fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 786 مشترک است و جایگاه 2 558 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 425 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 786 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 03 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 786 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -221 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.04% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.97% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 965 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 308 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 116 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 04 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 786
مشترکین
-22124 ساعت
-1 5407 روز
-2 78630 روز
آرشیو پست ها
🎙️ Amazon dublyaj aktyorlarini sun’iy intellektga almashtiradi: endi Prime onlayn kinoteatridagi filmlar va seriallar asl ov
🎙️ Amazon dublyaj aktyorlarini sun’iy intellektga almashtiradi: endi Prime onlayn kinoteatridagi filmlar va seriallar asl ovozlarni klonlashtirgan holda neyron tarmoqlar orqali dublyaj qilinadi. Hozircha funksiya test rejimida ishlamoqda va tajribali «mahalliylashtirish bo‘yicha mutaxassislar» natijalarni kuzatishmoqda. Agar dublyaj haqidagi fikrlar yaxshi bo’lsa, funksiya platformadagi barcha kontent uchun ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

🌓 Kosmosdan olingan eng ajoyib kadrlar: xususiy kompaniya modulining Oyga birinchi muvaffaqiyatli qo’nishi. Amerikaning Firefly kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma bir necha kun oldin Oyga qo’ngandi, biroq undagi kameralardan olingan videolar endi yetib keldi. U 10 ta ilmiy qurilmani sinovdan o’tkazadi, shuningdek, 16-mart kuni Yer Quyoshni to’sib qo’yganidagi tutilishni tasvirga oladi va o’chadi. 📟 DigiTech

⚡️Yoshlik eliksiri kashf qilindi — Osaka universiteti mutaxassislari hujayralarni yoshartirish mumkinligini aniqlashdi. Gap A
⚡️Yoshlik eliksiri kashf qilindi — Osaka universiteti mutaxassislari hujayralarni yoshartirish mumkinligini aniqlashdi. Gap AP2A1 oqsili haqida ketmoqda. Eski hujayralardagi «AP2A1»ning olib tashlanishi qarishni qaytardi va hujayralarning yangilanishini kuchaytirdi, yosh hujayralarda «AP2A1» oqsilining haddan tashqari ko’payishi esa qarishni tezlashtirdi. Olimlar «AP2A1» oqsilini olib tashlab qarishni sekinlashtirish mumkinligini ta’kidlashmoqda. Hozir ular ushbu oqsilni batafsil o’rganib, tadqiqotlar o’tkazishyapti. Agar olimlar hujayralarning qarishini qaytara olsa yoki sekinlashtira olsa, odamlar sog’lom va uzoq umr ko’rishlari mumkin bo’ladi. Kasalliklar paydo bo’lgandan keyin simptomlarni davolash o’rniga, bu yondashuv ularning boshlanishini oldini olishi yoki kechiktirishi mumkin. 📟 DigiTech

+4
📲 ZTE Nubia Focus 2 5G va Focus 2 Ultra kamerofonlarini namoyish etdi. Smartfonlarning asosiy xususiyati kameraning yonidagi masshtabni sozlash halqasi bo’ladi. Focus 2 ning asosiy kamerasi 108 MP f/1,75 sensor bilan jihozlangan. Aylanadigan kamera halqasidan tashqari, kamerani boshqarish uchun hammaga tanish Capture Button tugmasi ham mavjud. Ikkala smartfon ham 120 hz chastotali 6,77 dyuymli displey va 5000 mA/soat akkumulyatorga ega bo’ladi, narxlari keyinroq e’lon qilinadi. 📟 DigiTech

🚘 Cadillac o’zining eng uzun avtomobili — 5.8 metrlik elektr Escalade IQL'ni namoyish etdi. U 750 ot kuchiga ega dvigatel bi
+3
🚘 Cadillac o’zining eng uzun avtomobili — 5.8 metrlik elektr Escalade IQL'ni namoyish etdi. U 750 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, 0-100 km/soat tezlikka 4,7 soniyada erishadi va bir zaryadda ~740 km masofani bosib o’tadi. Narxi — 132 695 dollar. 📟 DigiTech

