cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR VA SAN'AT FAKULTETI|RASMIY KANALI

ADPI Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakultetining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati. Murojaat uchun tel : +998951643456 Telegram orqali: @AkmaljonovAkbarjon01

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
318
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
-1930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakulteti Musiqa ta'lim yo'nalishi talabasi Mamirjonova Moxlaroy Sherzodbek qizi Oltinko'l tumanida  viloyat xokimi Shuxratbek Qo'shaqbayevich  bilan o'tkazilgan "yoshlar uchrashuvda"  planshet sovgasini qo'lga kiritdi.
نمایش همه...
🔥 5
#fotogallareya 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
👍 1
#fotogallareya 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Andijon davlat pedagogika instituti rektori B.Rasulov talabalar bilan gulxan atrofida bolalikni esladi. Talabalar bilan birgalikda xalqimizning sevimli qo'shig'i "Eng gullagan yoshlik chog'imda" taronasini kuyladi. Talabalarning kayfiyati esa a'lo darajada. Andijon davlat pedagogika instituti "Dunyo sadolari" xalqaro festivalini o'z sadolari bilan qarshi olmoqda. Institut yoshlari festivalga tayyor!!! 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
6.53 MB
👍 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
Andijon davlat pedagogika institutining yaqin hamkori Andijon davlat chet tillari institutining yozgi oromgohida ta'tilni o'tkazayotgan institut talabalarining kayfiyati a'lo darajada. Yozning issig'ida muzdek tarvuz oqshomga fayz ulashmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
3.93 MB
00:44
Video unavailableShow in Telegram
#Dunyo_sadolari #rektor_va_yoshlar Andijon davlat pedagogika instituti rektori ayni vaqtda Xonobod shahrida bo'lib turgan talabalar bilan muloqot qildi. Xonobod shahri mezbonlik qiladigan "Dunyo sadolari" II xalqaro san'at festivaliga tayyorgarlik ko'rayotgan institut talabalari ayni vaqtda Andijon davlat pedagogika institutining yaqin hamkori Andijon davlat chet tillari institutining yozgi oromgohida dam olmoqdalar. Institut rektori B.Rasulov talabalar yoniga borib, ular bilan tayyorgarlik jarayonlari bo'yicha suhbatlashdi. Ularning festival yuzasidan fikr va mulohazalarini tingladi, takliflarini o'rgandi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
8.30 MB
👍 2
Xabaringiz bor, o'tgan yili Andijonda "Dunyo sadolari" xalqaro san'at festivali o'tkazilgan edi. Mazkur festival ko'plab, yurtimiz va xorijlik san'at ixlosmandlarini bir nuqtada birlashtira olgan edi. Andijon xalqi "Dunyo sadolari" II xalqaro san'at festivaliga ham o'zgacha tayyorgarlik ko'rmoqda. Ayniqsa, Xonobodliklar! Ushbu xalqaro festivalga tayyorgarlik ko'rish hamda uni yuqori kayfiyatda o'tkazishda Andijon davlat pedagogika instituti ham o'z hissasini qo'shmoqda. Institut vollantyorlar guruhi ayni kunlarda festival o'tadigan Xonobod shahrida va bu yerda hozirdan festivalni boshlab yubordilar! Bayramona shukuh ulashish hamda madaniy hordiq olish maqsadida dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar Xonobodliklar hamda mehmonlar uchun o'zlarining musiqiy chiqishlarini namoyish etmoqda. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
🟩🟩🟩🟩 🏛Andijon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan Abdukadirov Boburmirzo Bahodirovich Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. ♻️Abdukadirov Boburmirzo Bahodirovich 1988-yil Аndijon viloyatida tugʼilgan. 2010-yil Andijon davlat universitetini (bakalavriat) 2013-yil Andijon davlat universiteti (magistratura)ni tamomlagan. Tayinlovga qadar, Maktabgacha ta'lim fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari vazifasida ishlab kelgan. ✅Institut jamoasi Abdukadirov Boburmirzo Bahodirovichni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟨🟨🟨🟨🟨 🏛 Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekani Hasanov Sharobiddin A'zamovich pedagogika ixtisosligi bo'yicha professor ilmiy unvonini oldi. Hasanov Sharobiddin A’zamovich 1964-yil 12-dekabrda Andijon viloyatining Andijon tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti oliy, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat muallimlar oliygohini o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli tamomlagan. 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (O‘zbek adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “Adabiy ta’lim jarayonida talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish” (oliy filologik ta’lim misolida) mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Sh.Hasanov “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Yil o‘qituvchisi-94”, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” nishonlari bilan taqdirlangan, “Cho‘lpon mukofoti” sovrindori. Uning “Iqror”, “Oq libosga o‘ralgan tilak” nomli sheriy to‘plamlari chop etilgan. Sh.Hasanov “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” nomli darslik, “Adabiyot o‘qitish metodikasi” (Adabiy ta’lim jarayonida talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirish misolida, “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Talabalarda analitik tafakkurni takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmalar, “Oliy ta’limda talabalarning analitik tafakkurini takomillashtirish” nomli uslubiy qo‘llanma, “Oliy ta’lim jarayonida filolog-talabalarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi” nomli monografiya hamda 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir. Sh.Hasanov oilali, 3 nafar farzandi bor. 🔝Hasanov Sharobiddin A'zamovichni ushbu muvaffaqqiyat bilan samimiy tabriklab, ilmiy faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz! 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟩🟩🟩🟩 🏛Andijon davlat pedagogika instituti Faxriylar Kengashi qarori bilan Qudratillo Ibaydullayev Faxriylar Kengashi raisi etib saylandi. ♻️Qudratillo Ibaydullayev 1951-yil Аndijon viloyatida tugʼilgan. 1974-yil Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 1990-yil Moskva Ijtimoiy fanlar akademiyasini tamomlagan. ✅Institut jamoasi Qudratillo Ibaydullayevni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
نمایش همه...
👍 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.