fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 53 564 مشترک است و جایگاه 2 480 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 370 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 53 564 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 955 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -312 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.94% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.01% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 372 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 654 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 132 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

53 564
مشترکین
-31224 ساعت
+2 0507 روز
+95530 روز
آرشیو پست ها
📲 Android Gemini Intelligence’ga asoslangan sun’iy intellekt tizimiga aylanmoqda. Android 17’da sun’iy intellekt deyarli ham
+2
📲 Android Gemini Intelligence’ga asoslangan sun’iy intellekt tizimiga aylanmoqda. Android 17’da sun’iy intellekt deyarli hamma joyda paydo bo‘ladi va masalan, quyidagilarga qodir bo‘ladi: ilovalarni boshqarish, ishlarni avtomatizatsiyalash va noyob vidjetlar yaratish. Shuningdek, Android’ga asoslangan yana bir aqlli tizim — noutbuklar uchun mo‘ljallangan Googlebook ham namoyish etildi. Unda ham asosiy e’tibor Gemini va bulutli texnologiyalarga qaratilgan. 📟 DigiTech

⚡️AQSh'dagi ma’lumotlar markazi butun bir shahar aholisining suvini o‘g‘irladi. Muammo odamlarning kranlari bosimi tushib ket
⚡️AQSh'dagi ma’lumotlar markazi butun bir shahar aholisining suvini o‘g‘irladi. Muammo odamlarning kranlari bosimi tushib ketganida yuzaga chiqdi. Server xonasiga noqonuniy ravishda 113 million litr suv tortib olingan — bu 44 ta olimpiya havzasiga teng. Kommunal xizmatlar uning suv quvuriga ulanganini bilishmagan ham. Bundan avval suv ta’minoti kompaniyasi mahalliy aholidan suvni kamroq ishlatishni va iloji boricha maysazorlarni sug‘ormaslikni so‘ragan edi. Bularning barchasi ma’lumotlar markazlariga suv yetishi uchun qilingan. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklar 22 000 dollarga Porsche Taycan «qotili»ni chiqarishdi — yangi MG 07 gibridi nemislarni elektromobiliga juda o‘
+3
🚘 Xitoyliklar 22 000 dollarga Porsche Taycan «qotili»ni chiqarishdi — yangi MG 07 gibridi nemislarni elektromobiliga juda o‘xshab ketadi. Mashinaning silueti, panoramali tomi, yaxlit orqa chiroqlari va past klirensi Taycan bilan bir xil. Gibridning asosiy fishkasi — o‘zining X7 chipiga ega Momenta R7 avtopilot tizimidir. Xitoyliklarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt avtomobil atrofida to‘laqonli «dunyo modelini» tuzadi va yo‘lda o‘zi qaror qabul qiladi. Salonda 12,3 dyuymli ulkan ekran bor, jismoniy tugmalar yo’q, audiotizim esa 9 ta karnayli. Eng qizig‘i, Yevropada ko‘pchilik haligacha MG'ni Britaniya brendi deb o’ylaydi. 📟 DigiTech

⚡️Forza Horizon 6 rasmiy relizidan bir hafta oldin torrentlarda paydo bo‘ldi. Playground Games Steam'ga o‘yinning umumiy hajm
⚡️Forza Horizon 6 rasmiy relizidan bir hafta oldin torrentlarda paydo bo‘ldi. Playground Games Steam'ga o‘yinning umumiy hajmi 155 GB dan ortiq bo‘lgan shifrlanmagan fayllarini adashib joylab yuborganidan so‘ng o‘yinni «o‘g‘irlashga» muvaffaq bo‘lishdi. Aslida kompaniya yangi Forza'ni rasman 19-may kuni chiqarmoqchi edi. 📟 DigiTech

🌓 NASA aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi: astrofotograf «Artemis II» ekipaji bilan hamkorlikda Oyning teskari tarafining
+2
🌓 NASA aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi: astrofotograf «Artemis II» ekipaji bilan hamkorlikda Oyning teskari tarafining o‘nlab fotosuratlarini birlashtirdi, rasm tiniqlashtirildi va tabiiy yo‘ldosh rangli tasvirda taqdim etildi. Ekipaj kapitani Rid Uayzman Oyni astrofotograflar qo‘llaydigan uslubda, kerakli vaqtda ma’lum bir burchak ostida bir qator rasmlarini oldi. Keyinroq esa Yerda Endryu bu kadrlarni jamlab, Oy yuzasidagi mineral tuproqning ko‘zga ko‘rinmas farqlarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, ko‘k dog‘lar titanli bazaltlarni, qizil dog‘lar esa temir qatlamlarini anglatadi. 📟 DigiTech

