fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 51 891 مشترک است و جایگاه 2 558 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 425 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 51 891 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 02 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 847 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -200 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.08% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.66% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 041 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 182 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 122 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 03 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

51 891
مشترکین
-20024 ساعت
-1 6077 روز
-2 84730 روز
آرشیو پست ها
🗺️ Google Maps'ga Gemini asosida skrinshot orqali xaritadagi istalgan nuqtani topishga yordam beradigan funksiya qo’shildi. Neyron tarmoqqa ijtimoiy tarmoqlar yoki maqolalardan skrinshot olib yuklashingiz kifoya va u xaritada shu joyni belgilab beradi. Funksiya iOS foydalanuvchilari uchun shu haftadan qo’shilishni boshlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Zumerlarning deyarli yarmi (46%) vazifalar va dedlaynlar haqida eslamaslik uchun o’z ongini «Ajratish» serialidagi kabi «is
⚡️Zumerlarning deyarli yarmi (46%) vazifalar va dedlaynlar haqida eslamaslik uchun o’z ongini «Ajratish» serialidagi kabi «ish» va «ishdan tashqari» ga bo’lishni xohlashadi. Ular soat 18:00 dan keyin ish haqida eslamaslik uchun boshlariga chip o’rnatishga tayyorlar. Buning sababi: 41% hatto uyda ham vazifalarni o’ylayveradi, 40% boshliqlari ish soatlaridan keyin ham vazifa beradi, 44% doimiy ravishda elektron pochtasini tekshiradi. 📟 DigiTech

⚡️Hatto eng kuchli SI modellari ham bu testdan o’ta olishmaydi. U ARC-AGI-2 deb nomlanadi va sun’iy intellektning inson kabi
⚡️Hatto eng kuchli SI modellari ham bu testdan o’ta olishmaydi. U ARC-AGI-2 deb nomlanadi va sun’iy intellektning inson kabi fikrlash qobiliyatini sinovdan o’tkazadi. o3-mini va GPT 4.5 modellari bu testdan 0% o’tishdi. Ayni paytda eng kuchli o1-pro 1%, omma uchun yopiq bo’lgan o3 esa faqat 4% natija ko’rsatdi. Taqqoslash uchun, odamlar uni tayyorgarliksiz o’tib o’rtacha 60% natija ko’rsatishadi. Buning siri abstrakt fikrlashda, neyron tarmoqlarda bu bo’yicha hali ham muammolar mavjud. Shu sabab, sun’iy intellekt hali beri insoniyatni ortda qoldirolmaydi. 📟 DigiTech

🖥️ Xiaomi o’yinchilar uchun eng hamyonbop top monitorni chiqardi. Redmi G27Q 240Hz sifati 2K bo’lgan, 27 dyuymli Fast IPS ek
+4
🖥️ Xiaomi o’yinchilar uchun eng hamyonbop top monitorni chiqardi. Redmi G27Q 240Hz sifati 2K bo’lgan, 27 dyuymli Fast IPS ekraniga ega. Bundan tashqari, AMD FreeSync Premium texnologiyasini ham qo’llab-quvvatlaydi. Narxi atigi 180 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🔋Olimlar zaryadi butun umrga yetadigan xavfsiz yadroviy batareyani yaratishdi. Bunga radiouglerod yordamida erishildi. U max
🔋Olimlar zaryadi butun umrga yetadigan xavfsiz yadroviy batareyani yaratishdi. Bunga radiouglerod yordamida erishildi. U maxsus yarimo’tkazgich bilan o’zaro ta’siridan so’ng elektrga aylanadigan zarrachalarni chiqaradi. Shu bilan birga, batareya butunlay xavfsizdir. U tibbiy asbob-uskunalar va batareyalarni doimiy ravishda almashtirish qiyin bo’lgan boshqa jihozlarda qo’llanilishi mumkin. Shunday batareyada ishlaydigan smartfonlar chiqishini kutib qolamiz. 📟 DigiTech

🔐 Xiaomi egasining ovozini o’zgartira oladigan (agar kimnidir qo’rqitish kerak bo’lsa) aqlli eshik qulfini chiqardi. Smart D
+2
🔐 Xiaomi egasining ovozini o’zgartira oladigan (agar kimnidir qo’rqitish kerak bo’lsa) aqlli eshik qulfini chiqardi. Smart Door Lock 2 Cat Eye shuningdek, tungi ko’rish funksiyasiga ega kameralar bilan ham jihozlangan, uni ochish uchun barmoq izi, smartfon, NFC kalit yoki paroldan foydalanish mumkin. Xitoyda narxi — 210 dollar. 📟 DigiTech

