fa
Feedback
Shinavandatopia

Shinavandatopia

رفتن به کانال در Telegram

Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters

نمایش بیشتر
1 004
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
+130 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اوت '26
اوت '26
+3
در 0 کانال‌ها
ژوئیه '26
+51
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+34
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+21
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+15
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+30
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+40
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+33
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+41
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+50
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+38
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+26
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+23
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+35
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+25
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+27
در 1 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+42
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+26
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+29
در 2 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+36
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+162
در 2 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+70
در 15 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+101
در 18 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+228
در 20 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+149
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+153
در 19 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+95
در 2 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+174
در 19 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+181
در 5 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+146
در 4 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+160
در 11 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+415
در 22 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+425
در 10 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+385
در 6 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+303
در 6 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+647
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
02 اوت+2
01 اوت+1
پست‌های کانال
Muhammad Shayboniyxon. Bu ism bizga begona emas, "Temuriylar hukmronligiga barham bergan yovuz istilochi". Qiziq, aslida ham shundaymi ? Haa, u sevimli Temuriylarni yakuniga sabab bo'ldi, lekin uning bosqinidan oldin Movarounnahr qay ahvolda edi ? Amir Temur, ayniqsa Shohrux Mirzo o'limidan so'ng Temuriylar cheksiz zaiflashib Movarounnahr bir qancha mustaqil davlatlarga bo'lindi. Samarqand, Buxoro, Farg'ona vodiysi, Toshkent va Xorazm amalda mustaqil boshqarilar, qarindoshlar orasidagi urushlar xalqqa tinimsiz azob berardi. Kuchli lider, mamlakatni birlashtiroladigan kuchga eng muhtojlik bo'lgan davrda Muhammad Shayboniyxon o'rtaga chiqdi. U xuddi Aegon kabi mustaqil davlatlarni birin-ketin egallab urushlarda g'olib bo'ldi va Movarounnahr, Xurosonning bir qismida yangi sulolani o'rnatdi. Shayboniyxon ham Szin Shi Xuandi kabi yangi islohotlar, pul tizimi, savdo va binokorlikda faol ishlarni amalga oshirdi, uning boshqa bosqinchilardan farqi shundagi, bo'lingan yerlar aholisi uning kelishini haqiqatda xohlagan, uni qo'llagan. Afsuski tariximizda uning ismi uzoq vaqt qora nomlar ostida yozib kelindi. Umid qilamanki kelajakda mintaqani yana bir hukmdor boshqaruvi ostida birlashtirgan, islohotchi lider haqida adekvat fikrlar ham ko'ramiz. Xo'sh siz ham mutloq monarxiya tizimida keskinliklar bilan birga foydali jihatlari ham borligi haqidagi fikrga qo'shilasizmi ? @shinavandatopia

