cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

therealniyozov

Javohir Niyozov Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman. Aloqa uchun: @FabriziouzbBot ©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.

نمایش بیشتر
أوزبكستان36 621زبان مشخص نشده استسیاست22 433
پست‌های تبلیغاتی
845
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-167 روز
-7330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Kun iqtibosi: Darvinga e’tiroz Darvin ta’limoti noto’g’ri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog’i yerdan uzilmaganlar odam bo’lib qolgan. Oyog’i yerdan uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon hamon davom etmoqda… O'tkir Hoshimov x @therealniyozov
نمایش همه...
🔥 10👍 4
"Krisa" Kemeron qozoqlarni tashqi ishlar vazirini Rossiya Ukrainadan keyin Qozog‘istonning shimolini bosib olishni rejalashtirayotgani haqidagi gaplarini hammasini ommaga chiqib aytibdi. Ble 😂 @therealniyozov
نمایش همه...
🤣 12🤔 3
Shubhasizki, jahon tarixidagi eng olamshumul, siyosiy qarashlarni butunlay o‘zgartirib yuborgan voqealardan biri – Fransuz burjua inqilobi edi. Aynan ushbu inqilob Yevropada qirollarsiz ham boshqaruvni amalga oshirish mumkin ekanligini, u Xudoning yerdagi vakili emas, balki oddiy ular kabi odam ekanligini barchaga isbotlagani bilan diqqatga sazovordir. Hatto, Fransiyani o‘zining asosiy raqibi sifatida ko‘ruvchi, yaqindagina Angliyaning Amerikadagi mustamlakalarini ozod qilishda amerikaliklarga inglizlarga qarshi kurashda yordam bergan Lyudovik XVI'ning ushbu inqilob tufayli o‘ldirilishi Angliya qirolini havotirga solib qo‘ygandi. Chunki, qirollar o‘z "ilohiyligini yo‘qotgandi". Inqilobga turtki bo‘lgan, Xudoning yerdagi vakili sifatida ko‘rilgan(!) qirolga qarshi bunday "gunohi kabira"ni amalga oshirishga nima sabab bo‘ldi? Shu omillardan biri — iqtisodiy qiyinchiliklar edi. 1789-yilgi inqilobdan oldingi oylarda fransuzlarning juda kambag'al bo'lishining sabablaridan biri 1788-yilgi hosilning juda past bo'lganligi edi. Fransiyaning shimoliy yarmi, Luaradan Reyngacha, 13-iyul kuni kuchli do'l bo'roni bo'lib, barcha o'sayotgan ekinlarni yo'q qildi. Bu vaqtda janubiy Fransiya ham katta qurg'oqchilikdan aziyat chekayotgandi. O'sha paytda ko'pchilik jamiyatlar kabi, Fransiyada ham qishloq xo'jaligi asosiy o‘rinni egallardi va bunday halokatli hosil fransuz aholisining ko'pchiligi o'sha yili kamroq ovqat iste'mol qilishlari va kamroq pul topishlarini anglatardi. Biroq, soliqlar kamaytirilmadi, chunki fransuz davlati 1776-yildan 1783-yilgacha Amerika inqilobini qo'llab-quvvatlagani sababli juda katta qarzga kirib ketgan edi. Fransiyaning quruqlik va dengizdagi qo'llab-quvvatlashi amerikaliklarning g'alabasi uchun muhim bo'lgan. Amerika mustaqillik urushi Qo'shma Shtatlarning g'alabasi edi, ammo ingliz raqibini zaiflashtirishdan tashqari, fransuz monarxiyasi Amerikada deyarli hech narsa yutmadi, shu bilan birga Atlantikaning narigi tomoniga bir necha ming qo'shin va o'nlab kemalarni joylashtirish katta xarajatlarga olib keldi. 1788-yilgi dahshat darajadagi kam hosildan keyin 1788-1789-yillardagi halokatli qish keldi. Harorat ancha past bo'ldi; Parijda 31-dekabrda Selsiy boʻyicha -21,8 daraja sovuq qayd etildi va ichki savdo, poytaxtni taʼminlashda muhim rol oʻynagan Sena daryosi 56 kun davomida muzlab qoldi. Fransiyaning boshqa yirik daryolari, masalan, Ron, Garon yoki Reyn ham muzlagan edi. Fransiyaning boshqa qismlarida, masalan, Elzasda harorat yanada past edi. 19-dekabrda Mulhaus shahrida -31 darajagacha sovuq qayd etilgan (ushbu qahraton qandaydir ramziy kasb etgan desak ham bo‘ladi: sovuq qahraton tufayli yuz bergan inqilobning mevasi bo‘lmish Napoleon aynan qahraton sovuq tufayli Rossiya