cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

IJOD | she‘rlar | monologlar | ijrolar | qo‘shiqlar

Ijodiy blog She‘rlar Monologlar Ijrolar Qo‘shiqlar Tabriklar Ijodiy kechalar

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
435
مشترکین
-124 ساعت
-57 روز
-2330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Sendan olisdaman koʻzlarimda nam, Yuragimni ezib qoʻydi gʻam alam, Yonimda koʻpgina inson boʻlsa ham, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Oldimizga "kech" dan qo‘yib to‘siq, Sendan o‘zga yo‘q yurakka tansiq Afsus ayrildik birga bo‘lmadikyo‘q Sog'inchim birgina senga atalgan ✍ Bektosh Mansurov Dilimda bir nido boʻzlamoqdadir, Koʻzlarim har yonda seni izlamoqdadir, Yuragim yonimda boʻlishing koʻzlamoqdadir, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Necha yil o‘tsa qalbimda dog‘i, So‘ldirdi eh muhabbatim bog‘i, U edi yuragimning ardog‘i, Sog'inchi birgina senga atalgan. ✍ Bektosh Mansurov Alamimdan tinmay koʻtaraman may, Iztirobda qoldim qandayin chiday, Javob ber oʻzimni qayerga otay, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Qachondir dardlarim da'vo topar, U sizlik yashashda havo topar, U go‘zal bir kun unut bo‘lar-u Sog'inchim birgina senga atalgan ✍ Bektosh Mansurov Yuragim doimo isming soʻzlaydi, Koʻnglim sensizlikka hech koʻnikmaydi. Senga boʻlgan sevgim hech ham soʻnmaydi. Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Sababsiz bilmadim tashlab ketdi, Pulni tanlab qalbim vayron etdi, Baxtlimi bilmadim maqsadga yetdi Sog‘inchim birgina senga atalgan ✍ Bektosh Mansurov Yoningga borolsam,bir bora koʻrsam, Shirin soʻzlar ila holingni soʻrsam, Sen birla gulim men ham baxtga yetsam, Sogʻinchim birgina senga atalgan. ✍ Ozodbek Narzullayev Sevgim sahifam endi tugaydi, Undan qolgan dard bo‘lmaydi, Boshqasiga ham ko‘ngil to‘lmaydi, Sog'inchim birgina senga atalgan. ✍ Bektosh Mansurov Mualliflar ✍ Ozodbek Narzullayev ✍ Bektosh Mansurov Yozildi:2024.03.27. @Bektosh_Mansur
نمایش همه...
#premyera #duet O‘zbekiston mening vatanimdir Gar yurtdan ketsamda uzoqlarga, Yurak dosh bermaydi qiynoqlarga. Mening eng suygan gul-chamanimdir, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov Men bo‘lsamda gar yurtimdan uzoq, Yomonlar qo‘ysa har yo‘lda tuzoq. Bo‘lsamda sendan olisda yiroq, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov O‘tib ketdi ko‘ksini kerganlar, O‘zin davrida davron surganlar. Vatan deb jon berdi buyuk zotlar, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov Bobolarim yurtimni tanitgan, Xalqim deya jonidan ham kechgan. Qahramonlarin hech unutmagan, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov Aytib bersam gar ajdodlarimni, Men avlodiman Temur bobomni. Sirdirsam ham arzir g‘ururimni, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov G‘animlarga egmas bosh hech qachon, Duo qilar keksalar har qachon. Men tug‘ilib o‘sgan bu el-makon, O‘zbekiston mening vatanimdir! ✍ Ramazonxon Ismoilov Ko‘rdim vatanni arzon sotganlar, Sotib o‘zin kerilib yurganlar. Ertaga gado bo‘lib yurganlar, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Bektosh Mansurov Men yurtim pulga aslo sotmasman, Sotganlar bilan do‘st ham bo‘lmasman, Men ularga sira o‘xshamasman, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov Bermasman yurtim hech bir yovlarga, Arzimas u beda-poyavlarga. O‘zi ham zor bo‘lsin bu yerlarga, O‘zbekiston mening vatanimdir ✍ Bektosh Mansurov Dunyo samosidan o‘rin olgan, Kimlar yurtni toptab nomin sotgan. Ori uchun har nedan qolmagan, O‘zbekiston mening vatanimdir. ✍ Ramazonxon Ismoilov 25.03 2024. Mualliflar: ✍ Bektosh Mansurov ✍Ramazonxon Ismoilov Mualliflik huquqi himoyalangan! @Bektosh_Mansur
نمایش همه...
