Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov
رفتن به کانال در Telegram
Nagoya Universiteti Oliy huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Murojat uchun: aumirdinov7@gmail.com Telegram kanal - @aumirdinov
نمایش بیشتر2 938
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+267 روز
+6230 روز
آرشیو پست ها
4.5 trillion dollarlik iqtisodi, dunyodagi muhtasham ishlab chiqarish kuchi, o’ta sifatli ish kuchi va g’oyalarga boy kadrlari va mega banklari to’plagan trillionlab dollarlik kapital bilan Yaponiyaning buni aytishga haqqi bor, deb men ham o’yladim.
Ammo, bizchi? O’zbekistonchi? Tarixda butun YevroOsiyoni titratgan bu millat hozirgi kunda millatlar stolining qay tomonida? O’zi bizni joy bormi?
To’g’risi, biz stolda o’tirmaymiz. Global qoidalar ishlab chiqiladigan G7, G20, OECD, BRICS kabi ko’plab forumlarda umuman yo’qmiz. Biz qoida ishlab chiquvchi emas, uni qabul boshqalardan qabul qiluvchi, ‘iste’molchi’ millat va davlatga aylanib qolganmiz.
Yetar shikoyat! deysizmi? Haqlisiz. 400 yillik inqirozimiz sabablarini qaytadan ko’zdn kechirishimiz, unga to’g’ri tashhis qo’yishimiz va millatlar bozorida biz nimamiz bilan ustun bo’la olishimiz bo’yicha millat va davlat o’laroq qat’iy strategiyalarga ega bo’lishimiz lozim. Agar buni bitta davlat va millat o’laroq amalga oshira olmasak ham, Markaziy Osiyo integratsiyasi orqali eplash mumkin. Bu integratsiya esa, kechikib bo’lsada, allaqachon boshlangan. Umidni uzmaymiz.
Biz stolning qayeridamiz?
Kuni kecha bir ko’rsatuvda Tokioning Kasumigaseki rayonida ishlovchi elit bir davlat xizmatchisidan nega bu ishda ishlashi so’raldi? Kasumigaseki bu – Yaponiyaning katta davlat idoralari to’plangan Tokio shaxri hududidagi rayon nomi.
Javob shunday: global qoidalar tuzilayotgan paytda yurtim eng oldingi, birinchi sinf davlatlar qatorida turishini va muzokara stolida Yaponiya doimo o’z o’rnini ushlab qolishiga yordam berish uchun men shu yerda ishlayman va bu menga katta motivatsiya beradi.
Mana buni kun yangiligi desa bo'ladi: Xitoyning Tsinhua universiteti AI va ximiya sohasini birlashtiradigan yangi ilmiy markaz uchun asli falastinlik Umar Yagini AQShdan 'sug'urib oldi'.
Bizning yurtimizga ham mana shunday ilm ustalari kelishini ko'rish nasib etsin.
Va nihoyat...nashriyotga yuborildi.
* Muqova o'zgarishi mumkin.
Bugun yapon gazetalariga qarasam, sportchilariga tanqiddan ham ko'ra hamdardlik va 4 yildan keyin albatta ushbu alam qasosini olish kabi undovlarni o'qidim. Samurai Blue larni yapon xalqi haqiqatan ham yaxshi ko'radi.
Bizda esa milliy jamoamiz ilk bor chiqishiga qaramay tanqidlar tsunamisi ostida qolib ketdi. Bu yaxshi emas. Chunki, Yaponiya kabi davlatlar ham 1998-yildagi Fransiyadagi Jahon chempionatida barcha o'yinda yengilib, uylariga quruq qo'l bilan qaytishgandi.
Biz eng kamida 2 ta gol urdik, o'ynash olishimizni isbotladik va potensialimizni namoyish qila oldik. Orttirilgan qimmatli tajribanikuya, aytmasa ham bo'ladi.
To'g'ri, chetni va mashhur futbolchilar bilan ko'p o'ynab o'rganmagan yigitlarimiz "dovdirab" intervyu berishlari bor. Buni ham kengbag'irlik bilan qabul qilish haqiqiy fanatlarni ishi bo'lsa kerak.
