fa
Feedback
‘Soft Power’ Diplomacy researchers club

‘Soft Power’ Diplomacy researchers club

رفتن به کانال در Telegram

The University of World Economy and Diplomacy

نمایش بیشتر
288
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '24
سپتامبر '24
+2
در 0 کانال‌ها
اوت '240
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '240
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '240
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+3
در 4 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+299
در 3 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
25 سپتامبر0
24 سپتامبر0
23 سپتامبر0
22 سپتامبر0
پست‌های کانال
⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! 📚Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzur
⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! 📚Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan “Mintaqalar kesimida zamonaviy tendensiyalar” nomli ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi. 🗣Ushbu konferensiyada IXTI ilmiy xodimlari, universitet professor-oʻqituvchilari, doktorantura, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Barcha qiziquvchi talabalarni mazkur tadbirga taklif etamiz. 📆2024-yil 30-aprel 09:30 📍JIDU Konferensiya zali 🌐UWED.UZ |📱Facebook | 🕊Telegram | 📺YouTube | 📱Instagram

2
#Meeting with Javlon Vakhabov, Shavkat Jamalov and Anvar Salikhbayev
#Meeting with Javlon Vakhabov, Shavkat Jamalov and Anvar Salikhbayev
1 405
3
2024-yil 26-aprel kuni “Soft Power diplomacy researchers” klubi a’zolari hamda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy+7
2024-yil 26-aprel kuni “Soft Power diplomacy researchers” klubi a’zolari hamda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari Markaziy Osiyo xalqaro institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov va Oʻzbekistonning sobiq elchilari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo xalqaro instituti faoliyati bilan tanishishdi va amaliyot masalalarini kelishib olishdi. ▫️▫️▫️ On April 26, 2024, members of the "Soft Power diplomacy researchers" club and scientific researchers of the Institute of Advanced International Studies visited the International Institute of Central Asia. During the visit, they met with the director of the International Institute of Central Asia, Javlon Vakhabov, and former ambassadors of Uzbekistan. During the meeting, they got acquainted with the activities of the International Institute of Central Asia and agreed on practical issues. Instagram || Telegram || Youtube
2 460
4
🇺🇿 "Siyosiy tahlil va tadqiqot asoslari” mavzusida seminar "Diplomacy Society" klubi a’zolari uchun "Siyosiy tahlil va tadq+2
🇺🇿 "Siyosiy tahlil va tadqiqot asoslari” mavzusida seminar "Diplomacy Society" klubi a’zolari uchun "Siyosiy tahlil va tadqiqot asoslari” mavzusida maxsus seminar mashg'uloti boʻlib oʻtdi. Mehmon maʼruzachi – "Progressiv islohotlar markazi" (CPR) bosh ilmiy xodimi Alouddin Komilov siyosiy tahlilning nozik jihatlari borasida oʻz tajribasi va fikrlarini ulashdi. Aluddin Komilov muhim texnika va metodologiyalarning siyosiy tahlil va tadqiqotlardagi o'rniga to'xtalib o'tdi. Siyosiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Shaxzodbek Mahmudov ham siyosiy qarorlarni tushunishda tahliliy vositalardan foydalanish haqida fikrlarini bayon etdi. ———————————— 🇷🇺 Семинар «Основы политического анализа и исследований». Состоялся специальный семинар на тему "Основы политического анализа и исследований" для членов клуба "Diplomacy Society". Главный научный сотрудник Центра прогрессивных реформ (ЦПР) Алоддин Комилов выступил в качестве гостевого докладчика, поделившись своим опытом и мыслями о редких аспектах политического анализа. Алоддин Комилов также остановился на важных техниках и методологиях в политическом анализе и исследованиях. Преподаватель кафедры политических наук Шахзодбек Махмудов также выразил свою точку зрения о применении аналитических инструментов при понимании политических решений. 