cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

O‘zbek tili (o‘qituvchilarga metodik ko‘mak kanali)

Buxoro viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili metodisti Daniyarova Sarvinoz Shuhratovnaning kanali

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
244
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-1230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

📣 Vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. ❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 soʻm)da har oylik ustama toʻlab boriladi. Har oylik ustama toʻlanadigan pedagoglar roʻyxati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
Ajoyib koʻrgazma . Barcha fan ustozlari oʻz fanlaridan tayyorlashlari mumkin . https://t.me/muvaffaqiyatlipedagog
نمایش همه...
# “Rangli stullar” metodi ⚡️ 5 ta stul doska yoniga terib qo'yiladi. 🎗Sizda rangli stikerlar bor: qizil, yashil, sariq.      Har bir rang o'z ramziga ega. ⚡️Qizil – mavzu yuzasidan savolga javob berish. O’tirgan o’quvchilardan biri bugungi mavzu bo’yicha istalgan savolini beradi. ⚡️Yashil – o’tilgan mavzuga doir 4 ta tushunchani aytish. ⚡️Sariq – o’qituvchi istalgan savolni beradi. 🙈Stullar orqa tarafi o’quvchilarga ko’rinmaydi. Siz ularga ko’rsatmagan holda rangli stikerlarni har bir stul orqasiga yopishtirib chiqasiz. 5 nafar o’quvchi galma-gal chiqib istalgan stullarga o’tiradilar. Va tegishli vazifani bajaradilar. Ya’ni qaysi rangdagi stulga o’tirgan bo’lsa, o’sha shartni bajaradi. 👉P.S. rangni, shart turini, o’quvchi sonini o’zgartirishingiz mumkin. Bu siz uchun bir shablon xalos. https://t.me/muvaffaqiyatlipedagog
نمایش همه...
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish Rasmiy uslubga oid matnlarda sinonimiya, omonimiya kabi hodisalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu matnning har xil tushunilishi, turli sharhlanishiga olib keladi. Rus tilidagi yuridik личный досмотр termini o‘zbekchaga ikki xil variantda tarjima qilingan va har ikkalasi ham tilimizda faol ishlatib kelinmoqda: 1) shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish; 2) shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 289-moddasida ikkala birikma ham ishlatilgan. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish deb berilishi xato hisoblanadi. Chunki bu birikma bir kishi tomonidan bir yo bir nechta shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish yoki bir nechta kishi tomonidan bir shaxsni ko‘rikdan o‘tkazishni anglatadi. Ruscha личный досмотр terminini shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish birikmasi to‘liq ifodalay oladi. Demak: Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish ❌ Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ✅ "Yuridik til nazariyasi va amaliyoti" kitobi asosida tayyorlandi @xatoliklar_lotin Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
نمایش همه...