* Oq bo'rilar, sizlarni hamma sifatingiz bilan yaxhsi ko'ramiz. 4 yildan keyin yana ko'rishguncha.
Koreyada yashab turgan vatandosh talabalar diqqatiga!
[Announcement] Internships at UNCITRAL RCAP now open for application (October 2026 - March 2027) (English/中文/한국어)
Dear Friends of UNCITRAL RCAP,
The internships at UNCITRAL RCAP are open for application at the United Nations Careers Portal (Job Opening Number: 279550 Link / Duty Station: Incheon City, Republic of Korea). The internship positions are for a minimum duration of two months and a maximum duration of six months.
Please visit our Careers Portal (link below) for a full job description, requirements, and other details.
Please do note that United Nations interns are unpaid and full-time. Applicants may be requested to undertake the internship remotely in view of constraints regarding visa issuance, international travel, and access to UN premises. Applicants must be willing and prepared to undertake the internship remotely for part or the entirety of the internship.
Interested applicants must apply through Inspira, the United Nations’ online employment application system. The online application system for this job opportunity is available 24 hours a day until 19 July 2026, 11:59 p.m. (New York time). Please be advised that due to the high volume of applications, we are able to contact only shortlisted candidates via email.
Applications are very much welcomed, and we would be grateful if you could kindly circulate this information among your contact network.
https://careers.un.org/jobSearchDescription/279550?language=en
* Savolga qanday javob berish kerak?
12-iyun kuni savol berish madaniyati va uning ahamiyati haqida fikr yuritgandim. Bugun esa savolga qanday javob berish madaniyati haqida bir necha mulohazalarimni bo‘lishmoqchiman.
Afsuski, bu borada ham o‘ylashimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.
Birinchidan, savol bergan insonni yomon ko‘rmaylik. Uni o‘zimizga dushman deb qabul qilmaylik. Ilm savol va javob orqali rivojlanadi, inson tafakkuri esa savolga javob izlash jarayonida o‘sadi. Faqat fikrlashdan to‘xtagan odamgina savol-javobga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday savolni xotirjamlik bilan qabul qilib, uni rivojlanish uchun imkoniyat sifatida ko‘raylik.
Universitet hayotida bunga ko‘p guvoh bo‘laman. Talabalarning murakkab yoki kutilmagan savollari biz professorlarni yangi manbalarni o‘qishga, tadqiqot qilishga va ustimizda ko‘proq ishlashga majbur qiladi. Bir ma'noda, talabalar ustozlarini ham o‘stirib boradilar.
Ikkinchidan, savol uchun minnatdor bo‘laylik. Savol bergan insonga qarab, ismini aytib, tashakkur bildirib javob berish odobning bir qismidir. Aksincha, savol beruvchiga qaramay yoki uni butunlay e'tiborsiz qoldirib javob berish madaniyatsizlikdan boshqa narsa emas. Bu insonning hali yetarlicha ma'naviy va muomala jihatdan pishmaganini ko‘rsatadi.
Uchinchidan, savolni tushunmasak, qayta so‘rashdan uyalmaylik. Savolni tushunmaslik ayb emas. Uni tushunmasdan turib boshqa mavzuda gapira boshlash esa aybdir.
To‘rtinchidan, savol doirasidan chiqib ketmaylik. Mavzudan chetga chiqish yoki javobni boshqa tomonga burib yuborish tinglovchilarning vaqtini behuda sarflashdir. Ba'zan bizda "bilmayman" deb tan olish o‘rniga, nima bo‘lsa ham javob berishga urinish odati uchraydi. Holbuki, "Bu masalani aniq bilmayman" deyish zaiflik emas, aksincha, ilmiy halollikdir.
Yaponlarda esa boshqacha yondashuvni ko‘p kuzatganman. Agar javobni bilishmasa, ochiq aytadilar: "Bilmay ekanman, o‘rganib ko‘raman. Agar sizga malol kelmasa, bu boradagi bilganlaringizni ham ulashsangiz, xursand bo‘laman." Bunday kamtarlik va ilmga ochiqlikdan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p.
Beshinchidan, javobni me'yorida beraylik. Ortiqcha cho‘zmasdan, asosiy fikrni aniq va lo‘nda ifodalashga harakat qilaylik. Aks holda, davra suhbati izdan chiqadi va boshqalarning vaqtiga ham xiyonat qilgan bo‘lamiz.