2
"Muz va Olov qo'shig'i" olami, tarix va "Kingdom" mangasining ashaddiy muxlisi sifatida so'nggi paytlarda mutloq monarxiya tizimi og'ir vaqtlar kelganda keskin, ammo eng optimal yechim bo'lolishi haqida o'ylab keldim. Bunga bir qancha asoslar mavjud. "Muz va Olov qo'shig'i" dan boshlasak, hammaga ma'lumki Aegon bosqinidan oldin Westeros bir qancha mustaqil qirolliklardan tashkil topgan mintaqa bo'lib, hudud bir qancha xonadonlar o'rtasidagi cheksiz urushlar, ittifoqlar va doimiy o'zgarib turuvchi chegaralardan aziyat chekkan. Aynan Aegon bosqini ushbu qirolliklarni yagona boshqaruvga olib kelishi vaziyat anchagina yumshab qolishiga sabab bo'ldi. Haa bosqin davomida bir qancha buyuk xonadonlar butkul yo'q qilindi (Gardener, Hoare), minglab odamlar o'ldirildi, yerlar vayron qilindi ammo Westeros uzoq vaqt yagona mutloq boshqaruv ostida nisbatan tinch hayot kechirdi. Miloddan avvalgi Xitoy haqida gaplashsak, Szin Shi Xuandidan oldingi Xitoy Westerosning Aegon bosqinidan oldingi holatiga ma'lum darajada o'xshash edi: markazlashmagan, urushlar bilan to'lgan va bir nechta mustaqil davlatlarga bo'lingan. Dastlab yuzlab mayda qirollik, keyinchalik 7 ta yirik qirollik o'rtasidagi shafqatsiz urushlarda Szin Shi Xuandi g'olib chiqadi va ulkan Xitoyni birlashtirib qonli urushlarga chek qo'ydi. Bundan tashqari yagona pul, yozuv va o'lchov birliklarini ishlab chiqib aholiga ko'p tomonlama tinchlik taqdim etdi. Bu urushlardagi millionlab o'limlar 1 asrdan ortiq davom etgan urushlarni chek qo'yish uchun to'langan to'lov edi. Shayboniyxon haqida esa boshqa postda gaplashamiz) @shinavandatopia
340
3
Aegon Targaryen, Szin Shi Xuandi va Muhammad Shayboniyxon. Nega bu 3 ism yonma-yon keldi ? Axir biri hayoliy obraz, boshqasi+2
Aegon Targaryen, Szin Shi Xuandi va Muhammad Shayboniyxon. Nega bu 3 ism yonma-yon keldi ? Axir biri hayoliy obraz, boshqasi miloddan avvalgi davrda yashagan imperator yana biri esa tariximizda katta roli bor bosqinchi. Keling, shu 3 ismni birlashtirgan asos haqida gaplashamiz. Soon...
313
4
Rayan Kondal 4-mavsumida yovvoyi ajdarlar Cannibal va Grey Ghost paydo bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi: “Bu serialda "Aniq+1
Rayan Kondal 4-mavsumida yovvoyi ajdarlar Cannibal va Grey Ghost paydo bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi: “Bu serialda "Aniq" yoki "Kuting" degan so‘zlarni ishlatish xavfli. Oldinda hali juda ko‘p voqealar bor. Axir serialning nomi "House of the Dragon". Bu Ajdarlar raqsi hikoyasi. Vaqt o‘tishi bilan hali yana boshqa ajdarlarni ham ekranda ko'ramiz deb o'ylayman.
483
5
Daeron va Ormundning munosabatlari juda nosog'lom va dahshatli. Bu haqiqiy ruhiy zo'ravonlikka asoslangan munosabat. Daeron O
Daeron va Ormundning munosabatlari juda nosog'lom va dahshatli. Bu haqiqiy ruhiy zo'ravonlikka asoslangan munosabat. Daeron Ormunddan ko'rgan yagona "muhabbat"ni muhabbat deb biladi, holbuki u umuman iliqlik emas. Daeron Ormundning to'liq ta'siri ostida, ammo buni o'zi anglamaydi. Ormund mohir manipulyator, u qachon mehr ko'rsatishni, qachon esa jazolashni juda yaxshi biladi. Ormund qahramonini yoqtirishimga yana bir sabab Yettilik e'tiqodiga ergashuvchilarning ikkiyuzlamachiligi va "double" standartlarining mukammal timsoli. Ular o'zlarini boshqalardan ustun deb bilishadi, aslida esa odamlarning e'tiqodini hokimiyatga erishish uchun qurol sifatida ishlatishadi. "E'tiqod ular uchun qanday qurol bo'lsa, ajdarlar ham Targaryenlar uchun xuddi shunday quroldir". Muz va Olov qo'shig'i olamida e'tiqod bilan umuman hazillashib bo'lmaydi. E'tiqod, deyarli Aenysni taxtdan ag'darishga muvaffaq bo'lgandi. E'tiqod har bir qiroldan xuddi soatli bombaga qanday muomala qilinsa, shunday ehtiyotkorlikni talab qiladi.
