cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

URGANCH TUMANI OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI

پست‌های تبلیغاتی
240
مشترکین
+124 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
#Xotin_qizlar_huquqlari “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🟢ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar; 🔴tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔴ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔴qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar. ✅ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
نمایش همه...
Repost from Segment.uz
⚡️Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди 2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди. Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин. Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим. ❗️ Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди! Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
👏 2
#bandlik Urganch tumani hokimi oʻrinbosari I.Raximova Urganch tumani "Hunarmand" uyushmasi boʻlimi boshligʻi J.Rajabbayev bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va uyushmaga aʼzo qilish yuzasidan muloqot oʻtkazdi. Eslatma: Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (307-son, 22.07.2023 y.)   muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi. Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi maʼlumotlari, subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaraq va manzili koʻrsatiladi. Murojaat 3 ish kunida koʻrib chiqiladi. Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin: — hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganida; — kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda; — kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi maʼlumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa. — Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi. — Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga oʻtkazib beriladi.
نمایش همه...

#jarayon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi VM-820-sonli "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida Urganch tumani oila va xotin-qizlar bo'limining FHDY bo'limi bilan hamkorligida tajribali ma'ruzachilar ishtirokida "Yosh oila maktabi" nikohlanuvchi yoshlarga navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#jarayon Urganch tumani hokimi o‘rinbosari I.Raximova Beruniy mahallasi "Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a'zolari bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazdi. "Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida barcha mahallalarda uchrashuvlar tashkil etish belgilandi.
نمایش همه...
👍 5 1
Repost from Segment.uz
“Маҳалла еттилиги”нинг вазифалари: маҳалла раиси эҳтиёжманд оилаларга уй-жойини яхшилашга кўмаклашиш; ➖ ҳоким ёрдамчиси ишсизларга иш топишга кўмаклашиш; ➖ ёшлар етакчиси ёшларни спорт, мусиқа ва тўгаракларга жалб этиш; ➖ хотин-қизлар фаоли аёлларни тадбиркорлик, касаначилик, ҳунармандчиликка жалб қилиш; ➖ солиқ ходими маҳалладаги имкониятларни ишга солиб, солиқ базасини кенгайтириш, тадбиркорлик фаолиятини қонунийлаштиришга ҳамда ўзини ўзи банд қилганларга кичик бизнес тоифасига ўтишга кўмаклашиш; ➖ ижтимоий ходим ёлғиз кекса, ногирон ва бошқа муҳтожларга ижтимоий хизмат кўрсатиш каби аниқ вазифалар билан шуғулланиши лозим. Telegram | Instagram | Facebook
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#tanishing Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, «Ashxobod» mahallasi faoli Fazilat Raximboyevaning 📍mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish; 📍xotin-qizlar o‘rtasida ajrim va jinoyatchiliklarning oldini olish; 📍notinch va nizoli oilalardagi muammolarni tinch va yarashtirish yo‘li orqali bartaraf etishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; 📍ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini hal etish; 📍 ishsiz xotin-qizlarning reja asosida manzilli bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; 📍xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari viloyat miqyosida o‘tkazilgan "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan eng namunali mahalla" tanlovida faxrli 1-o‘ringa munosib deb topilib, Abu-Dabi va Dubay shaharlariga 10 kunlik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
نمایش همه...
Момо ер Шамолларнинг шокиласи дарахтларнинг бўйнидадир, Тоғлар тошин дил изҳори ирмоқларнинг ўйнидадир, Ошиқ булбул сир, хандаси ғунчаларнинг қўйнидадир, Айтар сўзим сувратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Майсаларинг шивирлашди, тизлар чўкдим, қулоқ бердим, Билмай босиб чумолини, гуноҳимга сўроқ бердим, Ватан не деб сўрганларга бир кафтгина тупроқ бердим, Менга Ватан сийратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Турналарнинг туморлари Яратганнинг ўзидадир, Кимки поклик ахтарибдур, ҳалол топган тузидадир, Гар гуноҳи, савоби бор бандасининг изидадир, Покдомонлик журъатини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Қуёш кўкда сен деб яшар, ой бошингда ўргилади, Кўрдим ҳар тун минг-минг юлдуз этагингга нур элади, Чимдимгина лойинг билан қалдирғоч бешик белади, Бу дунёнинг ҳайратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Сенда унган ҳар бир гиёҳ Яратганга сано айтар, Кўкка етган тераклар ҳам куни битса сенга қайтар, Муҳаммадга уммат Маҳмуд кафти куйиб дуо айлар, Ошиқликнинг қудратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Маҳмуд Тоир
نمایش همه...

#ibrat Al Xorazmiyning ajabtovur tenglamasi Agar inson yaxshi xulq sohibi boʻlsa, u 1 ga teng. Agar inson husn sohibi boʻlsa, birning yoniga nolni qoʻsh = 10 boʻladi. Agar inson boy boʻlsa, yana bir nolni qoʻsh = 100 boʻladi. Agar nasl-nasabli boʻlsa, yana bir nolni qoʻsh = 1000 boʻladi. Agar 1 raqami, yaʼni xulqi yoʻq boʻlib ketsa, insonning qiymati yoʻqqa chiqib, nollarning oʻzi qoladi = 000. XULOSA OʻZINGIZGA HAVOLA
نمایش همه...

🥰 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
YOSHLAR KUNIGA BAGʻISHLANGAN KONSERT Aziz yoshlar, Aynan siz uchun 2024-yil 30-iyun kuni soat 18:00 dan Urganch tumani hokimligi binosi roʻparasida "30-iyun - Yoshlar kuni" munosabati bilan konsert dasturi bo'lib o'tadi. Konsert dasturimizda barchangizni kutib qolamiz. Dastur tashkilotchilari: Urganch tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Urganch tuman bo'limi hamda madaniyat bo'limi.
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.