🔭 Jeyms Uebb teleskopi «kosmik tornado» — yosh yulduz tomonidan chiqarilgan gaz va chang bulutlarini suratga oldi. U Yerdan taxminan 650 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan. Juda go’zal manzara. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia o’yinchilar uchun G-Assist SI yordamchisini chiqardi. U o’yinlarning talablarini inobatga olgan holda shaxsiy kompyuter uchun optimal sozlamalarni tanlab beradi. Bot orqali barcha tashqi qurilmalarni, jumladan, klaviatura yoritgichini ham boshqarish mumkin. U internetsiz ishlaydi va matn yoki ovoz orqali boshqarish mumkin. Yaqin kelajakda G-Assist o’yinchi ekranida sodir bo’layotgan barcha narsani ko’rib, masalan, o’yindagi raqibni qanday tezroq mag’lub etish yoki qiyin jumboqni qanday yechishni aytib tura oladi. G-Assist barcha foydalanuvchilar uchun bepul mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Professional strateg va strategiya bo’yicha kitoblar muallifi Mark Pollard ChatGPT'ga ishonib Chili aeroportida qolib ketdi. Chatbot unga eski ma’lumotlar asosida avstraliyaliklarga Chiliga kirish uchun viza kerak emasligini aytgan. Ammo viza kerak bo’lib chiqdi. Mark bu haqda chegarachilardan bilib oldi. Shundan so’ng Mark ChatGPT’dan bu xatolik uchun OpenAI'ni sudga berishi mumkinmi yoki yo’qligini so’radi. Chatbot mumkin emas deb javob berdi. 📟 DigiTech

📲 Google Android'ga tizimni qayta ishga tushirmasdan yangilash funksiyasini qo’shishi mumkin. Kompaniya LUO — Live Update Or
📲 Google Android'ga tizimni qayta ishga tushirmasdan yangilash funksiyasini qo’shishi mumkin. Kompaniya LUO — Live Update Orchestrator deb nomlangan algoritm ustida ishlamoqda, u qurilmani o’chirmasdan operatsion tizimning asosiy komponentlarini yangilashga imkon beradi. LUO yangilanish jarayonini real vaqtda kuzatib boradi, xatolik yuz berganda yangilanishni orqaga qaytarishi mumkin, shuningdek, tizim yadrosi komponentlarini almashtirish jarayonida RAM tarkibini yangi yangilangan paketlarga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazishga yordam beradi. Funksiya Android'da qachon paydo bo’ladi va u umuman paydo bo’ladimi yoki yo’qmi noma'lum. 📟 DigiTech

⚡️Butun internetning taxminiy og’irligi hisoblab chiqildi. U atigi 5,32 * 10⁻¹⁴ grammdir (grammning 53 kvadrillion qismi). Bu
⚡️Butun internetning taxminiy og’irligi hisoblab chiqildi. U atigi 5,32 * 10⁻¹⁴ grammdir (grammning 53 kvadrillion qismi). Bu butun dunyo ma’lumotlarini (175 zettabayt) bitta serverda shifrlash uchun zarur bo’lgan energiya massasidir. Ushbu ko’rsatkich eng aniq deb topildi. Agar ushbu ma’lumotlar DNK'ga kodlansa, uning o’g’irligi 960 kg bo’ladi. Tom ma’noda insoniyatning barcha raqamlashtirilgan bilimlari 10 ta odam yoki 64 ming dona qulupnayning og’irligiga teng. 📟 DigiTech

🎥 Zoom'dagi SI yordamchi kuchli yangilandi — endi u video qo’ng’iroqlarni rejalashtiradi, ular asosida hujjatlar yaratadi va
🎥 Zoom'dagi SI yordamchi kuchli yangilandi — endi u video qong’iroqlarni rejalashtiradi, ular asosida hujjatlar yaratadi va videolar generatsiya qiloladi. Tez orada ilovada qo’ng’iroqlaringizni yozib oladigan va qisqacha takrorlab beradigan diktofon paydo bo’ladi, may oyida esa suhbatni muhim joylarini konspektlashtiradigan «jonli qaydlar» funksiyasi ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

📱iPhone suratga olish jarayonida 200 km/soat tezlikda mashinadan tushib ketib, butun qoldi va qulashini chiroyli videoga oldi. Gollivud shedevrlari qanday suratga olinishini siri ochildi :) 📟 DigiTech

