fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

JavaHere

JavaHere

رفتن به کانال در Telegram

Software Engineer @ Google IT - Lifestyle - Sport

نمایش بیشتر
2 215
مشترکین
-124 ساعت
-77 روز
-4930 روز
آرشیو پست ها
Google Summer Internship 2027 ochilibdi. Kimda: - Bakalavr (in progress) - Leetcode 300+ masala Haqiqiy 6 oylik tajriba (quyidagilarni hech bo'lmaganda birortasi): - Full-time - Part-time - Internship Kommentda LeetcodeProfile link + CV qoldiring, men refer beraman! FirstName, LastName, Phone Number, Email - CV da bo'lsin. Mening CV yim: https://docs.google.com/document/d/1I6L9NcKnMdjiHAijkO6AM1hY0rVwBubRD534Z9nl9uc/edit?usp=sharing
Faqat CV'da universitetni eng yuqoriga olib chiqing!
PS: Iltimos yuqoridagi talablarni bajarmaganlar chatni CV ga to'ldirib meni qiynamang. Omad! JavaHere 07.09.2026 Google, Polsha

Alohida mavzu O’zbek tilida yozib olingan (jonli darslardan emas, balki maxsus) video kurs qanchalik samarali/foydali deb o’ylaysiz? (DSA)
Anonymous voting

Azizlar Google’da o’zbek boshlariga ish o’rni juda ko’p. O’zbekistonlik yoshlar o’ylaganlaridan ancha aqqlli va allaqachon Google levelda ishlashga tayyor. Bizdagi ko’p gaplarga (negativelar) e’tibor qaratmang. Kirganingizda ko’rasiz. Ish juda qiyin emas ekanku. O’sha har doimgi ishlarku, deysiz. Sizlarga yanayam bir imkoniyat. Bu safar kursni “more intense” qilmoqchiman. Shu yil Google ga topshiramiz nasib. 1 yil ichida technical intervyu qismidan o’tganlar uchun pulini yarmini qaytarib beraman! Ko’payishimiz kerak. Startuperlarga esa qarshiligim yo’q. Sizlarning kelajagingiz ham buyukligiga ishonaman. Bu gaplar, hali ancha tayyorlanishim kerak deb yurganlar uchun. Bu safar: CV yozish, portfolio yig’ish, behavioral intervyu uchun tayyorgarlik, technical uchun tayyorgarlikni ham qo’shib ohirigacha (intervyu, offer) olib borish niyatidaman. Oldingi bitiruvchilarni ko’pchiligi kursni bitirdi, foyda oldi, lekin bundanam kattaroq ish qila olamiz deb o’ylayman. Hayrli kech!

DSA-4 Tez kunda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan birinchi 35 emas 3+5=8 ta odamga 35% chegirma qilishni niyat
DSA-4 Tez kunda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan birinchi 35 emas 3+5=8 ta odamga 35% chegirma qilishni niyat qildim. Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo’lsin

Yechim 1. aID lardan foydalanib Bloom-filter qurdim. 2. B table ni Bloom-filterdan o'tkazib oldim. 3. Chiqqan natijani join qildim. Qiziq narsalar: 1. aID lar 50 million. Bu degani men birma-bir yurib chiqib uni bloom-filter ga solib chiqaman deyish xato. A tablni parallel yurib chiqib, ohirida bir nechta bloom-filter larni merge qilish kerak bo'ladi. 2. B table ni ham parallel yurib chiqib har bir partition ni parallel bloom-filterdan o'tkazib chiqiladi. Bunda bloom-filter har bir workerga parameter sifatida berib yuboriladi. #tarjiba JavaHere 28.08.2026 Uyda, Polsha

24 soatdan keyin o'chiriladi Keling JavaHere ni jonlantiramiz! (ha birgalikda) Muhim savol: Mendan nimalar o'rgana olaman deb o'ylaysiz? Nimalar bilan ko'proq bo'lishay? Haftalik, oylik, yillik live sessions, challenges, etc? Kommentda yozing. Google'da ishlayotganimga yaqinda 6 oy bo'ladi. Juda ko'p narsa o'zgarib ketdi. Pul o'zgartirvordi 😂 (to'g'ri tushinishga harakat qiling). Alhamdulillah yaxshi tomonga.

