fa
Feedback
StriveHub

StriveHub

رفتن به کانال در Telegram

✦ Mentoring Course💣 We will give you everything for FREE! - Application Proccess 💻 - College application tips and tricks 💣 - Useful materials 📖 - Programs and Activities 📎 https://tirikchilik.uz/strivehub https://linkedin.com/company/strivehub-uz

نمایش بیشتر
1 111
مشترکین
-124 ساعت
-77 روز
-1730 روز
آرشیو پست ها
StriveHub jamoasiga qo'shilish uchun oxirgi imkoniyat Iyunda bor edi. U o'tib ketti, qo'shila olganlar yutdi. Ammo hozir ham bittagina yo'l bor! StriveHub Org Teamda Copywriter bo'lishga nima deysiz? Talablar quyidagicha: - kreativlik - ona tilimizda ravon yozish qobilyati - chet elga o'qishga topshirish bo'yicha tajriba - ingliz tilini B2 darajada bilish - e mayli, qolganini o'zimiz o'rgatib olamiz😉 StriveHub esa sizga - xushchaqchaq jamoa - StriveHub Alumniga qo'shilish imkoniyati - StriveHubning demokratik qarorlarida o'z ovoziga ega bo'lishni taklif qiladi! Copywriterimizga aylanish uchun: @MiRkOmI1_1 ga rezyume va/yoki o'zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring. Sizni axil jamoamizda kutib qolamiz! StriveHubga tariflar shu oilaning a'zosi tomonidan berildi. All rights reserved🫡 @StriveHub

photo content

Anchadan beri post tashlanmabdi-a?

Qanday qilib stipendiyani yangi hayotga yo‘llanma qilib oldim - siz ham shunday qila olasizmi? 🌱Sen shunchaki ballar va diplomlar emassan Stipendiya komissiyalari rezyumelarni emas, hikoyalarni o‘qiydi. Bolaliging og‘irmi? Boshqa davlatga yolg‘iz o‘zing ko‘chib keldingmi? Kichik bo‘lsa ham o‘z tashabbusing bormi? Bu haqda yoz. Yolg'onsiz va ta’sirsiz. 🖋️ Motivatsion xat - bu insho emas, balki ichki olamingga taklifnoma Maktubimdagi bir jumla, keyinchalik koordinator tomonidan iqtibos keltirgan: "Men shunchaki o‘qishni emas, qaytib kelib, boshqalarga ham o‘rgatishni istayman." Aynan shu voqea hayotimda burilish nuqtasi bo‘ldi. 📚O‘zingga o‘xshaganlarni izlaydigan stipendiyalarni top Eng mashhurlarini tanlab o‘tirma. O‘z hududingdagi, o‘z tarixing, o‘z qiziqishlaringga mos talabalarni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni izla. Ilm-fandagi ayollar, faollar, ijodkor talabalar, qochqinlar uchun dasturlar mavjud - bu aysbergning faqat uchi xolos. 📌Oltin qoida: javob beradigan joyga murojaat qil. Agar shartlarni o‘qib, "Bu men haqimda ekan" deb o‘ylasang - o'ylamasdan topshir. Bu sening imkoniyating. StriveHub

Shartlar: data science va AI loyihalarda ishtirok etish; ML modellari bilan ishlash; xalqaro jamoa bilan hamkorlik qilish Talablar: ingliz tili; talaba yoki yaqinda bitirgan bo‘lish; Python tilini mukammal bilish; AI/ML haqida asosiy tushunchaga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi Moliyaviy kompensatsiya: stipendiya Muddat: 21-aprel https://iaea.taleo.net/careersection/ex/jobdetail.ftl?job=TAL-SGIM20260324-001 StriveHub