⚡️PlayStation 6 kelajagi mavhumligicha qolmoqda: Sony konsolni qachon va qanday narxda chiqarishni hal qila olmayapti. Bu bor
⚡️PlayStation 6 kelajagi mavhumligicha qolmoqda: Sony konsolni qachon va qanday narxda chiqarishni hal qila olmayapti. Bu boradagi qaror faqat 2027-yil oxirida qabul qilinadi. Komponentlar narxining oshishi konsollar ishlab chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan bir paytda, Sony ularga 30 Gb gacha tezkor xotira o‘rnatmoqchi. 📟 DigiTech

🛸 Pentagon NUJlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi. Unda «nomalum uchuvchi jismlar»ga oid jami 162 ta hujjat bor. Materia
🛸 Pentagon NUJlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi. Unda «nomalum uchuvchi jismlar»ga oid jami 162 ta hujjat bor. Materiallar o‘nlab yillar avval to‘plangan fotosuratlar, videolar, guvohlarning ko‘rsatmalari hamda maxsus xizmatlar hisobotlarini o‘z ichiga oladi. Ular yechimi topilmagan ishlar sirasiga kiradi, bu davlatning vaziyat va anomaliyalarga yakuniy baho bera olmaganini anglatadi. Konspirologlar uchun bayram boshlandi. Arxivga kirish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Windows ilovalarni 40-70% tezroq ishga tushirishni boshlaydi — Microsoft oddiy vazifalarda protsessor tezligini oshirishni
⚡️Windows ilovalarni 40-70% tezroq ishga tushirishni boshlaydi — Microsoft oddiy vazifalarda protsessor tezligini oshirishni sinovdan o‘tkazmoqda. WindowsLatest nashri eng so‘nggi — tizimni tezlashtirish rejimini sinab ko‘rdi. Bu funksiya brauzer yoki «Пуск» menyusi kabi muayyan ilovalar bilan ishlaganda protsessor tezligini bir necha soniyaga maksimal chastotaga oshiradi. Barcha holatlarda bu dasturlar odatdagidan ancha tezroq ishga tushdi, shu bilan birga, quvvat sarfi ortgani kuzatilmadi, chunki tezlanish juda qisqa vaqt davom etgan. Qizig‘i shundaki, bunday mexanizmlar Apple operatsion tizimlarida ham, Android'da ham anchadan buyon mavjud. 📟 DigiTech

📲 iOS 27 bir oydan so‘ng namoyish etiladi. Insaydlardan yangi versiya haqida hozirda ma’lum bo‘lgan barcha tafsilotlarni to‘
📲 iOS 27 bir oydan so‘ng namoyish etiladi. Insaydlardan yangi versiya haqida hozirda ma’lum bo‘lgan barcha tafsilotlarni to‘pladik: — Siri uchun ChatGPT, Claude yoki Gemini modellaridan birini tanlash mumkin bo‘ladi. Yordamchining animatsiyasi o‘zgaradi — u Dynamic Island'dan chiqadi. Sun’iy intellekt uchun esa alohida ilova bo’ladi; — “Qaydlar”, “Taqvim”, “Fotosuratlar” va “Salomatlik” ilovalari sun’iy intellekt bilan boyitiladi. Boshqa ilovalarga ham bu funksiya qo‘shilishi mumkin; — Wallet'ga sportzal, ofis ruxsatnomalari yoki konsert chiptalarining QR kodlarini qo‘shish imkoniyati yaratiladi; — Tizim barqarorligi va samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratiladi; — iPhone 11 va SE2 yangi versiyani qo‘llab-quvvatlamaydi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Chrome foydalanuvchilarning xabarisiz kompyuterlarga 4 GB hajmli Gemini Nano modelini yuklab olmoqda. Tadqiqotchining s
👨‍💻 Chrome foydalanuvchilarning xabarisiz kompyuterlarga 4 GB hajmli Gemini Nano modelini yuklab olmoqda. Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, model Windows va macOS'li kompyuterlarga yuklanmoqda, eng qizig’i, o‘rnatish dasturida yoki interfeysning biror joyida bunga rozilik so‘ralmayapti. Qolaversa, modelni o‘chirib tashlash foyda bermaydi — birozdan so‘ng u yana qayta yuklanadi. Muallifning fikricha, Google nafaqat shaffoflikka oid bir qator qonunlarni buzmoqda, balki karbonat angidrid chiqindilarining ortishi sababli ekologiyaga ham zarar yetkazmoqda. Buni hozircha faqat maxsus sozlamalar (flags) orqali o‘chirib qo‘yish mumkin. 📟 DigiTech