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
364
5
🔹 Qadrli talabalar! 👥 "Soft power diplomacy researchers" klubi nomidan sizni muqaddas Ramazon hayiti bilan muborakbod etami
🔹 Qadrli talabalar! 👥 "Soft power diplomacy researchers" klubi nomidan sizni muqaddas Ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz! Ushbu kun siz uchun yangilanish, totuvlik va gullab-yashnash timsoliga aylansin! Sizga mustahkam sog’lik, qalb xotirjamligi, oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz! ✨💥 ▫️▫️▫️ 🔹 Уважаемые студенты! 👥 От имени клуба исследователей “Soft power diplomacy” сердечно поздравляем вас с наступлением светлого праздника Ураза-байрам! Пусть этот день станет для вас символом обновления, мира и процветания! Желаем вам крепкого здоровья, душевного спокойствия, благополучия вашим семьям и близким! ✨💥 Instagram || Telegram || Youtube
393
6
O‘zbekistonning “yumshoq kuchi” - davomi   Ikkinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashganligi juda ham ko‘p imkoniyatlarni ochib beradi. Ya’ni u mintaqaning markazida joylashgan bo‘lib Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasida savdo va transport uchun tranzit mamlakat rolini o‘ynash imkonini beradi. “Bir makon, bir yo‘l”, “Shimol-Janub” va boshqa yirik loyihalarda tranzit hudud sifatida ishtirok, “yumshoq kuch”ning yoyilishiga olib kelishi mumkin. Uchinchidan, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda aktiv ishtirok etmoqda. BMT, SHHT, MDH va “C5+1” kabi platformalar O‘zbekistonga o‘z imijini namoyish etishga vosita bo‘lishi mumkin. To‘rtinchidan, hozirgi kunda sport sohasi O‘zbekistonning asosiy “yumshoq kuch” vositasi bo‘lib turibdi. Ushbu sohaning yanada rivojlanishini O‘zbekiston imijini xalqaro maydonda yanada oshirishga imkoniyatdir.   Beshinchidan, o‘zbek xalqi o‘zining boy adabiyoti bilan ajralib turadi. Navoiy, Beruniy, Xorazmiy, Buxoriy kabi ajdodlarimizning nodir asarlarini jahon tillariga tarjima qilib va ularni keng targ‘ib qilib, o‘zbek adabiyotining kuchini ko‘rsatish mumkin.   Xulosa.   Albatta O‘zbekiston “yumshoq kuchi” oxirgi yillarda yaxshilanib bormoqda, ammo soha hali ham kamchiliklarga ega. Shularni inobatga olgan holda, O‘zbekiston xorijiy davlatlarda o‘zining madaniy markazlarini yo‘lga qo‘ysa va ularga butun dunyoda pozitiv imijga ega bo‘lgan davlat arbobi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy nomi berilsa maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. 💬Fikr va munosabatingizni post ostida qoldiring. #XalqaroMunosabatlar #MarkaziyOsiyo #Tahlil @StratFocusCA
404
7
O‘zbekistonning “yumshoq kuchi” Asadbek Bazarov JIDU, IXTI “Yumshoq kuch” tushunchasi xalqaro munosabatlarda dolzarb yo‘nalis