Talpinar hamon Yurak sen tomon talpinar hamon, Sog‘inch dardlari qiynoqlar yomon, Pok sevgimiz bo‘lmasin yolg‘on, Ketolmading yuragimdan sen, Hijroning qalbim turida mangu, Ko‘rishmoq diydori bo‘ldimi qayg'u , Visol nahot bo‘ldimi eh orzu, Ketolmading yuragimdan sen, Dardlarim kemirar yurak yuzin, Yuzim kular-u kulmaydi ko‘zim, Sevmayman endi qaytib chin so‘zim, Ketolmading yuragimdan sen. Oh qaniydi hijronni sotsam, Hijronmas baxt visolin totsam, O‘zimni tiriklayin otsam, Ketolmading yuragimdan sen. Shamdek so‘ndim yor ozorida Kulmadi omad ishq bozorida, Bunda armon haddan ziyoda, Ketolmading yuragimdan sen. She'rlarim kuylarda navo bo‘ldi, Tug'ilmasdan turib sevgim o‘ldi, Yurak dardlarim to‘ldi to‘ldi, Ketolmading yuragimdan sen. 2024 yil 7 aprel ✍ Bektosh Mansurov Kamchiliklar bo‘lsa uzr (yoqsa layk) @Bektosh_Mansur
نمایش همه...
KIMSALAR Qalblariga shayton in solar, Oʻzgarishar mansab minsalar.. Bu dunyoga toʻymaydi sira, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Pul ustida iymonin sotib, Toʻxtamaydi gunoxga botib.. Yashar harom luqmasin totib, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Yaxshilarning oyogʻin chalar, Mazlumlarning haqqini talar... Ming xatoga yurib yoʻrgʻalar, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Zinolarga oʻrgandi tana, Nasihatga qilarlar taʼna. Shayton bazmin atar tanʼtana, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Onasining koʻzlarin yoshlar, Otasining boshini toshlar... Nafsga qolsa har yoʻlga boshlar, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. Doʻzax tomon tashlashib qadam, Oʻzgardim deb icharlar qasam... Ne boʻlsa ham boʻlmaydi odam, Nafsiga qul boʻlgan kimsalar. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
نمایش همه...
#premyera #duet Sevgida kuygandi yurak Yengilmas og‘ir dardlarim, O‘tib ketdi zo‘r paytlarim. Bag‘ishlagandim baytlarim, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Qancha chekdi dard-u alam, Aslo ko‘nmaydi sezsa ham. Bir bora topmaydi malham, Sevgida kuygandi yurak ✍. Ramazonxon Ismoilov Azob yurakka qadab ketdi, Ishongandim aldab ketdi. Qadrini qarichlab ketdi, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Yurak sevma endi yetar, Azoblaring o‘tib ketar. Sevgi dog‘i bir kun bitar, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov U ham suysa bo‘lmasmidi, Kuyganim oh yetmasmidi. Sevganda tashlab ketmasdi, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Umr bo‘yi istadi baxtni, Aslo sevmadi toj-taxtni. Endi qilib dilda qasdni, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov Yopdim u sevgi daftarin, So‘ndirib ketdi istakim. To‘ldi bu og‘ir dardlarim, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Qadaldi ko‘ksimga alam, She‘rlar yoza sindi qalam. Endi bitmas meni yaram, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov Ozoringdan dillar yondi, Yig‘ladi yurak to‘lg‘ondi. Gohida o‘zidan tondi, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Bektosh Mansurov Ne sinovga qildi bardosh, Topmadi dardlarga darddosh. Bu dunyo ekan bag‘ritosh, Sevgida kuygandi yurak. ✍ Ramazonxon Ismoilov 20.03.2024 Mualliflik huquqi himoyalangan! Mualliflar: ✍ Bektosh Mansurov ✍ Ramazonxon Ismoilov @Bektosh_Mansur @Ramazonxon_Ismoilov_RASMIY @Ijodiy_faoliyat
نمایش همه...
