Development-Rivojlanish
رفتن به کانال در Telegram
Ushbu kanalda “Development Eduspace” nomli tarbiya hamda ingliz tili uyg’unligida tilni milliy uslubda o’rgatish markazi asoschisi va muallimi, Ustoz Bekzod O’tkurovning shaxsiy mulohazalari va olimlardan keltirgan iqtiboslar
نمایش بیشتر625
مشترکین
-424 ساعت
-27 روز
-1230 روز
آرشیو پست ها
Daraxtlarga hech e’tibor qilganmisiz…
Biz bugun havas bilan qarayotgan baquvvat, yam-yashil barglari ko’p, soyasi ulkan, mevalari esa son-sanoqsiz bo’lgan ulkan daraxtlar ham bir vaqtlar himoyaga muhtoj kichik bir nimjon nihol bo’lishganini unutmang.
Asta sekin hammasiga erishsa bo’ladi. Barcha ish sabr va vaqt talab etadi.
+1
Har-bir yutuqlarimiz ortida otamiz va onamiz turishadi!
Bugungi tadbir hamma uchun foydali o’tdi. Mirabbos va otalari Miraziz akaga vaqtlarini ayamay qilgan tashriflari uchun minnatdorlik bildiramiz!
Otangiz sizni ismingiz aytilganda siz bilan mag’rurlanmagunicha harakat qiling!
Videoda ko’rganinglar 12 yoshli Mirabbos bo’ladi. Shu yigitni kelayotgan yakshanba 102-maktabga zaliga taklif qilib, shogirtlarimga “motivatsion” suhbat qilib bersa nima deysizlar?
🇺🇿O’zbekiston U-17 jamoasidan o’rganadigan jihatlarimiz:
1. Taslim bo’lmaslik
2. Oxirigacha kurashish
3. Umidni so’ndirmaslik
Men bularni futbol uchun emas, hayot uchun namuna qilib aytmoqchiman. Sababi milliy jamoamiz maydonda 2 kishi kam bo’lib o’ynab, shundan so’ng ham 2 ta gol kirita oldi. Maqsad tayin bo’lsa, g’urur bo’lsa natija shunday bo’ladi!
🇺🇿O’zbekiston U-17 Osiyo chempioni !
🇺🇿O’zbekiston U-17 jamoasidan o’rganadigan jihatlarimiz:
1. Taslim bo’lmaslik
2. O’xirigacha kurashish
3. Umidni so’ndirmaslik
Men bularni futbol uchun emas, hayot uchun namuna qilib aytmoqchiman.
🇺🇿O’zbekiston U-17 Osiyo chempioni !
Qadrli ota-onalar farzandlaringizga e’tiborliroq bo’ling!
Shogirtlarimga tavsiyam esa, naslingizni toza saqlang!
DEVELOPMENT EDUSPACE 🦅
Assalamu alaykum!
Maxsus yangi INGLIZtili guruhi ochilish arafasida ekanini ma’lum qilamiz!
“Farzandim go’zal odob hamda foydali ilm egasi bo’lsin” deganlar uchun Ingliz tilini samarali va murakkab o’rgatish dasturini taqdim etamiz!Biz Ingliz tilini har tomonlama mukammallik darajasiga olib chiqamiz. Ayniqsa, GRAMMATIKA, TARJIMA QILISH VA OG’ZAKI nutqni sinalgan va samarali uslubda o’rgatamiz©️. Yangi guruh kun va soatlari: DUSHANBA /CHORSHANBA/JUMA SOAT 17:00 dan 18:30 gacha Ustoz, Bekzod O’tkurov (31 yoshda) haqida qisqacha: ▶️13 yildan oshgan o’qitish tajribasiga ega ▶️Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti bitiruvchisi(2016) ▶️Ingliz tilini 19 yildan beri faol ishlatadi ▶️O’z talabchan uslubi va samarali o’qitish yo’liga ega ▶️Ko’plab shogirdlari xorijdagi universitetlarda tahsil olishadi va ingliz tilini o’rgatish bilan shug’ullanishadi ham ❗️Guruh 5-May, DUSHANBA kuni boshlanadi. Shoshiling! Ha aytgancha, do’stlaringizga yuborishni unutmang! 📞+998977430773 📞+998900030060 😎@development_aloqa 📍Manzil: Tinchlik metro 🚇Beruniy 1-dahasi, 1 Olmazor tumani, Toshkent https://yandex.uz/navi/?text=41.332842,69.219044
+1
“Shaxmatda ham, hayotda ham eng dadil harakatlar — eng sokin aql bilan qilinadi. Haqiqiy strategiya — bu faqat harakat emas, balki sabr, olg‘a qarash va har bir figuraning qadrini anglashdir.”
Biz idoramizga shaxmat donalarini keltirdik. Shogirtlar bilan o’ynab turibmiz. Vaqtingiz bo’lsa o’rtoqlik o’yinini o’tkazishimiz mumkin.
Bolalaringizga ko’rsating…
Dars qilishdan charchaganlariga…
Bir xil hayotdan zerikdim deganlariga…
Borini boricha qadriga yetmayotganlariga…
Noliyotganlariga…
Ko’rsating!
Ustozning kuchli mutaxassis ekani - o’quvchilarining soni o’sayotgani bilan emas, balkim ularning ham saviya ham bilmlari, sifati, odob-axloqi va dunyoqarashlari qanchalik o’sgani bilan o’lchanadi.
