cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Zehniyat

"Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas". Reklama masalasi:️ @reklama_servis

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
30 146
مشترکین
-2924 ساعت
-4577 روز
-1 21230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#iqtibos Atom odatlar 1965-yilda vengriyalik Laslo Polgar ismli odam Klara ismli ayolga bir nechta antiqa xat yozgan.    Laslo qunt bilan ishlashga qattiq ishonardi. Lasloning dunyoda ishongan yakkayu yagona narsasi shu edi. U tug‘ma iste’dod haqida eshitishni ham xohlamasdi. Uning fikricha, o‘z ustida astoydil ishlash va yaxshi odatlarni shakllantirish orqali bola har qanday sohaning dahosiga aylanishi mumkin. Uning hayotdagi shiori: "Daholar tug‘ilmaydi, balki ta’lim va tarbiya natijasida paydo bo‘ladi" edi.    Laslo ushbu g‘oyaga shu qadar ishonar ediki, ularni o‘z farzandlarida sinab ko‘rishga ham tayyor edi. Uning Klaraga xat yozishdan maqsadi ham tajriba uchun ko‘ngilli turmush o‘rtoq qidirish edi. Klara o‘qituvchi edi, garchi uning bu g‘oyaga ishonchi Laslonikidek mustahkam bo‘lmasa ham, to‘g‘ri tarbiya berish bilan har qanday inson o‘z ko‘nikmalarini kuchaytirishi mumkin deb hisoblardi.    Laslo shaxmat o‘yini tajriba uchun mos tushadi degan qarorga kelib, o‘z farzandlarini ushbu sportning chinakam ustalariga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. U farzandlariga uyda ta’lim berishga qaror qildi. Bunday ta’lim Vengriyada juda kam uchrardi. Rejaga ko‘ra, ularning uyi shaxmat haqidagi kitoblar va buyuk shaxmatchilarning suratlariga to‘la bo‘lar, bolalar esa bir-biri bilan shaxmat o‘ynab, eng nufuzli musobaqalarda qatnashishi kerak edi. Bolalar duch kelgan har bir raqibning o‘yini kuzatilib, maxsus fayllarda ipidan ignasigacha qayd etilib borilardi. Ularning hayoti shaxmatga bag‘ishlandi.    Lasloning sa’y-harakatlari zoye ketmadi. U Klara bilan turmush qurdi va bir necha yil ichida Polgarlar oilasida uch qizaloq Syuzan, Sofiya va Yudit dunyoga keldi.    To‘ng‘ich qizi Syuzan to‘rt yoshligida shaxmat o‘ynashni, olti oydan so‘ng esa kattalarni yutishni boshladi.    O‘rtancha qizi Sofiya yanada yuqori natijalarga erishdi. O‘n to‘rt yoshida u dunyo chempioni, bir necha yildan so‘ng esa grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi.    Kenja qizi Yudit hammasidan ham o‘tib tushdi. Besh yoshida u otasini yenga olardi. O‘n ikki yoshida u dunyodagi eng yaxshi shaxmat o‘yinchilari yuztaligiga kirgan eng yosh o‘yinchiga aylandi. U o‘n besh yoshu to‘rt oylik bo‘lganda, avvalgi rekordchi Bobbi Fisherni ortda qoldirib, tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi. Yigirma yetti yil davomida u jahonning eng yaxshi ayol shaxmatchisi unvonini saqlab qoldi.    Opa-singil Polgarlarning bolaligi, yumshoq qilib aytganda noodatiy o‘tgan. Shunga qaramasdan ular bolalik davrini yoqimli va hatto lazzatli xotiralarga to‘la holda eslaydi. Intervyularda ular yoshlik davrlarini mashaqqatli emas, balki qiziqarli deb ta’riflaydi. Ular shaxmat o‘ynashni chindan ham yaxshi ko‘rardi. O‘yinni qancha ko‘p o‘ynasa, shunchalik oz tuyulardi. Kunlarning birida Laslo Sofiyani yarim kechasi hammomda shaxmat o‘ynayotganini ko‘rib qoladi. U qizini uxlashga olib ketar ekan, "Qizim, shaxmat donachalarini o‘z holiga qo‘y", deydi. Bunga Sofiya: "Dadajon, ammo ular meni o‘z holimga qo‘ymaydi-da!" - deya javob qaytaradi.    Opa-singil Polgarlar shaxmatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan muhitda voyaga yetgan. Ularni shaxmat uchun maqtashar va mukofotlashardi. Ular o‘sib-ulg‘aygan muhitda shaxmatga mukkasidan ketish normal holat bo‘lgan. © Jeyms Klir, "Atom odatlar" kitobidan @zehniyat_uz
نمایش همه...