452
6
Ormund Hightower allaqachon butun serialdagi eng qiziqarli obrazlardan biriga aylandi. U O'rta asrlardagi tipik feodal ramzi+1
Ormund Hightower allaqachon butun serialdagi eng qiziqarli obrazlardan biriga aylandi. U O'rta asrlardagi tipik feodal ramzi va vaziyatga qarab qiyofasini o'zgartira oladigan "buqalamun" turidagi mohir siyosatchi. James Norton o'zining xarizmasi va aktyorlik mahorati bilan mavjud tartibni ag'darishga tayyor bo'lgan, raqiblarni hisoblashishga o'zi majburlaydigan, xavfli va ignor qilib bo'lmaydigan darajadagi antagonistni a'lo sifatda gavdalantirdi. "Talabgor va toxic parenting" iborasi haqida eshitgansiz. Ormundni bu turdagi  eng ashaddiysi deb ta'riflash mumkin😂. U Daeronning qirol bo'lishini xohlaydi. Ammo bu faxr yoki muhabbatdan emas. Aslida, bu uning shaxsiy manfaatidan kelib chiqadi. Chunki agar Ormund Daeronni taxtga o'tqaza olsa, amalda o'zi qirolga aylanadi. Daeron qo'g'irchoq qirol bo'ladi, Ormund esa taxt ortidagi haqiqiy hokimiyatni qo'lga oladi. Ormundning butun yo'li shaxsiy manfaat va cheksiz ambitsiyaga asoslangan. Ormund Hightowerda xavfli  narsissizm va psixopatiyaning yengil alomatlari bordek taassurot uyg'otadi. U shoshqaloq emas, aksincha har bir qadamini puxta hisoblaydi. Shafqatsiz, mohir manipulyator, boshqalarga hamdardlik hissidan deyarli mahrum va yolg'onni ustalik bilan ishlatadi. U sabrli, ammo ba'zida g'azab portlashlarini ham namoyon qiladi. Shunga qaramay, bu g'azabni ma'lum darajada nazorat qila oladi va ayrim holatlarda uni ataylab, maqsadga erishish uchun namoyish qilayotgandek ko'rinadi. Nihoyat, kitobdan farqli bo'lgan bir narsani chinakamiga yoqtirdim. Ormund kitobda shunchaki Ottoning jiyani va Hightowerlarning harbiy yurushlardagi yetakchisi qilib tasvirlangan xolos. Serialga kelsak, Ryan Condall dastlab u haqida "Ormund Tywin Lannister turidagi obrazlardan deganda hayron qolgandim. Endi esa faqatgina shu masalada qoyil qoldim)  Post uzunlashib ketdi, 2 qismda Ormund - Daeron munosabati va bu urushdagi E'tiqod kuchi ajdarlarnikidan aslo kam emasligi haqida gaplashamiz) Aytgancha, sizga Ormund Hightower obrazi yoqdimi ? @shinavandatopia
341
7
Asoiaf edit #edit @shinavanadatopia
Asoiaf edit #edit @shinavanadatopia
322
8
#mothermiranda #residentevil Bugun kanalning odatiy mavzularidan biroz yiroqlashib Resident Evil video o’yinidagi asosiy yovu+3