Yechimni yozish esidan chiqdi deb o’ylamang, bu taskni iyun oyini ohirida olganman. Yana ozgina qoldi, bir-ikki hafta 😂😉. Google’da ishlar sekin ketadi… Access, approval, desicion docs, design docs, meetings, etc…

Update: 10mln -> 200mln ga aylandi…

Join task Endigi qilishim kerak bo’lgan ish: Table A va B. A table da 10 million atrofida row. B table da 26 milliard atrofida row. A tabledagi X columnni B tabledagi X column yordamida to’ldirishim kerak. A - aID B - bID Menda C mapping table bor, yani (aID, bID). Qiziq task. Tugatsam qanday qilganimni aytaman. #tajriba JavaHere 23.07.2026 Ishxona, Polsha

Kitob tarqaramiz: 50kg = 80ta 1. Kiberxavsizlik majmui - 16 ta 2. Pentester qo'llanmasi - 24 ta 3. Maxfiylik, qoidalar va kib
Kitob tarqaramiz: 50kg = 80ta 1. Kiberxavsizlik majmui - 16 ta 2. Pentester qo'llanmasi - 24 ta 3. Maxfiylik, qoidalar va kiberxavfsizlik I - 20 ta 4. Maxfiylik, qoidalar va kiberxavfsizlik II - 20 ta Kim olishni istasa: Kiber xavfsizlikka qiziqishini isbotlashi kerak. Kamida biror kichik bo’lsa ham loyihacha. Kommentda loyihangiz haqida qisqacha yozib demo kichik video yuboring. Kerakli kitob(lar) nomini yozing. Boshlandi! Omad! Ps: kitoblar toshkentda.

Optimizatsiya 2 Pipeline bor. Bu pipeline har kuni bir kunlik ma'lumotlarni process qilib turishi kerak edi. Har safar 8 soat run bo'lardi. U bir databasedan bir nechta table larni olib, birlashtirib, filterlab, boshqa bir databasedagi bir table ga yozadi. Menga yangi bir column qo'shib uni kerakli ma'lumot bilan to'ldirishimni so'radi. Shunday qildim, code ham review va approve bo'ldi. Lekin kod pre-prod environmentga yetganda, naqd 72 soatdan ko'proq ishlab, time out bo'ldi. Sababi, menga kerakli ma'lumotni query qilish uslubim xato bo'lgan ekan. Qanday xato? Agar kerakli ma'lumot juda katta bo'lsa uni bir dona query orqali olib kelmasdan, alohida kichik pipeline bilan olib kelinadi. Menga kerakli ma'lumot kichik (bir necha yuz megabayt) bo'lgani uchun uni batch emas streaming orqali, ya'ni, bitta queryda olib kelinadigan qildik. Shunda 72h -> 25h bo'ldi. Lekin bu ham yaxshi natija emasdi. Hammani o'zini ishi bor, buniyam kimdir to'g'irlash kerak. 2 ta yo'limiz bor edi, 1. Kompyuterlarni kuchaytirish (cpu, ram) 2. Kodni optimizatsiya qilish Mendan kodni optimizatsiya qilishimni so'radi. Muammo - menga kerakli bir necha yuz megabaytli data bilan bir necha terabayatli datani join qilishda edi. Shu qismini o'zi 17soat olayotgandi. Men qilgan yechim: Join qilish o'rniga, haligi kichik datani hashmapga soldim. Terabayt datani parallel yurib chiqib, har bir row uchun o'ziga mos datani hashmapdan olib to'ldirib chiqdim. Qarasam huddi shunday ishni qilishim mumkin bo'lgan yana bir joy bor ekan. Uniyam shunday qildim. Natija: Endi pipeline ~1soat da ishni tugatyabdi, hamma xursand. Olovni yondirgan menman. Lekin ayb menga yuklanmaydi, sababi jamoam bu kodni review qilib tasdiqlagan. Endi ayb hammaniki. Optimizatsiyani men qildim, bu jamoaniki emas. Qiziq vaziyat. Bu ishni qilish davomida Partitioning, Shuffling degan tushunchalar bilan tanishdim. Balkim bular haqida alohida post yozarman. Shunday qilib: 72h -> 1h. Zo'r natija. #tajriba JavaHere 17.06.2026 Ishxona, Polsha

Optimizatsiya Google da milliardlab qator kod bor. Biror ish qilinganda uni testlash shart. Testlar esa kompyuterda emas cloud'da run bo'ladi. Biroz kod yozsangiz va uni merge qilmoqchi bo'lsangiz, sizni kodingiz yozilgan fayl ishlatilgan boshqa fayllarni testlari ham avtomatik ishga tushadi. Bu juda ko'p testlar run bo'ladi degani. Bir kuni yarim 20 minut kutdim va testlardan bir nechtasi fail bo'ldi (muvafaqqiyatsiz bo'ldi). To'g'irlab, yana run qildim va bu safar boshqa birlari fail bo'ldi. Har safar 20 minut kutish (bazan 30) jonga tegdi. Nega? degan savol berdim. Birinchi martasida nima xato ketti ekan deb qaragan bo'lsam, ikkinchi safar nega buncha uzoq vaqt run bo'lyabdi deb qaradim. AI bilan birga kodni titib, 2-3 ta yaxshilasa bo'ladigan joylar topdim. 1. Juda ko'p query'lar for loop da ketma-ket run bo'layotgan edi. 2. Setup qismida 30 ta table ni test qilish uchun 200 ta table yaratilayotgan edi (30 va 200 nisbatni ifodalash uchun, haqiqiy sonlar emas). Yechimlar: 1. Parallel testlash 2. Setupni faqat kerakli table'larni yaratadigan qilib o'zgartirish. Va nihoyat 20-30 minutdan -> 4-5 minutga kamaydi. #tajriba JavaHere

Will be deleted after 24h. Keyingi mavzu? Ps. Aniqroq yozing, aynan qaysi algoritm, design pattern, qanday soha, qanday lifehack va hokazo.