O‘zbekistonning “yumshoq kuchi”   Asadbek Bazarov JIDU, IXTI   “Yumshoq kuch” tushunchasi xalqaro munosabatlarda dolzarb yo‘nalishdir. O‘zbekistonda ham ushbu soha rivojlanishiga bugungi kunda alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston o‘zining “yumshoq kuchi”ni madaniyat, ta’lim, iqtisod, turizm va boshqa sohalarda ko‘rsatishi mumkin.   Birinchidan, O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosga, jumladan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi mashhur me’moriy yodgorliklarga ega. Bu sayyohlarni jalb qiladi va boshqa mamlakatlar bilan madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bugungi kunda sohaga yanada ko‘proq e’tibor qaratilishi yurtimizning “yumshoq kuch” salohiyatini yanada oshirishi mumkin. #XalqaroMunosabatlar #MarkaziyOsiyo #Tahlil @StratFocusCA
322
8
2024-yil 4-aprel kuni “Soft power diplomacy researchers” klubi a’zolari va qozogʻistonlik talabalar uchun “Markaziy Osiyodagi+4
2024-yil 4-aprel kuni “Soft power diplomacy researchers” klubi a’zolari va qozogʻistonlik talabalar uchun “Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlar” mavzusida taniqli siyosatshunos, “Bilim karvoni” ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori Farhod Tolipov ishtirokida ilmiy-seminar bo‘lib o‘tdi. — On April 4, 2024, a scientific seminar was held for the members of the "Soft power diplomacy researchers" club and students from Kazakhstan on the topic "Political processes in Central Asia" with the participation of the well-known political scientist Farhod Tolipov. Instagram || Telegram || Youtube
417
9
Yangi geosiyosiy markazlar - 3 qism Xitoy – Afrika – Arktika. Pekin ham Shimoliy qutb doirasidan qariyb 3000 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa-da, Xitoy o‘zini Arktika ishlarida muhim manfaatdor tomon, geografik jihatdan “Arktikaga yaqin davlat” deb hisoblamoqda. Xitoy Arktika muzlari orqali o‘z yuk kemalari uchun yangi yo‘nalishlarni ochish uchun bir qancha uskunalarni foydalanishga topshirdi. Xitoyning asosiy qiziqishi Rossiyaning Arktika va Uzoq Sharqdagi neft va tabiiy gaz resurslariga va ularni Xitoyga tashishni ta’minlaydigan infratuzilmaga qaratilgan. Hozirda AQSh dengiz floti tomonidan boshqariladigan dengiz yo‘llari bo‘ylab katta hajmdagi import qiluvchi Xitoy uchun energiya xavfsizligi asosiy tashvish bo‘lganligi sababli, Xitoy-Rossiya energiya hamkorligi jadal chuqurlashib borayotgani mantiqan to‘g‘ri. Shimoliy dengiz yo‘li Xitoy dengiz savdosi uchun istiqbolli dengiz yo‘li bo‘lib, uni Xitoy allaqachon bir necha yillardan beri faol sinovdan o‘tkazmoqda. Energiya va xom ashyo uchun katta talabga ega bo‘lgan Xitoy uchun Afrika tobora muhim rol o‘ynamoqda. Xitoy va Afrika o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik Xitoy rahbari Si Szinpin tomonidan taklif etilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mustahkamlanmoqda. Dengiz Ipak Yoʻli Hind okeanidagi Afrikaning sharqiy qirgʻoqlariga olib boradi. 2016-yilda Xitoy Afrika sharqida joylashgan Jibutida o‘zining birinchi xorijdagi harbiy bazasini qurdi. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, ular Jibutida harbiy baza tashkil etishining sababi harbiy ekspansiyaga aloqasi yo‘q, aksincha, ular bazadan tinchlikparvarlik va gumanitar qutqaruv missiyalari uchun ta’minot markazi sifatida foydalanadilar. Ammo ko‘plab mamlakatlar uchun Xitoyning bu harakati ularning Afrikadagi roli tobora ortib borayotganini va Afrikadagi manfaatlarini himoya qilish qat’iyatini ta’kidlaydi.   Xulosa. Shunday qilib dunyoning yetakchi davlatlari uchun kelajakda Afrika va Arktika geosiyosiy markazlarining o‘rni hamda dolzarbligi oshib bormoqda. Yaqin kelajakda dunyoning geosiyosiy markazi Afrika va Arktikaga ko‘chadi, shunday holatda Markaziy Osiyo davlatlari qanday harakatlanishi kerak?   #XalqaroMunosabatlar #Tahlil @StratFocusCA
