fa
Feedback
Sokin blog

Sokin blog

کانال بسته

"Hayotda ko'rganlarimni hikoya tarzida sizga ilinaman" Kanalimda siz: ● Hayotiy hikoyalardan baxramand bo'lasiz ● Onalar uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'lasiz ● Uyda o'tirgan holda men bilan rivojlaniah sari yurasiz Reklama xizmati: @sokinblogreklama

نمایش بیشتر
867
مشترکین
-324 ساعت
-117 روز
-4630 روز
آرشیو پست ها
Davomi qizi bo'lsa reaksiya bosib qoyila odamlar😁 ilhom kemiy qolyabdiku 😭

sticker.webp0.21 KB

Madina dugonasiga qanday yordam berishni bilmasdi. U Nafisaga har qaraganida yuragi siqilardi. Avvallari kulib gapiradigan, har narsadan quvonch topadigan dugonasi endi sekin-sekin so‘lib borayotgandek edi. Nafisaning yuzidagi tabassum kamaygan, ko‘zlaridagi nur esa avvalgidek emasdi. Ilgari yangi libos ko‘rsa, chiroyli narsalarga qiziqsa, kelajak haqida orzu qilsa, hozir esa ko‘pincha sukut saqlardi. — Nafisa, yaxshimisan? — deb so‘rardi Madina. — Ha, yaxshiman, — derdi u odatdagidek. Lekin uni hech ham yaxshi emasligi shundoq sezilib turardi. Nafisa hayotga qiziqishini yo‘qota boshlagandi. Ertalab uyg‘onishga ham ishtiyoqi yo‘q, ilgari sevadigan narsalari ham unga zavq bermay qo‘ygandi. Tobora yolg'iz qolishni istaydigan odamovi bo'p borayotganini ozi ham sezib turardi. Madina dugonasining yonida bo‘lishga, uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilardi. Lekin ichida bir haqiqatni tan oldi: ba’zi yaralarni faqat yaqin insonning mehri bilan emas, mutaxassis yordami bilan ham davolash kerak bo‘ladi. Bir kuni Madina yaqin tanishidan yaxshi psixolog haqida eshitdi. U uzoq o‘yladi. "Men Nafisani majburlay olmayman. Lekin uning qo‘lidan ushlab, yordam olishiga sababchi bo‘la olaman", deb o‘yladi. Psixologga telefon qilib qabul vaqtini belgiladi va Nafisaga "men bilan bir joyga birga borib kel" deb iltimos qildi. Binoga kirganlarida: - Nafisa bilasanmi, bir tanishim juda yomon ahvolga tushib qolgandi. Ruhiyatida buzilishlar boshlangandi. Zor bir mutaxassis bilan ishlab bundan chiqib ketdi. Osha psixologdan kansultatsiya sotvoldim, faqat sen uchun. Bir gaplashib ko'rasanmi? — Psixolog? Menimcha, mening muammomga u yordam bera olmaydi... - dedi hafsalasizlik bilan Nafisa Madina muloyim jilmaydi. — Balki hammasini birdan o‘zgartirib yubormas. Lekin ba’zan inson ichidagi og‘riqlarni tushunishi uchun shunchaki uni tinglaydigan, to‘g‘ri savollar beradigan odam kerak bo‘ladi. Nafisa ikkilanib rozi bo'ldi: - Meni o'ylab shuncha harakat qilibsan. Mayli kirib ko'raman. Madina hursand bolib ketdi. U bilardi: bu hali yechim emasdi. Lekin bu — Nafisaning o‘zini qutqarish yo‘lidagi birinchi qadami edi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Nafisa bilan Madina odatdagidek darsdan keyin ko'rishib yo'l yo'lakay gaplashib ketishdi. Nafisaning yuzida nimadir o'zgacha quvonch bor edi. — Madi... Senga bir gap aytaman, — dedi u hayajon bilan. — Voy, tinchlikmi? Juda boshqachasan bugun. Nafisa yerga qarab kulimsiradi. — Sovchilar keldi... To'yimizni kuzga belgilashyapti. Madina quvonch bilan dugonasini quchoqladi. — Rostdanmi? Juda xursand bo'ldim! Baxtli bo'gin. Kuyobola kim? Nima ish qiladi? O'zimizni oilaga o'xshagan oddiy oiladan chiqqan bola. 2 martta ko'rishdik. Ma'qul tushdik. - Juda hursand bo'ldim. Baxtli bo'l dugonajon. Oradan oylar o'tdi. To'y ham bo'ldi. Lekin vaqt o'tgani sayin Madina Nafisaning ko'zlaridagi o'sha tanish mungni yana ko'ra boshladi. Nafisaning eri ichmasdi. Mahallada obro'li, mehnatkash yigit edi. Ammo uning boshqa odati bor edi... Har gap o'zi aytgandek bo'lishi kerak. Nafisa fikr bildirsa: — Jim bo'l! Sen nimani tushunarding? — derdi. Biror ish ko'nglidagidek bo'lmasa, baqirib qolardi. Ba'zan jahli chiqib qo'l ham ko'tarardi. Eng og'riqlisi esa, Nafisa bu holatni go'yo odatiy narsadek qabul qila boshlagandi. Bir kuni u yig'lab Madinaga dedi: — Bilasanmi... Ba'zan dadamni ko'rgandek bo'laman... Madina chuqur xo'rsindi. Hayot g'alati edi. Bolaligimizda ko'rgan munosabatlar qalbimizda "sevgi mana shunday bo'ladi", degan yashirin tasavvurni qoldirishi mumkin. Agar inson o'sha eski yaralarini anglab, davolamasa, keyinchalik o'zi bilmagan holda xuddi o'sha tanish og'riqqa o'xshash insonlarni tanlashi ehtimoli ortadi. Go'yo qalb: "Bu menga tanish", deydi. Aslida esa tanish bo'lgan narsa — baxt emas, og'riq bo'ladi. Davomi bor...

