cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Islomiy sherlar

🫀🫀🫀🫀🫀🫀🫀🫀🫀

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
206
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-597 روز
-18530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

QARIGANIM SEZILDI BOLAM... Hayot sochga qorlar yog'dirdi Sinovlari esdan og'dirdi. Qalbim yig'lab yig'lab yozdirdi Yurak bugun kuymoqda bolam Qariganim sezmoqda bolam. Ajin degan g'alat musavvir Bo'yoqlarin aylantirdi gir, Yoshlik qaytib kelganda hozir, Yuraklarim ezildi bolam, Qariganim sezildi bolam. Porlamaydi munglidir ko'zim Qolib ketdi aytilmay so'zim. So'nmoqdadir porloq yulduzim, Gul yaproqlar uzildi bolam, Qariganim sezildi bolam. Shavqat qilmay savadi taqdir, Hijron, armon qiladi huzur, Nolimayman, deyman ming shukur Alamlari ortdi jon bolam, Sinovlari qaritdi bolam. Yonimda bo'l, suyagin hardam, Senla obod, gullaydi olam, Taqdiriga ko'nadi odam, Nolalarim ko'pdir jon bolam, Sinovlari charchatdi bolam. Ko'zda yoshim oqmoqda hamon, Kimga zo'rman, kimgadir yomon, Baxtinggacha saqlasin omon, Kulgularing so'nmasin bolam, Yurak qarib o'lmasin bolam. Yurak bugun ezildi bolam, Qariganim sezildi bolam. IRODAXON QOSIMOVA. 08.08.2023.  20:30.
نمایش همه...
👍 1
Har azonda ruhimizni, Xar tahoratda jismimizni, Xar namozda iymonimizni, Xar salomda muhabbatimizni yangila Allohim...!🌸    Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuh! Xayrli tong yaxshilar!!!🤗🥰🤗 Seshanba tongi muborak boʻlsin... 😊   Yana tongga yetkazgan Alloh Taologa shukronalar boʻlsin! Mushkullar oson, xojatlarimiz ravon, gunoxlarimiz magʻfiratli  boʻlsin! ✨Tavbalarimiz qabul boʻlsin! Kunimiz fayzli va barokotli boʻlsin!
نمایش همه...
01:01
Video unavailableShow in Telegram
🚀 TELEGRAM KANAL VA GURUHGA BEPUL JONLI O‘ZBEK OBUNACHI KO‘PAYTIRISH! 🇺🇿 Telegram tarmog‘idagi yagona jonli obunachi ko‘paytiruvchi bot! ➕ Endilikda siz ham kuniga 1000 donadan obunachilarni botdagi shartlarni bajarish orqali bepul qo‘shib olishingiz mumkin! 💳 To‘lov qilish orqali ham hisob to‘ldirishingiz mumkin, buning uchun 20dan ortiq to‘lov turlari mavjud! ⚠️ Botga hoziroq kirib bonusni qo‘lga kiritishingiz mumkin! https://t.me/XObunachiBot
نمایش همه...
Telegram_uchun_aktiv_o_zbek_obunachilar_yig_ish_endi_mu_uDkSYk4Ph.mp42.91 MB
🚀 BOTGA KIRISH ➕
Photo unavailableShow in Telegram
⭐️ SIZ QAYSI YUZ VAKILISIZ ? Inson yuz shakli inson haqida ko'p narsalani aytib berishi mumkin Yuzingiz shaklini tanlang va xarakteringizni bilib oling👇🏼 🕊 PSIXOLOG TESTI
نمایش همه...
1⃣
2⃣
3⃣
4⃣
5⃣
👑 BARCHA PSIXOLOGIK TESTLAR
-Bolam ketsam Zor yiglab yo'ling kutgan ko'zlarimni Topolmaysan dunyo berib so'zlarimni Qadrim yomon bilinadi bir kun ketsam Dardingni kim eshitadi bolam ketsam Borligimda korib qolay baxting deyman Nabiralar quchog'iga to'yay deyman Jon berib ham jonim bolam bolam deyman Dardingni kim eshitadi bolam ketsam Maxshargacha diydor bo'lsa g'animat Sog'insang gar qilmagin hech malomat Boshing uzra kelsa ming qaygu dard Dardingni kim eshitadi bolam ketsam Yo'qlab turgin qabrim uzra yo'ling tushsa Kelib aytgin onajon deb darding to'lsa Eslab kelgin onajon deb mangu ketsam Dardingni kim eshitadi bolam ketsam Kozlaringa keng dunyolar bo'lmasin tor Duolarim har ishingda bo'lsin senga yor Qaygu alam yiroq yursin sendan bolam Dardingni kim eshitadi bolam ketsam Muallif: Muhzed
نمایش همه...
