cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

JANUB GAVHARI

Ma'naviyat — eng tasirchan va qudratli qurolimizdir!!!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
274
مشترکین
-124 ساعت
-107 روز
-3030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Uyqusiz tunlar, tinimsiz harakat va mehnat o‘z natijasini ko‘rsatdi... Jarqo'rg'on tumanidagi 12-sonli Ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab internatining 7 nafar bitiruvchilari: ▪️Otabek Abdumo'minov 80 foiz grant asosida "University Canada West" (Kanada) ▪️ Abduazim Nurqobilov 80 foiz grant asosida "University Canada West" (Kanada) ▪️ Elbek Hasanov 100 foiz grant asosida "Universita Di Siena" (Italiya) ▪️ Xudoyberdi Turdimurodov 100 foiz grant asosida "Universita Di Siena" (Italiya) ▪️ Azizbek Xo'jaqulov “Kent State University”ga (AQSh) ▪️ Diyorbek Orifjonov 30 foizlik grant asosida "International Business University" (Kanada) ▪️ Boburbek Jumayev Toshkent Xalqaro Vestministr universitetlariga muddatidan oldin grant asosida talabalikka qabul qilindi. 🔺 Erishilgan ushbu quvonchli natija bilan o‘quvchilar va ularning ustozlari, shuningdek, maktablar jamoasini qutlab, kelgusida bundanda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 🌐Kanalga ulanish: 👉🏻 https://t.me/RMMMJ
نمایش همه...
1
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
UYG‘ONMOQ DUNYO BILAN BAROBAR YASHAMOQDIR
Jadidlar yoshlarni G‘arb va Sharqning taraqqiy qilgan mamlakatlariga o‘qishga yuborishga alohida ahamiyat berdilar. Avloniy tilga olgan toshkentlik taraqqiyparvarlar – “jadidlar to‘dasi” “jamiyati xayriya” ochadi. Jamiyatning 1909-yil 12-mayda tasdiqlangan 41 moddalik Nizomidan ma’lum bo‘lishicha, uning muassislari Toshhoji Tuyoqboyev, Nizomiddin Mulla Husainov, Mulla Abdulla Avlonov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Bashirulla Asatillaxo‘jayevlar bo‘lib, viloyat hududidagi nochor, muhtoj musulmonlarning moddiy-ma’naviy ahvolini yaxshilash, jumladan yetimlar, keksalar, nogironlar uchun kasalxona, ambulatoriya, choyxona, oshxona, yotoqjoylar ochishdan tortib, yoshlarni maktabda o‘qitish, so‘ng oliy tahsil uchun chet ellarga yuborishgacha bo‘lgan masalalarni ko‘zda tutar edi.
✍️Begali Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Batafsil: https://manaviyat.uz/posts/133 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#bugunning_gapi “MA’NAVIYAT – INSON BO‘LIB YASHASH DEGANI” I.Mirzaaliyev suhbatlashdi. ▪️Taniqli adibimiz Oʻtkir Hoshimov taʼkidlaganiday, “odamzodni hayvonotdan ajra­tib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi maʼnaviyatdir”. ▪️ Insonning qalbi oʻzgarsa, uning maʼnaviyati ham oʻzgaradi. Jadidlar ham birinchi galda odamlarning dunyoqarashini oʻzgartirish orqali jamiyatni isloh qilishga intilgan. Ilmni ana shu ezgu maqsad yoʻlidagi najotkor kuch deya bilgan. Hozir ham bu fikr oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Batafsil: https://jadid-media.uz/manaviyat-inson-bolib-yashash-degani/ ➡️@Jadid_media⬅️
نمایش همه...
Repost from MARKAZ XABARLARI
14:43
Video unavailableShow in Telegram
#surxondaryo_tajribasi #maʼnaviyat_sektori Ma`naviyat rivojining sarchashmasi 🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori" respublikamiz bo‘ylab keng quloch yozmoqda. Batafsil: "O‘zbekiston24" telekanali nigohida Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...
Repost from JANUB JAVOHIRI
“Moziygʻa qarab ish koʻrmak xayrlidir” degan ibratli jumla qaysi jadid namoyandasiga tegishli?Anonymous voting
  • Abdulla Qodiriy
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy
  • Abdulla Avloniy
  • Abdurauf Fitrat
0 votes
👍 2
Repost from MARKAZ XABARLARI
00:47
Video unavailableShow in Telegram
#jadid_soʼzi
Bizning eng katta dardlarimizdan biri, shubhasiz, jaholat dardidir. Boshimizga har balo kelsa shu bilimsizligimizdan keladir. Biz har musht yesak shu bilimsizligimizdan yeymiz. Bolalarimizning tarbiyasi qancha zarur bo‘lsa, kattalarimiz shuncha johildurlar. Xotinlarimizning tarbiyasi shuncha noqisdur.
✍️Munavvarqori ABDURASHIDXONOV Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...
Repost from JANUB JAVOHIRI
01:08
Video unavailableShow in Telegram
#farzand_tarbiyasi Uydagi tarbiya... Tarbiyani yumshoqlik bilan beraylik. ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
نمایش همه...
Repost from JANUB JAVOHIRI
Photo unavailableShow in Telegram
Siz ilmga bor-yo‘g‘ingizni bermaguningizcha, u sizga biror narsa bermaydi. ✍️Imom G‘azzoliy
✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
نمایش همه...
Repost from JANUB JAVOHIRI
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi Shoʻrchi tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Oltinsoy, Denov, janubiy va gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, sharqdan Uzun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,85 ming km². Aholisi 223 ming kishi (2022). Tumanda 1 shahar (Shoʻrchi), 1 shaharcha (Elbayon bekati), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Baxtlitepa, Dalvarzin, Jaloyir, Kichik Savur, Oxunboboyev, Oqtumshuq, Sohibkor, Shoʻrchi, Elobod, Yangibozor) bor. Tuman markazi — Shoʻrchi shahri. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 262,3 kishi (2022). ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
نمایش همه...
Repost from JANUB JAVOHIRI
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali_malumot OQ TUTNING FOYDALARI Abu Ali ibn Sino oqtut bargini angina, quritilmagan barg shirasini esa tish og‘rig‘ida tavsiya qilgan. Meva shirasi bilan og‘iz va tomoqdagi shishlarni, dizenteriya kasalligini davolagan hamda siydik haydovchi dori sifatida ishlatgan. Xalq tabobatida oqtut isitma chiqqanda, ichak kasalliklarida, qonni tozalashda ishlatiladi. An’anaviy tibbiyotda oq tut mevasidan kamqonlik, oshqozon-ichak xastaliklari, gastrit kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Bargi va yangi ochilgan kurtagi organizmda moddalar almashinuvi buzilganida yaxshi yordam beradi. Oq tut mevasidan olingan shinni dorishunoslik sohasida xapdori tayyorlashda foydalaniladi. Oq tut mevasi kaliyga juda boy. Shunga ko‘ra, uni ateroskleroz, taxikardiya, yurak porogi kasalliklarida tavsiya etishadi. Atigi uch haftalik tutli parhez yordamida bemor nafas qisishi, ko‘krak qafasidagi siquvchi og‘riqdan xalos bo‘lib, yurakning ish qobiliyati tiklanadi. Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
نمایش همه...