Oltinchidan, javob oxirida fikrimiz qanchalik foydali bo‘lganini so‘rab qo‘yish foydadan xoli emas. Masalan: *"Men masalaga shunday qarayman. Sizningcha-chi?"* yoki *"Savolingizga javob bera oldimmi?"* Bunday yondashuv sog‘lom va hurmatga asoslangan munozarani davom ettirishga xizmat qiladi.
Yettinchidan, yaxshi savollarni yozib boraylik. Chunki ular keyingi tadqiqotlar yoki yangi g‘oyalar uchun manba bo‘lishi mumkin. Agar savolni mavzuni hali to‘liq tushunmagan yoki tajribasi kamroq inson bergan bo‘lsa ham, uni uyaltirmaslik, o‘sal qilmaslik kerak. Aksincha, uning qiziqishini qadrlab, muloyimlik bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish lozim. Buning uchun esa nafaqat bilim, balki tajriba, farosat va keng ko‘ngillilik ham zarur.
Xulosa qilib aytganda, savolga javob berish ham alohida bir san'at. U faqat bilimni emas, balki insonning odobi, kamtarligi, ilmiy halolligi va boshqalarga bo‘lgan hurmatini ham namoyon etadi. Ilmiy muhit aynan mana shunday savol-javob madaniyati orqali yuksaladi.
Xorijda magistratura kitobingiz qayta nashr qilinadimi, degan savol kelibdi.
Qiziqish uchun katta rahmat. Bu kitobni yangilash ustida ishlayapman, faqat o'ylaganimdan ko'proq vaqtni olgani va boshqa loyihalar bilan band bo'lganim uchun kitob chiqishi kechikmoqda.
Shu muborak kunlarda niyat qilaylik, kitobni tahrirlashni tez orada tugatib, siz azizlarga yetkazish nasib etsin. Kitob chiqishi hamon sizlarga xabar beramiz.
Abduhalil, qandaysiz uka? Men yaxshi. Ozbekistonga albatta boraman, toyda sizlarni ham kutamiz ukajon
Ertalabdan beri menda ham kayfiyat yaxshi emas. Xatto, ba'zi o'zbekistonlik talabalar bugun kayfiyat yomonligi uchun darslarga ham kelishmaganini eshitdim. Na iloj. Yigitlarimiz yaxshi harakat qilishdi lekin.
Kun.uz da ham maqola chiqqanidek, yurtimizdan mutlaqo farqli iqlim hududlariga borilganida sportchilarimizning kondishoni - sog'lig'i va tayyorgarligining holati va uning tibbiy kuzatuvi juda muhim. Yaponiyaning NHK telekanalidagi dasturda aytilishicha, yapon sportchilar va ularning trenerlari bunday iqlimga 4 yil avvaldan tayyorgarlik ko'rishgan. Kemplarini ham shunday iqlimli hududlarda uyushtirishgan. Sportchilarga yoqadigan va sog'lom oziq-ovqatlarni Yaponiyadan, oshpazlari va doktorlari bilan birgalikda olib ketishgan.
Bularning hammasi ularning tayyorgarligi, ruhiyati va g'alabani keltirishiga sababchi deya ko'rilyapti.
Bunga ham yaponlar osonlik bilan erishishmagan. 2014-yildagi Braziliyadagi Jahon chempionligida iqlimga o'rgana olmay, guruhdan ham chiqa olishmasdan qattiq alam chekishgan.
Fikri tarqoq o‘zbegim
Biz bu xastalikdan qutulishimiz kerak.
Ko‘pincha gaplarimiz pala-partish, fikrlarimiz esa tizimsiz bo‘ladi. Bir mavzu tugamasidan ikkinchisiga sakraymiz, natijada asosiy masala e’tibordan chetda qoladi.
Biror majlisga kirib ko‘ring. Muayyan masalani boshlab, uni izchil muhokama qilib, aniq xulosaga olib kelguncha odamning sabri tugaydi. Ayniqsa, yoshi kattaroq kishilar ko‘pincha o‘rtaga tashlangan masalani emas, o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan gapni gapirishadi. U ham qisqa emas — uzoq, mavzudan chetga chiqadigan va ko‘pincha ajratilgan vaqtdan oshib ketadigan nutqlar bo‘ladi.