🥀Odamzod o‘lmasa ... Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin, Gul kabi so‘lmasa nima bo‘larkin, Endi halovatga yetay deganda, Paymona to‘lmasa nima bo‘larkin?!.. Mehnatlar rohatin ko‘rsa bo‘lmasmi, E’zozu ardog‘da yursa bo‘lmasmi, Keksalik gashtini sursa bo‘lmasmi, Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!. Armon neligini bilmay yashasa, Qadamlarin shahdam, tetik tashlasa, Hayot yo‘llariga gullar to‘shasa, Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!. Nahot o‘lim degan dardga chora yo‘q, Qachon bu tuproqning ko‘zi bo‘lar to‘q, Yo‘q bo‘lsa bo‘lmasmi, ajal degan o‘q Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!. Afsuslar nafasing simirib yotar, Ayriliq hanjari yurakka botar, Yillar o‘tgan sayin sog‘inching ortar, Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!. Bevafo dunyoning ajab ishlari, Bahor, yozi qisqa, uzun qishlari, Ruhingni parchalar hijron tishlari, Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!. Achchiq o‘yinlari bor dunyo ekan, Aziz jon qo‘lida xor dunyo ekan, Dil diydorga to‘ymas, zor dunyo ekan Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!. Vafo qilib umr, baxtiyor, shodon, Murod-maqsadiga yetib har inson, Yuz yoshlardan oshib, yursa sog‘-omon, Odamzod o‘lmasa nima bo‘larkin?!... Munojot Karimjon qizi
نمایش همه...
Jahannamdan qoʻrqaman...! Jonim tanda mehmonligin olarman tan, Gunoh qildim bilib, bilmay ancha men ham, Netay ahir hom sut emgan bir bandaman, Jahannamdan qoʻrqaman men, jahannamdan! Olovlarda qovrilsaya jonsiz tanim, Sirlarimni sotar boʻlsa qosh-koʻzlarlarim, Juda kamdir qilgan savob amallarim, Jahannamdan qoʻrqaman men, jahannamdan! Sirotlardan oʻtar paytim yiqilsam-chi, Har gunohim, zino uchun qovrilsam-chi, Toabadga jannatlardan quvilsam-chi? Jahannamdan qoʻrqaman men jahannamdan! Ota-onam, yorim rozi qilolmasam, Oʻgʻil qizga chin tarbiya berolmasam, Firdavsingda bir on mehmon boʻlolmasam, Jahannamdan qoʻrqaman men, jahannamdan! Oqizsam-chi bechoraning koʻzyoshini, Sinasam gar yaqinlarim bardoshini, Sirlarini sotsam doʻstim, sirdoshimni, Jahannamdan qoʻrqaman men, jahannamdan! Joynamozda bir bor sajda qilolmasam, Farz-u sunnat ma'nosini bilolmasam, Shahodatni aytib soʻngra oʻlolmasam, Jahannamdan qoʻrqaman men, jahannamdan! Kechir meni Yaratganim ming bor kechir, Tav'ba qilib, uzr soʻrab poyingdaman. Jannatingga erishmoqqa bir imkon ber! Jahannamdan qoʻrqaman men, jahannamdan! ✍ Mumtozbegim P/s: Qayta joylandi 🕊🕊🕊
نمایش همه...
Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Ketdingiz milliardlab yuraklar yondi, Muslimlar Rasulsiz, elchisiz qoldi, Oradan ozgina mehr yoʻqoldi, Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Siz ketgach zinoga burkandi bashar, Akalar ukaga yovdek qarashar, Opa-yu singillar meros talashar, Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Juma kunlarida ochiq bozorlar, Kimsasiz hor boʻlar ba'zi mozorlar, Boʻlsangiz koʻrmasdik shuncha ozorlar, Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Fitnachi, gʻiybatchi koʻpaydi juda, Vaslingiz ahtardim tunda uyquda, Ishonchim, taqvo'yim boʻlmas behuda , Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Bir umr sajdadan uzilmas boshim, Yurakda porlaydi "Islom" quyoshim, Ezgulikka chorlar navkarim boshim, Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Sizga bor koʻngilda eng ezgu kalom, Qalbimga iymonni solasiz mudom, Azizsiz: Muhammad Alayhissalom, Sizga jonlar fido yo Rasululloh! Shukur... Shukur sizni bizga yuborgan Alloh, Sizga jonlar fido yo Rasululloh! ✍ Mumtozbegim 🕊🕊🕊
نمایش همه...
IMG_9575.MOV2.32 MB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.