Madina bu xonadonga kundan-kunga qattiq mehr qo‘ydi. Ularning samimiyati va e'tiboriga javoban, qo‘lidan kelgancha xizmat qilishga intilardi. Kim nima desa, hech ikkilanmay: — Labbay, — deb javob berardi. Oila a'zolarining ko‘nglini olishga harakat qilardi.Ammo bu uyda uning qilgan mehnati hech qachon oddiy hol sifatida qabul qilinmasdi. Aksincha, har bir pishirgan taomiga har bir qilgan kichik ishiga ham minnatdorlik bildirishar, mehnatini qadrlashardi. Eng muhimi, uning o‘qishiga ham alohida e'tibor berishardi. Uy yumushlari sabab darslari ortda qolishiga yo‘l qo‘yishmasdi. Madina o‘qishdan qaytguniga qadar qaynonasi ovqatni tayyorlab qo‘yar: — Charchab kelgandirsiz avval ovqatingizni yeb oling— deb mehr bilan kutib olardi. Madina ba'zan o‘ylab qolardi: go‘yo bu uyda kelin emas, o‘z qizlari bo'lib yashayotgandek tuyulardi. Bu mehr va e'tibor uning qalbini tobora bu oilaga bog‘lab borardi. Shu sabab u ham bu xonadonning tinchligi va baxti uchun sidqidildan xizmat qilishni o‘zining eng katta burchi deb bilardi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Madina tushgan xonadonda ikki o‘g‘il va ikki qiz voyaga yetgandi. Qizlari allaqachon turmushga uzatilgan, qayni ukasi esa chet elda tahsil olardi. Madina bu xonadonga ilk qadam qo‘ygan kunidanoq bu oiladagi iliq muhitni his qildi. Bu yerda hech kim ovozini balandlatmas, har kim bir-biriga hurmat va ehtirom bilan muomala qilardi. Dasturxon atrofida samimiy suhbatlar, har bir insonning fikri qadrlanardi. To‘yning ertasiga Madina ilk bor oila uchun nonushta tayyorladi. Oddiygina quymoq pishirdi. Ammo dasturxon atrofida barchaning quymoqni maqtab-maqtab bilan yeyayotgani, ayniqsa qaynotasining: — Voy, qizimning qo‘li shirin ekan. Rosa mazali bo‘pti! — deb qayta-qayta maqtagani Madinani hijolat qildi. "Qizim..." Har safar shu so‘zni eshitganda qalbi jimirlab ketar, ko‘zlariga beixtiyor yosh qalqirdi. U bolaligidan ota mehriga to‘yib ulg‘aymagan edi. Shu sabab qaynotasining oddiygina "qizim" degan murojaati ham uning qalbidagi bo‘shliqni to‘ldirayotgandek tuyulardi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Ertasiga Nafisaning oldiga ketayotgan Madinani ko‘chaning boshida Yusuf qarshiladi. Uni ko‘rgan Madina bir zum nima deyishini bilmay dovdirab qoldi. Qalbida hayrat, araz, sog‘inch kabi aralash hislar uyg‘onib, o‘zi ham tushunmaydigan bir holatda qotib qoldi. — Assalomu alaykum, Yusuf aka. Bizning ko‘chada nima qilib yuribsiz? — dedi u sir boy bermaslikka harakat qilib. Yusuf esa ortiqcha cho‘zmay, gapni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshladi. — Madina, men sizga bir gap aytish uchun keldim. Siz menga yoqasiz. Kecha uyimdagilarni yuborgandim. “Qizimizni hali o‘qitamiz, erga bermaymiz”, degan javob bilan qaytishibdi. Men o'zim sizni o‘qitib olaman. Iltimos, ertaga yana uyimdagilar boradi. Ularni rozilikigiz bilan qaytaring. Kelishdikmi? Madina hayrat va uyatdan nima deyishini bilmay qoldi. Ko‘zlarini yerga qaratgancha, yuragi tez urib: — Xo‘p... — deya oldi, xolos. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, to‘y kuni belgilandi. Madina juda hayajonda edi. U hali ham bu voqealar bunchalik tez o‘zgarib ketganiga ishonolmasdi. Nafisa bilan tinmay do‘kon aylanib, kerakli narsalarni tanlashardi. Har safar “endi hammasi tayyor”, deb o‘ylashsa ham, yana nimadir kamdek tuyulardi. Va nihoyat to'y ham o'tdi... Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Bir yil shu ikki yoshning sukut ortidagi sevgisi bilan o'tib ketdi. Madina bu yil o'qishga topshirib, nihoyat talaba bo'ldi. Akademiyadagi ustozlariga sovg'alar olib, xayrlashgani keldi. Hamma ustozlari bilan birma-bir xayrlashib, ko'zlari Yusufni qidirdi. Lekin u hech qayerda ko'rinmasdi. "Tavba, bugun kelishi haqida qizlar aytishgandi-ku. Balki oxirgi marta ko'rgisi kelmagandir. Balki men shuncha payt xato o'ylagandirman. Hayolimda o'zimcha bir nimalarni qurib yurgandurman... ahmoq qiz..." Madina shu o'ylar bilan kayfiyati tushib, uyga qaytdi. Onasi oldiga ovqat qo'yib, sekin gap boshladi: — Qizim, senga sovchilar keldi. — Yana-mi, oyi? O'qishga kirdim endi, o'qiyman. Erga tegmayman! — dedi Madina alam bilan. Onasi hayron qoldi. Sovchilar deyarli har kuni kelardi, lekin qizi hech qachon bunaqa reaksiya qilmagan edi. "Nima bo'ldi ekan bu qizimga?.." deb o'yladi u ichida. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Kunlar o'taverdi. Madinaning hayotida o'zgarishlar davri boshlangan. Ingliz tili ustozi o'ziga boshqacha qarab yurganini sezganiga ham ancha bo'lgandi. Boshida guruhdagi qizlar: — Madina, Yusuf ustoz sizni surishtirdi, — deyishganda, u kulib: — Ha endi, ustoz-da. Menga o'xshagan tirishqoq o'quvchisiga qiziqadi-da, — deb qo'ya qolardi. Lekin vaqt o'tgani sayin Yusuf Madinaga qaraganida ko'zlaridagi yonib turgan uchqunni Madina ham yaqqol sezib ulgurgandi. Tan olgisi kelmasa ham, qalbining bir chekkasida bu yigitga nisbatan iliq tuyg'ular uyg'ona boshlagandi. Yusuf esa Madinaning erkalanib, shirin gapirishlariga, odob-tarbiyasiga va qalbining go'zalligiga doim qoyil qolardi. Yillar davomida ko'plab qizlarga dars bergani uchun u kim qanday insonligini yaxshi ajrata olardi. Qaysi qizning ko'nglida kimdir bor, kim samimiy, kim esa o'zini boshqacha ko'rsatishga urinayotganini osongina sezardi. Lekin Madina butunlay boshqacha edi. Unda hali ham bolalikning beg'uborligi saqlanib qolgandi. Qalbining pokligi va ko'nglining musaffoligi ko'zlarida yaqqol aks etib turardi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Shu kundan boshlab Madina va Nafisani yanada mustahkam rishtalar bir-biriga bog‘ladi. Ular avvalgidan ham mehribon, g‘amxo‘r va ajralmas dugonalarga aylanishdi. Birining quvonchi ikkinchisining quvonchi, birining dardi ikkinchisining dardiga aylandi. Vaqt esa o‘z yo‘lida davom etardi. Maktabni tamomlagach, har biri o‘z orzusi sari qadam tashladi. Nafisa bolaligidan o‘qituvchi bo‘lishni orzu qilardi. U Pedagogika institutiga hujjat topshirdi va imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalik baxtiga erishdi. Madina esa Sharqshunoslik institutida o‘qishni juda istardi. U ham hujjat topshirdi, ammo bu safar omadi kelmadi. Natija uni qattiq ranjitdi, lekin u taslim bo‘lmadi. Aksincha, maqsadiga yanada qat'iyroq yopishdi. Qo‘shimcha darslarga qatnay boshladi, o‘z ustida tinmay ishladi. O‘quv akademiyasidagi ustozlar uning tirishqoqligi va izlanuvchanligini qadrlashardi. Guruhdoshlari bilan ham tezda til topishib, qisqa fursatda u yerda o‘ziga yaqin do‘stlar orttirdi. Shunday bo‘lsa-da, uning hayotida Nafisaning o‘rni hamon alohida edi. Nafisa ham institut hayotiga asta-sekin ko‘nikib borardi. Har ikkisining dars jadvali turlicha bo‘lsa ham, dam olish kunlarini albatta birga o'tkazishga harakat qilishardi. Goh shahardagi kichik kafelarda o'tirib uzoq suhbatlashishar, goh xiyobonlarni aylanishar, ba'zan esa hech qanday rejasiz shunchaki ko‘chalarda sayr qilishardi. Ular bir-biriga institutdagi qiziqarli voqealarni, ustozlarini, yangi tanishlarini soatlab gapirib berishardi. Nafisa Madinaning maqsadidan voz kechmaganidan faxrlansa, Madina esa dugonasining orzusiga erishganidan chin dildan quvonardi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Yoqyabdimi qizlar👀 Fikr va mulohalarizni kutamana🤓