#mothermiranda #residentevil Bugun kanalning odatiy mavzularidan biroz yiroqlashib Resident Evil video o’yinidagi asosiy yovuzlardan biri haqida gaplashamiz. Mother Miranda Resident Evil olamida keyinroq ko’rinish bergan bo’lsa-da, aslida uning bu olamdagi roli juda muhim va asosiydir. Voqealar shunday boshlanadi: 1900-yillar boshlarida Ruminiyaning chekka bir qishlog’ida ispan grippi tufayli uning yakkayu yagona qizi Eva vafot etadi. Bu fojea onani aqldan ozdirib, uni butunlay boshqa insonga aylantiradi. Miranda qizini qaytarish umidida yer ostidan ulkan biologik organizm — Megamycete’ni topadi. U oddiy qo’ziqorin emas, balki minglab insonlarning xotiralari va genetik ma’lumotlarini saqlay oladigan hayot manbai hisoblanadi. Shundan so’ng uning yordamida Miranda odamlar ustida turli tajribalar o’tkaza boshlaydi. Keyinchalik esa biz bilgan o’sha 4 Lord yaratiladi. Shuningdek, aynan shu davrda yosh Oswell E. Spencer Mirandaning qishlog’iga tashrif buyurib, biologik evolutsiya haqidagi g’oyalarni o’rganadi. Keyinchalik Afrikada tashkil etilgan Umbrella ham bevosita shu voqealar bilan bog’liq bo’lib, hatto uning logotipi ham qishloqdagi qadimiy ramzlardan ilhomlanilgan. Resident Evil Village o’yinida bu voqealarning barchasi yanada batafsil yoritilgan. @shinavandatopia
411
9
Mashhur Pinokkio ertagi Italiyalik yozuvchi Carlo Collodiga tegishli hisoblanadi. Bugungi kunda bolalar ertagi sifatida tanilgan "Pinokkio" aslida ancha qorong'i va shafqatsiz hikoya bo'lgan. Kambag'al yog'och o'ymakori Geppetto sehrlangan yog'och bo'lagini topib, undan Pinokkio ismli qo'g'irchoq yasaydi. Jon kirishi bilanoq Pinokkio sho'xlik qilib Geppettoni tepadi va uning parigini o'g'irlab qochadi. Buni oqibatida esa qiziq tomoni shundaki Pinokkio emas, Gepettoni o'zi qamoqqa olinadi. Bundan tashqari gapiruvchi Chigirtka uni itoatsizlikning oqibatlari haqida ogohlantirmoqchi bo'ladi, biroq Pinokkio unga bolg'a otib, uni o'ldiradi. Pinokkio doimiy ravishda aldov va zo'ravonlikka duch keladi. O'g'ri Tulki va Mushuk uni tunashmoqchi bo'ganda, Pinokkio ular bilan urushib Mushukni panjasini tishlab uzib oladi, g'azablangan o'g'rilar uni pullarini o'g'irlab, o'zini katta eman daraxtiga osib ketishadi. 1881-yilda hikoya ilk bor gazeta uchun serial tarzida chop etilganida aynan shu voqea yakun bo'lishi kerak edi. Ammo o'quvchilar bunga keskin norozilik bildirib, muallif Carlo Collodidan hikoyani davom ettirishni talab qilishadi. Natijada Pinokkioning keyingi sarguzashtlari yoziladi va ertak bugungi mashhur yakuniga ega bo'ladi. Sizga yana qaysi hikoyaning "qora o'tmish"i qiziq ?
379
10
"Ertaklar yaxshilikga yetaklar". Lekin rostanam shunaqamikan ? Balki biz yoshligimizda sevib tomosha qilgan multfilmlarimiz,+1
"Ertaklar yaxshilikga yetaklar". Lekin rostanam shunaqamikan ? Balki biz yoshligimizda sevib tomosha qilgan multfilmlarimiz, o'qigan ertaklarimizning ilk versiyasi umuman boshqacha, qo'rqinchli, qorong'uroq bo'lsachi ? Shunaqa ertaklar haqida gaplashamiz. 1 ertak - Pinocchio. Sooon..
