cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

IHMA Andijon viloyati boshqarmasi

پست‌های تبلیغاتی
1 106
مشترکین
-124 ساعت
+87 روز
+5130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
12-iyun butun dunyoda Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. 🎖 Butunjahon mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 152 milliondan ortiq voyaga yetmagan bolalar majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 72 millioni xavfli mehnatga aksariyat hollarda o‘z istagiga qarshi majburan ishlashga majburdirlar. 👫 Bunday bolalar ko‘pincha yolg‘iz qolib, yaqinlari va oilalaridan uzoqda ishlaydilar. Ularga ish vaqtining ortishi va yanada og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga duch kelish xavfi juda ham yuqori. 💟 Bugun Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning farovonligini ta’minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bolalar mehnati bolalarni baxtli bolalikdan, ta’limdan va kelajagidan mahrum qiladi. 🧠 Barchamiz birgalikda har bir bolaning xavfsiz jamiyatda ulg'ayishi, ularning intilishlarini qo'llab-quvvatlovchi muhitda voyaga yetishiga va rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga birdek mas'ulmiz. 🇺🇿 Har bir O‘zbekiston farzandi baxtli bolalik, bilim olish va huquqlari himoyalanishiga ega bo‘lishi kerak. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar! Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12-14 iyun kunlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlab olib borilayotganligi sabab tizimda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Axborot tizimi 15-iyun, shanba kunidan boshlab odatiy rejimda ish yuritadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Abruyev Jamshid Ismoilovich Andijon viloyatiga keldi. 🏃Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mehanizimlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’riaidagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan amaliy harakatlarni faollashtirish yuzasidan bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Abruyev Jamshid Ismoilovich Andijon viloyatiga keldi va dastlabki ish jarayonlarini boshladi. 💻Hozirda mutasaddi rahbarlar viloyatning Baliqchi tumani o’ramidagi “Markaz” mahallasida faoliyat olib bormoqdalar. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar, yagona reestirga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalarning xonadonlariga borildi hamda atroflicha muloqot va o’rganishlar o’tkazildi. 👥Ma’lumot uchun Ushbu joyda jami 1987 aholi istiqomat qiladi. Bundan “Yagona reestri”da turuvchi fuqarolar 55 nafarni, xonadonlar soni esa 385 ta tashkil etadi. — IHMA_Andijonviloyati
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Abruyev Jamshid Ismoilovich Andijon viloyatiga keldi. 🖋Hozirda mutasaddi rahbarlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ro’yxatida turuvchi fuqarolar bilan uchrashish va ijtimoiy holatlari bilan yaqindan tanishish va bir qator masalalar yuzasidan Baliqchi tumanining “Markaz” mahallasida ish yuritmoqdalar. Batafsil ma’lumotlar keyingi xabarlarda joylanadi. — 📝IHMA_Andijonviloyati
نمایش همه...
02:13
Video unavailableShow in Telegram
👍6 million daromad topishni uddalayotgan 2-guruh nogironi 💵Andijon tumanining “Oqrovot” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan Ilyosbek Turg'unov bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, imtiyozli kredit asosida mebel yasash dastgohlari sotib olib, o‘z xonadonida kichik tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 🖋Harakatda barakat bo’lganidek hozirda mehnatsevar yigit o‘zining qo‘l mehnati bilan mebel mahsulotlari tayyorlab, oyiga 5-6 million so‘m daromad topmoqda. — 📝IHMA_Andijonviloyati
نمایش همه...
IMG_5334.MOV45.20 MB
“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi Bellashuvda Respublika bo‘ylab 80 nafardan ortiq ijtimoiy xodim va ijtimoiy xodim assistentlari ishtirok etishmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat hakamlar hay'ati ishtirokchilarning ijtimoiy ish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Eslatib o‘tamiz, tanlov ertaga 12-iyun kuni ham davom etadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Sanatoriylarda olib borilayotgan islohotlardan xabardormisiz? 🥹 Bugungi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun navbatda turgan shaxslarning umumiy soni 400 mingni tashkil etmoqda. 🏃 Sanatoriylarga yo'llanma olish tizimini takomillashtirish maqsadida Agentlik tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: ✅ Navbatlar sonini qisqartirish maqsadida - Sanatoriylarning yillik qabul quvvati 59 mingtagacha oshirildi (qo‘shimcha 10,9 mingta); ✅ Sanatoriylarga ko'proq fuqarolar qabul qilinishini ta'minlash maqsadida - Bir martalik qabullar soni 1952 taga yetkazildi (12 kunlik); ✅ O'rinlarni kopaytirish maqsadida - Byudjet hisobiga qo‘shimcha 230 ta yangi o‘rin tashkil etildi; ✅ Yo‘llanma uchun navbatlar shaffofligini ta’minlash maqsadida yangi “Ijtimoiy himoya milliy agentligi sanatoriy” moduli ishga tushirildi. Eslatib o'tamiz, sanatoriylarga yo'llanma olish uchun ma'lumotlarni avvalgi postlarimizdan batafsil bilib olasiz. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
“Eng faol ijtimoiy xodim” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi o’tkazilmoqda. 💻Jarayonlarda esa viloyatimizdan 3 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda. Vakillarimizga ushbu bo’lib o’tayotgan tanlovda kuch-quvvat va yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz. — 📝IHMA_Andijonviloyati
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
👍Ippoterapiya - ot minish va otlar bilan muloqot qilish orqali turli kasalliklarni davolash usuli. 👫Otlar orqali davolashning asosiy usullari: Ot harakati bilan passiv davolash. Odatda og'ir harakat buzilishlari bo'lgan bemorlarda qo'llaniladi. 👩‍👩‍👧‍👦Terapevtik ot minish. Bu otni mustaqil boshqarish (egarda o'tirish) yoki uning orqa tomonida belgilangan mashqlarni bajarish (egarsiz) bo'lishi mumkin. 📌Ot bilan psixologik aloqa. Hayvonlar bilan o'zaro ta'sir qilish (g'amxo'rlik, ovqatlanish, aloqa) ruhiy kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi. 🖋Ippoterapiya quyidagi kasalliklarda tavsiya etiladi:
Nevrologik kasalliklar: Qon tomir kasalliklari, ensefalit yoki bosh miya travmalari asoratlari; Tarqoq skleroz; Parkinson va Parkinsonizm; Poliomielit asoratlari; Bolalar serebral falajligi; Orqa miya kasalliklari yoki shikastlanishlari; Neyropatiyalar, radikulopatiyalar; Genetik kasalliklar: Retta sindromi, daun sindromi. Psixo-emotsional buzilishlar: Depressiya, nevrozga, shizofreniya, alkogolizm, giyohvandlik, aautizm, aqliy zaiflik, bolalarda giperaktivlik.
— 📝IHMA_Andijonviloyati
نمایش همه...
01:16
Video unavailableShow in Telegram
🧠O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Andijon viloyati nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga zamonaviy "Vertikalizator" taqdim etildi. 🤝"Vertikalizator" tayanch-harakat tizimida o'zgarishi bor bemorlarni reabilitatsiya qilishda ishlatilinadi. 👍Shuningdek bunda, asosan oyoq mushaklari tonusini oshirishga, periferik qon aylanishini yaxshilash va tik turish ko'nikmasini shakillantirishga xizmat qiladi. 🎅Endilikda ushbu vertikalizatordan bemorlarni reabilitatsiya qilishda yuqori samaralarga erishishga yordam beradi va foydalaniladi. — 📝IHMA_Andijonviloyati
نمایش همه...
IMG_5229.MOV27.68 MB