Yandex Uzbekistan jamoasi va O‘zbekiston startap ekotizimi uchun muhim yutuq 🏆🇺🇿 O‘zbekiston Global Startup Awards xalqaro
Yandex Uzbekistan jamoasi va O‘zbekiston startap ekotizimi uchun muhim yutuq 🏆🇺🇿 O‘zbekiston Global Startup Awards xalqaro mukofotida bir vaqtning o‘zida ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Tanlov finali Maltada, EU-Startups Summit doirasida bo‘lib o‘tdi. Yilning eng yaxshi Greentech-loyihasi deb O‘zbekistonning Catextra startapi e’tirof etildi. People's Choice nominatsiyasida esa Rahimaхon Nugmanova g‘olib bo‘ldi. U Yandex Uzbekistan kompaniyasining GR-menejeri bo‘lib, texnologiya sohasidagi ta’lim va community-loyihalar bilan shug‘ullanadi. So‘nggi yillarda mahalliy IT-ekotizim ichki bozor doirasidan chiqib, xalqaro maydonda tobora faolroq ko‘rina boshladi. Xalqaro mukofotlar, tech-community'lar, ta’lim tashabbuslari va O‘zbekiston startaplari global kun tartibida tez-tez paydo bo‘lmoqda. 💪 Bu jarayonda Yandex Uzbekistan kabi yirik kompaniyalar jamoalarining hissasi ham katta. Ular nafaqat mahsulotlar yaratish, balki atrofidagi IT-muhit va ekotizimni rivojlantirishga ham sarmoya kiritmoqda.

📱Apple ko‘zoynaksiz golografik tasvirni ko‘rsatadigan displeyli «Spatial iPhone» ustida ishlamoqda. Ekran 4K sifatni saqlab
📱Apple ko‘zoynaksiz golografik tasvirni ko‘rsatadigan displeyli «Spatial iPhone» ustida ishlamoqda. Ekran 4K sifatni saqlab qoladi, golografiya esa maxsus kontent uchun yoqiladi. Obyektlar havoda «muallaq turadi». Mish-mishlarga ko‘ra, «havoda muallaq turuvchi» tasvirni ko’rsatadigan iPhone 4 yildan so‘ng tayyor bo‘ladi. Shu bilan birga, Samsung bu g‘oyadan xabardor va allaqachon o‘z qurilmasini tayyorlamoqda. 📟 DigiTech

⚡️Meta endi 13 yoshga to‘lmagan bolalarning akkauntlarini topish uchun skeletlarni tahlil qilmoqda. Neyrotarmoq suratga qarab
⚡️Meta endi 13 yoshga to‘lmagan bolalarning akkauntlarini topish uchun skeletlarni tahlil qilmoqda. Neyrotarmoq suratga qarab skeletning bo‘yi va tuzilishini baholaydi hamda ularni foydalanuvchining postlari matni, suratlari, layklari va izohlari bilan solishtiradi. Agar akkaunt bolaniki degan xulosaga kelsa, uni o‘chirib qo‘yadi. Akkauntni tiklash uchun pasport surati yoki video-selfi so‘raladi. 📟 DigiTech

⚡️Insayderlarning yozishicha, MacBook Neo qimmatlashishi mumkin — 599 dollarlik boshlang‘ich versiyasi sotuvdan olinadi. Buni
⚡️Insayderlarning yozishicha, MacBook Neo qimmatlashishi mumkin — 599 dollarlik boshlang‘ich versiyasi sotuvdan olinadi. Buning bir nechta sababi bor: Apple’da bitta o‘chirilgan yadroli A18 Pro chiplari tugagan, yangi partiya esa shoshilinchligi va yuqori talab tufayli qimmatroqqa tushadi. Qolaversa, tezkor xotira narxi ham oshmoqda. Agar hozirgi eng arzon versiya sotuvdan yo‘qolsa, faqat 8/512 GBlik varianti 699 dollardan sotuvda qoladi. 📟 DigiTech

