fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 52 550 مشترک است و جایگاه 2 528 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 398 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 52 550 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 29 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -3 262 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -160 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.61% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.18% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 490 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 577 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 130 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 30 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

52 550
مشترکین
-16024 ساعت
-1 9977 روز
-3 26230 روز
آرشیو پست ها
⚡️.ai domeni Karib dengizidagi bir kichik Anguilla oroliga yiliga 30 million dollardan ko’proq daromad keltirmoqda, u 1980-yi
⚡️.ai domeni Karib dengizidagi bir kichik Anguilla oroliga yiliga 30 million dollardan ko’proq daromad keltirmoqda, u 1980-yillardan buyon mamlakatga tegishli bo’lib, hozirda yillik daromadining chorak qismini ta’minlaydi. SI shov-shuvi boshlanganidan beri .ai domenidagi saytlar soni 50 000 dan 870 000 gacha o’sdi. Yuzlab kompaniyalar orolga «chiroyli» domen nomi uchun pul to’lashmoqda: ular orasida Google, Perplexity va Notion bor. Hozircha eng qimmat sayt 700 000 dollarga you.ai hisoblanadi. U SI bo’yicha ma'ruza mavjud YouTube videoga olib o’tadi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Xitoyda parraklari Eyfel minorasidan teparoqqa ko’tariladigan dunyodagi eng katta va eng kuchli shamol turbinasi o’rnatildi. 185 metr balandlikdagi turbina (taxminan 70 qavatli bino balandligiga teng) yiliga 100 GVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu 55 000 xonadonni quvvatlantirish uchun yetarli. Uch parragini har birining uzunligi 153 metrdan, bu Xeops piramidasining balandligidan (138 m) ham oshadi, umumiy konstruksiya esa 200 km/soatgacha bo’lgan shamollarga bardosh beroladi. 📟 DigiTech

+1
✈️ AQSh'lik bloger qiz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmidagi Tom Kruz'ning eng xavfli tryuklaridan birini takrorladi. 33 yoshli YouTuber Mishel Xare Lockheed C-130 harbiy samolyotida uning eshigini ushlab osmonga ko’tarildi va besh daqiqadan ko’proq davom etgan parvoz vaqtida parashyutsiz samolyotda osilib turdi. Samolyot taxminan 260 km/soat tezlikka chiqdi va 600 metr balandlikka ko’tarildi, blogerning xavfsizligi uchun faqat kichik arqon bor edi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Anthropic o’quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar uchun yangi AI Fluency kursini chiqardi. Kursda uy vazifasi
👨‍💻 Anthropic o’quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar uchun yangi AI Fluency kursini chiqardi. Kursda uy vazifasini neyron tarmoqlar orqali qanday samarali bajarish bo’yicha beshta ma'ruza mavjud, ammo shu bilan birga buni o'zingizning tanqidiy fikrlashingizni susaytirmagan holda amalga oshirish o’rgatilgan. 👉 Kursga havola. 📟 DigiTech

🚇 AQSh'da yangi avlod tezyurar poyezdlari ishga tushirildi, biroq ular avvalgilaridan ham sekinroq bo’lib chiqdi. Eng yangi
+3
🚇 AQSh'da yangi avlod tezyurar poyezdlari ishga tushirildi, biroq ular avvalgilaridan ham sekinroq bo’lib chiqdi. Eng yangi NextGen Acela poyezdlari 257 km/soatgacha (avvalgilariga qaraganda 16 km/soat tezroq) tezlashishi kerak, biroq eskirgan temir yo’l infratuzilmasi tufayli ular bir xil tezlikda, ayrim hududlarda esa hatto undan ham sekinroq harakatlanmoqda. Misol uchun, eski poyezdlar Bostondan Vashingtonga 6 soat 56 daqiqada yetib borgan, xuddi shu yo’nalishdagi yangilari esa 7 soat 5 daqiqada yetib borishmoqda. Yo’llarni «yaqin yillarda» modernizatsiya qilish va tezlikni oshirish va'da qilinmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Apple va Samsung reklama uchun Xiaomi'dan xafa bo’lishdi va endi uni sudga berish bilan tahdid qilishmoqda. Xiaomi Hindisto
+2
⚡️Apple va Samsung reklama uchun Xiaomi'dan xafa bo’lishdi va endi uni sudga berish bilan tahdid qilishmoqda. Xiaomi Hindistonda o’z raqobatchilarining haddan tashqari qimmat gadjetlarini ochiqchasiga masxara qiladigan bir nechta reklamalarni chiqardi:
Kelajak allaqachon shu yerda bo'lsa, o’tmish uchun nega buncha to’lash kerak? Aqlli odamlar aqlli tanlov qiladilar.
📟 DigiTech