245
10
Yangi geosiyosiy markazlar - 2 qism   Hind-Tinch okeani. Hozirgi kunda esa Hind-Tinch okeani mintaqasi jahonning geosiyosiy markazi bo‘lib turibdi, hamma jarayonlar shu mintaqa orqali bo‘lmoqda. AQSh ham Yevropaga qaraganda, Hind-Tinch okeani mintaqasiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda, xususan, Indoneziyaning Janubi-G‘arbida Sumatra oroli va Malayziya yarim oroli o‘rtasida joylashgan Malakka bo‘g‘ozi dunyodagi eng gavjum kanallardan biri bo‘lib, savdo kemalari, shuningdek, Yaqin Sharq, Yaponiya va Sharqiy Osiyoning boshqa qismlari portlariga yo‘l olgan yirik neft tankerlari uchun tranzit punkti hisoblanadi. Qolaversa, bu boʻgʻoz mintaqa davlatlari va butun dunyo uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Dunyodagi dengiz transportining qariyb 60 foizi Malakka boʻgʻozi orqali oʻtadi. Hozirgi kunda Hind-Tinch okeani muhim mintaqa, lekin kelajakda Afrika va Arktikaning yangi geosiyosiy markazlar bo‘lishi istiqboli oshib bormoqda. AQSH – Afrika – Arktika. Bugungi kunda Afrika ham, Arktika ham AQSH milliy xavfsizlik strategiyasidan ustuvor mintaqalar sifatida joy egallagan. Rossiya va Xitoy faoliyatidagi so‘nggi geosiyosiy o‘zgarishlar ham, albatta, AQSHning Afrika va Arktika siyosati va xavfsizligiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirmoqda.   Rossiya – Afrika – Arktika. Rossiyaning ham bu borada qiziqishlari ancha yuqori, chunonchi, 2019-yil oktabr oyida, Sochida, “Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot uchun” shiori ostida, Rossiya va Misr prezidentlari Vladimir Putin va Abdul Fattoh as-Sisiy hamraisligida va barcha 54 ta Afrika davlatining rasmiy vakillari ishtirokida, “Rossiya-Afrika sammiti” boʻlib o‘tdi. Ushbu forum 2019-yildan boshlab har yili o‘tkazilib kelinmoqda. Rossiyaning Arktikaga bo‘lgan qiziqishi esa ancha oldin Chor Rossiyasi davridan bo‘lgan. Keyinchalik sovetlar davrida ham va hozirgi Rossiya hukumatining ham Arktikaga bo‘lgan qiziqishi ancha yuqori. Rossiyaning Arktikadagi asosiy milliy manfaatlari bu: Birinchidan, Arktika zonasidan Rossiya uchun strategik resurs bazasi sifatida foydalanish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilish; Ikkinchidan, Shimoliy dengiz yo‘lidan Rossiyaning Arktikadagi milliy yagona transport kommunikatsiyasi sifatida foydalanish. #XalqaroMunosabatlar #Tahlil @StratFocusCA
223
11
Yangi geosiyosiy markazlar Bobur Mingyasharov JIDU, IXTI O‘tgan asrda “Heartland” va “Rimland” hududlarining geosiyosiy o‘rni
Yangi geosiyosiy markazlar   Bobur Mingyasharov JIDU, IXTI   O‘tgan asrda “Heartland” va “Rimland” hududlarining geosiyosiy o‘rni dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Hind-Tinch okeani mintaqasi dunyoning asosiy geosiyosiy markazi bo‘lib turibdi, ammo yaqin kelajakda bu Afrika va Arktikaga ko‘chishi mumkin. Heartland. XX-asrning boshlarida britaniyalik geosiyosatchi Xelford Jon Makkinder tomonidan ilgari surilgan hamda dunyoning geosiyosiy markazi bo‘lgan “Heartland” avvaldan muhim bo‘lgan. “Heartland” deganda Makkinder asosan Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, umuman olganda, butun Yevrosiyoning markaziy hududlarini nazarda tutgan. Makkinderning fikricha: “Kim Sharqiy Yevropada hukmronlik qilsa, u “Heartland” ustidan hukmronlik qiladi, kim “Heartland” ustidan hukmronlik qilsa, dunyo orollarini boshqaradi, dunyo orollarini