🎥 Videolarni to’g’ri telefonda generatsiya qilish uchun Hailuo Video neyrotarmog’ining mobil versiyasi chiqarildi. Matnli so
+1
🎥 Videolarni to’g’ri telefonda generatsiya qilish uchun Hailuo Video neyrotarmog’ining mobil versiyasi chiqarildi. Matnli so’rov yoki rasm asosida videolarni yaratishingiz, kerakli model va uslublarni tanlashingiz mumkin. Generatsiya qilingan videolar juda realistik bo’ladi. Kuniga 100 ta token bepul beriladi, bu uchta video generatsiya qilish uchun yetarli. IOS va Android uchun yuklab olish. 📟 DigiTech

🧠 Telepatiya fantastika emas: olimlar agar kerakli neyronlar aloqalari o’chirib qo’yilsa, miyamiz boshqa odamlarning fikrlar
🧠 Telepatiya fantastika emas: olimlar agar kerakli neyronlar aloqalari o’chirib qo’yilsa, miyamiz boshqa odamlarning fikrlarini o’qiy olishini aniqlashdi. Kanadalik tadqiqotchilar miyaning ayrim qismlari «psi ingibitori» rolini o’ynashini aniqlashdi, ya'ni u odamlarda mavjud bo’lgan, lekin o’zi bilmagan tabiiy psixik va telepatik qobiliyatlarni chegaralab turadigan filtrdir. Ular magnit stimulyatsiyasi yordamida «filtrni» o’chirishga muvaffaq bo’lishdi, bu bemorlarning «psi» qobiliyatini oshirib, ularga onglari bilan obyektlarga ta’sir qilish imkonini berdi. Olimlar tajriba ham o’tkazdilar: 108 nafar ko‘ngilli tasodifiy sonlar generatoriga fikr kuchi bilan ta’sir ko‘rsata oldi. 📟 DigiTech

🧠 Yangi texnologik inqilob: Cortical Labs startapi haqiqiy inson neyronlarida ishlaydigan birinchi CL1 kompyuterini namoyish
🧠 Yangi texnologik inqilob: Cortical Labs startapi haqiqiy inson neyronlarida ishlaydigan birinchi CL1 kompyuterini namoyish etdi. Kashfiyot haqida qisqacha: – Tizim inson ildiz hujayralaridan olingan tirik neyronlar asosida ishlaydi; – Ular o’zi o'rganishga qodir; – Neyronlar yordamida tizim an’anaviy LLM'larga qaraganda tezroq o’rganadi va kamroq energiya sarflaydi; – Bunday kompyuterlar dorilarni yaratish va kasalliklarni o‘rganishni ancha tezlashtiradi; – Texnologiya LLM tuzilishini yaxshiroq o’rganishga yordam beradi, robotlar yaqin kelajakda aqlliroq bo’lishi mumkin; – Sotuvlar shu yildan boshlanadi, narxi bir kompyuter uchun atigi 35 ming dollar (bunday kompyuter uchun bu juda arzon). Olimlar tom ma’noda inson miyasiga ega robotlarni yaratishmoqchi. 📟 DigiTech

📲 Quyosh panellarini smartfonlar va ularning chexollariga ham o’rnatishni rejalashtirishyapti. Xitoyning Infinix kompaniyasi
+2
📲 Quyosh panellarini smartfonlar va ularning chexollariga ham o’rnatishni rejalashtirishyapti. Xitoyning Infinix kompaniyasida allaqachon prototiplar ham tayyor. Ularning zaryadlash quvvati 2 Vt bo’ladi va qurilma haddan tashqari qizib ketmasligi uchun faqat ishlatilmayotgan vaqtda faollashtiriladi. Smartfonni hatto chiroqdan ham zaryadlash mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻Lenovo noodatiy yangi qurilmani — yorug’lik bilan quvvatlanadigan noutbukni namoyish etdi. Yoga Solar'ga quyosh paneli o
+3
👨‍💻Lenovo noodatiy yangi qurilmani — yorug’lik bilan quvvatlanadigan noutbukni namoyish etdi. Yoga Solar'ga quyosh paneli o’rnatilgan bo’lib, u batareyani hatto xona yorug’ligidan ham ozgina zaryadlaydi, quyosh nuridan esa 20 daqiqada bir soatlik ish uchun yetarli energiya oladi. Narxi va qachon sotuvlar boshlashi haqida aytishmadi. 📟 DigiTech