380
11
"Ajdar Xonadoni" serialidagi aktyorlarining bir nechtasi, jumladan Olivia Cooke, Bethany Antonia, Phoebe Campbell va Harry Co
"Ajdar Xonadoni" serialidagi aktyorlarining bir nechtasi, jumladan Olivia Cooke, Bethany Antonia, Phoebe Campbell va Harry Collett, 3-faslning 6-qismi bu mavsumdagi o'zlariga eng yoqqan va muxlislar eng ko'p kutishi kerak bo'lgan epizod ekanini aytishdi. Ushbu epizod rejissyor Loni Peristere tomonidan suratga olingan. U avval "The Red Sowing" (2-fasl, 7-qism) va "Salt and Sea, Fire and Blood" (3-fasl, 1-qism) epizodlarini ham boshqargan. Ushbu qismda biz katta ehtimol bilan mashhur Butcher's Ball jangi va bir nechta qo'shimcha syurpizlar guvohiga aylanamiz.
351
12
Benjamin Evan Ainsworth rasman Ajdar xonadoni serialida shahzoda Daeron Targaryen aktyori sifatida e'lon qilindi. Aktyor 3 ma+1
Benjamin Evan Ainsworth rasman Ajdar xonadoni serialida shahzoda Daeron Targaryen aktyori sifatida e'lon qilindi. Aktyor 3 mavsum 4, 5, 6, 7, 8 qismlarda ko'rinish beradi.
370
13
Antony Starr yana bir marotaba Emmy taqdirlash marosimidan chetda qolmoqda. Aktyor 5 mavsum davomida Homelander roli uchun um
Antony Starr yana bir marotaba Emmy taqdirlash marosimidan chetda qolmoqda. Aktyor 5 mavsum davomida Homelander roli uchun umuman nomzodlar qatoriga kiritilmagani biroz nohaqlikday. Sizningcha agar nomzodi qo'yilganda aktyor ushbu rol bilan yutolarmidi ?
387
14
Emmy taqdirlash marosimida "Yetti Qirollik Ritsari" seriali 9 yo'nalish bo'yicha kurashadi. Bular : Outstanding Drama Series
Emmy taqdirlash marosimida "Yetti Qirollik Ritsari" seriali 9 yo'nalish bo'yicha kurashadi. Bular : Outstanding Drama Series Outstanding Fantasy/Sci-Fi Costumes Outstanding Period or Fantasy/Sci-Fi Hairstyling Outstanding Sound Editing for a Comedy or Drama Series Outstanding Special Visual Effects in a Single Episode Outstanding Stunt Performance Outstanding Music Composition for a Series Outstanding Production Design for a Narrative Program Outstanding Cinematography for a Series 9 yo'nalishdan nechtasida g'olib chiqadi deb o'ylaysiz ?
356
15
Tasavvur qiling: insoniyat koinotning gultoji emas, balki shunchaki adashib paydo bo'lib qolgan, hech kimga kerak bo'lmagan b+1