👨‍💻 Talabalar uchun juda foydali neyrotarmoq: Kimi AI'dan bepul taqdimotlar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq chiqdi. Unda istalgan mavzuda slaydlar yaratishingiz va dizaynini tanlashingiz mumkin. Shunchaki g’oyani matnli so’rov ko’rinishida yozing va neyron tarmoqning o’zi slaydlarning tuzilishi va mazmunini o’ylab topadi. Har bir elementni qo’lda tahrirlash mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🛳️ Amerikaning Villa Vie kruiz kompaniyasi «Pensionerlar uchun oltin pasport»ni chiqardi — u bilan bir martalik to’lovni to‘
+3
🛳️ Amerikaning Villa Vie kruiz kompaniyasi «Pensionerlar uchun oltin pasport»ni chiqardi — u bilan bir martalik to’lovni to‘lab, umrni qolgan qismini laynerda o’tkazish mumkin. Har 3,5 yilda kema 147 ta davlatdagi 425 ta portga sayohat qiladi, safarlar oralig’ida esa kemada qolishga ruxsat beriladi. Narx yoshga bog'liq — qanchalik yosh katta bo’lsa, chegirma ham shunchalik katta bo’ladi: masalan, 55 yoshlilardan 399 999 dollar, 90 yoshlilardan esa 100 000 dollar so’rashmoqda. Narxga oziq-ovqat, har kungi xona tozalovi, kir yuvish va hatto har yillik tibbiy ko’riklar ham kiradi. 📟 DigiTech

⚡️Junior dasturchilar sun’iy intellekt tufayli o‘z ishlaridan ayrilishmoqda. Stenford so’nggi uch yil ichidagi mehnat bozorin
⚡️Junior dasturchilar sun’iy intellekt tufayli o‘z ishlaridan ayrilishmoqda. Stenford so’nggi uch yil ichidagi mehnat bozorini o’rgandi. Ma'lum bo'lishicha, 22-25 yoshdagi dasturchilarning bandligi 13 foizga kamaygan. Faqat chatbotlar orqali kodlarni ko’rib chiqishni va xatolarni aniqlashni o’rganganlar «omon qolishmoqda». 📟 DigiTech

⌨️ Vaybkoderning orzusi: Cursor faqat bitta tugmachali «Tab» klaviaturasini chiqardi. Tugma neyrotarmoqlar yordamida avtomati
+1
⌨️ Vaybkoderning orzusi: Cursor faqat bitta tugmachali «Tab» klaviaturasini chiqardi. Tugma neyrotarmoqlar yordamida avtomatik ravishda kod yozishga yordam beradi. Uni bir marta bosish bilan tayyor dasturlarni yaratishingiz mumkin. Ushbu tugmani Cursor dasturidan foydalanadigan eng faol vaybkoderlarga berishmoqchi. 📟 DigiTech

+3
📲 Xiaomi smartfonlar uchun yangi tizimni namoyish etdi, unda iPhone smartfonlarining asosiy xususiyatlaridan biri — «dinamik orol» Super Island paydo bo’ldi. HyperOS 3 ga shuningdek, yangilangan ikonkalar, blokirovka ekranini moslashtirish va sun'iy intellekt fon rasmi generatori qo’shildi. Xitoyda flagman smartfonlar uchun beta-versiya chiqdi, reliz versiyasi esa keyinroq chiqariladi — aniq sanalar hozircha yo’q. 📟 DigiTech

20 sentyabrdan INHA universitetida Dev Camp — Yandex Uzbekistan'ning IT mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dasturi star
20 sentyabrdan INHA universitetida Dev Camp — Yandex Uzbekistan'ning IT mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dasturi start oladi Loyiha Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 mitapi bilan ochiladi. Unda kompaniyaning asosiy mahsulotlarini yaratayotgan mutaxassislar ishtirok etadi. Spikerlar qatorida Yandex Uzbekistan'ning backend dasturchisi Anvar Umarov, Yandex Go‘da algoritmlar ishlab chiqish bo‘limi rahbari Sergey Voronsov, Yandex Go arxitektori Vinsent Ambo, Yandex Lavka'da AI va logistika yo‘nalishi rahbari Pavel Parxomenko va boshqalar bor. 🧑‍💻Dev Camp doirasida: ● Backend dasturlash bo‘yicha leksiyalar va amaliy mashg‘ulotlar, ● Algoritmlash bo‘yicha treninglar, ● CV tayyorlash va karyera bo‘yicha vorkshoplar hamda individual maslahatlar. 🏆 Dastur yakunida eng yaxshi ishtirokchilar saralab olinib, Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✏️👉 Ro‘yxatdan o‘tish 17 sentyabrgacha ochiq. 😲 Qatnashish — bepul.