imperiyasidan qaqshatqich zarbaga uchradi va bu uning halokatini boshlab berdi). Shimoliy qirg'oqdagi savdo uchun muhim bo'lgan bir qator portlar sovuq tufayli yopilgan, chunki u yerda ham suv muzlab qolgan. Lyudovik XVI Versal kambag'allariga sadaqa berishni boshlagan. Ammo, monarxiyaning fransuz xalqiga yordam berish uchun qilgan ramziy harakatlari aholining katta qismiga deyarli ta'sir qilmagan. Odamlar uchun eng keng tarqalgan oziq-ovqat — nonning narxi o'sha davrdagi fransuz dehqonlari hech qachon ko'rmagan darajaga ko'tarildi, narx o'rtacha ko'rsatkichdan uch baravar qimmatlagan edi. Fransuzlarning an‘anaviy ichimligi vino ham ancha qimmatlab qolgandi, chunki uning katta qismi bochkalarda muzlab qolgan. 1789-yilning yoziga kelib ham, Fransiya 1788-yilgi o'rim-yig'im va qish inqirozidan hali ham chiqib ketmagan edi. Non narxi hali ham ancha yuqori, ko'plab oilalar o'zlarini zo'rg'a boqardilar, zodagonlar va ayniqsa qirol oilasi esa hali ham hashamatli hayot kechirardi. Bir qator boshqa omillar bilan bog'liq bo'lgan bu qashshoqlik 1789-yilgi inqilobning manbalaridan biri edi. @therealniyozov
نمایش همه...
👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
Kun iqtibosi: “Bu urush firibgarlikdir, chunki u g'alabasiz davom etishi kerak, uning asosiy maqsadi mavjud tuzumni saqlab qolish, nafaqat inson hayotini, balki inson mehnatining samarasini ham yo'q qilishdir, chunki umumiy farovonlikning oshishi xavf tug'diradi. Odamlarning katta qismi savodli bo'lsa, o'zini o'zi o'ylashni o'rgansa, u imtiyozli ozchilikdan xalos bo'ladi, urush esa qashshoqlikka o‘rgatilgan odamlarni shu xayolot dunyosida saqlashga yordam beradi. "1984" romanidan, tanish tuyulmayaptimi? Asar muallifi Jorj Oruell esa bugun 121 yoshda bo‘lar edi! @therealniyozov
نمایش همه...
🔥 12👍 4
01:37
Video unavailableShow in Telegram
Maqtanishmas-u degan trend bo‘lardi. Maqtanishmas-u shu brat bizga universitetda dars o‘tgan. Haqiqiy ilm odami bu brat. Xullas, Rahmon Qo‘chqor domla TOP! @therealniyozov
نمایش همه...
5.11 MB
🔥 16👍 2
نمایش همه...
👍 10😁 8
Bibi Netanyahu Bayden va demokratlar AQSh prezidentligidan ketishi va hokimiyatni Trampga tayyorlash uchun qo‘lidan kelgani qilyapti. AQShning qarshiligiga qaramay HAMAS bilan urushni to‘xtatmayapti, aksincha yana bir Hizbullohga qarshi yangi front ochishga tayyorlanmoqda. Vashington bundan keskin norozi. Tramp va respublikachilar esa Isroil borasida demokratlardan ham ancha ochiqroq. Tramp saylovoldi kampaniyasida aytganidek, u Isroil uchun barcha Amerika prezidentlaridan ko‘ra ko‘proq ish qilgan. Shuning uchun prezidentlikka Tramp kelgani yaxshi Netanyahu uchun. @therealniyozov
نمایش همه...
🤬 13👍 1
Bayden va Tramp o'rtasidagi dqbat ataylab erta o‘tkazilmoqda — 27-iyun. Odatda bahslar kuzda bo'lib o'tadi, lekin bu yil yozda bo‘ladigan bo‘ldi. Bu ataylab qilinmoqda. Chunki, agar Bayden debatda "kalla qo‘ysa" va o‘zining "sharpalar bilan salomlashish shousi"ni ko‘rsatsa, u Demokratik partiyadan nomzod sifatida almashtiriladi. Nomzodni ko'rsatish masalasi esa avgust oyining o'rtalariga rejalashtirilgan. Shuning uchun agar hozir ushbu debat o‘tkazilsa demokratlarda vaqt zaxirasi bo'ladi. Nomzodlar kimlar? Birinchisi, Mishel Obama. Barak Obamaning rafiqasi. Mishel Obamaning obro‘si eri, amerikaliklarning sevimlisi Barak tufayli yaxshi. Aynan Barak Obama effekti unga Baydendan yaxshiroq ovoz olib berishi mumkin. Ammo, bir muammo bor: Mishelda prezidentlikka ishtiyoqi yo‘q. Ikkinchi variant Kaliforniya gubernatori Nyusom. Ushbu noname gubernator ham ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri, ammo undan ko‘ra debatda juda qovun tushirib yubormasa Bayden yaxshiroq ovoz olsa kerak. @therealniyozov
نمایش همه...