Tasavvur qiling: insoniyat koinotning gultoji emas, balki shunchaki adashib paydo bo'lib qolgan, hech kimga kerak bo'lmagan bir "mikrob"dir. Yovuzlik bizga qarshi kurashmaydi, chunki biz ularning e'tiboriga ham arzimas darajada kichikmiz. ​Aynan shu g'oya Lovecraftian horror janrining yuragi hisoblanadi. Janr Yaratuvchisi : ​Hovard Phillips Lovecraft (1890–1937) — amerikalik yozuvchi. U hayotligida tanilmagan, qashshoqlik va ruhiy iztiroblar, yolg'izlik va tushkunlik ichida yashab o‘tgan. Biroq vafotidan so'ng u yaratgan qorong'u koinot unga "Dahshat adabiyotining otasi" maqomini olib keldi. Uning asarlari bevosita uning kechinmalari va qo'rquvlarining qog'ozdagi aksidir. Lovecraftian Horror falsafasi . ​Lovecraftian horror qon, arvohlar yoki an'anaviy yirtqichlardan foydalanmaydi. Uning asosiy quroli — falsafiy qo‘rquv va noma'lumlik. Bu olamning o'ziga xos qoidalari bor: ​Koinotning befarqligi: Ktulxu kabi qadimiy va qudratli mavjudotlar insoniyatga qasd qilmaydi. Ular bizning mavjudligimizga mutlaqo befarq. Biz ular uchun yo'ldagi chumolidekmiz. ​Bilim — bu la'nat: Qahramon koinot sirlarini, chuqur tarixni qanchalik ko'p anglasa, shunchalik tez aqldan ozadi. Inson ongi bunday dahshatli miqyosni qabul qilishga ojiz. Agar Nitshe yoki Shopengauerning "Nihilizm" (hayotning asl mazmuni yo'qligi) haqidagi g'oyalarini yirtqich maxluqot ko'rinishiga keltirilsa — aynan Lovecraft olami paydo bo'ladi. Bu koinot bizga dushman emas, u shunchaki... mutlaqo befarq. Siz bilmagan qiziqarli faktlar: ​Betmen va Lavkraft: "Betmen" olamidagi mashhur Arkham ruhiy kasalliklar shifoxonasini bilasizmi? Bu nom aslida komiks ijodkorlari tomonidan o'ylab topilmagan! Uni H.P. Lavkraft o'zining asarlaridagi doimiy voqealar sodir bo'ladigan xayoliy "Arkham shahri" nomidan olib, adabiyotga kiritgan. Taxtlar o'yini (GoT) siri: Jorj R.R. Martin Lovecraftning ashaddiy muxlisi! Asardagi Temir orollar, ularning e'tiqodi bo'lmish "Cho'kkan Xudo" (Drowned God) va dengiz tubidagi qadimiy yovuzlik konsepsiyasi to'g'ridan-to'g'ri Lovecraftning Ktulxu (Cthulhu) mifologiyasidan ko'chirib olingan. ​🎬 Ommaviy madaniyatdagi Lovecraft izlari: ​Biz har kuni ko'radigan ko'plab asarlarning tomirida shu qorong'ulik oqadi: ​Berserk (Manga): Agar siz ushbu asarni o'qigan bo'lsangiz, God Hand (Ilohiy Qo'l) a'zolarini eslang. Ularning insonlar taqdiri bilan xuddi qo'g'irchoqdek o'ynashishi, inson azobiga tushunarsiz befarqligi kosmik dahshatning 100% lik namunasidir. ​Kinematografiya: Ridley Skotning afsonaviy "Alien" (O'zga sayyoralik) filmi dizayni hamda "True Detective" serialining 1-faslidagi qorong'u, yechimsiz mistika aynan shu janrdan oziqlangan. ​"Insoniyatning eng qadimiy va kuchli tuyg'usi — bu qo'rquv. Eng qadimiy va kuchli qo'rquv esa — noma'lumlik oldidagi titroqdir." — H.P. Lavkraft. @shinavandatopia
324
16
Greyscale va Ixtioz ko'rinishi .+1
Greyscale va Ixtioz ko'rinishi .
