OcoderX
رفتن به کانال در Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
نمایش بیشتر1 685
مشترکین
-224 ساعت
-147 روز
+1930 روز
آرشیو پست ها
1 689
"Instagramdan koʻra telegramini soʻrashsin" deb maslahat berishdi. Agar oshna bugun borib telegramini rostan ololsez oʻsha Oqtepadagi qizni, bitta bir oylik telegram premium sovgʻa qilaman oʻsha oʻsha post tagida fikr bildirgan qaysidir bittasiga random tarzda...
Kelishdikmi?
1 689
Bitta oshnam Oqtepada ishlaydigan qiz yoqib qolgandi, borib Instagramini soʻradi. Qiz: "Instagramim yoʻq" deb javob berdi...
Bahslashib qoldik ogʻaynim bilan.
U aytyapti "shunaqa Instagrami yoʻq qizlar ham bor" deb. Men aytyapman, "Instagrami yoʻqmas, siz uchun yoʻq" deb. Savol qaysi birimiz haq?
Hozir ham shuni tortishib oʻtiribmiz, unda borib nomerini soʻrab koʻrsinmi nima deysizlar?
1 689
Deydi ketma, bu yuragim,
Sabrim qolmadi, ayt nechuk?
Ey goʻzalim, sensiz sevgim —
Dunyoyim tor, ensiz, kichik...
Har yerda eslayman seni,
Qalbimdan sen bexabarsan.
Hech ham tark etmayman seni —
Ayt, ne desam, ishonasan?
Sensiz — nursiz oy-u quyosh,
Murgʻak qalbim sultoni sen!
Qaro tunda hamroh, tundosh,
Eshik qulfin, qulfdoni sen!
Ichding oʻzing doʻstlik qasam,
Yurak yutib kutmoqdaman.
Gul barigidan qogʻoz yasab,
Shirin maktub yozmoqdaman...
Nozik ochilgan, ey gulim,
Sir-asrorim boʻlsin fosh, kor.
Salomdan soʻng, ey sevgilim,
Muhabbatim boʻlsin oshkor.
©️OcoderX tomonidan "Qalbim sultoni" tarjimasi [parafraz]
1 689
Ғариб кўнглим ўлда-жўлда,
Кезар паришон-паришон,
Болу-шакар ширин, тилда,
Сузар паришон-паришон.
Сўнди оташ, қолди кулим,
Энг сўнггида келди ўлим,
Боғчамдаги ғунча гулим,
Сўлар паришон-паришон.
Топтама мевазоримни,
Тингла оҳ ила зоримни,
Дўстлар бир кун мозоримни -
Қазар паришон-паришон.
©️ Маҳбубий [Саййид Мафтунийдан ўзлаштирма]
1 689
Repost from N/a
Tuyg'ularim ajib tashvish,
Birla meni asir oldi.
Qayg'ularim bir notanish
Tuyg'u sabab o'tga soldi...
Bir go'zalga, nogoh boqish
Ko'zim ko'rib, aqlim oldi...
Yurak, yurak, senga bir tilak,
Sevma faqat, senga ne kerak?
Nahot endi telbalarning,
Bo'lar safi, yana-da keng.
U telbalar orasida,
Men bo'laman telbasi eng.
Nahot gozal, nahot meni,
Telbalarga qiladi teng?
Ahir shirin yolg'on bari,
Qara, kimga qolar kuning...
Yurak, yurak, yagona tilak:
Sevmay aytgin, o'zga ne kerak?
G'avg'o tashvish solma boshga
Achin menga, bu holimga...
©️ 2025, OcoderX - Yurak [parafraz]
1 689
Oʻzaro suhbatlarda kimdir gapingizni jim eshitib turgan boʻlsa biling-ki, sizni gaplaringiz yoqayotganidanmas, shunchaki gapirishga oʻzini navbatini kutayotganidandir... Hamma gapirishni va oʻzinikini oʻtkizishni yoqtiradi. Tinglay bilish - kamyob neʼmat.
©️ Xayrulla Hamidov
1 689
Repost from N/a
Na bomdod, xuftonim to‘liq adomas,
Farzandlik qarzim bor, Xudodan qarzim.
Oldimda gadolar - hech ham gadomas,
Bir dunyo noto‘liq sunnat-u farzim.
Nima qildim majhul dunyoga kelib,
Nimamga ishonib, ahdlashib¹ tushdim?
Imkonim bo‘lsaydi orqaga borib,
Insonlik yo‘lini tanlamasmidim?..
Tag‘in mag‘rurligim soni sanoqsiz,
Arzirlik foydam yo‘q bu jamiyatga.
Bajargan ishlarim bari yaroqsiz,
Mendan ko‘ra itlar foyda xizmatga.
Mavjudlik og‘irdir bunday illatda,
Yashashga maqsad yo‘q, yokida xohish.
Tarixi ming buyuk ushbu millatda,
Mening borligimning o‘zidir - qilmish.