🚘 Xiaomi avtomobil bozorida yetakchilik qilish uchun orzudagi jamoani yig‘di. Xitoyliklarning Myunxendagi yangi ofisi tarkib
🚘 Xiaomi avtomobil bozorida yetakchilik qilish uchun orzudagi jamoani yig‘di. Xitoyliklarning Myunxendagi yangi ofisi tarkibiga bir qarang: • Rudolf Dittrix — BMW M4 ustida ishlagan; • Kay Langer — BMW i8; • Klaus-Diter Groll — BMW iX3; • Dushan Saras — Rolls-Royce Cullinan; • Jan-Artur Madlen — Mercedes Vision GT; • Fabian Shmols-Obermayer — Porsche 992 GT3, Lamborghini Temerario; • Hubert Hyugle — Mercedes-AMG; • Saymon Shmitt — BMW GT; • Lyu Chensin — BMW 5; • Jyulen Koff — Mercedes interyerlari. Bu jamoa allaqachon Xiaomi YU7 GT ustida ishlab ulgurdi va endi kelajakdagi modellarning dizayni hamda texnologiyalariga mas’ul bo‘lishadi. 📟 DigiTech

⚡️Insayderlarning yozishicha, iPhone 20’da jismoniy yon tugmalar bo‘lmaydi — ular sensorlilarga almashtiriladi. Tugmalar bosi
⚡️Insayderlarning yozishicha, iPhone 20’da jismoniy yon tugmalar bo‘lmaydi — ular sensorlilarga almashtiriladi. Tugmalar bosilgani vibratsiya orqali seziladi. Tugmalar telefon o‘chiq holatda ham ishlayveradi. Buning uchun Apple maxsus protsessor ishlab chiqadi. Kompaniya iPhone 20'ni to‘rtala tomoni qayrilgan «oyna» dizaynida chiqarmoqchi. Jismoniy tugmalar esa bunga xalaqit beradi. 📟 DigiTech

📱iPhone 17 Pro Max tugamoqda — OAV'lar yozishicha, xaridorlar Merilend, Virjiniya va Kolumbiya okrugida 500 km radiusdagi de
📱iPhone 17 Pro Max tugamoqda — OAV'lar yozishicha, xaridorlar Merilend, Virjiniya va Kolumbiya okrugida 500 km radiusdagi deyarli barcha Apple do‘konlarini aylanib chiqqan bo‘lsalar-da, smartfon topa olmayaptilar. Buning sababi chiplar tanqisligidir — Tayvanning TSMC kompaniyasi ularni sun’iy intellekt uchun ma'lumotlar markazlari buyurtmalariga ajratmoqda, Apple esa o‘z chiplarini NVIDIA, Google va AMD dan keyin navbatda kutmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Apple, SpaceX, NASA va Tesla'ning sobiq muhandislari tomonidan tashkil etilgan startap to‘lqin energiyasi hisobiga ishlaydigan suzuvchi ma’lumotlar markazlarini ishlab chiqdi. Panthalassa nomli «ulkan qalqovuchlar» okeanda kema qatnov yo‘llaridan uzoqda harakatlanib, sun’iy intellekt xizmatlari faoliyatini ta’minlagan holda, ma’lumotlarni sun’iy yo‘ldoshlar orqali quruqlikka uzatib turadi. Ularni ishga tushirish 2027-yilga rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Yangi turdagi DDR6 xotira 2028-yilda chiqishi mumkin. U DDR5'dan qariyb ikki baravar tezroq bo‘ladi. Tezlikning o‘sishi yan
⚡️Yangi turdagi DDR6 xotira 2028-yilda chiqishi mumkin. U DDR5'dan qariyb ikki baravar tezroq bo‘ladi. Tezlikning o‘sishi yangi arxitektura bilan bog‘liq. Agar DDR5 bir soniyada bir gigabayt ma’lumot uzatsa, DDR6 buni taxminan 0,55 soniyada bajara oladi. Ayni paytda Samsung, SK Hynix va Micron kompaniyalari uni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda. Yangi avlod chiplari chiqishi bilan tezkor xotira narxlari bir oz pasayishi ehtimoli bor. 📟 DigiTech

📲 Mana 120 hz sehrining natijasi — oddiy iPhone 17’ning o‘zi butun smartfon bozorining 6 foizini egalladi. Counterpoint tahl
📲 Mana 120 hz sehrining natijasi — oddiy iPhone 17’ning o‘zi butun smartfon bozorining 6 foizini egalladi. Counterpoint tahlilchilari yilning birinchi choragi statistikasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingining dastlabki uchta o‘rnini iPhone 17 turkumidagi qurilmalar egallagan. Shuningdek, reytingdan Afrika va Lotin Amerikasida savdosi chaqqon bo‘lgan bir qator arzon Samsung smartfonlari hamda Xiaomi'ning Redmi A5 hamyonbop modeli ham o‘rin olgan. Top-10 talikda esa birorta ham Android flagmani yo‘q (lekin bir paytlar bo‘lardi). 📟 DigiTech