371
17
Sizlar bilan fentezi olamlari haqida gaplashar ekanmiz, men ko‘pincha qahramonlarning taqdirini bo‘lajak shifokor nigohi bilan kuzataman. Ko‘p hollarda film ijodkorlari voqealar rivojini boyitish uchun turli xil "dahshatli" kasalliklardan foydalanishadi. Bugun "Taxtlar O‘yini"dagi o‘sha mashhur va barchani vahimaga soladigan "Greyscale" (kulrang kasallik) haqida gaplashamiz. Bu postda ushbu kasallikning fantastik dunyodagi ko‘rinishi va uning real tibbiyotdagi prototiplarini tahlil qilamiz. ​"Greyscale" — bu "Vesteros" dunyosidagi o‘ta yuqumli, teri to‘qimalarini asta-sekin toshga aylantiruvchi kasallik. Uning klinik kechishi: teri rangi kulrangga kirib, qattiqlashadi, qavatlanadi va oxir-oqibat sezgirligini butunlay yo‘qotadi. Infeksiya tanada yoyilib borar ekan, bemor nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki aqliy barqarorligini ham yo‘qotishi mumkin (serialdagi "tosh odamlar" shundan dalolat). Kasallik qanday aniqlanadi? Serialda uni teridagi o‘ziga xos "toshsimon" dog‘lar va qotib qolgan to‘qimalar orqali tashxislashadi. Bu kasallik bilan og‘rigan eng mashhur qahramonlarimiz – Sir Jorah Mormont va Shireen Baratheon. Shireen kasallikni bolaligida yuqtirib olgan bo‘lsa-da, uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan, Jorah esa kasallikni yengib o‘tish yo‘lida juda murakkab jarrohlik va tibbiy muolajalarni boshdan kechirgan. Tibbiyot nuqtai nazaridan Greyscale faqat fantastika emas, u bizga tanish bo‘lgan bir nechta dermatologik va infeksion jarayonlarning jamlanmasi kabi ko‘rinadi: Lepra (Moxov): Mycobacterium leprae nomli mikroorganizm keltirib chiqaradigan bu kasallik teri sezgirligini yo‘qotadi va nerv tolalarini shikastlaydi. Greyscale'dagi tananing "toshga aylanishi" va nerv impulslari o‘tmay qolishi aynan moxovning og‘ir bosqichlarini eslatadi. ​Sklerodermiya: Bu autoimmun jarayon bo‘lib, teri va biriktiruvchi to‘qimalar haddan tashqari ko‘p kollagen ishlab chiqarishi natijasida qattiqlashadi. Teri "yog‘och"dek harakatsiz bo‘lib qoladi, bu esa Jorah Mormontning terisi qotishiga o‘xshaydi. ​Ixtioz: Genetik mutatsiya bo‘lib, keratinizatsiya jarayonining buzilishi bilan kechadi. Teri haddan tashqari quruq va qalin, baliq tangachasiga o‘xshash qatlamlar bilan qoplanadi. Agar buni bakterial infeksiya bilan birlashtirsak, Greyscale'ning vizual ko‘rinishi to‘liq namoyon bo‘ladi. Ho'sh sizga fentezi olamlardagi yana qanday bedavo dardlar qiziq ? Albatta ularning barchasiga birgalikda aniqlik kiritib, real hayotdagi prototiplarini topishga harakat qilamiz !) #got #greyscale @shinavandatopia
370
18
Jaehaerys I Targaryen — Targaryenlar sulolasining eng qudratli davri. Ko‘pchilik muxlislar va Westeros tarixchilari Jaehaerys I hukmronligini Targaryenlar sulolasining oltin davri deb hisoblaydi. Nima uchun uning davri eng qudratli edi? Jaehaerys 55 yil hukmronlik qildi va bu davrda juda ko'plab islohotlarni amalga oshirdi. Uning eng katta ishlaridan biri Maegordan keyingi tartibsizliklarga barham berdi. Yetti Qirollikning deyarli barchasi o‘nlab yillar davomida tinchlikda yashadi. Savdo-sotiq butun qirollik bo‘ylab rivojlandi, soliq tizimi tartibga solindi. Yo'l tizimi butunlay inqilob darajasiga olib chiqildi. Bundan tashqari, Qirollik oilasi juda ko‘p