Imtihondan chiqib, uyga qaytishayotganida Nafisa sekin gap boshladi: — Sen dunyodagi eng yaxshi do‘stsan, Madi! Madina hayron bo‘lib kuldi. — Ha meni dabdurustdan maqtab qolding. Tinchlikmi? Nafisa unga qarab, chuqur nafas oldi. — Kecha biznikiga kelganingni bilaman... Madina yalt etib Nafisaga qaradi. — Ha, — dedi Nafisa sekin. — Kecha seni uyimizdan yugurib chiqib ketayotgani ko'rdim. Meni uyaltirmaslik uchun hech narsa demading. Lekin men sen bilan gaplashgim keldi. Dardimni sendan boshqasiga aytolmayman. Hech kim bilan bu haqda gaplasha olmayman. Hatto onam bilan ham... Uning ovozi titrab ketdi. — Singillarim hali kichkina. Ular shundoq ham juda qo‘rqib qolishgan... Shu so‘zlardan keyin Nafisaning ko‘zlariga yosh to‘ldi. U o‘zini ushlab turolmay, o‘pkasi to‘lib yig‘lab yubordi. — Yig‘lama, Nafis... yig‘lama... — dedi Madina ham ko‘z yoshlarini yashira olmay. U nima deyishni, qanday tasalli berishni bilmasdi. Ba’zan insonning dardiga mos so‘z topilmaydi. Nafisa biroz o‘zini bosib, sekin gap boshladi: — Esimni taniganimdan beri dadam shunday... Onamni urgani urgan. Uyimizda doim janjal, baqiriq-chaqiriq. Dadam ishdan keladigan payt bo‘lsa, yuragimiz uvishib ketadi. «Ishqilib ichib kelmasin», deb duo qilamiz. Lekin ko‘pincha qo‘rqqan narsamiz ro‘y beradi... U ko‘z yoshlarini artdi. — Ichib keladi... Onamni uradi. Biz o‘rtaga tushamiz. Singillarim qo‘rqib, pana joylarga yashirinib olishadi. Onam ham qochib bekinadilar. Dadam esa ularni chaqirib, qidirib yuradi... Charchab uxlab qolmaguncha janjal tugamaydi. Nafisa ovozini pasaytirdi. — Bularning hammasidan ruhim shunchalik charchaganki... buni so‘z bilan tushuntirib berolmayman. Bilasanmi, Madi... ming marta dadam boshqa odam bo‘lishini tasavvur qilganman. Ming marta onam bilan dadam ajrashib ketsa edi, deb orzu qilganman. Qo‘shnilarimning tinch, baxtli oilasiga qarab, «qaniydi men ham shu oilada tug‘ilganimda», deb o‘ylaganman... U ko‘zlarini yerga qadadi. — Keyin esa bunday o‘ylaganim uchun o‘zimdan nafratlanib ketganman. Axir u mening dadam-ku... Lekin bu hissiyotlar qanday og‘irligini hech kim bilmaydi. Men juda charchadim... Madina uning gapini bo‘lmadi. U shunchaki oxirigacha tingladi. Chunki ba’zan inson kutayotgan narsa maslahat emas. Ba’zan unga faqat kimdir dardini hukm qilmasdan eshitishi va «men sen bilanman» degandek mahkam quchoqlashi kerak bo‘ladi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Madina kechasi bilan uxlay olmadi. Ko‘z oldidan Nafisaning yig‘idan qizarib ketgan ko‘zlari ketmasdi. “Qanday qilib odam bunchalik tuban bo‘lishi mumkin? O‘z oilasiga, o‘z farzandlariga ham shunday qiladimi?” — deb o‘ylardi u. Madina dadasini juda yaxshi eslardi. Biror marta onasiga yoki ularga qattiq gapirganini eslay olmaydi. Uning xotirasida onasi va dadasi doimo kulib, bir-biriga mehr bilan qarab turgan baxtli insonlar bo‘lib qolgan edi. Ularning oilasi juda tinch va mehrga to‘la edi. Madina o‘sha paytlarda atigi olti yoshlar bo‘lishiga qaramay, ota-onasi orasidagi kuchli muhabbatni his qilardi. U barcha oilalar ham shunday, barcha dadalar ham uning dadasidek bo‘ladi deb o‘ylardi. Yomon otalar faqat kinolarda bo‘ladi, deb ishonardi. Ammo bugun guvoh bo‘lgan voqea uning butun dunyoqarashini ostin-ustun qilib yubordi. Ertasi kuni maktabda Madina Nafisaga xuddi hech narsa bo‘lmagandek gapirdi. — Nafisa, nega kecha kelmading? — dedi u o‘zini quvnoq ko‘rsatishga harakat qilib. Nafisa biroz boshini egdi. — Madi, uzr... shunaqa bo‘lib qoldi. Imtihonga tayyorlana olmadingmi? — dedi u aybdorona nigoh bilan. Madina jilmaydi: — Tayyorlandim, albatta. Yaxshiyam Abrorni akasi, akam bilan ortoq. Akam unikidan kitobni olib keldi. Imtihonga tayyorman, — dedi u ko‘zini qisib. Nafisa uning gapidan yengil tortdi. Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