Yozuvimiz ham ko‘pincha shunday. Bir tog‘dan, bir bog‘dan misollar keltiramiz, mavzular aralashib ketadi, asosiy g‘oya yo‘qoladi. Natijada o‘quvchini qiynaymiz.
Achchiq bo‘lsa-da, tan olish kerak: biz ham yomon yozamiz, ham tartibsiz gapiramiz.
Yaponiya ta’limi menga tizimli fikrlash, munozara qilish va yozish madaniyatini o‘rgatdi. Bu yerda masalalar bandma-band tahlil qilinadi. Mavzuga aloqasi bo‘lmagan fikrlar keyinga qoldiriladi yoki muhokama doirasidan chiqariladi. Asosiy e’tibor ratsional fikrlash va aniq ifodaga qaratiladi.
Men bu ko‘nikmalarni qay darajada egallaganim boshqa masala. Biroq ular mening shaxsiy va akademik hayotimga katta ta’sir ko‘rsatganini aniq ayta olaman.
Yaqinda bir suhbatda yosh olimlardan biri qiziq fikr bildirdi:
— Alisher aka, bizdagi bu tarqoq fikrlash va yozish odati, ehtimol, adabiyot kitoblaridan o‘tib qolgandir. Chunki ko‘plab badiiy asarlar aynan shunday uslubda yoziladi, xalqimiz esa yoshligidan ularni o‘qib ulg‘ayadi.
Bu fikrda jon bor. Ammo menimcha, muammo faqat adabiyotda emas. Boshqa turdagi kitoblar, ilmiy matnlar, hatto rasmiy hujjatlarda ham tizimli fikrlash va izchil bayon qilish masalasida kamchiliklar uchraydi.
Tartibli fikrlash — bu shunchaki chiroyli yozish emas. Bu muammoni to‘g‘ri qo‘yish, uni tahlil qilish va yechim topish qobiliyatidir.
Shuning uchun bu masalaga oddiy uslub muammosi sifatida emas, tafakkur madaniyati masalasi sifatida qarashimiz kerak. Va uni davolash vaqti allaqachon kelgan.
Fikr tarqoqligi: bundan qutulishimiz kerak
Yurtsosh yoshu kattalar bilan eng qiynaladigan masalalarimdan biri bu - fikr tarqoqligidir.
✔️︎Yurtoshlar bilan biror masalani maslahat yoki munozara qilsangiz, boshqa yon masalalarga og'ishish ko'p uchraydi, asosiy masala qolib ketaveradi.
Yaponiya ta'limi menga juda ham tizimli ravishda fikrlash, munozara qilish va yozish ko'nikmalaridan saboq bergan. Uni qay darajada o'zlashtirganim boshqa masala, biroq u mening shaxsiy va akademik hayotimda katta ta'sirlarini ko'rsatgan.
Repost from "Yuridik adabiyotlar publish" nashriyoti
🎉📚 «РЕНЕССАНС КИТОБЛАРИ» ЛОЙИҲАСИДАН МЕГА-АКЦИЯ!
Билим олишга бўлган интилишингизни қўллаб-қувватлаш мақсадида машҳур ва долзарб 6 та китобдан иборат махсус тўпламни тақдим этамиз.
Тўпламдан ўрин олган китоблар:
📖 «Жаҳон савдо ташкилоти»
📖 «Huquq olami»
📖 «Континентал ҳуқуқ анъанаси»
📖 «Kuchli akademik blogpost yozish uchun 27 qadam»
📖 «Орзудаги профессор»
📖 «Salom, Yaponiya!»
💰 Тўпламнинг асл қиймати — 310 000 сўм
🔥 Фақат акция даврида — 50% чегирма!
✅ Акция нархи — атиги 155 000 сўм*
🎁 Сиз 155 000 сўм маблағни тежайсиз!
Ушбу имкониятдан фойдаланиб, ҳуқуқ, таълим, академик ёзув ва халқаро тажрибага оид қимматли билимларни бир тўпламда қўлга киритинг.