"Ariza topshirishdan oldin bilganimda edi" mavzusidagi maslahatlar:
1️⃣ Birinchi inshoingiz muvaffaqiyatsiz chiqadi - bu normal holat. Yaxshi insho yozishning kaliti birinchi urinishda mukammal matn yozish emas, balki uni qayta yozish va takomillashtirishdadir. O‘zingizga tahrir qilish uchun vaqt bering. 2️⃣ Belgilangan 'deadline'lar ko‘ringandan tezroq keladi. Ariza topshirishgacha hali ancha vaqt bor deb o‘ylasangiz, bu aldamchi tuyg‘u. Jarayonni bosqichlarga bo‘ling: dasturlarni tanlash, insho yozish, hujjatlarni yig‘ish, ariza topshirish. 3️⃣ Barcha dasturlar bir xil emas. Universitetni faqat uning reytingiga qarab tanlash xato. U yerda qanday tadqiqotlar olib borilayotganini, mablag‘ ajratilayotgan-yo‘qligini va dastur sizning ko'zlab qo'ygan maqsadlaringizga qanchalik mos kelishini ko‘rib chiqing. 4️⃣ REJECTION - bu jarayonning bir qismi. Hatto kuchli nomzodlar ham rad javobini olishadi. Bu oxiri emas, balki arizangizni yaxshilash va qaytadan urinib ko‘rish imkoniyatidir. 5️⃣ Aloqalar va tanish-bilishlar ko‘ringanidan ham muhimroq. Tavsiya xatlari va sohadosh dasturdagi professorlar bilan aloqalar katta ahamiyatga ega. Ba’zida kuchli o‘qituvchidan kelgan bitta xat sizning GPA ko‘rsatkichingizdan ham muhimroq bo‘ladi. StriveHub

🇨🇿 Chexiya Bakalavr Ta’limi 🎓 Top universitetlar: – Charles University – Czech Technical University in Prague – Masaryk University – Brno University of Technology – University of Economics Prague
🎯 Xalqaro talabalar uchun grantlar: – Czech Government Scholarship – Universitetlarning ichki grantlari va chegirmalari Qo'shimcha ma'lumotlar: –Chexiyada ko‘p hollarda chex tilida o‘qish bepul bo‘ladi. –Agar chex tilini bilmasangiz, ko‘p talabalar 1 yil tayyorlov kursi o‘qiydi.
📂 Talablari: ● Yaxshi GPA (11-sinf attestat) ● Pasport ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● CV ● IELTS 6.5+ (Inglis tilidagi dasturlarga) 💰 Stipendiya nimalarni qoplaydi? – Kontrakt to‘lovi(chex tilida o‘qisa bepul) – Oylik stipendiya – yotoqxona yoki yashash yordami – Tayyorlov til kursi ⏰ Ariza muddati: Odatda Fevral – Aprel. 🔗 Rasmiy sayt: https://studyin.cz StriveHub

🇫🇮 Finlandiya Bakalavr Ta’limi 🎓 Top universitetlar: – University of Helsinki – Aalto University – University of Turku – Tampere University – University of Oulu
🎯 Xalqaro talabalar uchun grantlar: – Finland Government Scholarship – Universitetlarning ichki grantlari
📂 Talablari: ● Yaxshi GPA (11-sinf attestat) ● Pasport ● IELTS 6.5 – 7.0 ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● CV ● SAT(ba'zan) 🥁Stipendiya nimalarni qoplaydi? ( Finlandiyada stipendiya turi universitetga qarab farq qiladi) – 50/100% kontrakt to‘lovi – oylik stipendiya – yashash xarajatlari uchun yordam – Universitet xizmatlari ya'ni kutubxona,shifokor kabilar. ⏰ Ariza muddati: Odatda Yanvar (yiliga bir marta). 🔗 Rasmiy sayt: https://studyinfo.fi StriveHub