Nafisaning otasi mast holda yerda cho'zilib yotar, uyqu aralash g'uldirab yomon gaplar bilan so'kib yotardi. Onasi va Nafisa esa yerga sochilib ketgan idish-tovoq siniqlarini yig'ib olayotgandi. Onasini yuzi momataloq bo'lib ko'karib ketgan. Nafisani ko'zlari yig'idan qizarib ishib ketgandi. Madina ko'rgan manzarasidan joyida qotib qoldi. Qancha vaqt qimirlamay turganini o'zi ham bilmadi. Birdan ortiga o'girilib, yugurgancha chiqib ketdi. Ancha joygacha yugurb bordi nafasi tiqilib to'xtadi. Bunday manzarani u faqat kinolarda ko'rgan edi. Hayotda ham shunday oilalar, shunday otalar bo'lishiga ishonmasdi. "Balki dadang yo'qligi sening omadingdir..." Nafisaning o'sha gapi miyasida chaqmoqdek jarangladi. "Bechora Nafisa..." deb pichirladi Madina. Shu paytgacha havas qilgan narsasi aslida Nafisa uchun og'ir dard ekanini endi tushundi.. Davomi bor...

9-sinfni bitirish arafasi edi. Imtihonga tayyorlanish uchun kerakli kitoblar kam bo'lgani sababli har ikki o'quvchiga bitta kitobdan berildi. Madina va Nafisaga ham bitta kitob tushdi. — Biznikida tayyorlanaylik, — dedi Madina ko'zlari quvnab. — Yo'q, onam ruxsat bermasalar kerak. — Unda siznikida tayyorlanamiz. — Yo'q, yo'q, bo'lmaydi, — dedi Nafisa cho'chib. — Mayli, xo'p, — dedi Madina uning birdan hovliqib qolganini ko'rib hayron bo'lib. — Unda kitobni bugun sen olib ket. Ertaga menga berasan, bo'ladimi? — Bo'ldi, kelishdik. Ertasi kuni Nafisa o'qishga kelmadi. Imtihon esa indinga edi. "Kitobni olishim kerak. Uyidan olib kela qolaman," deb o'yladi Madina va darsdan keyin Nafisalarnikiga yo'l oldi. Darvoza ochiq ekan. — Nafisa-a! — deb ichkariga kirmasdan sekin chaqirdi. Uydan g'ala-g'ovur ovozlar eshitilib turardi. Demak, uyda odam bor. Madina sekin darvozani ochib ichkariga kirdi. Endi uydagi ovozlar yanada tiniqroq eshitila boshladi. Ochiq turgan uy eshigidan ko'rgan manzarasi uni joyida qotirib qo'ydi... Davomi bor... https://t.me/+N0Ip_D_l7k0zY2Uy