🗓 Акция 2026 йил 15 июндан 30 июнгача давом этади!
«Ренессанс китоблари» — билим ва тараққиёт сари қадам.
*Чегирма нарх тўпламдаги барча китобларни харид қилганда амал қилади📲 Батафсил маълумот олиш учун ☎️ +998 99-554-70-70; ☎️ +998 93-554-63-70 рақамларига қўнғироқ қилинг. 📱 Telegram |📱 Instagram |📱 Facebook | 📱 web-sayt
Mening hamkorim ~ Yuridik adabiyotlar publish nashriyotidan aksiya. Loyihamiz kitoblarini katta chegirma bilan harid qilishingiz mumkin. Menimcha, yakuniylardan bo'shab olgan talabalar uchun ajoyib mutolaa davri. Shoshiling!
Repost from N/a
+3
✨ Bugun Uzbek Academic Club in Kanto tomonidan tashkil etilgan 11 chi ilmiy uchrashuv muvaffaqiyatli o’tdi!
Tadbir davomida:
🇺🇿🇯🇵 O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlarida o‘qituvchilarning o‘rni,
☀️ Quyosh energiyasi va elektr tizimi barqarorligi,
👩🎓 Gender siyosati hamda “Glass Cliff” nazariyasi
kabi dolzarb mavzularda qiziqarli va mazmunli taqdimotlar tingladik.
Taqdimotchilarimizga ilmiy izlanishlari va foydali ma’lumotlari uchun katta rahmat! Shuningdek, tadbirda ishtirok etib, fikr va savollari bilan muhokamalarni yanada boyitgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Ilm-fan, tajriba almashish va hamkorlik ruhidagi bunday uchrashuvlar davom etadi. Keyingi tadbirlarda ham ko‘rishguncha!
Ajoyib tashkilotchilik uchun YNU talabalariga alohida rahmat!
@Tadqiqotchi_Kanto
Kanto regionidagi Uzbek Academic Club yig’ilishi uchun bugün Yokohama shaxridaman.
Faol savol berishning kuchini bilasizmi?
O'ylab qarasam, karyeramdagi ba'zi juda muhim takliflar konferensiyalardagi professorlar chiqishiga doir bergan savollarimdan so'ng kelgan ekan. Yapon professorlar konferensiya so'nggida menga yaqinlashib, o'zlarining loyihalariga taklif qilishgan holatlar bo'lgan. Bu esa men uchun yangi sarhadlar ochilishining debochasi bo'ldi.
Dars, uchrashuv, prezentatsiya va muloqot paytida imkoni boricha yaxshi tinglovchi, bo'lganida ham diqqat bilan tinglovchi va jo'yali, mazmunli, kontekstga asoslangan savollar beraylik. Bu sizga juda yaxshi imkoniyatlar keltiradi. Nega? Chunki, savol berish degani ba'zan prezentatsiyadan ham yuqoriroq daraja bo'lib, siz o'tilgan dars yoki qilingan prezentatsiyadan ham yuqori darajaga chiqib, o'sha mavzu tomonidan qamrab olinmagan yoki yetarlicha ko'rsatib o'qilmagan nuqtalarni ko'ra olasiz/oldingiz deganidir.
Kunimiz informatsiya bo'hroni kunlari. E'tibor hamma narsadan ham qimmatroq bu kunlarda. Hamma gapirgisi keladi, lekin juda ham kam inson eshitadi, uning chiqishlarini darslarda, prezentatsiyalarda va muloqotda. Unday bo'lsa, bu sizu biz uchun KATTA imkoniyatdir. E'tiborimizni jamlaylik va muhim yig'inlarda~darslarda~prezentatsiyalarda baland va jarangdor ovoz bilan, imkoni bo'lsa, qo'limizga savolimizni yozib olgan holda, bir necha savollarni qalashtirib tashlaylik. Mana shu odat sizga o'zinmgiz kutgandan ham ko'ra katta natijalarni olib keladi, takliflar keladi, sizga munosabat o'zgaradi, ismingiz mehmonlar va ustozingiz tomonidan yodlab qolinadi. Bunday imkoniyatdan faqatgina AHMOQqina quruq qolishni o'ziga ravo ko'radi.