🇪🇬 Misr Bakalavr Ta’limi 🎓 Top universitetlar: Cairo University Alexandria University Ain Shams University Al-Azhar University American University in Cairo
📂 Talablari: ● Yaxshi GPA (11-sinf attestat) ● Pasport ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● IELTS 6.0 – 6.5 (Inglis tilidagi dasturlarga) ● CV/Resume
🎯 Xalqaro talabalar uchun grantlar: • Egypt Government Scholarship • Universitetlarning ichki grantlar Stipendiya nimalarni qoplaydi? – 100% kontrakt to‘lovi – Oylik stipendiya 30-40$ – Yotoqxona – Tibbiy xizmat – 1 yillik tayyorlov arab tili kursi ⏰ Ariza muddati: Odatda May – Iyul. 🔗 Rasmiy sayt: https://study-in-egypt.gov.eg StriveHub

🇲🇦 Marokash Bakalavr Ta’limi 🎓 Top universitetlar: – Mohammed V University – Al Akhawayn University – Cadi Ayyad University – Hassan II University of Casablanca – Sidi Mohamed Ben Abdellah University 🎯 Xalqaro talabalar uchun grantlar: – Morocco Government Scholarship – Universitetlarning ichki grantlari 📂 Talablari: ● Yaxshi GPA (11-sinf attestat) ● Pasport ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● CV/Resume ● IELTS 6.0+ (ingliz tilidagi dasturlarga) ● Fransuz / Arab tili 💰 Stipendiya nimalarni qoplaydi? – Kontrakt to‘lovi – Oylik stipendiya 70-150$ – Ba’zan yotoqxona – Tibbiy sug‘urta – Tayyorlov arab yoki fransuz til kursi ⏰ Ariza muddati: Odatda Mart – Iyun. 🔗 Rasmiy sayt: https://www.studyinmorocco.ma StriveHub

🌙 Ramazon Hayiti muborak bo'lsin ! Sizlarni "StriveHub" jamoasi Ramazon hayiti bilan chin dildan samimiy tabriklaydi. Hamman
🌙 Ramazon Hayiti muborak bo'lsin ! Sizlarni "StriveHub" jamoasi Ramazon hayiti bilan chin dildan samimiy tabriklaydi. Hammangiz o'z orzu-maqsadlaringizga yetishingizni, o'ylab-reja qilgan universitetinglarni talabasi bo'lish nasib qilishi va Ilm yo'lidagi kuch-g'ayratingizga Alloh baraka ato qilishini tilab qolamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, Yorqin kelajak va oilaviy baxt-saodat tilagan holda StriveHub jamoasi !

🇵🇱 Polsha Bakalavr Ta'limi 🎓 Top universitetlar: –University of Warsaw –Jagiellonian University –Warsaw University of Technology –AGH University of Science and Technology –Adam Mickiewicz University 🎯 Xalqaro talabalar uchun grantlar: – NAWA Poland Scholarship (Polsha hukumati stipendiyasi) Nimalarni qoblaydi ? –100% kontrakt to‘lovi –Oylik stipendiya –Ba'zan yashash harajatlari –Ba’zan tayyorlov til kursi 📂 Talablari: ● Yaxshi GPA (11-sinf transkript) ● Pasport ● IELTS 6.5+ ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● CV Shuningdek: • Universitetlarning ichki grantlari • Qisman kontrakt chegirmalari • Xalqaro talabalar uchun maxsus stipendiyalar 🚀 Stipendiya nimalarni qoplaydi? – Kontrakt to‘lovi – Oylik stipendiya 300-400€ – Ba’zan yashash xarajatlari – Tibbiy sug‘urta – Til kursi ⏰ Ariza muddati: Mart – May (har yili o‘zgarishi mumkin) 🔗 Rasmiy saytlar: https://nawa.gov.pl https://study.gov.pl StriveHub