ajdarlarga ega edi. Ko‘plab ajdarlarning mavjudligi isyon ko‘tarishni deyarli imkonsiz qilgan. Isyon ko'tarilganda ham juda qisqa muddatda yo'q qilingan Buyuk lordlar Temir Taxtga qarshi chiqishga jur'at eta olmasdi. Temir Taxt kuchi esa eng qudratli davriga chiqdi katta xonadonlar Targaryenlar hokimiyatini to'liq tan olgan edi. E'tiqod va toj o‘rtasidagi mojarolar hal qilindi. Jaehaerys mojarolarni zo‘ravonlik bilan emas, diplomatiya orqali hal qildi. Qal'alar, portlar va davlat boshqaruvi mustahkamlandi. Bu savdo, aloqa va qo‘shinlarning harakatlanishini ancha osonlashtirdi. Jaehaerys va Septon Barth Westeros qonunlarini tartibga soldi. Turli hududlardagi qarama-qarshi qonunlar birlashtirildi. Natijada Temir Taxt butun qirollikni samaraliroq boshqara boshladi. Jaehaerys va Alysanne Targaryenning ko‘plab farzandlari bo‘lgan. Sulolaning kelajagi mustahkam ko‘rinardi. (Ko'rinardi) Chavandozlar bo'yicha muammo mavjud emas edi. Aynan Jaehaerys davrida Targaryenlar tinchlik, boylik, Temir Taxtning nufuzi va kuchli qonunlar va boshqaruv jihatdan oltin davriga yetdi. U Vizerisga oltin bilan to'lgan g'azna, sodiq lordlar, kuchli qo'shin, ajdarlar qudratini meros qoldirdi. https://t.me/shinavandatopia/4137 bu esa Jaehaerys davrida sodir bo'lgan barmoq sanarli urushlardan biri Vizeris I haqida esa keyinroq gaplashamiz)
331
19
Targaryenlar tarixida ko'plab qirollar, davrlar o'tgan, lekin ushbu uzoq davr mobaynida aynan qaysi qirol davrida sulola va i+1
Targaryenlar tarixida ko'plab qirollar, davrlar o'tgan, lekin ushbu uzoq davr mobaynida aynan qaysi qirol davrida sulola va imperiya iqtisodiy va harbiy qudrat cho'qqisida bo'lgandi ? Mening tanlovim : Jaeherys I va Vizeris I. Izoh - post uchun aynan kuchli davr inobata olindi. Siz uchun boshqa qirol bo'lsa izohlarda yozishingiz mumkin)
389
20
Kommunizm — xususiy mulkni bekor qilish, sinfsiz jamiyat qurish va ishlab chiqarish vositalarini umumiy mulkka aylantirishni maqsad qilgan siyosiy-iqtisodiy mafkura. Asoschilari: Karl Marks va Fridrix Engels. Va bu g'oya haqidagi ilk mashhur asar The Communist Manifesto 1848 da omma e'tiboriga taqdim etilgan. Yaxshi, lekin nega to'satdan admin Kommunizm va Marksni eslab qoldi deb hayron qolishingiz mumkin. Lekin 3 qismdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan "Kommunist Rhaenyra" g'oyasi hazil va tanqid aralash avj olmoqda. Ushbu tanqidlarga asosiy sabab Rhaenyra o'zini xalqparvar yetakchi sifatida ko'rsatishga urinishi hisoblanadi. U ochlikdan aziyat chekayotgan oddiy xalqni tinchlantirish uchun zodagonlar yig'ib qo'ygan oziq-ovqat zaxiralarini musodara qilib, ularni Poytaxt aholisiga tarqatdi. Ammo bunda katta ironiya bor edi: shahardagi ocharchilikning asosiy sabablaridan biri aynan Rhaenyraning flot tomonidan uyushtirilgan dengiz blokadasi edi. Ya'ni, u avval muammoni kuchaytirib, keyin esa o'zini uni hal qilayotgan qahramon sifatida namoyish qilinishi fandom orasida kinoyaviy hazillar avj olishiga sabab bo'ldi. Muxlislar nazarida u soxta kommunist leader timsoli, balki Robin Hood tipidagi. Umuman olganda qism va "Kalamush ziyofati" sahnasi menga yoqdi (bu aslida Qirolichaning qo'pol siyosiy yurishi bo'lsa ham). Xo'sh, siz ham ushbu qismda Rhaenyrada kommunizm g'oyasini kuzatdingizmi)
362