👨‍💻 Google barcha foydalanuvchilarga SI video muharriri Vids'ni ochdi. Uning yordamida murakkab animatsiyalar va fon musiqa
👨‍💻 Google barcha foydalanuvchilarga SI video muharriri Vids'ni ochdi. Uning yordamida murakkab animatsiyalar va fon musiqasi bilan taqdimotlar yaratishingiz mumkin, bepul shablonlar kutubxonasi mavjud. Ekranda senariyning chiqishi bilan ekranni yozib olish funksiyasi ham mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎵 Dunyodagi istalgan radioni tinglang: Radiocast veb-saytida har qanday didga mos radio stantsiyalarni tinglash mumkin. Janrni o’zingiz tanlashingiz mumkin. Kun davomida yoqimli musiqani tinglab ishlaydiganlar uchun ayni muddao. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
🚘 Xitoyliklarning BYD Yangwang U9 avtomobili elektromobillar orasida 472 km/soat tezlikka erishib, yangi rekordni o’rnatdi. Sinov Germaniyaning Papenberg trassasida eng yaxshi 3000 ot kuchiga ega Track Edition versiyasi ishtirokida bo’lib o’tdi. Xitoyda ular hali ushbu versiyani sotishni boshlashmagan va narxini ham hali e'lon qilishmagan, 1306 ot kuchiga ega bazaviy versiyasi narxi esa 240 000 dollar turadi. Solishtirish uchun, eng top Bugatti Chiron Super Sport 300+ benzinda 490 km/soatgacha tezlashadi, narxi esa 3,5 million yevrodan oshadi. 📟 DigiTech

⚡️Dunyodagi birinchi sun'iy intellektga asoslangan kompyuter virusi topildi, u tezda vaziyatga moslashib Windows, macOS va Li
⚡️Dunyodagi birinchi sun'iy intellektga asoslangan kompyuter virusi topildi, u tezda vaziyatga moslashib Windows, macOS va Linuxda bir xil darajada ishlaydi. PromptLock virus dasturi ESET antivirusi ishlab chiquvchilari tomonidan topildi: u to’lov talabi bilan muhim fayllarni topish va shifrlashga yo’naltirilgan bo’lib, OpenAI'ning ochiq manbali SI modellaridan biriga asoslangan. Hozircha ushbu virusdan ommaviy zararlanish kuzatilmagan: mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, virus hozircha prototipga o’xshaydi, chunki uning ba'zi funksiyalari hali reallashtirilmagan. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng kuchli uchuvchi elektr stansiyani yaratishdi. 1 MVt quvvat energiya ishlab chiqaradigan dirijabl-
+2
⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng kuchli uchuvchi elektr stansiyani yaratishdi. 1 MVt quvvat energiya ishlab chiqaradigan dirijabl-shamol turbinasi gibridi 1500 m balandlikda uchib, butun qishloqni energiya bilan ta'minlaydi, bunday balandlikda shamol tezligi yer yonidagidan uch baravar yuqoridir. Ular, birinchi navbatda, bunday stansiyalardan chekka hududlarda va tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda foydalanishni rejalashtirishmoqda. Kelajakda esa shamol 200 barobar kuchliroq bo’lgan 10 000 metr balandlikka ko’tarila oladigan yanada yaxshiroq versiyasini yig’ishmoqchi. 📟 DigiTech

⚡️Rasman: Apple iPhone 17-ni 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da namoyish etadi. Kompaniya jurnalistlar va blo
⚡️Rasman: Apple iPhone 17-ni 9-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da namoyish etadi. Kompaniya jurnalistlar va blogerlarga taqdimotga taklifnomalar yuborishni boshladi. 📟 DigiTech

📲 Android'da APK davri tugadi — Google tasdiqlanmagan ilovalarni o’rnatishni taqiqlaydi. — Cheklovlar uchinchi tomon do’konl
📲 Android'da APK davri tugadi — Google tasdiqlanmagan ilovalarni o’rnatishni taqiqlaydi. — Cheklovlar uchinchi tomon do’konlariga ham, APK'larni qo’lda oʻrnatishga ham ta'sir qiladi; — Ilovani oʻrnatish uchun barcha ishlab chiquvchilar tekshiruvdan o’tishlari kerak bo’ladi; — Ilovalarini Google Play orqali chiqarganlar avtomatik ravishda yangi qoidalarga amal qilgan hisoblanadi. Tizim oktyabr oyida ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

📱Realme o’rnatilgan konditsionerli smartfonni chiqardi. Korpusning yon tomonidagi joydan shamol chiqadi. Bu faol sovutish tizimining bir qismidir — u odamni sovutish uchun ham yetarlicha kuchli. Qurilma 27 avgust kuni taqdimotda namoyish etilishi mumkin. 📟 DigiTech