cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

𝙌𝙤𝙗𝙞𝙡𝙟𝙤𝙣 𝙎𝙝𝙚𝙧𝙢𝙖𝙩𝙤𝙫

𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺𝘂 𝗮𝗹𝗮𝘆𝗸𝘂𝗺! Bolalar yozuvchisi, shoiri, "Ilhom" davlat mukofoti sohibi, 2022-yilning yil kitobi (𝗕𝘂𝘃𝗮𝗺𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗼𝘀𝗵𝗾𝗼𝘇𝗼𝗻𝗶𝗱𝗮𝗴𝗶 𝗺𝗮𝗺𝗹𝗮𝗸𝗮𝘁) muallifi Qobiljon Shermatovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
327
مشترکین
-124 ساعت
+87 روز
+330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
🔖 **Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosida aʼzolik guvohnomalari topshirildi. Rais Sirojiddin Sayyid bilan. ** Surat muallifi: Ahmad Toʻra.
نمایش همه...
👍 13👏 2🎉 1
Moʻminlarning qobili, shoirlarni shoiri, Qobiljon ukajonimga tabrik sheʼr. Xush kelibsiz, ukajon, Yozuvchilar uyiga. Yutuq oʻssin, har qachon, Bolalardek, boʻyiga. Yozuvchilar safida Baland boʻlsin boʻyingiz. Yozuvchilar raisin, Joyi boʻlsin, joyingiz. Huddi, oʻz ismingizdek, Shoirlar qobilisiz. Bolalarga siz oʻrnak Asarlar sohibisiz. Gar bir ogʻiz gaplashsa, Hamma ham sexrlanar. Asaringiz oʻqisa, Har bola mehrlanar. Choʻqqilarni zabt etib, Nur tuting oʻgʻil qizga. Sharaf tojin ilohim Kiydiring otangizga. Farhod Muladjanov, 29.06.2024. @ShermatovQobiljon
نمایش همه...
👍 8🔥 4🥰 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Taniqli bolalar yozuvchisi Otabek akadan tabrik. Ixtiro qilib birdan, Oshqozonda mamlakat. Ogoh qilib har sirdan, O‘rnatdingiz adolat. Yaxshi yomon amalni, Tarozida tortdingiz. Alqissa tosh tamalni, Olovday yoritdingiz. Mana bugun zarb etib, Bolalarning gul dilin. Go‘zal qissalar bitib, Tushinib bulbul tilin. Uyushmaga a’zolik, Cho‘qqilardan oshmoqlik. Bolalardan rizolik, Bolalarday toshmoqlik. Bolalarga yozmoqchun, Ulg‘aymaydi ahdingiz. Go‘zal asar yozmoqchun, Porloq bo‘lsin baxtingiz Otabek Quvvat, Bolalar yozuvchisi. @ShermatovQobiljon
نمایش همه...
👍 4🔥 2🥰 2💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔖 Sevimli bolalar shoiri Xudoyberdi ustozdan ajoyib shoirona tabrik! Qutlug‘ bo‘lsin, Qobiljon, Uyushmaga a'zolik. Buyam katta e'tirof, Iftixorlik, e'zozlik. Nahotki, shu paytgacha Yurgandingiz chetda siz?! Jarima bor, bilasiz, Kimki bo‘lsa chiptasiz. Endi sizga jarima — Bitta chiroyli qissa. Bir tiyin so‘ramasdan, Mehnat qilish o‘n hissa. Xudoyberdi Komilov, bolalar shoiri. @ShermatovQobiljon
نمایش همه...
👍 7👏 2💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xushxabar!!! ♻️ Fargʻonalik Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari safi yana bitta asl ijodkorga  koʻpaydi. 📌 Yosh,  isteʼdodli ijodkor,  bolalar adabiyoti peshqadamlaridan biri, ijodiy ishlari  "Yil asari" boʻlgan,  "Ilhom" mukofoti sohibi Qobiljon Shermatov Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi!
Ushbu xushxabar fargʻona ijod ahliga muborak boʻlsin!
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi Telegram | Facebook | Instagram
نمایش همه...
🔥 12👍 5 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
GʻALATI KASHFIYOT Naq beshinchi sinfda Oʻquvchi Bunyod, Yasaganmish tanlovga Qiziq kashfiyot. Kashfiyoti — tovuqmish Boshi temirdan, Qolgan yeri tunuka, Koʻzi koʻmirdan. Hislatiki, don yemas, Ichmas ekan suv. Koʻzin yummay tonggacha Bilmasmish uyqu. Qizigʻi bu ixtiro Gapni uqarmish, Chapak chalsang, shu onda Tuxum tugʻarmish. Qiziqqanlar Bunyodni Borsa axtarib, Tovugʻiga shu yoʻsin Berarkan taʼrif: — Bunday tovuq yoʻq, doʻstlar, Marsda yo oyda, Sotib olgan shubhasiz Topibdi foyda! Agar harid qilsangiz, Qoʻyay-da aytib, Tagʻin boʻlib ovvora Kelmaysiz qaytib: Qaysarlanib tugʻmasa, Kirmasa gapga, Murvatini yaxshilab Buraysiz chapga. Maslahatim unutmang, Qarsak chalishni Va ichiga, albatta, Tuxum solishni! Qobiljon Shermatov @ShermatovQobiljon
نمایش همه...
🤩 10🔥 3🤗 2👍 1😎 1
00:30
Video unavailableShow in Telegram
🔖 Kitobxonlardan video maktub! Yuksalish liderlar akademiyasi oʻquvchilaridan ajoyib vidyo kelib tushdi. Eng sevgan kitoblari "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ekan! Ajoyib! Qobiljon Shermatov asarlari tobora xalqimiz yuragiga kirib bormoqda! @ShermatovQobiljon
نمایش همه...
3.81 MB
🔥 5🥰 3👍 1
🔖 Kitobxonlardan video maktub! Yuksalish liderlar akademiyasi oʻquvchilaridan ajoyib vidyo kelib tushdi. Eng sevgan kitoblari "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asari ekan! Ajoyib! Qobiljon Shermatov asarlari tobora xalqimiz yuragiga kirib bormoqda! @ShermatovQobiljon
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.