Sen va Choy
رفتن به کانال در Telegram
2 915
مشترکین
-424 ساعت
-27 روز
-6530 روز
آرشیو پست ها
2 915
Har qanday shamolga ishonasan sen,
Sochlaring to‘zdimi — har yon tarading?
Xuddi sening toza bag‘ringdayin keng —
Ochilib turadi derazalaring.
Ishqilib baxtimga omon bo‘l, omon,
To‘zg‘igan sochingni turayin ko‘rib.
Mening xayollarim ketar sen tomon —
Ochiq derazangdan kirmoqchi bo‘lib.
Xosiyat Rustamova
2 915
Men seni kutdim,
Baxt va baxtsizlikning hijronida jim...
Sen kelsang, senga joy bermoqchiydim
Qalbimning "yaxshi va yomon" joyidan.
Suvlar oqqan yashil va loyqa
Hali hech kim tinglamagan joyidan.
Suvlarda yuvilgan shomlar qayg'usi,
Va o'sha shomlarning mushtoqligi ham.
Yuvilgan, yuvilgan shomlarga tashlab ketilgan xotir va dardlar,
Aytilmagan, bekatlarga tashlab ketilgan gaplar.
Yuvilgan, yuvilgan, yuvilgan hijron.
Men seni kutdim
Ruhimning beqaror qayg'usida jim.
Tillaniso
2 915
Tunlar oromidan achinmay kechdim.
Ko'nglimni sen bilan etdim munavvar.
Sonsiz chigallikka urildim, yechdim.
Angladim: sen menga qismat muqarrar.
O'zimni ming marta qatl ayladim,
Ming marta o'zimga hadya etdim jon.
Sovuq bir tosh edim, qo'shiq boshladim...
Ayt, yana nimani aylayin qurbon?
Gullarga burkangan badanin ochib
Ko'zimga termular bir malak-Hayot!
Uning og'ushidan men ketdim qochib,
Sen-go'zal she'rimni aylagani yod.
Meni xarob etdi beto'xtov g'ulu,
Chorasiz hijronning gapiga ko'ndim.
Olis - olislardan uchib keldi-yu,
Qo'llaring ohista kiftimga qo'ndi...
Usmon Azim
2 915
Repost from Durdona Olimova 🇹🇷
İyi günleeeer, millet!
Dekabrda turk tilidan sertifikatga kiradiganlar tayyor turinglar. Kurs ochaman yaqinda. Kechiktirilgan qabulimni ochaman. Ishlarimni tartiblab oldim.
Vaqt ham bor kechki soatlarda.
Kanalda odam kamligiga ko'ra o'quvchi 30-40 ta bo'lib ketmaydi o'zi. Boshqa reklama berishni o'ylaganim ham yo'q hozircha. Ko'pi 15 ta o'quvchi olaman. Hammangiz bilan individual ishlab bittalab o'zim tekshiraman vazifalaringizni.