⚡️Sun’iy intellekt bilan muloqot qilish orqali ingliz tilida og’zaki nutqni yaxshilash uchun Sesame neyrotarmog’i chiqdi, u gapirish ohangi deyarli odamnikidan farq qilmaydigan eng yaxshi ovozli chatbot hisoblanadi. Neyrotarmoq ovoz toni va tembrni o’zgartira oladi, u hatto pichirlab gaplashishni ham biladi, ingliz tilida so’zlashuvni yaxshilamoqchilar uchun ayni muddao. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️1-toifa qandli diabetni davosi topildi — Weill Cornell Medicine olimlari insulin ishlab chiqarishni tiklashning inqilobiy u
⚡️1-toifa qandli diabetni davosi topildi — Weill Cornell Medicine olimlari insulin ishlab chiqarishni tiklashning inqilobiy usulini topishdi. Millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin bo’lgan kashfiyot haqida qisqacha: — Shifokorlar bemorlarga qon tomirlarini hosil qiluvchi hujayralar bilan birga insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni ham ko’chirib o’tkazishni o’rganishdi; — Shu bilan birga, ko’chirib o’tkazish usuli juda oddiy: transplantatsiya avvalgidek jigarga emas, teri ostiga amalga oshiriladi; — Qandli diabetga chalingan kemiruvchilarda o’tkazilgan sinovlar natijalari fantastik bo’ldi: qand darajasi darhol barqarorlashdi va 20 haftadan ko’proq vaqt davomida shu holatda qoldi; Odamlarda sinovlar keyingi yilda boshlanishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Samsung kvant kompyuterlaridan himoya qiladigan chipni ishlab chiqmoqda Kvant kompyuterlari juda kuchlidir. Shu sabab, supe
⚡️Samsung kvant kompyuterlaridan himoya qiladigan chipni ishlab chiqmoqda Kvant kompyuterlari juda kuchlidir. Shu sabab, superkompyuterlar sotuvga chiqarilganidan so’ng mavjud kriptografiya qurilmalaringizni xakerlik hujumidan himoya qila olmaydi. Samsung S3SSE2A chipini oldindan ishlab chiqmoqda, bu chip kelajakdagi xavfga qarshi kurashishga qaratilgan. Texnologiya apparatli post-kvant kriptografiyasi (PQC) deb ataladi. Kompaniya ushbu chip o’rnatilgan smartfonlar 2028-yilda chiqarilishini va’da qilmoqda. 📟 DigiTech

👓 Meta yangi Aria Gen 2 aqlli ko’zoynagini namoyish etdi, u uyda yo’qolgan kalitlarni va do’konlarda oziq-ovqat mahsulotlari
+2
👓 Meta yangi Aria Gen 2 aqlli ko’zoynagini namoyish etdi, u uyda yo’qolgan kalitlarni va do’konlarda oziq-ovqat mahsulotlarini topishga yordam beradi. Qurilma mikrofon va to’rtta kamera orqali atrof-muhitni taniydi. Uni ko’z harakatlari, imo-ishoralar va ovoz orqali boshqarish mumkin. Bir zaryadda 6-8 soat faol ishlaydi. Narxi va chiqarilish sanasi hozircha ma’lum emas, lekin Meta ko’zoynakni shu yilda sotuvga chiqarishni rejalashtiryapti. 📟 DigiTech