🚘 Xitoy yo’llarida Xiaomi'ning ilk yo’ltanlamas avtomobili suratga tushib qoldi — katta ehtimol bilan u elektr bo’ladi. Hozi
+2
🚘 Xitoy yo’llarida Xiaomi'ning ilk yo’ltanlamas avtomobili suratga tushib qoldi — katta ehtimol bilan u elektr bo’ladi. Hozirda Xiaomi YU9 (ehtimoliy nomi) rasmiy relizdan oldin dizayni oshkor qilinmasligi uchun kamuflyajda sinovdan o’tkazilyapti, u 2026-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia kompaniyasi quvvati butun boshli ma’lumotlar markazi bilan teng bo’lgan, Mac Mini o’lchamidagi DGX Spark va DGX Stat
⚡️Nvidia kompaniyasi quvvati butun boshli ma’lumotlar markazi bilan teng bo’lgan, Mac Mini o’lchamidagi DGX Spark va DGX Station personal SI superkompyuterlarini namoyish etdi. Qurilmaga 1 petaflops hisoblash quvvatiga ega chip o’rnatilgan — u DeepSeek, OpenAI va Google'ning «fikrlaydigan» LLM'lari bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Oldindan buyurtma berish allaqachon ochilgan. Narxi — 4000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+2
🤖 Mercedes-Benz zavodlarida Apollo robotlari ishlay boshlashdi — ular logistika, qismlarni yig’ish va hatto ularni sifatini tekshirishda yordam berishadi. Mercedes xodimlari robotlar avtonom ishlay olishlari uchun vazifalarni telemetriya va AR orqali o’rgatishmoqda. Agar Apollo batareyasi zaryadi tugasa, u o’zini zaryad qilish uchun ketadi. Robotlarning ish boshlashi Mercedes-Benz kompaniyasida xodimlarni ommaviy ishdan bo’shatish davriga to’g’ri keldi. BMW, Tesla va Zeekr ham o’z zavodlarida xodimlarni robotlarga almashtirishmoqda. 📟 DigiTech

🖼️ Rasmlar generatsiya qiluvchi Midjourney va Flux'ning kuchli raqobatchisi Reve neyrotarmog’i chiqdi. Reve neyrotarmog’i ra
+3
🖼️ Rasmlar generatsiya qiluvchi Midjourney va Flux'ning kuchli raqobatchisi Reve neyrotarmog’i chiqdi. Reve neyrotarmog’i rasmlarni juda sifatli generatsiya qiladi, matnli so’rovlarni (prompt) yaxshi tushunadi va mutlaqo bepuldir. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🖼️ Rasmdan 3D video yaratib beradigan neyrotarmoq: Stability AI obyektlarni turli rakurslardan ko’rsatishi mumkin bo’lgan Stable Virtual Camera yangi generativ modelini chiqardi. Undan foydalanish juda oson — rasmni yuklash va generatsiyani boshlash kifoya, modelning o’zi tafsilotlarni saqlab qolgan holda 3D-sahnani yaratadi. Kerakli rakursni topish uchun virtual «kamera»ni 360 ° ga aylantirish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
📲 Huawei noodatiy yangi qurilma — buklanuvchi smartfon-planshet Pura X'ni namoyish etdi. Qurilma noodatiy tomonlar nisbatiga ega — 16:10. Kompaniyadagilar bu format foydalanuvchilar uchun eng qulayi deyishmoqda. Ekran diagonallari: ichki 6,3 dyuym va tashqi 3,5 dyuym. Akkumulyator sig’imi 4720 mA/soat. Narxi — 1 025 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

😴 Tadqiqot: Kam uyqu tom ma’noda miya hajmini kichraytiradi. Olimlar hammasi bo’lib yuzdan ortiq ilmiy tadqiqotlarni tahlil
😴 Tadqiqot: Kam uyqu tom ma’noda miya hajmini kichraytiradi. Olimlar hammasi bo’lib yuzdan ortiq ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilib chiqishdi, natijada uyquning buzilishi va uning yetishmasligi miya hajmining kichrayishi bilan bog’liq degan xulosaga kelishdi. Uyquning yetishmasligi tufayli kognitiv qobiliyatlar yomonlashadi — xotira, diqqat va reaksiya tezligi pasayadi. Bu depressiya, tashvish va boshqa ruhiy kasalliklar xavfini oshiradi. Shuningdek, uyqu vaqtida miya zaharli oqsillardan tozalanadi, agar ular to’planib qolsa Altsgeymer, demensiya va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 📟 DigiTech