Rasmiy qabulgacha oldindan yozilib turmoqchilar uchun chegirma beraman. Kuzda sertifikatni naqd qilib qo'yish uchun Kurs so'zini yozib qoldiring. @durdonaolimova
Kutayotganlar ❤️🔥
2 915
Yunusobod, Bodomzor, Shahriston tomonlardan 800, 900, 1 million atrofida kvartira kerak, ijara shartnomasi bilan. 2 ta qizmiz, hammasi yaxshi qiz, akkuratniy. Sheriklikka bo'lsa @xisv0 shunga yozingla please)
2 915
🤩𝑖𝑡𝑜𝑏𝑠𝑒𝑣𝑎𝑟𝑙𝑎𝑟 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑎𝑗𝑜𝑦𝑖𝑏 𝑚𝑎𝑠𝑘𝑎𝑛𝑑𝑎 🤩𝑙𝑜𝑔 𝑦𝑢𝑟𝑖𝑡𝑖𝑠ℎ 𝑜𝑟𝑞𝑎𝑙𝑖 𝑑𝑎𝑟𝑜𝑚𝑎𝑑𝑔𝑎 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑖𝑠ℎ𝑛𝑖 🔤𝑖𝑙 𝑜ʻ𝑟𝑔𝑎𝑛𝑖𝑠ℎ𝑛𝑖 𝑖𝑠𝑡𝑎𝑦𝑠𝑖𝑧𝑚𝑖?🔤𝒖𝒅𝒊𝒐 𝒌𝒊𝒕𝒐𝒃𝒍𝒂𝒓 𝒐𝒍𝒂𝒎𝒊𝒈𝒂 𝒎𝒂𝒓𝒉𝒂𝒎𝒂𝒕🎧 𝑷𝒊𝒏𝒕𝒆𝒓𝒆𝒔𝒕𝒏𝒊 𝒂𝒆𝒔𝒕𝒉𝒆𝒕𝒊𝒄 𝒃𝒖𝒚𝒖𝒎𝒍𝒂𝒓𝒊 ☺️ 🤩𝒂𝒇𝒔𝒊𝒓𝒊 𝒉𝒊𝒍𝒐𝒍𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒕𝒐ʻ𝒍𝒊𝒒 𝒂𝒖𝒅𝒊𝒐𝒔𝒊🔺 𝑴𝒂'𝒏𝒐𝒍𝒊 𝒈𝒐𝒍𝒐𝒔𝒍𝒂𝒓 𝒗𝒂 𝒔𝒕𝒂𝒕𝒖𝒔𝒍𝒂𝒓 𝒐𝒍𝒂𝒎𝒊🎙 🤩𝒚𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓𝒈𝒂 𝒚𝒂𝒓𝒂𝒔𝒉𝒂𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏 𝒏𝒂𝒇𝒊𝒔 𝒍𝒊𝒃𝒐𝒔𝒍𝒂𝒓 🌟 𝑨𝒓𝒂𝒃 𝒕𝒊𝒍𝒊𝒏𝒊 𝒐'𝒓𝒈𝒂𝒏𝒊𝒔𝒉𝒏𝒊 𝒉𝒐𝒉𝒍𝒐𝒗𝒄𝒉𝒊𝒍𝒂𝒓 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏...
𝑩𝒂𝒓𝒄𝒉𝒂𝒔𝒊 𝒃𝒊𝒓 𝒋𝒐𝒚𝒅𝒂 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒃 𝒚𝒖𝒓𝒊𝒔𝒉𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒏𝒆 𝒉𝒐𝒋𝒂𝒕 𝑰𝒍𝒎 𝒌𝒂𝒓𝒗𝒐𝒏𝒊𝒈𝒂 𝒕𝒆𝒛𝒅𝒂 𝒒𝒐'𝒔𝒉𝒊𝒍𝒊𝒃 𝒐𝒍𝒊𝒏𝒈 🌟
2 915
Baxtiyor uxlamoqlik kerak, azizim...
Modomiki uyqu yarim o'lim holidir,
shunday ekan,
baxtiyor o'lmoqlik lozim har kecha...
Jamol Surayyo
2 915
Hamma kuz kelgani haqida nimadirlar yozyapti, meni esa senga yozgim keldi
Bilasanmi chiroyligim, inson sevgan fasllar, yoki qandaydur sayohatlar unga to'laqonli baxt bermaydi, ma'lum vaqtgagina insonni baxtli qiladi. O'sha baxtiyor lahzalarda birdan yodiga suyukligi, bir vaqtlar qalbining quvonchi bo'lgan sevgilisi yodiga tushadiyu, kuzgi bog'lar kabi sokin va g'amgin tortadi.
Chiroyligim, men esa ulardan farqli o'laroq, sen yodimga tushushing bilan bahor bog'lariga aylanaman. Biz yashagan go'zal lahzalar yuzimni kuldiradi, qalbimga quvonch olib kiradi.
Chiroyligim, sen qalbimni sevgan fasli bo'lib qolaverasan, sen mening beshinchi faslimsan, hech kimda yo'q faslim
2 915
...so'ngra sen tushasan yodimga. Zindonim yorishadi birdan. Yuragimda qushlar sayray boshlaydi. Yashagim keladi...
Husayn Jamil Merich