#bilib_oling O‘zbek tili haqida 5 fakt. Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Oʻdagʻa va oʻdagʻaylamoq Hozirgi tilimizda oʻdagʻa ishlatilmaydi hisob, lekin oʻdagʻaylamoq badiiy asarlarda bot-bot koʻzga tashlanadi, baʼzan esa soʻzlashuvda quloqqa chalinadi. Oʻdagʻa asosan xalq ogʻzaki ijodida uchraydi va boshliq, ishboshi maʼnolarini anglatadi: Yigitlar ichida menman oʻdagʻa... “Ravshan”. Oʻdagʻaylamoq baland ovoz bilan doʻq urish, tahdid yoki poʻpisa qilishni anglatadi: Joʻra ham Zamonga oʻdagʻaylab gapira boshladi. N. Nazarov, “Zamon”. Ilgarigi paytlarda ham boshliqlar doʻq-poʻpisa, tahdidga koʻproq moyil boʻlgan, shekilli, oʻdagʻaylamoq soʻzida ayni shu maʼno ustun kelgan va ish boshqarish maʼnosi butkul yoʻqolgan. Hayotda ham shunday, faqat doʻq va jagʻga tayanadigan odamlarda ish boshqarish qobiliyati boʻlmaydi. @oriftolib
نمایش همه...
#Kun_hikmati #Kun_savoli #Izohli_lugat Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
نمایش همه...
Ўқитиш – умид уруғларини экиш демакдир Ўқитувчилар ҳақида ҳикматлар Агар ўқитувчида ишига муҳаббатгина бўлса, у яхши ўқитувчига айланади. Ўқувчисигагина муҳаббати бор муаллим ҳамма китобларни ўқиган, лекин ишини ҳам, ўқувчисини ҳам севмайдиган ўқитувчидан яхшироқдир. Ҳар икки муҳаббатни ўзидан жам қила олган ўқитувчи эса комил устоздир. Лев Толстой, рус ёзувчиси Врачлар ва ўқитувчилардан мўъжиза талаб қилинади, лекин ана шу мўъжиза амалга ошса, ҳеч ким ажабланмайди. Мария-Эбнер Эшенбах, австрия адибаси Шогирд устозида рақобатчи эмас, ўрнак тимсолини кўрса, ундан ҳеч қачон ўзиб кета олмайди. Виссарион Белинский, рус адабиётшуноси Ўқитувчи максимал обрўга, минимал ҳокимиятга эга бўлиши керак. Томас Сас, америкалик руҳшунос Устозидан ўзиб кетмайдиган ўқувчининг ҳолига вой. Леонардо да Винчи Ўқитувчилар уйга вазифа бериб ўқувчиларини нишонга оладилар, лекин “ўқ”лари ота-оналарга тегади. Жорж Сименон, француз ёзувчиси Яхши устоз бошқаларга ҳатто ўзининг қўлидан келмайдиган нарсаларни ҳам ўргатиши мумкин. Тадеуш Котарбиньский, поляк файласуфи Устознинг сўзларини такрорлаш унинг давомчиси бўлиш дегани эмас. Дмитрий Писарев, рус адабиётшуноси Юзта ўқитувчи ёлла, лекин ўзинг ўзингни мажбурлай олмасанг, ўзингдан ўзинг талаб қила билмасанг, уларнинг ҳеч бири сенга ёрдам бера олмайди. Василий Сухомлинский, украин педагоги Мен ўқитувчидан яхши ахлоқни талаб қиламан, буни бошқа ҳар қандай фуқародан ҳам талаб қилган бўлардим. Дени Дидро, француз ёзувчиси Бировга ўргатиш учун ўзинг ўрганишингга керак бўладигандан кўра кўпроқ ақл зарур. Мишель Монтень, француз ёзувчиси Ўқитувчи учун ўзидан ўтиб кетган ўқувчини кўришдан ортиқ бахт йўқ. Лев Толстой, рус ёзувчиси Яхши ўқитувчи билан буюк ўқитувчининг фарқи нимада? Яхши ўқитувчи ўқувчисининг қобилиятларини сўнгги чегарасигача ривожлантиради. Буюк ўқитувчи эса бу чегарани бир қарашдаёқ кўра олади. Иоганн Гёте, олмон ёзувчиси Ориф Толиб таржимаси. @domlajon http://t.me/domlajon
نمایش همه...
​​Олтиндек қимматли фикрлар —  Бир хил ҳаракатни такрорлайвериб, ундан ҳар хил натижа кутиш ақлсизликдир. —  Ҳаракатсизликнинг асосий сабаби фикрламасликдир. —  Истеъдодсиз бола йўқ, эътиборсиз ота-оналар бор, холос. —  Китоб ўқиш фикрлашга ўргатади. —  Атрофимизда сиздан ҳам фазилатли одамлар борлигини унутманг. —  Раҳбарнинг обрўси унинг шахсий ибратидадир. —  Жоҳиллик илмсизликдан, бошқаларнинг қалбини, фикрини, қадрини билмасликдан бошланади. @domlajon
نمایش همه...

📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.
نمایش همه...