cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy sahifasi. Murojaat uchun: @ShurchiIM_bot +99899-014-66-95 +99891-908-78-70 +99891-232-77-72

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
377
مشترکین
-224 ساعت
-107 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak, – Prezident maktablariga 62 062 nafar; – Ijod maktablariga 5 512 nafar; – Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;. – Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi. Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman! Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Shu yilning 9-, 10-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN OTA-ONALAR DIQQATIGA!             2024/2025-oʻquv yili uchun Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42  785 ta ariza kelib tushgan.         Surxondaryo viloyatidan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgor oʻquvchilar Termiz shahrida 9-iyul kuni test jarayonlarida qatnashadi. ✍️  IMA tizimidagi Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 🌐  Sho'rchi tumanIM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: ⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ https://t.me/PTMAShurchi
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❓PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 1-bosqich kirish imtihonlari — matematika fanidan jami 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo‘linadi: 1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa); 2) 10 ta o‘rtacha darajadagi savollar (B toifa); 3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).
⏱Eslatma, 1-bosqich imtihonlarida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 7-iyul kunidan Prezident maktablariga kirish imtihonlarinig 1-bosqichi boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi. 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin: 📍MANZILLAR ROʻYXATI Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari 📣📣📣📣📣 ‼️Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! ⚡️ Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o'z "Shaxsiy kabinet"iga kirishi kerak.
📆 Eslatma, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 1-bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-9-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 6
02:34
Video unavailableShow in Telegram
#imtixon_2024 Xurmatli ota-onalar sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ruxsatnomani online yuklab olish uchun videoqoʻllanma
نمایش همه...
7.23 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 📌 Ixtisoslashtirilgan maktablarha hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga ✅ Xurmatli ota-onalar imtixonga kirish uchun https://ariza.piima.uz/application/cabinet shaxsiy kabinetdan imtixonga kirish ruxsatnomasini yuklab olishlaringiz talab etiladi. ☝️ Imtixonga kirish ruxsatnomalarini online yuklab olishda qiyinchilikka duch kelgan boʻlsangiz Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga kelib olishlaringiz mumkin boʻladi. Buning uchun oʻquvchining tugʻulganlik haqidagi guvohnomasini olib kelishlaringiz kerak. ⚡️ Diqqat muhim: Imtixon boʻlib oʻtadigan binoga imtixon boshlanishidan kamida 1 soat avval kelish tavfsiya etiladi. Tiqilinchda qolib, imtixonga kech kirmaslik uchun.
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#eMaktab_onlayn_trenajyor #ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi. O‘tgan yillardagi test savollarga asoslangan mazkur eMaktab onlayn-trenajyori maktab oʻquvchilariga oʻz tayyorgarlik darajasini tekshirish va oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Ya’ni onlayn-trenajyor ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida tushadigan test namunalari koʻrinishida taqdim etilgan. Bu yagona rasmiy onlayn-trenajyor boʻlib, cheklovlarsiz sinov tariqasida kirish testlaridan oʻtish imkonini beradi. Onlayn-trenajyor test yechish mexanizmini tushunish, kelajakda haqiqiy imtihondan oʻtayotganda vaqtni chamalash, his-hayajonni bosib, oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn-trenajyor oʻzbek, qoraqalpoq hamda rus tillarida taqdim etilgan. Sinov testdan quyidagi havola orqali oʻtish mumkin. Batafsil videoqoʻllanmada Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.