Repost from Top 100 Uni
🔔 Inside Top Education Master’s Admissions: Lessons from a Harvard Admit 🎯 Getting into Harvard can feel like an impossible
🔔 Inside Top Education Master’s Admissions: Lessons from a Harvard Admit 🎯 Getting into Harvard can feel like an impossible dream, until you meet someone who actually did it. If you’re applying for your Master’s, you probably spend hours stressing over the whole admission process, wondering: "What do top universities actually want to see from me?" Join the workshop, get your questions answered! Speaker: Shokhrukh Kudratov 🗓 Date: 12 March | Thursday ⏰ Time: 20:00 Share this post with friends who are also applying for their Master's! 📍Join the session here on this channel TopCoach | Telegram | Instagram | YouTube | LinkedIn

🇮🇩 Indoneziya Bakalavr Ta'limi 🎓 Top universitetlar: University of Indonesia Gadjah Mada University Bandung Institute of Technology Airlangga University Bogor Agricultural University 🎯Xalqaro Talabalar uchun Grant: – KNB Scholarship (Government Scholarship) 100% kontrakt Oyiga stipendiya Yashash xarajatlari uchun yordam Tayyorlov (til) kursi imkoniyati Tibbiy sug‘urta 📂 Talablari: ● Yaxshi GPA(11-sinf transkript) ● Pasport ● IELTS 6.5+ ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● CV Shuningdek: • Universitetlarning ichki grantlari • Qisman kontrakt chegirmalari • Xalqaro talabalar uchun stipendiyalar 🚀 Stipendiya nimalarni qoplaydi? – Kontrakt to‘lovi (to‘liq) – Oylik stipendiya – Ba’zi hollarda yashash va sug‘urta – Til kursi ⏰ Ariza muddati: Fevral–Aprel(har yili yangilanadi) 🔗Rasmiy saytlar: https://knb.kemdiktisaintek.go.id/ https://admission.ui.ac.id/ StriveHub

🇬🇧 Buyuk Britaniyada Ta’lim
🎓 Top universitetlar: • University of Oxford • University of Cambridge • Imperial College London • University College London • The University of Manchester Top-100 universitetlar: • University of Birmingham • The University of Edinburgh • King's College London • University of Bristol • University of Warwick • University of Glasgow • University of Southampton • University of Leeds • Durham University
🎯 UK bakalavr uchun grant va stipendiyalar: • Universitetlarning ichki grantlari • Qisman kontrakt chegirmalari • Xalqaro talabalar uchun stipendiyalar • British Council ning grant dasturlari 📂 Talablari: ● 11-sinf(transkript) ● Yuqori GPA ● Pasport ● IELTS–6.5/7.0+ ● Personal Statement ● Tavsiyanoma (2x) ● CV 🚀 Stipendiyalar odatda nimalarni qoplaydi? – Kontrakt to'lovi to'liq yo qisman – Ba’zan yashash xarajatlari – Yotoqxona uchun chegirmalar – Qo‘shimcha akademik grantlar ⏰ Ariza muddati: Sentabr – Yanvar asosiy.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: 1. Arizalar asosan UCAS yoki Kaplan tizimi orqali topshiriladi. (Hozir UCAS yopilgan Kaplandan topshirsangiz bo'ladi) 2. Foundation/pathway dasturlari orqali kirish uchun Kaplan International Pathways kabi tashkilotlar yordam beradi. 3. Stipendiya arizasi ko‘pincha universitet qabulidan alohida topshiriladi.
StriveHub

🇧🇷 Braziliya – Bakalavr Ta’limi ! 🎓 QS da Top-300 dagi universitetlar: University of São Paulo (USP) University of Campinas (UNICAMP) Federal University of Rio de Janeiro (UFRJ) São Paulo State University (UNESP) 🎯 Braziliyada qanday grantlar bor? • PEC-G Scholarship (davlat granti) • University Scholarships
📂 Talablari: ● Pasport ● GPA (9/12-sinf) ● Portugaliya tili (CELPE-Bras – B1/B2) ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● Ba’zan kirish imtihoni bor
🚀 PEC-G Grant nimalarni qamrab oladi? – Kontrak to'lovi – Stipendiya – Yotoqxona – Tibbiy xizmat 🕗 Ariza muddatlari: Aprel – Iyun(grant dasturi) May – Avgust(universitetlar) 🔗 Rasmiy manbalar: gov.br/mreusp.brunicamp.brstudyinbrazil.capes.gov.br StriveHub