boshqargan, butun dunyoni boshqaradi” deb aytgan. Rimland. Undan keyin amerikalik siyosatshunos Nikolas Spikmen Makkinder g‘oyalari asosida yangi “Rimland” nazariyasini taklif qildi. Unga ko‘ra dengiz kuchlari “Heartland”ni o‘rab turgan hududlarda, ya’ni “Rimland”da nazorat qilinadigan tartibsizlik yaratib, “Heartland”ga bosim o‘tkazishi mumkin degan g‘oyani taklif qildi. Spikmenning ta’rifiga ko‘ra, “Rimland” hududlari, Yevrosiyoning sohilbo‘yi hudularini o‘z ichiga oladi. Aynan shu nazariya “Sovuq urush” davrida va undan keyin ham AQSH o‘zining harbiy bazalari orqali “Rimland” hududini nazorat qilib, Yevrosiyo sohillarini, ya’ni “Heartland”ni o‘rab olganiga asos bo‘ladi. #XalqaroMunosabatlar #Tahlil @StratFocusCA
220
12
Joriy yilning 30-mart kuni "Soft power diplomacy researchers" klubi tashabbusi bilan taniqli diplomat, Markaziy Osiyo sun’iy+6
Joriy yilning 30-mart kuni "Soft power diplomacy researchers" klubi tashabbusi bilan taniqli diplomat, Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Imamovich Norov bilan talabalar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar Oʻzbekistonning "yumshoq kuch" siyosati va sunʼiy intellekt tendensiyalari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Instagram || Telegram || Youtube
494
13
Joriy yilning 30-mart kuni "Soft power diplomacy researchers" klubi tashabbusi bilan taniqli diplomat, Markaziy Osiyo sun’iy+7
Joriy yilning 30-mart kuni "Soft power diplomacy researchers" klubi tashabbusi bilan taniqli diplomat, Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Imamovich Norov bilan talabalar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalar Oʻzbekistonning "yumshoq kuch" siyosati va sunʼiy intellekt tendensiyalari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Instagram || Telegram || Youtube
569
14
#Elon ✅"Soft power diplomacy researchers” klubi tomonidan taniqli diplomat, sobiq tashqi ishlar vaziri, Markaziy Osiyo sun’iy
#Elon ✅"Soft power diplomacy researchers” klubi tomonidan taniqli diplomat, sobiq tashqi ishlar vaziri, Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Imamovich Norov bilan talabalar oʻrtasida uchrashuv tashkil etiladi. Mazkur uchrashuvda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz soʻraladi! 🔗Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScvRxtVzuGKcDcpBICrbm_iFXbu6mga_i5j4hosNphY5M9hkg/viewform?usp=sf_link 📆 2024-yil 30-mart ⏰ 11:00 📍JIDU, B bino, Kinozal Instagram || Telegram || Youtube
4 847
15
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! "Soft Power Diplomacy researchers club" nomidan sizni Nav
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! "Soft Power Diplomacy researchers club" nomidan sizni Navro'z bayrami bilan tabriklaymiz! Navro'z sizga baxt, farovonlik va yangi imkoniyatlar keltirsin. Sizga quvonch va birdamlik ruhiga to'la bayram tilaymiz! Уважаемые студенты Университета мировой экономики и дипломатии! От имени клуба исследователей “Soft Power” хотим поздравить Вас с праздником Навруз! Пусть Навруз принесет вам радость, процветание и новые возможности. Желаем Вам счастливого праздника, наполненного радостью и духом солидарности! Dear students of the University of World Economy and Diplomacy! On behalf of the ‘Soft Power’ Diplomacy researchers Club, we would like to congratulate you on the Navruz holiday! May Nowruz bring you joy, prosperity and new opportunities. We wish you a happy and cheerful holiday filled with joy and the spirit of solidarity!