#She'r384 #Duet33 📜Ortimizdan tosh otganlar O‘z o‘rnin bilmaydi ular, G‘iybatdan to‘xtamas ular, Hatto o‘z qadrin bilmas ular, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar. ✍ Bektosh Mansurov Oʻylagani gʻiybat malomat, Jonga boʻlar otash-u ofat, Iymonni ham unutgan faqat, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Zo‘r bo‘lsa seni eslamas, Hatto xasdik nazarga ilmas, O‘zicha osmon yerga tushmas, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar ✍Bektosh Mansurov Faqat pulni oʻylashar, Iymonin ham sotishar, Doʻstni oʻtga otishar, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Ularda qolmagan iymon, Kecha kunduz hamroh shayton, Ular yaxshi biz bo‘ldik yomon, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar. ✍ Bektosh Mansurov Omad kelsa koʻrolmaydilar, Ogʻir kunda hol soʻrolmaydilar, Yoningda ham turolmaydilar, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Goh yig‘laysan sen qadringga, Ming bor qo‘shar eh dardingga, Bilmas ozor berar qalbingga, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib botganlar. ✍ Bektosh Mansurov Sindirmoqni koʻzlaydilar, Yomonlikni tilaydilar, Yolgʻondakam soʻzlaydilar, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga choʻmilib botganlar. ✍Ozodbek Narzullayev Ishongandik yolg‘on mehringizga, Mustoq edik shirin so‘zingizga, Uvoli bor biling ko‘zingizga, Ortimizdan tosh otganlar, Gunohga cho‘milib yotganlar. ✍ Bektosh Mansurov Unutgaylar qiyomatning savolini, Yaxshi koʻrar tilidagi bolini, Juda ham zoʻr oʻynashdida rolini, Ortimizdan tosh otganlar. Gunohga choʻmilib botganlar. ✍ Ozodbek Narzullayev Mualliflar ✍ Ozodbek Narzullayev ✍ Bektosh Mansurov 2024.03.24. https://t.me/Bektosh_Mansur
نمایش همه...
Tanqidchiga "Qalaming mo‘rt ekan yo‘n" deding, His qilmay manglaydagi oqqan terlarni Loqayd qiyofada "sodda jo‘n deding, Yuragim shilinib yozgan she'rlarni. Bejizga kelmadim men bu hayotga, Aslida zalvarli dard bo‘lib keldim. Tasavvuringdagi adabiyotga, Sinov bo‘lib keldim, shart bo‘lib keldim Chindan o‘n bir yillik she'r daftarimni Ayab o'tirmasdan olovga otdim. Qalam bilan kovlab yurak qarimni Bedor qilib uni endi uyg‘otdim Qo‘zg‘atmagil tirnab sen alamimni, Yigirma bir yoshgacha sinab keldim men. Navoiydan meros bu qalamimni Temur qilichida yo‘nib keldim men. Kalomning eng o'tkir eng yovquridan Hali burgutlarni uchirmog‘im bor. Tuyg‘usiz yashagan qalbing to‘ridan Mudragan hislarni ko‘chirmog‘im bor. Tilingni tilsang-u chimdim tuz sepsang, Keyin his etasan tiling zahrini Manman tanqidchini she'r bilan tepsang, O'shanda bilasan shoir qahrini. Aslo yoʻqdir hushim mujmal tuyg‘uga Ibrat qilma menga bu "oq xaltang" ni Yaxshisi birodar qolmay kulguga Charxlab kel zanglagan eski boltangni (Oq xalta-majoziy ma'noda oq she'r) Bektosh Mansurov 2024 yil 19 mart @Bektosh_Mansur
نمایش همه...
