda. @byfozil
211