535
16
Transafg‘on koridori kelajagi: Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari - 2 qism 2. Pashtunlar muammosi Ikkala davlatning chegaradosh viloyatlarida istiqomat qiluvchi pashtunlar mazkur hududda o‘zlarining “Mustaqil Pashtuniston” davlatini tuzishga qaratilgan harakatlari mahallliy  etnik va qabilalararo ixtiloflarning ro‘y berishiga, ayirmachilik harakatlarini tez-tez sodir etilishiga olib kelmoqda. 3. Tolibon va Pokiston Toliboni (TTP) Pokiston Toliboni va Afg‘on Toliboni o‘rtasida aloqalar yangi ittifoqdoshlik tusiga kirgan. TTPning bosh maqsadi Pokiston Islom Amirligini tuzish hisoblanadi. Umuman olganda, Pokiston Toliboni harakati faolligi oshgan. Ayrim manbalarga qaraganda, Afg‘on Tolibonining qo‘llashi oqibatida sezilarli darajada Islomobodga zarbalar berilmoqda. Bu holat munosabatlarni muzlashiga zamin yaratmoqda. 4. Hindiston omili Yangi Dehli Kobul bilan diplomatik munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha harakatlarni boshlab yuborgan. Afg‘oniston-Hindiston yaqin munosabatlari Islomobodning xavotirini oshirmoqda va Tolibonga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga olib kelmoqda. 5. Fatvo Tolibon hukumati Pokistonni to‘laqonli islom davlati deb hisoblamaydi. Mulla Haybatulloh Oxundzodaning Islomobod mamlakatdagi tuzumni inglizlardan meros qilib olinganligi, hokimiyat tizimi to‘laqonli islom diniga muvofiq olib borilmasligi va qonunlari islomga to‘g‘ri kelmasligi kabi e’tirozlarini keltirgan. Bu tanqidiy munosabat ikki musulmon davlat o‘rtasidagi chigallikni yanada oshirdi. 6. “Rebrending” Afg‘oniston hukumati “Pokiston qo‘g‘irchog‘i” tasviridan voz kechmoqda. Tolibon Kobulga kelgandan so‘ng Islomoboddan uzoqlashdi va aloqalarni TTP bilan davom ettirishga kirishdi. Pokiston xavfsizlik kuchlari tomonidan Afg‘on Toliboni tuzilganligi, lekin ayni paytda bu tamg‘adan ular voz kechishga urinayotganligi namoyon bo‘lmoqda. Umuman olganda, Tolibon Islomobodga qaramligini bartaraf etmoqda. Shularga qaramasdan, Transafg‘on koridorining rivojlanishiga bir qator omillarni keltirib o‘tish mumkin. 1. Yangi hukumat diplomatiyasi Joriy yilning mart oyida yangi shakllangan Pokiston hukumatiga Kobul tomonidan ma’lum bir miqdorda ishonch bildirilmoqda. Shahboz Sharifning yangi hukumati muzlagan aloqalarda iliqlik yaratilishiga turtki bo‘lishi mumkin. 2. Kontrbalans Pokiston Afg‘oniston bilan qanchalar ziddiyatga bormasin, u bilan yaxshi munosabatlarga yo‘l topishga majbur. Bu Islomobodning Yangi Dehliga qarshi turishida katta ahamiyatga ega. Chunki Pokistonning global va mintaqa darajasidagi asosiy raqibi bu Hindistondir. 3. Markaziy Osiyo bozori Islomobodning iqtisodiy ahvoli kundan kunga pasaymoqda. Transafg‘on temir yo‘li vositasida Markaziy Osiyo bozoriga kirish imkoni Pokiston iqtisodiyoti ma’lum bir darajada yaxshilanishiga omil bo‘lishi mumkin. 4. O‘zbekiston pozitsiyasi Toshkent Janubiy Osiyo bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini doimo yuqori baholab kelgan. Markaziy-Janubiy Osiyo bog‘liqligida O‘zbekiston Pokistonning savdo portlariga chiqishga intiladi. Toshkent tomonidan olg‘a surilayotgan tashabbuslar Transafg‘on temir yo‘li qurilishini tezlashtirishi mumkin. