cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Turin academic lyceum (Rasmiy kanal)

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi.🎓 Bu yerga hamma yangiliklar yuklanadi💬 Академический лицей Туринского политехнического университета города Ташкент.🎓 Сюда публикуются все новости 💬

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
362
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+47 روز
+1430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Repost from OTFIV | Toshkent
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati" Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga! Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=lO4Ho2eChMA sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
نمایش همه...
🤯 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik Qadrli akademik litsey oʻqituvchi va murabbiylari, aziz bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar! Respublikamizdagi 71 ta oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” yangrab, 12 ming nafardan ortiq oʻquvchilarimiz bitiruvchilarga aylandi, ularning hayotida yangi sahifa ochilib, katta hayotga uchirma boʻlishmoqda. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tomonidan akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirilmoqda. Shuningdek akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir qancha qarorlar imzolandi. Ushbu qarorlar natijasida jumladan quyidagilarga erishildi: — akademik litseylar faoliyatiga oid barcha jarayonlar toʻliq raqamlashtirildi; — iqtidorli oʻquvchilar uchun “Akademik litsey iftixori” va “Rektor” stipendiyalari joriy qilindi; — har yili bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish boʻyicha bepul test sinovlarini oʻtkazish tizimi joriy etildi; — 14 ta hudud boʻyicha bittadan akademik litseylar xalqaro fan (kimyo, biologiya va fizika) olimpiadalarida foydalaniladigan oʻquv laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi; — soʻnggi uch yilda xalqaro fan olimpiadalarida 13 ta medallar qoʻlga kiritildi. Shundan 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza; — bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish koʻrsatkichi 92 foizga yetdi; — iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish tartibi joriy qilinib, bu yildan ilk marotaba 141 nafar bitiruvchi oltin, 168 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi. Aziz bitiruvchilar! Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Umid va ishonch ramzi boʻlgan diplom va medallaringiz muborak boʻlsin! Hech shubhasiz, oʻz bilim va isteʼdodini Vatanimiz va xalqimizga munosib farzand boʻlishdek olijanob maqsadlarga sarflashga chogʻlanib turgan Sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimizdir. Hech qachon unutmang, kelajakda Sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qoʻyib, bor kuch-gʻayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, koʻzlagan choʻqqilarga albatta erishasiz. Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
👏 2🤯 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA O'QISHGA HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI BO'YICHA VIDEOQO'LLANMA
نمایش همه...
IMG_1279.MP483.38 MB
👍 5🤯 1
Repost from Edu.uz
03:16
Video unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024
Akademik litseylarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
نمایش همه...
0620.mp46.54 MB
👍 2 1🤯 1
Repost from OTFIV | Toshkent
Photo unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024 ⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi 💬 Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. 📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. *Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin. ❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
نمایش همه...
2👍 1🤯 1
IMG_3841.MOV145.33 MB
🤯 7💅 2🆒 2👏 1😱 1😨 1
📆 Joriy yilning 23-may kuni 🏢 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Z.T.Choriyeva tomonidan, 🟢 1-23 guruh oʻquvchilari bilan birgalikda "KOʻCHIRMA GAPLI QOʻSHMA GAPLAR" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. 🔵 Ochiq dars mashgʻulotida oʻquvchilarning faol ishtiroki darsning yanada qiziqarli boʻlishini ta'minladi. 🟡 Dars jarayonidan lavhalar 👆👆👆👆
نمایش همه...
👍 2💅 2🤯 1👻 1🎃 1
🤯 8💅 1
📆 2024-yil 20-may kuni 🏢 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida, 📚 Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "XXI asr" ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil, 📚 Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshonqul, 📚 Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Abdumajid Azimov, 📚 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti birinchi prorektori akademik litsey direktori v.v.b. A.A.Ashurovlar ishtirokida, 🟡 Akademik litsey oʻquvchi yoshlari bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. 🟢 Uchrashuv davomida mehmonlarimiza tamonidan adabiyot olamining rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan buyuk siymolarimizdan biri Mahmudxoʻja Behbudiyning yurt obodligi yoʻlida boshlagan ijobiy ishlari, "Behbudiya" kutubxonasining tashkil etilishi, birinchilardan boʻlib Samarqandda kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻygani, falsafiy ijodi misolida so‘zlar yuritib, qanday ezgu g‘oyalar mujassamligi to‘g‘risida, bizlar qanday qimmatli maslahatlar olishimiz mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar. 🔵 Tadbir davomida yoshlar adabiyot haqidagi oʼzlarini qiziqqtirgan savollarga mazmunli javoblar oldilar.
نمایش همه...
🤯 4💅 1
Photo unavailableShow in Telegram
🤯 5💅 2💊 2