👍 93🔥 29 14😢 3👌 1🌚 1💯 1
IELTS imtihoniga noldan boshlab mustaqil tayyorlanuvchilar uchun:
نمایش همه...
👍 5👌 1
IELTS darslari
Photo unavailable
#iqtibos Inson qolmadi birdam! Hammasi firqa-firqa, Bizda eng katta johil, Eng ziyoli tabaqa! ©️ Najib Fozil @zehniyat_uz
نمایش همه...
👍 82🔥 24 8🤔 8😢 6🤯 4
40:55
Video unavailable
📢 Shifokorlar qasamxo'r(mi?) 🎙 "Bugun kim?" ko'rsatuvi stomatolog Oybek Tulkunov bilan @zehniyat_uz
نمایش همه...
Shifokorlar-qasamxo-r-mi-Bugun-kim-ko-rsatuvi-stomatolog-Oyb.mp4132.21 MB
👍 13😱 2 1
Photo unavailable
#iqtibos Ovozingning emas, so‘zingning darajasi bilan yuksalgin. Axir gullarni momaqaldiroq emas, yomg‘ir o‘stiradi. © Jaloliddin Rumiy @zehniyat_uz
نمایش همه...
👍 111🔥 26 14💯 3🤯 2👌 1
#iqtibos Ayrim mansablarni qonun shuni talab qilgani uchun qoldiramiz, yana bir lavozimlar jamiyat talabi bilan qoladi, qolgan mansablar yo‘qolsin! © Henri Ford @zehniyat_uz
نمایش همه...
🤔 48👍 35🔥 18🤯 4 3😢 3👌 2💯 2
Siz so‘ragan audio kitoblar:
نمایش همه...
👍 7
Temur tuzuklari
O‘tkan kunlar
Shoh Edip
Mehrobdan chayon
Jimjitlik
Shamol ortidan yugurib
Shum bola
Ruhlar isyoni
Sohibqiron
O‘yla va boy bo‘l
Alpomish
Qaynona
Amir Temur saltanati
Iymon va huzun
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
O‘lsang kim yig‘laydi
To‘siqlarga qaramay sevdik
Kaktuslar ham gullaydi
Oshiq ham bo‘lmaylikmi?
Quloq oshiq bo‘larkan ko‘zdan avval
Molxona
Boy ota kambag‘al ota
Olim yetishtirilgan onalar
Vavilonlik eng boy odam
200 hayot darsi
To‘ydan keyin ham muhabbat bo‘lsin
Tentakning hayot tajribasi
Jannatga taklifnoma
Do‘st orttirish va odamlarga ta'sir o‘tkazish
Rahbarning oltin kitobi
Qirq hadisi qudsiy
Peshonamdagi nur
Shukronalik mo‘jizalari
Andalusiya
Kuchsizlar kuchi
Konstitusiya
Magnit Ayol
Ishqqa oid 40 qoida
Ov
Zulmat ichra nur
Mamlakatlar tanazzuli sabablari
Ong osti sirlari
Sherlok Xolms: Boskom Vodiysining Siri
Sherlok Xolms: Mallalar Uyushmasi
Sherlok Xolms: Moviy Karbunkal
Dardingni sev
Jadidlar (to‘plam)
Chinor (roman)
Sog‘lom yurak
Farg‘ona tong otguncha
Oybegim mening
Andisha va g‘urur
Anna Frank kundaligi
Jayhun ustida bulutlar
Sarvqomat dilbarim
Uch og‘ayni
Jelsemino
Kichkina shahzoda
Urush
Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi
Xo‘jand qal'asi
MEN: Bas qil, ey nafs
SIR: Oshiqlar o‘lmas
LOL: Har shaharning o‘z egasi bor
Jeyn Eyr
28:26
Video unavailable
📹 Qullik psixologiyasi: "SSSR yaxshi edi!" @zehniyat_uz
نمایش همه...
Qullik_psixologiyasi:_"SSSR_yaxshi_edi!"_|_"Asr_shohidi"_ko'rsatuvi.mp4110.10 MB
👍 13🤔 6🔥 2
Photo unavailable
#iqtibos Odamlar aytolmagan gapni aytish -- mardlik, aytilmagan gapni aytish -- daholik! @zehniyat_uz
نمایش همه...
👍 97🔥 33 10💯 10👌 4🤔 2
1:08:51
Video unavailable
📹 Qadriyatlar. Sharq va G‘arb. Liberalizm @zehniyat_uz
نمایش همه...
🔴Qadriyatlar. Sharq va G‘arb. Liberalizm #fikratuz.mp4165.91 MB
🔥 11👍 9🤯 3👀 1