cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Mirsanjar Sanayev blogi

She'rlar, kitoblar, kinolar tahlili. Ta'lim tizimi haqida shaxsiy fikr va munosabatlar...

نمایش بیشتر
طاجيكستان10 379زبان مشخص نشده استکتب21 128
پست‌های تبلیغاتی
207
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#menga_yoqqan_shér O‘ZBEK TILIN MENSIMAGAN O‘ZBEKLARGA! Shoirmanda qoni o‘ta gupurganman, Lek mo‘mindek Alloh uyin supurganman. Millatidan tonganida tupurganman, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Sug‘urib olmoqlik o‘rniga jonini, Beradirmiz ham zar-u ham osh-nonini. O‘zbekiston xalq hofizi unvonini, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Demangizki, bu shoir jondan to‘yibdi, Pul quturtirgandirki nondan to‘yibdi. Yurtga hokim bo‘lmoqlikni kim qo‘yibdi, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Ilhom parisi kelib, yuborganda Rab, Xanjar urur yuragimga taqab-taqab. O‘zbeksimon deb qo‘yib olganman laqab, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Qur’on qadrin bilganlarni Xudo siylar, Iymon qadrin bilganlarni Xudo siylar. Begonadir Mir Alisher Navoiylar, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Murtadlarga do‘zax boqiy Vatan bo‘lgay, O‘z dinidan kechgan qanday odam bo‘lgay, Turk ham kulgay, Rus ham kulgay, Hind ham kulgay, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Moziy shohid, o‘zbek bo‘lib tug‘ilgan zot, Turkka qondosh, inglizga mutlaqo yot. Achinmasman etganga ham gohi vafot, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. O‘zbek emas! Fitna kuyin chalishganlar, Masjidini cherkovlarga alishganlar. Ergashadi shayton yanglig‘ yanglishganlar, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Garchi hazrat Yassaviydek zehnim yo‘qdir, Alovuddin chirog‘idek sehrim yo‘qdir. Yuragimda tariqchalik mehrim yo‘qdir, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Jinim suymas hijobini yechganlarni, Uyalmasdan millatidan kechganlarni. Yoqlaydirman nafratini sochganlarni, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Degim kelar Rossiyada ishlasang ham, Amerika diyorida qishlasang ham. O‘zbekliging unutmagin, o‘zbek odam, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Oh Vatanim, bo‘lgin omon, bo‘lgin omon, Sen doimo yaxshisan, goh bolang yomon. Baribir non beryapsan-a, O‘zbekiston? O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. O‘zbek ona siynasidan ichganing sut, O‘zbek ota tug‘dirgani nahot unut? O‘xshab ketar daraxtidan voz kechgan tut, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. O‘z dinidan voz kechganlar baxtdan mahrum, O‘zi tirik, dili o‘lik, qalbi mavhum. Ibrat bo‘lsin xoch ostida yotgan marhum, O‘zbek tilin mensimagan o‘zbeklarga. Abdurrohman Meshayan @bumening_olamim
نمایش همه...
👍 4😭 3❤‍🔥 2🔥 1😱 1
Repost from Sherbek Safariy
Cho'lpon suratini yangittan tikladik Ko'pincha chiroyli, tartibli va sipo holatda tasvirlanadigan jadidlardan biri bo'lgan Cho'lponning tashqi ko'rinishini yangittan tikladik. E'tibor bilan qarasangiz surat real hayotga juda yaqin va bu holatda biz Cho'lponning qatldan oldingi holatini tasvirlashga harakat qildik. Cho'lpon suratini tiklab, uning oltin misralarini yozmaslikka ko'zimiz qiymadi) @sherbek_safariy 🤝 @pulatov_kh
نمایش همه...
👍 5 2🔥 1
#menga_yoqqan_shér Yong'inli she'r kutgum azali Qizdan pand yeb kuymanganlardan. Durust shoir chiqmagan hali Sevganiga uylanganlardan. ✍️ Anvar Obidjon https://t.me/bumening_olamim
نمایش همه...
Mirsanjar Sanayev blogi

She'rlar, kitoblar, kinolar tahlili. Ta'lim tizimi haqida shaxsiy fikr va munosabatlar...

