cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

HUQUQ | INNOVATSION

Tarix va huquq fanlaridan repetitor Javohir Quramboyevning huquqshunoslikka ixtisoslashgan kanali. ☆ Innovatsion testlar ☆ Innovatsion qo'llanmalar ☆ Innovatsion online darslar Murojaat uchun: @Javohir_Quramboyev

نمایش بیشتر
أوزبكستان21 539زبان مشخص نشده استقانونی2 966
پست‌های تبلیغاتی
2 050
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-107 روز
+6530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

📝 Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi. 📱 Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritish lozim. Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga 3 xil status beriladi: ℹ️ Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”. ✅ Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”. ❌ Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”. ❕ Bunda sertifikat abituriyent tomonidan noto‘g‘ri yuklanib, rad etilgan taqdirda, sertifikatni qayta yuklash mumkin. Izoh: Sertifikatlarni tekshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum vaqt talab etadi. — — — Milliy sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sana mezon sifatida olinadi. Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa: ✅ Abituriyent 20-iyungacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinadi. ❌ Abituriyent 21-iyun kuni yoki undan keyin ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinmaydi. — — — Xalqaro sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda sertifikat dasturga yuklangan sana mezon sifatida olinadi. Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa: ✅ Abituriyent sertifikatni 20-iyungacha bo‘lgan muddatda dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinadi. ❌ Abituriyent sertifikatni 21-iyun kuni yoki undan keyin dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinmaydi. 👉 Telegram kanal: @Huquq_Innovatsion
نمایش همه...
👍 3
SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi? 💡 JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim. Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi. Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi. Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 👉 Telegram kanal: @Huquq_Innovatsion
نمایش همه...
⚡️«Yurisprudensiya» da 14 ta'lim yo'nalishi mavjud. 📊 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi e'lon qilingan edi. ✅ Unga ko'ra, 2024 yilda abituriyentlar «Yurisprudensiya» mutaxassisligi bo'yicha 14 ta taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin: - Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo‘yicha - Yurisprudensiya: islom huquqi - Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi - Yurisprudensiya: xalqaro huquqiy faoliyat - Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi - Yurisprudensiya: biznes huquqi - Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat - Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat - Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari - Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik - Yurisprudensiya: yer munosabatlari. - Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi. - Yurisprudensiya: tergov faoliyati - Yurisprudensiya: prokurorliklik faoliyati. 👉 Telegram kanal: @Huquq_Innovatsion
نمایش همه...
🔥 8-sinf 11-15-mavzular. Kerakli joylari belgilangan va qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldirilingan shaklda 🔰 Onlayn Attestatsiya yopiq guruhdagi darslarimizda har bir sinf boʻyicha shunday qoʻllanmalar berib boriladi. 👉 Murojaat uchun @Javohir_Quramboyev 👉 Telegram kanal: @Huquq_Innovatsion
نمایش همه...
8-sinf 16-20-mavzular.pdf2.81 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
SAVOL: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi? 💡 JAVOB: Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi. 👉 @TELEGRAM KANAL: HUQUQ_INNOVATSION
نمایش همه...
👌 1
8-sinf 11-15-mavzular. Kerakli joylari belgilangan va qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldirilingan
نمایش همه...
8-sinf 11-15-mavzular.pdf3.28 MB
👍 3
🎲 “8-sinf O'zbekiston davlati va huquqi asoslari 11-15-mavzular 👉@HUQUQ_INNOVATSION” testi 🖊 46 ta savol · ⏱ 30 soniya
نمایش همه...
👍 1 1
Bu testni boshlash
Guruhda testni boshlash
Testni ulashish
Yozning harorati xalaqit bersa, Kuzning xazoni-yu, qishda qahraton. Bahor go'zalligi rom etaversa, Aytgin-chi ilmni o'qiysan qachon?! ©Ahmad ibn Foris Roziy "Ulamolar nazdida vaqtning qadri" Abdul Fattoh Abu G'udda 👉 @Tarix_Renessans_Uz
نمایش همه...
👍 11😢 5🤩 1
Atamalar 🔰 Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat; 🔰 Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat; 🔰 Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat; 🔰 Elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno; 🔰 Anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat; 👉 @Huquq_Innovatsion
نمایش همه...
👍 1👌 1
🔰 Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi. ❗️Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. 📁 Mazkur imtiyoz Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi. 👉 @Huquq_Innovatsion
نمایش همه...
👌 1