Unday bo'lsa, yaxshi savol beruvchi bo'ling, bu sizni aqlli va e'tiborli ekanligingizni jamiyatga ko'rsatib beradi.
* Nota Bene: shu yerda bir nozik nuqta bor, kattalar aytishadiki, hamma gaping rost bo'lsin, ammo hamma yerda ham rost gapni aytish yaramaydi. Degani bizga FAROSAT ham lozumdur, o'rtoqlar. Savolni berish paytini bilish va sezish, o'rinli joyda o'rinli savolni o'rtaga tashlay olish kerak.
Buni qanday uddalaysizmi? Xatoni qila qila uddalaysiz, hech kim onasi qornidan olim tug'ilmaydi. Ishlar bajarilib borgani sayin insonda tajriba ortadi. Siz ham savol beravering, sayqallanasiz, pishasiz.
** Faol savol beruvchi, kelajak liderlari bo'lgan sizlar bilan uchrashguncha!
Kunning ajoyib boshlanishi uchun yana bir motivatsiya: erta saxarda kelgan maktub
********************************************
Assalamu alaykum, professor Alisher Isoqjonovich
Mening ismim Z A …. univesitetining 1-bosqichini bitirish arafasidagi bakalavir talabasiman.
Hozirgina men 2026-yilda qayta nashrdan chiqqan sizning Talaba do'stimga 78+ tavsiya kitobingizni chuqur qiziqish va hayajon bilan o'qib tugatdim. Undan olgan tasurotlarim olam-olam. Siz talabaning shunchaki hayotini emas balki qalbidagi aytolmagan savollarini va boshqa elementlarni ochib beraolgan va unga oqilona yechim topib bergan hayotimdagi 1-muallifimga aylandingiz. Barchasini bir boshidan aniq va lo'nda o'rgatgansiz sodda talabalarga qimmatli yo'riqnoma. Hali tajribada hamma tavsiyalaringizni bajarmadim ammo men yo'ldaman va davom etyapman. Sizni kitobingiz, yanada kuchliroq harakat qilishim va davomli bo'lishimda chuqur turtki bo'ldi. Imtihon fanlarimga tayyorlanayotgan paytimda ham bu kitobni o'qigim kelaverdi hatto imtihondan chiqishim bilanoq Yotoqxonaga aynan manashu kitobni davomini tezroq o'qish uchun shoshildim😄 Kitobning ko'rinishiga kelsak biroz yorqin huddi bolalar kitobiga o'xshash Talabani jalb qilishi biroz qiyinroqdek,Ko'pincha biz notanish kitoblarni ustiga qarab tanlaymiz.
Masalan kitobingizni ko'rinishi Ko'p bir hil kulirang talabalar orasida oltin rangdagi talabaning turganligini tasvirlasak U odamni o'ziga tortadi go'yo.Lekin kitobni o'qib tugatganimdan so'ng ustki rasmi ham ko'zimga,eng chiroyli rasmdek ko'rina boshladi. Kitobingizni kech qolmay o'qiganimdan hursandman, buni menga ilmiy rahbarim bergan edilar. Mening xatimni vaqt ajratib o'qiganingiz uchun tashakkur!
Chuqur hurmat bilan,
A Z
…. universiteti, ..... fakulteti, 1-bosqich talabasi
Bu yaxshi yangilik bo'ldi. O'zbekiston iqtisodiyoti va unda mavjud kompaniyalarni yoshlarni ish bilan taminlashga qodir emas. O'z o'zini band qilish va o'zi uchun yangi sohalarni ochishga o'rgatilmas ekan, tez suratlarda o'sayotgan mamlakat aholisini boqish oson bo'lmaydi.
Masalani boshqa tomoni esa, tadbirkorlik asoslarini barcha universitetlar yaxshi o'rgata oladimi, degan savoldir. Bu fanni balki majburiy qilmay, TANLOV FANI qilish va qiziquvchilarnigina qamrab olib, ularga butun resurslarni yo'naltirish yanada aqlliroq qaror bo'lishi mumkin. Chunki, hamma ham biznesmen yoki biznes women bo'lavermaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/06/08/tadbirkorlik-asoslari/