"OTA" "Hayotiy hikoya" "Voy, dadam kelibdilar. Mayli, qizlar, men boraqolay", — dedi Dildora va mashinasida kutib turgan dadasi oldiga chopib ketdi. Ortidan havas bilan tikilib qolgan Madina ko'z yoshlarini ko'rsatmaslikka harakat qilib, dugonalari bilan xayrlashdi-da, uyi tomon yo'l oldi. Madinaning oilasi o'rtahol edi. Akasi, singlisi va onasi bilan shinamgina hovlida yashashardi. Otasi u 6 yoshligida avtohalokatda vafot etgan. Onasi juda oqila ayol edi. Farzandlarini halol rizq bilan boqib, chiroyli tarbiya berib ulg'aytirardi. Oilada ahillik, xushmuomalalik va mehr-muruvvat hukm surardi. Onasi oilada sog'lom muhitni yarata olgan edi. Balki shuning uchundir, Madina otasini juda sog'inardi. "Otam bo'lganlarida bunday qilardilar... Otam bo'lganlarida bunaqa bo'lardi..." deb har bir vaziyatda otasini tasavvur qilardi. Bir kuni sinfdoshi Nafisaga ham dardini aytib qoldi. — E, balki dadang yo'qligi sening omadingdir, — dedi Nafisa. Madina bundan juda hafa bo'ldi. — Nega unday deysan? Otasiz o'sishni sen bilmaysan-da, shuning uchun oson gapiryapsan. Dadam bo'lganlarida men ham erkalanib yurardim. Maktabdan olib ketardilar, aylantirib olib yurardilar. "Mening himoyachim bor", deb mag'rur yurardim. Kimdir meni xafa qilsa, qo'rqmay dadamga aytardim. Eh... otasizlik nima ekanini bilmaysan-da... Madina ko'zlari yoshga to'lib Nafisaga qaradi. Nafisaning ham ko'zlaridan yosh oqayotganini ko'rib hayron qoldi. — Sen nega yig'layapsan? Seni ayblamayapman, Nafisa. Faqat ichimdagi hislarimni aytdim, xolos. O'zingga olma. Nafisa ko'z yoshlarini artdi-da, sekin dedi: — Madina, sen dunyodagi hamma dadalar qiziga mehribon va himoyachi deb o'ylaysanmi? Madina nima deyishni bilmay og'zini juftlagancha qoldi. Nafisa esa javob kutmay tez-tez yurib ketdi. Madina uning ortidan uzoq qarab turdi. — Tavba... Men xafa bo'lishim kerak edi-ku. U nega yig'ladi ekan?.. Tushunmasdan hayrat ichida qoldi. Davomi bor...

15 ta reaksiya yig'ilsa tashiman. Ko'p so'ramadimku😁 tekin bo'lsa 😭

photo content

Ajoyib kanal tavsiyasi bilan keldim duganalar🤗