📜 Hayot Chalsang chal nog‘orangni hayot, Ayt kimda bor mehr oqibat, Azobingdan qolmadi toqat, Buncha bemehrsan hayot. ✍Bektosh Mansurov Doʻst deganlar sotib ketarlar Yuragimiz yoqib ketarlar Bizni koʻrolmayin oʻtarlar Buncha bemehrsan hayot. ✍ Ozodbek Narzullayev Nega qilasan qalblarni tosh, Sinovingdan egildiku bosh, Shuncha bo‘lasanmi bag‘ritosh, Buncha bemehrsan hayot ✍ Bektosh Mansurov Akam yoki ukam demas, Ogʻir kunda qoʻllamas. Insonlarda oqibat qolmas. Buncha bemehrsan hayot ✍Ozodbek Narzullayev Senga yana aytgin ne kerak, Qayg‘udan to‘ldiku bu yurak, Balkim senda bor uzun tilak, Buncha bemehrsan hayot. ✍Bektosh Mansurov Ozorlardan yuragim ezildi, Borliging ham endi sezildi, Koʻnglim yomon buzildi, Buncha bemehrsan hayot. ✍ Ozodbek Narzullayev Dunyosidan charchadim, zerikdim, Barchasiga asta ko‘nikdim, Kim kim ekanin endi bildim, Buncha bemehrsan hayot. ✍ Bektosh Mansurov Armonlarga toʻlgan dunyo, Orzularim boʻlmasin roʻyo, Soxta doʻstlar koʻpaydi goʻyo, Buncha bemehrsan hayot. ✍ Ozodbek Narzullayev Mualliflar ✍ Bektosh Mansurov ✍ Ozodbek Narzullayev 2024.03.18 @Bektosh_Mansur
نمایش همه...
#premyera #muzic YURIBSIZMI SEVIB BOYLARNI Xonanda: Farruxbek Nabiyev Matn muallifi: Odilbek Qodirov Yangi qoʻshigʻimiz sizlar uchun.
نمایش همه...
Yuribsizmi sevib boylarni.mp32.63 MB
Boshga soldi Boshga soldi go‘zal ishqdan sinov, Ichimda o‘t bo‘lib yonar lov-lov, Sevgida ham kuydirdi beayov, Ishqning yo‘li shuncha zarang* ekan. Hasratlarim topar bi kun barham, Endi toki sevmayman o'lguncha ham, Bir kun ketar dildagi o‘tli alam, Ishqning yo‘li shuncha zarang ekan. Balki u ham ohularga dugona, Hali ishqning ko‘chasida begona, Majnunlar sevgida o‘t bo‘lib yonar, Ishqning yo‘li shunchalar tang ekan. Osmonda kulgichlari nur sochar, Kelsa hijronlar bag‘rimdan qochar, Qachon sevgi qulfi Layli ochar, Ishqning yo‘li shunchalar tang ekan. Mehr bor edi yurak qa'rida, Oftob kular edi ko‘zlarida, Shirin, achchiq, yolg‘on so'zlarida, Ishqning yo‘li shuncha arang ekan. Husnida go‘zal bahor hijolat, Yerga qarab turgan oy hijolat, Yuzida kulgan nahor hijolat, Ishqning yo‘li shuncha arang ekan. Hasratlarim topar bir kun barham, Endi toki sevmayman o'lguncha ham, Bir kun ketar dildagi o‘tli alam, Ishqning yo‘li shunchalar tang ekan. *Zarang so‘zi bu o‘rinda zichlangan, qattiq ma'nosida ishlatilgan 2024 yil 24 mart Bektosh Mansurov @Bektosh_Mansur
نمایش همه...
👍 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.