⚡️Sayyoradagi eng boy odamlarning boyligini istalgan narsaga «sarflash» imkonini beruvchi sayt paydo bo’ldi. Ularning boyligi
⚡️Sayyoradagi eng boy odamlarning boyligini istalgan narsaga «sarflash» imkonini beruvchi sayt paydo bo’ldi. Ularning boyligi faqat butun internet yoki mamlakatni sotib olishga yetmaydi. Lekin be’malol shaxsiy sun’iy yo’ldosh, umrbod pitsa yetkazib berishga kupon, hashamatli uylar va boshqa ko’plab narsalarni «sotib olish» mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Xitoylik 11 yoshli bola kubik rubikni atigi 3,08 soniyada yig’ib yangi jahon rekordini o’rnatdi. Avvalgi rekordchi, amerikalik Maks Parkning natijasi 3,13 soniya edi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI GPT-4.5 modelini chiqardi. U matnli so’rovlarni barcha modellardan yaxshiroq tushunadi, deyarli ma’lumotni o’ylab to
+1
⚡️OpenAI GPT-4.5 modelini chiqardi. U matnli so’rovlarni barcha modellardan yaxshiroq tushunadi, deyarli ma’lumotni o’ylab topmaydi, ya’ni faqat faktlar bo’yicha javob beradi. Asosiy urg’u matnlarga va so’zlashishga qaratilgan, shu sabab dasturlashda katta o’sish yo’q — o1 va o3 hozircha buni yaxshiroq qilishadi. Hozircha undan faqat ChatGPT Pro obunasi egalari foydalanishlari mumkin. Keyingi haftadan esa Plus obunasi foydalanuvchilari uchun ham ochiladi. 📟 DigiTech

⚡️Telegram shaxsiy va guruh chatlarida pullik xabarlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ularni telegram stars'lar evaziga yuborish mum
⚡️Telegram shaxsiy va guruh chatlarida pullik xabarlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ularni telegram stars'lar evaziga yuborish mumkin bo’ladi. Har bir suhbat uchun turli xabarlar narxini belgilash mumkin bo’ladi. Hozirda funksiya yopiq sinovdan o’tkazilmoqda. Guruh egasi yoki suhbatdosh o’z xohishi bilan ushbu funksiyani faollashtirishi mumkin. Kanallar va chatlar egalari monetizatsiya qilishning yangi usuliga, foydalanuvchilar esa spamerlarga qarshi yangi filtrga ega bo’lishadi. 📟 DigiTech

⚡️Sun’iy intellekt strimerga aylandi: Claude 3.7 Sonnet deyarli ikki kundan buyon Pokemon Red o’yinini jonli efirda o’ynamoqd
⚡️Sun’iy intellekt strimerga aylandi: Claude 3.7 Sonnet deyarli ikki kundan buyon Pokemon Red o’yinini jonli efirda o’ynamoqda. Anthropic'ning birinchi «fikrlaydigan» modelining fikrlash jarayonini ko’rish mumkin. Neyrotarmoq sekin bo’lsa-da, lekin hozircha o’yinni muvaffaqiyatli o’tmoqda. Uning oldingi versiyasi Claude 3.5 Sonnet bir paytlar o’yinni boshida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi — u boshlang’ich darajadan o’ta olmagan. 👉 Strimni kuzatish uchun havola. 📟 DigiTech

🎥 Tadbirkor Mark Lu neyron tarmoqlardan foydalangan holda startaplarni ishga tushirish bo’yicha bepul kurs chiqardi. Videoda
🎥 Tadbirkor Mark Lu neyron tarmoqlardan foydalangan holda startaplarni ishga tushirish bo’yicha bepul kurs chiqardi. Videoda u quyidagilar haqida ma’lumot bergan: – Birinchi startapingizni ishga tushirish uchun qanday texnologiyalar kerak; – SI yordamida jarayonlarni qanday avtomatlashtirish mumkin; – Kod va dizayn bilan ishingizni tezlashtirish uchun neyrotarmoqlardan qanday foydalanish kerak. Markning o’zi 25 ta loyihani ishga tushirishga ulgurgan, ulardan 12 tasi daromadli bo’ldi. Loyihalari unga oyiga umumiy 123 ming dollar daromad keltiradi. 👉 Bepul kursga havola. 📟 DigiTech