👍 8😁 1
01:10
Video unavailableShow in Telegram
Shu kinoni ko‘rishlik mood. Kinodagi aktyor another level sizlarga aytsam. Sizlar qaysi kinoni ko‘ryapsizlar? @therealniyozov
نمایش همه...
11.01 MB
🔥 6
Amerikaning “Petrodollar”iga qarshi chiqqan har qanday kishi AQShning dushmanidir. Petrodollar OPEC (neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksport siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tashkilot) davlatlaridan neft sotib olgan har qanday davlat neft uchun Amerika dollarida to'lashi kerakligini anglatadi. Misol uchun, Hindiston Erondan neft sotib olmoqchi bo'lsa, Hindiston Eronga Eron rialida yoki Hindiston rupiyasida to'lay olmaydi, Eronga AQSh dollarida to'lashi kerak. Aynan petrodollar tufayli Amerika dollari dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan valyuta bo‘lib qolmoqda. O'ylab ko'ring, Amerika neft eksport qiluvchi arab va Afrika davlatlari bilan yaqin bo'lgan boshqa davlatlardan ko‘ra qanday qilib arzonroqqa neft ola oladi? Amerika bu davlatlarda juda uzoqda. Neft tankerlari uchun Osiyo mamlakatlariga qaraganda Amerikaga neftni to'liq tashish juda qimmatga tushadi, ammo Amerika neftni boshqalarga qaraganda arzonroq oladi. Kaddafiy bunga qarshi chiqdi va u neft biznesida ko'plab islohotlarni amalga oshirdi, undan barcha neft qazib oluvchi arab davlatlari ham foyda ko'rdi. Ammo, buni G'arbning o‘zini "liberal va rostgo'y" deb ataydigan ommaviy axborot vositalari hech qachon ochiqlamagan. Shubhasiz, Kaddafiy avliyo emas edi, lekin o'z davlati uchun katta ishlar qilib ketgan: 1. Liviyada elektr uchun to'lov yo'q edi, elektr energiyasi barcha fuqarolarga bepul berilgan. 2. Kreditlar bo'yicha foiz stavkalari bo'lmagan, banklar davlat mulki bo'lgan, fuqarolarning krediti qonun foiz - 0% bo‘lgan. 3. Kaddafiy Liviyada hamma uy-joyga ega bo'lmaguncha ota-onasiga uy sotib olmaslikka va'da bergan. 4. Liviyadagi barcha yangi turmush qurgan juftliklar hukumatdan 60 000 dinor olishgan va shu pul orqali ular o'z kvartiralariga ega bo‘lishgan va oila qurishgan. 5. Liviyada ta'lim va davolanish bepul qilib qo‘yilgan. Kaddafiydan oldin kitobxonlar atigi 25%ni tashkil qilgan, uning hukmronligi davrida esa bu ko‘rsatkich 83%ni tashkil qilgan. 6. Agar liviyaliklar fermada ishlashni xohlasalar, ularga maishiy texnika, urug‘lik va chorva mollari tekinga berilgan. 7. Agar ular Liviyada davolana olmasalar, davlat ularga 2300$ pul, turar joy va xorijda davolanishi uchun safarni moliyalashtirgan. 8. Agar siz mashina sotib olgan bo'lsangiz, davlat narxning 50 foizini qoplab bergan. 9. Benzin narxi litri uchun 0,14 dollarni tashkil qilgan. 10. Liviyaning tashqi qarzi bo‘lmagan, zaxiralari 150 milliard dollarni tashkil qilgan (hozirda butun dunyo bo'ylab muzlatilgan). 11. Ba'zi liviyaliklar maktabdan keyin ish topolmaganda hukumat o'rtacha ish haqini to'lab turgan. 12. Liviyada neft sotishning bir qismi bevosita barcha fuqarolarning bank hisobvaraqlariga bog‘langan. 13. Bolani dunyoga keltirgan ona 5000 dollar oladi 14. 40 dona non 0,15 dollar turgan. Kaddafiyning Petrodollarga analog sifatida kiritmoqchi bo‘lgan tilla dinorlari esa AQShga albatta yoqmagan. Kaddafiy o‘ldirildi. Ikkiyuzlamachi AQShning say-haraktlari bilan. @therealniyozov
نمایش همه...
😢 13👍 7💯 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.