Priority Queue (Heap) Video uchun link JavaHere

Priority Queue (Heap) Video uchun link JavaHere

Repost from UzGeeks Community
25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi
25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing. Barchangizni kutamiz. @UzGeeksCommunity

Repost from Javohir Akram
Zo’r bo’p ketganda… Odam puli ko’payib, mansabi oshganda, qilgan ishlaridan faxrlanib o’zim erishdim deydi. To’g’ri harakat qilgan, ter to’kkan… Lekin boshqa tomondan ham bir o’ylab ko’rish kerak. Hamma hayotini yashashni bir xil sharoitda boshlamagan. Sizni yoshligizda kompyuteriz bor bo’lgan bo’lsa, kimdirni yoshligi molni tagida o’tgan. Yomonroq sharoitda boshlab, sizdek natija qila olmaganlarga past nazar bilan qaramang. Alloh beradi, Alloh oladi. Hammasi imtihon. O’rniga, bizda yo’q sharoitlilarga qo’ldan kelgancha yordam berishimiz kerak. Bilim ulashish, yo’l ko’rsatish, pul bilan ta’minlash … Hamma yaxshi sharoitda yashashga haqli. Boshqalarniyam hayotini yaxshilashga hissa qo’shing. Hayotda ma’no topasiz, iz qoldirasiz, savob olasiz… Omad! Ps: Men hali zo’r bo’p ketmadim deb o’ylamang, millionlab odamlardan yaxshi yashaybsiz, allaqachon kimdirlar uchun zo’rsiz. Javohir Akram 18.04.2026 Polsha

Repost from Saud Abdulwahed
Xullas gap shunday, agar video aprel oxirigacha 1millionta ko'rilsa, yana 1 tonna kitob sovg'a qilaman(😭) Ovoza qilib yurman
Xullas gap shunday, agar video aprel oxirigacha 1millionta ko'rilsa, yana 1 tonna kitob sovg'a qilaman(😭) Ovoza qilib yurmanglar tag'in, bu shunchaki challenge.

Ovoza qilmanglar debdi. Tarjimasi: hech kim qolmasim, hamma ko’rib chiqsin degani 😂. 1 tonna kitob berar ekan (nasib). Bu kanaldagilarga ham ulush degsa ajabmas-a ) Tip: Youtube ko’rib o’tirishga vaqt yo’qmi? Pro sotib oling. Telefonni ekranini o’chirib eshitib yuraverasiz. Ishonavering arziydi. Youtubeda juda ko’p faqat eshitib ham foyda olsa bo’ladigan kontentlar bor.

Repost from Javohir Akram
Uyga borasiz 🏡 Ishlar yurishmasa Kimdir xafa qilsa Hammasi barbod bo’lib ketsa Qarzga kirib ketsangiz …. Qayaqqa borasiz? Kimga dardingizni aytasiz? Uyingizga borasiz, ota-onangizni oldiga borasiz. (Albatta uy va ota-ona muammoni yechib bermasligi mumkin, Allohdan yordam so’raysiz) Nega? Yashash tekin, mehr to’la, ertalab birga nonushta, kechga esa kechki ovqat. Yana nima kerak ?! Men har doim oilam borligi uchun hech nimadan qo’rqmayman. Nima bo’lsa bo’lsin, eng yomon xohlatda, hech nima o’xshamasa, shartta uyimga ketvoraman, degan fikr bor. Hammasini boshqatdan va boshqachasiga boshlayman. Oilangizni qadriga yeting. Uyingizni yaxshi ko’ring. Nima bo’lgandayam sizni katta qilgan, o’ynatgan, boqqan uy shu. Yangi narsalar (sayohatlar, bizneslar, ideyalar, …) sinab ko’rishdan esa qo’rqmang, judaa o’xshamasa uyga qaytasiz. Boshidan boshlaysiz. Qaytganingizda hech kim ustingizdan kulib kutib olmaydi. Samalyotda uchish qanday ekan? Boshqa davlat va shaharlar, uyerdagi odamlar bilan gaplashish zo’r bo’lsa kerak-a? Biznes qilyabdi degandi, sen ham kuchayib ketding) Nima gaplar endi… … Deb havas bilan gaplashishadi. Qiladigan ish, ko’radigan joy ko’p, birinchi qadamni qo’yish kerak. Dunyo siz o’ylaganingizchalik xavfli emas. Javohir Akram 09.04.2026 Ishxona, Polsha