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning 2024-yil 12-mart kuni Afg‘onistonga rasmiy tashrifida Transafg‘on koridori loyihasi muhim masalalar qatorida muhokama qilindi. Ushbu temir yo‘lning salohiyati O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston uchun ayon, har bir davlat bu loyihadan manfaatdor va uni qurilishini istaydi. Binobarin, Afg‘on-Pokiston munosabatlari iliq tusga kirmas ekan, bu loyihaning istiqboli mavhumligicha qolishi mumkin. Mirjalol Murtozayev, Xalqaro munosabatlar bo‘yicha tadqiqotchi (JIDU) #XalqaroMunosabatlar #MarkaziyOsiyo #Tahlil @StratFocusCA
472
17
Transafg‘on koridori kelajagi: Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari Bugungi kunda Afg‘oniston-Pokiston munosabatlaridagi ziddiy
Transafg‘on koridori kelajagi: Afg‘oniston-Pokiston munosabatlari   Bugungi kunda Afg‘oniston-Pokiston munosabatlaridagi ziddiyatlar yanada kuchayganligi va ushbu omil sababli Janubiy Osiyo portlari bilan Markaziy Osiyoni bog‘lashi ko‘zda tutilgan Transafg‘on temir yo‘li loyihasi siljishsiz qolmoqda. Bunga bir qancha faktorlarni keltirib o‘tish mumkin. 1. Dyurand chizig’i 1893-yilda Afg‘oniston va Buyuk Britaniya Hindistoni o‘rtasida beligangan “Dyurand chizig‘i” Kobul va Islomobod o‘rtasida qarama-qarshilikning asosi bo‘lib turibdi. Bunda Afg‘onistonning Pokistonga nisbatan hududiy daʼvolari borligi va Pokiston tashkil topgandan buyon hech bir Afg‘on hukumati ushbu “chiziq”ni tan olmaganligini eʼtirof etish mumkin. ✔️Davomi uchun izoh va reaksiya qoldiring. #XalqaroMunosabatlar #MarkaziyOsiyo #Tahlil @StratFocusCA
392
18
2024-yil 22-fevral kuni “Soft Power Diplomacy researchers club” a’zolari uchun xalqaro munosabatlar sohasida taniqli olim va+2
2024-yil 22-fevral kuni “Soft Power Diplomacy researchers club” a’zolari uchun xalqaro munosabatlar sohasida taniqli olim va tadqiqotchi Mr.Manas Pall ishtirokida ilmiy-seminar bo‘lib o‘tdi. — On February 22, 2024, a scientific seminar was held for the members of the "Soft Power Diplomacy researchers club" with the participation of Mr. Manas Pall, a well-known scientist and researcher in the field of international relations. Instagram || Telegram || Youtube
2 493
19
“Soft Power Diplomacy researchers club” a'zolari uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Ilk mashg'ulot siyosiy fanlar nomzodi,+2
“Soft Power Diplomacy researchers club” a'zolari uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Ilk mashg'ulot siyosiy fanlar nomzodi, JIDU va Kaliforniya Berkli universiteti professori Ulug‘bek Hasanov ishtirokida "Yumshoq kuch diplomatiyasining xalqaro munosabatlardagi roli” mavzusida tashkil etildi. — We are glad to announce that ‘Soft Power diplomacy researchers club’ started its working processes for the members of the club. The first session was conducted on the topic “The role of soft power in international relations”. Roundtable discussion was held with Doctor of Philosophy in Political Sciences, Professor of the University of World Economy and Diplomacy and California Berkeley Ulugbek Khasanov. Instagram || Telegram || Youtube
1 099
20
https://www.kultura.uz/view_2_r_20533.html
991