#ilm #ustoz #shogirt #tarbiya #talim #odob #saviya #rivojlanish
Men uchun juda qadrli bo’lgan guruhlarimdan biri bilan bo’lgan bitiruv kunidan olingan lavhalarni ko’rib turibsizlar. Ustoz uchun eng qiyini bir insonni qabul qilib olib, uni tarbiya etish. Va keyin esa vaqti yetganda unga mustaqil bo’lish payti kelganini aytish. Bu huddi ota o’z farzandini uzoq safarga jo’natishday gap. Ham ishonching bo’ladi, ham qo’rquving.
#talim #tarbiya #ustoz #shogirt #ilm #odob #rivojlanish #saviya
Zar qadrini zargar biladi
IELTSdan dars beruvchi Abdulboriy Ustoz o’z kanallarida ba’zi bir fikrlarni bildiribtilar va orasida bizni ham maqtab, e’tirof etibtilar. Bu ustoz bilan hali hamsuhbat bo’lmaganmiz lekin o’qitish jihatidan ikkimiz ham talabchan Ustozlardan hisoblanamiz va meni ko’pgina o’quvchilarim ingliz tilini tugatgach, shu Ustozdan IELTS saboqlarini olishgan. Yozgan ma’qolalarini hammaga birdek tushunarli bo’lsin deb o’zbek tiliga ogirdik:
Ingliz tilida bir bosqichni 3 oydayoq yoki 2 oyni o'zida tugatib bo'lmasligi hech kimga sir emas. Ammo, ko'plab o'quv markazlar ta'lim va biznes o'rtasidagi chegarani mavhumlashtirgan holda, har bir bosqich davomiyligini qisqartirib tashlagan. Natijada, ustozlar bu kabi qisqa muddat ichida zarur materiallarni(bilimlarni) o'quvchiga yetkazishda katta bosimga uchrashmoqda.
Asosiy tashvishim shundaki, talabalar bu qadar qisqa muddat ichida butun ma’lumotni samarali o‘zlashtirishlari va amaliyotda qo‘llashlari juda qiyin. Til o‘rganish vaqt, takrorlash va ishonchni shakllantirishni talab qiladi. Talabalar bosqichdan bosqichga shoshilinch tarzda o‘tayotganda, ular o‘rgangan bilimlarini esda saqlab qolishda qiynaladilar, bu esa tushunmovchiliklar va hatto oilaviy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Masalan, o'quvchi Beginner, Elementary yoki Intermediate bosqichidan o‘ta olmasa, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va hurmatini yo‘qotadi. Ota-onalar esa, farzandini yetarlicha o‘qimayapti yoki ingliz tilini o‘zlashtira olmayapti deb o‘ylashadi. Aslida esa, muammo ko‘pincha kurslarning noto‘g‘ri(hayotiy bo'lmagan) tezligida yotadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotni yodlab olish mumkinligini bilan birga, u ma'lumotlar xuddi shunday tezlikda — hatto undan ham tezroq — unutilib ketishi bor.
Shu sababdan, bir bosqichni tugatgan har bir o‘quvchi, o‘sha bosqich darajasiga yetdi degani emas. 3 oyda Intermediate kursini tugatgan talaba amalda hali ham Pre-intermediate darajasida bo‘lishi mumkin. Xuddi shuningdek, Pre-intermediate darajasida bo‘lgan talaba aslida Elementary darajadagi bilimga ega bo‘lishi hech gap emas.
Shuning uchun men Toshkentda joylashgan Development EduSpace nomli o‘quv markazini (shaxsan tanimasam ham) juda qadrlayman. Meni qoyil qoldirgan jihati shundaki — ular har bir bosqichga butun bir yilni ajratishadi (hozir 6oy), bu esa o‘quvchilarga mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi. Ularning talabalari o‘zlarini Intermediate darajasida deb aytishsa, bu haqiqatdan shunday bo'ladi. Hatto ba’zida maktab ma’muriyati ham ushbu o'quv markazda o'qigan o‘quvchilarning ravon ingliz tilida so‘zlashuvidan qoyil qolib, ularni Upper-intermediate deb hisoblashadi.
Menimcha, bu — chinakam o‘qitish deganidir.
Afsuski, ko‘plab o‘quv markazlarining bosqichlarni shoshiltirib o‘tkazishiga sabab shundaki, ular(ya'ni bir bosqichni chuqur o'rgatuvchi o'quv markazlar) faqat ko‘proq pul ishlashni istaydi degan noto‘g‘ri tasavvuri mavjudligidir. Ko'plab o'quvchilar va ota-onalar bu markazlar ataylab o‘qish jarayonini ko'proq pul ishlash maqsadida cho‘zadi, deb o‘ylashadi. Aslida esa, bu to‘g‘ri emas. Muammo shundaki, ota-onalarning ko‘pchiligi til o‘rganish uchun ko'p vaqt va kuch talab qilinishini yetarlicha anglab yetmaydi. Shuning uchun ular farzandining iloji boricha tezroq bosqichlarni tugatishini istashadi.
Aslida esa, til o‘rganish — bu poyga musobaqasi emas, balki sabr, amaliyot va mustahkam poydevor talab qiladigan jarayon.
©Abdulboriy Abdulhamidov
