cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Fitrat vorislari

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
294
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-3430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
ONA TILIM Navoiy g‘azalin har bir satrida, Nafosat, go‘zallik sharh tilga xosdir. Shunchalar qudrat bor so‘zning atrida Har biri durdona yoki olmosdir. Tongotar fayzini, nay navosini, Dalalar shukuhin ob-havosini. Visol chog‘larini, dil sadosini, Odamning jamiki muddaosini. Barini, barini kuylamoq mumkin, Odamda ne bo‘lsa o‘ylamoq mumkin. Shu qadar serma’no ona tilimsan, Tarjimon, eng dono ona tilimsan. «Paxta» degan oddiy bitta so‘zingda, Jahonga arzirlik ulug‘ ma’no bor. Nega maqtamayin men ona tilim? Dilrabo so‘zlaring o‘ynatsa dilim.   H. NURIY
نمایش همه...
Agarchi ismim Erkin. Erki yo‘q bandi kishan bo‘ldim, Ko‘zim bog‘liq, dilim dog‘liq, Tilim yo‘q, besuxan bo‘ldim. Ko‘rib hayratga tushdi Bu jahon holi parishonim, Bamisli ankabut so‘rgan – Chibin, pajmurda tan bo‘ldim. Olisda oh, diyorim, deb Sog‘ingan, ey vatandoshim, Dema sen o‘zni bebaxt, Baxti yo‘q aslida man bo‘ldim. Shukurkim, keldi istiqlol, Umidim rost qil, Ollohim, Ki, shoyad beqafas bulbul Kabi sohib chaman bo‘ldim. Erkin VOHIDOV
نمایش همه...
🥰 4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
ONA TILIM Yobonlarning cheksizligi, Ham samumi, ham hovuri, Onajonlar allasidan, Qo‘z yoshidan, oq sutidan; To‘qaylarning tengsizligi, Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri, Yigitlarning yallasidan, Suluvlarning sukutidan – Yo‘g‘rilgan til – Ona tilim. Daryolarning toshqin payti Arslon yanglig‘ arillashi, Dovonlarning ko‘k qiyosi, Qorli tog‘lar jilosidan, Cho‘ponlarning qamish bayti, Childirmaning darillashi, Go‘ro‘g‘lining alp siymosi, Alpomishning da’vosidan – Tug‘ilgan til – Ona tilim. Tulporlarning asovligi, Tosh chaqishi, olovligi, Bobolarning oltin so‘zi, Bo‘yoqchining o‘lanidan: To‘quvchining alg‘ovligi, Chilangarning dalg‘ovligi, Bu tuproqning qo‘sh ho‘kizi, Qo‘shchisi ham qo‘lanidan – Yaralgan til – Ona tilim. Shu tuproqning jon ayamas Tarlonlari, burgutlari, Kelinlarning dildoshligi, Yor-yorlarning jarangidan; Bosqinlarning bedodligi, Buvilarning o‘gitlari, Do‘mbiraning mungdoshligi, Dutorning ham tarangidan – Taralgan til – Ona tilim.                                                                                            Mirtemir
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
30-may - atoqli shoir Mirtemir tavallud topgan kun
نمایش همه...
👍 1
#jadidlar Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “JADID MA’RIFATPARVARLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda respublikaning taniqli olimlari jadid ma'rifatparvarlarining faoliyatiga oid ilmiy maqolalari ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqdalar.
نمایش همه...
👍 2
Tilimiz goʻzalligidan bahramand boʻling.
نمایش همه...
01:58
Video unavailableShow in Telegram
7.11 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Gyote shunday degan edi: “Inson nechta til bilsa, u shuncha marta odamdir”. Iqtibosdan masalaning ikkinchi tomoni ham kelib chiqadi: inson o'z ona tilisini bilmasa, u millat farzandi ham emas, chunki tilni bilmaslik evaziga u millatga xos bo'lgan barcha jihatlar: milliy urf-odat, milliy muomala-munosabat, milliy yashash tarzi, xullas, milliy o'zlikdan mosuvo boʻladi.
نمایش همه...
👍 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bir maqol izohi YOZ OFTOBIGA KELININGNI O'TQAZ, KUZ  OFTOBIGA - QIZINGNI Var.: “Yozda keliningni ishlat, Kuzda -  qizingni”. Bu maqollar yomon qaynonalar  tilidan aytilgan. Lolaqizg'aldoq oftobini “Yoz  oftobi” deydilar. Bu paytda (yozda - ya'ni, kech  bahorda) oftob kishining yuzini tezda  qoraytiradi, xunuk qiladi. Kuz oftobi esa  mo'tadil bo'lib, yuzning rangini toza va xushro'y  qiladi. Yu qoridagi maqollarda yomon  qaynonalarning kelinni xunuk, qizni esa  chiroyli qilish niyati o'z ifodasini topgan. 📔 MA'NOLAR MAXZANI📝
نمایش همه...
👍 2😁 2😢 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.