😁 9❤‍🔥 5👍 1🤡 1
Photo unavailableShow in Telegram
NIMAAAAAAAA? Bunday sharhlash qayerdan kelib chiqqan bilmadim. Uslubiy qoidaga ham, mantiqiy mazmunga ham to'g'ri kelmaydi. Eng achinarlisi darsliklarda ham bunday "aqllilik" ka ko'p duch kelamiz. MAKTAB arabcha "o'qish joyi; yozuv stoli; bo'lim, idora" kabi ma'nolarni bildiradi. Yunoncha "scole" so'zining ko'chasiga ham kirmaydi. Ilk maktablarning kelib chiqishi haqida fikr aytib, oxirida bizda "scole" lar arabcha so'z "maktab" so'zi bilan yuritiladi desa, uslubiy va mantiqiy xatolik tuzatilardi. Buni o'qigan o'quvchi yoki talabada zaxira ma'lumot bo'lmasa, "maktab" so'zini yunoncha degan xato fikrga boradi, etimologik yondashuvda noto'gri yo'lga tushib qoladi. Gap qurilishi-yu so'zni o'z o'rnida ishlatish juda ahamiyatli ekanini barchamiz unutmasligimiz kerak, shart, darkor, zarur, lozim va lobuddir. Bizning kanal: @bumening_olamim @farqi_bormi
نمایش همه...
🤯 5🔥 4👍 3❤‍🔥 1🤔 1
“PIAR” nima? Sal avvalroq, bir boshqarma boshlig‘i ko‘p PIAR qilganlikda ayblanib, yuqoridan moratoriy e’lon qilingan. Menimcha biz hamon piarning nima ekanligini to‘liq tushunolmaganmiz. Bilib olishimiz shart! PIAR – shaxs yoki biror idoraning muayyan bir ishiga nisbatan ommada ijobiy fikr uyg‘otuvchi axborot. PIAR orqali jamoatchilikka bajarilgan ishni oson va tushunarliroq qilib yetkaziladi. Qolaversa, shu orqali shaxs yoki idora imiji yaxshilab olinadi. Shu o‘rinda, piarning ranglilari mavjud. Xususan: “Qora PIAR” Misol uchun jahon tajribasida raqibni yashirin yo‘l orqali obro‘sizlantirish “Qora PIAR” deyilgan. Bizda, ya’ni O‘zbekistonda esa, “Qora PIAR” - shaxsni tanqid qilish orqali mashxurlashtirish amaliyoti mavjud. “Sariq PIAR” Jahon tajribasida “Sariq PIAR” ham mavjud bo‘lib, janjal va tortishuvlar tashkil qilish orqali shaxs yoki brendni taniqliroq qilish maqsad qilinadi. Bizning sharoit esa bu piarni ko‘tarmaydi va siz bu uchun bir qancha “navbatchi modda”lar bilan ayblanib ketishingiz mumkin. “Kulrang PIAR” Faqatgina haqiqat ustiga quriladigan kul rangli PIAR. Bu kabi PIAR orqali shov-shuvli voqeaga urg‘u berilib, voqea qaysidir idora yaqinida sodir bo‘lgani qo‘shimcha qilinadi. Axborotning maqsadi esa, shov-shuv orqali idorani tanitib olish bo‘ladi. Yazdurdiyev kanalidan olindi. @bumening_olamim
نمایش همه...
👍 4❤‍🔥 2👏 1
📌 Talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz — professor Professor Baxtiyor Mengliyev oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat qildi: ➡️Modul-kredit tizimiga o‘tmas ekanmiz, oliy ta’limda yangilanish ham, o‘qituvchida mas’uliyat ham bo‘lmaydi. Bu tizimga to‘laqonli o‘tishimizga mustaqil ta’limning moliyalashtirilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Ammo muammoning optimal yechimi bor: 1️⃣ma’ruza mashg‘ulotlarini 50 daqiqaga tushirish; 2️⃣seminar va amaliy mashg‘ulotlarni bekor qilish; 3️⃣tejalgan vaqt resursini mustaqil ta’limga berish; 4️⃣ustama ish haqlarini mustaqil ta’limga yo‘naltirish; 5️⃣o‘qituvchining har bir ish kuni uchun (taxminan) 10 talabadan onlayn va 10 talabadan oflayn mustaqil ta’limni qabul qilish grafigini ishlab chiqish; ❗️Eslatma: ➖ talabaning 80 daqiqa ma’ruza tinglashi samarasiz; ➖ seminar va amaliy mashg‘ulotlar ma’nan eskirdi; ➖ amalda talaba bilan yakka tartibda ishlash tizimi yo‘q. @bumening_olamim
نمایش همه...
👍 16 3 2👏 2🔥 1
#iqtibos Ustoz va murabbiyning asosiy vazifasi bilimsizlik zanjirlarini kesish va erkin insonni tarbiyalashdir! Hamid Sodiq Sh.f. Hali õzi erkin bõlmagan, õzi bilimsizlik zanjirini mustahkamlab turib ham yana ta'lim tizimida ishlashni xohlovchi "õqituvchi" ni inson deb atagim kelmaydi. Bayram muborak haqiqiy ustozlar! @bumening_olamim
نمایش همه...
👍 8🔥 2 1
Repost from N/a
Siyosatda yolg'on bor. Siyosatda makr bor. Va ularning hammasi xalqning nomidan gapiradi. She'riyatda esa yolg'on yo'q. She'riyatda yolg'on yozish mumkin emas! Rauf Parfi @IsmoilovaMushtariy
نمایش همه...
5👍 3🔥 1
#iqtibos “Faqat qulgina fikrini aytmasligi mumkin. Qul boʻlmagan odam fikrini aytishi kerak...” Nazar Eshonqul fikr haqida. @bumening_olamim
نمایش همه...
Madaniyat va ma'rifat

“Faqat qulgina fikrini aytmasligi mumkin. Qul boʻlmagan odam fikrini aytishi kerak...” Nazar Eshonqul fikr haqida. 📺“Fikrlayotgan odam” Kanalga ulaning👉 @mm_telekanal

👍 5🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Alifbo o'zgarishi haqida eshitgandirsiz. Ko'pchilik bu haqida "kimga kerak...", "sogliqni saqlash...", "Iqtisodiy barqarorlik...", "suv tanqisligi..." va yana qandaydir allambalo muammolarni ko'tarib, bularga e'tibor qaratish kerak deb yozmoqda. Do'stlar, har kim o'z ishini qilgani maqul. Filologlar o'zini ishini qildi. Qolgan muammolarni o'zining ustalari yechsin! @bumening_olamim
نمایش همه...
👍 6 3🔥 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.