Qo‘limdan kelgan ish - zarar yetkazish,
Hayolda pokiza, hech ham yo‘q aybim.
Aslida dindorlik - niqob, maqtanish,
Munofiqlik tomon otlanar qalbim.
Begunoh odamdek talab qilaman:
“Allohim!” deyman-u, qalbim g‘aflatda.
Hayolda halolman, ammo aslida
Shayton hamtovog‘im, qo‘lim axlatda.
Nima qildim majhul dunyoga kelib,
Nimamga ishonib, ahdlashib tushdim?
Imkonim bo‘lsaydi orqaga borib,
Insonlik yo‘lini tanlamasmidim?...
- 2025, OcoderX
¹) ahdlashuv - bu inson ruhi dunyoga kelmasdan avval Alloh bilan qilinadigan ahd. Yaʼni bu olam sinovlaridan oʻtib Jannatni yuqoriroq joyiga kirish uchun qilinadigan bizni qilgan tanlov shartnomamiz voqeasi.
1 689
Instagramga kirib 2021-yildagi istoriyamga ko'zim tushib qoldi:
"Hali mensilmaganimiz, bir kuni nomimizni bir necha ming odamlar tanib, bizni tomosha qilayotganida esingizga tushar." deb...
2025-yilga kelib shuni aytaman-ki:
"Eslanmaslik taqdir-ov"
Orzular katta edikan o'sha paytlar. Hayolimizda dunyo boshqaruvchisi edik. Atigi 4 yil bizga asl haqiqatni qo'limizga tutqazdi, 4 yil. Maqsadi aniqlar erishdi(moqda). Orzu qilgan men shunchaki 4 yilga ulg'aydim. Orzularim tugadi, chunki unga erishish uchun yo'l izlamadim. Maqsadlar ham tugadi, chunki avvaldan yo'q edi aslida. Kasbing nima desa, "tirik murdalik" javob beraman menimcha.
1 689
Yuqori aql egasi ekanligini belgisini, bilmagan narsasini bilmayman deb tan olganidan bilsa boʻlarkan. Ulardan-da donorogʻini oʻsha bilmaganini oʻrganishga urinayotganidan bilsa boʻlarkan.
Bilmaslik - aymas
Oʻrganishga urinmaslik - ayb
Bunga misol.
4 mazhab ichida eng katta ulamolardan biri boʻlgan buyuk mujtahid olim Abu Hanifa rahmatullohi alayh oldiga, (fiqhda mujtahid boʻlmasidan oldinroq yaʼni boshqa yoʻnalishda olimlik qilib yurgan paytida) bir inson fiqhdan masala soʻrab keladi. U savoliga javob bera olmasdan, hech qanday obroʻni oʻylamay "bilmas ekanman bu masalani" deydi. Va oʻsha masalani tahminiy bilishi mumkin boʻlgan boshqa olimga joʻnatadi va aytadi: "Iltimos shu savolga javobni menga ham aytib oʻtib keting javob olsangiz" deydi.
Bu bilan nima demoqchimiz, manashunday buyuk odamlarni siri oddiy edi. Bilmasa tan olardi va oʻrganishga urinardi... - deb aqllilik qilgim kelyapti, lekin oʻzim ham amal qilishga qiynalaman bu masalada). Shuning uchun ham hali hamon jamiyatga nafi tegadigan odam boʻla olmayapmiz...
1 689
Vazifang bir qator, lekin tartibsiz, Boshqalar bir olam, sen — boshqa olam. Bog‘lading o‘zingga na arqon, ipsiz, Ertangi ishingni zum bilmas odam. Rahmat, ne bo‘lsa ham, jonajon TATU. Issiq-sovuq kunlar, albatta, bo‘ldi, Yomon ustozlaring — dilning xirasi. Ba’zilar keliboq, ko‘karmay so‘ldi, Ketdi qayg‘u bilan qalbda yarasi. Rahmat bular uchun, jonajon TATU. Qaynab turgan qozon, o‘t jo‘g‘ga solding, O‘rniga va berding foyda, nasiba. Umrimni bahorin to‘rt yilin olding, Evazga bebaho butun tajriba. Topshirig‘i har tun, jonajon TATU. Do‘st berding va berding zoʻr o‘qituvchi, Tanish-u bilishlar — ko‘p benihoya. Do‘st-u dushmanimni qilding o‘quvchi¹, Yakuniying sabab xo‘p qildik g‘oya². Rahmat, butun bir tan, jonajon TATU. Bitirdim shukrki universitetni Yigirma bir yosh-u naqd yetti oyda. Hayajon o‘zgacha titratar etni, Tajriba, saboqlar — ko‘p yetdi foyda. Rahmat, kichik vatan, jonajon TATU. © OcoderX¹) Kanal obunachisi ²) Turfa xil ochilgan kanallar
1 689
Videomantaj kurslari boʻyicha yaxshi oʻqitadigan qaysi offlayn joyni maslahat berasizlar ogʻalar/opalar?