photo content

🇸🇬 Singapore – Bakalavr Ta’limi ! 🎓 QS da Top-300 tadagi universitetlar: – National University of Singapore (NUS) – Nanyang Technological University (NTU) – Singapore Management University (SMU) 🎯 Singapore’da qanday grantlar bor? • Singapore Government Scholarships • University Scholarships • ASEAN & International Student Scholarships • Merit-based scholarships
📂 Talablari: ● Pasport ● Yuqori GPA (9/12-sinf) ● IELTS 6.5 – 7.0 ● SAT / ACT ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma ● Intervyu(ba'zan)
🚀 Grantlar nimalarni qamrab oladi? – 100% yoki qisman kontrakt – ~800/1,500 SGD Oyiga stipendiya – Ba’zi grantlarda yotoqxona – O‘qish davomida ish imkoniyati 🕗 Ariza muddatlari: Oktyabr / Mart – Universitetlar Noyabr / Fevral – Grantlar 🔗Rasmiy manbalar:nus.edu.sgntu.edu.sgsmu.edu.sgstudyinsingapore.sg StriveHub

🇹🇷 Turkiya – Magistratura ta’limi ! 🎓 Top universitetlar: Middle East Technical University Istanbul Technical University Bogazici University Ankara University Hacettepe University Istanbul University 🎯Turkiyada magistratura uchun grantlar: • Türkiye Bursları (davlat stipendiyasi) • Universitet ichki grantlari • Qisman kontrakt chegirmalari
📂 Talablari: ● Bakalavr diplomi va transkript ● GPA (bakalavr baholari) ● Pasport ● TOEFL – 80/100+ ● TÖMER – B2/C1 (Turk tili sertifikati) ● Motivatsion xat ● 2 ta tavsiyanoma ● CV (rezyume)
🚀Türkiye Bursları nimalarni qamrab oladi? – To‘liq kontrakt to‘lovi – Yotoqxona – Tibbiy sug‘urta – Aviachipta – 1 yillik turk tili kursi – Oylik stipendiya ⏰ Ariza muddati: Yanvar / Fevral 2026(Türkiye Bursları) Mart / Iyul 2026(Universitet qabuli) Qo‘shimcha ma’lumotlar: 1.Yosh chegarasi 30 yoshgacha (Türkiye Bursları uchun) 2.Universitetga topshirish Turkiya Burslari dan alohida. 🔗 Rasmiy manbalar: turkiyeburslari.gov.tr studyinturkiye.gov.tr StriveHub

🇰🇷 Janubiy Koreya – Bakalavr Ta’limi uchun! 🎓 QS da Top-300 tadagi universitetlar: – Seoul National University – KAIST (Korea Advanced Institute of Science & Technology) – Yonsei University – Korea University – POSTECH – Sungkyunkwan University 🎯 Koreyada qanday grantlar bor? • GKS (Global Korea Scholarship) • University Scholarships • Merit-based scholarships
📂 Talablari: ● Pasport ● Yaxshi GPA (9/12-sinf) ● IELTS 6.0–7.0 ● TOPIK 3–4 ● Motivatsion xat ● Tavsiyanoma
🚀 GKS Grant nimalarni qamrab oladi? – 100% kontrakt – Aviachipta – Yotoqxona – 900/1,000$ oylik stipendiya – Tibbiy sug‘urta – 1 yillik tekin til kursi 🕗 Ariza muddatlari: Univerditetlar orqali Mart – May Elchixona orqali (GKS) Fevral – Mart 🔗 Rasmiy manbalar: studyinkorea.go.krnaver.com (universitet websayti) StriveHub