Kasaba_natlib
رفتن به کانال در Telegram
O'zbekiston Milliy kutubxonasi kasaba uyushmasi rasmiy telegram kanali kasaba uyushmasi raisi A blok, 305-xona Qabul kunlari: Dushanba, chorshanba, juma -14:00-17:00 Seyshanba, payshanba-10:00-13:00
نمایش بیشتر205
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
-830 روز
آرشیو پست ها
Hurmatli Hafiza Yusufovna! Tug'ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga sog‘lik salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat tilaymiz! Barcha orzu-niyatlaringiz ro‘yobga oshishiga tilakdoshmiz. Tirishqoqlik, shijoat, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlaringiz aslo sizni tark etmasin. Farzandlaringiz baxtu kamolini koʻrib yuring.Dunyodagi jamiki yuksak istaklarni tilab qolamiz!🎊🎉
+5
#jarayon Milliy kutubxonaning katta oilasi tomonidan tayyorlanayotgan sumalak doshqozonda qaynamoqda. Bu yil Navroʻz ayyomi ramazonga toʻgʻri kelganligi sababli, jamoani bir joyda jamlash imkoni yoʻq boʻlsa-da, mehr bilan tayyorlangan sumalak tayyor boʻlishi bilan katta oilamizning barcha vakillariga birdek yetkaziladi🤗
💐
Hurmatli Dildoraxon Abdumutalipovna! Sizni jamoamiz nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz!👏Sizga mustahkam sog‘lik, kelgusi ishlaringizda kattadan-katta muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz! Namunali xulqingiz va mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlaringiz bilan bundan buyon ham jamoamiz ishchi-xizmatchilari diqqat markazida qolishingizga tilakdoshmiz! 🎉Tug‘ilgan kuningiz bilan!🎉🎂🎁🎈🥳
Hurmatli Asror Baxrom o'g'li! Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Sizga sog'lik, hotirjamlik, baxt va omad hamisha yo'ldosh bo'lsin.Barcha rejalaringiz, eng ezgu orzularingiz amalga oshsin. Kelgusi ishlaringizda kattadan-katta muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz🥳🎊
📢O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 19-martdagi 01-01/7-2655-sonli xatida ko‘rsatilgan “Yer vaqti (kuni)” va “Sayyoramiz soati” aksiyasida ishtirok etish maqsadida, O'zbekiston Milliy kutubxonasida bugun
✅27-mart kuni soat 10 00 dan 11 00 gacha “Yer vaqti ” o'tkaziladi. Bir soatga elektr energiyasini o'chirib aksiyada faol ishtirok etishingizni so'raymiz.
+7
#jarayon Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika yigʻma elektron katalog markazi rahbar va mutaxassislari uchun Yuristlar malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha" malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʼtmoqda. Uch kun davomida institutning yetakchi professor oʻqituvchilari tomonidan "Muallifning shaxsiy huquqlari tizimi va himoyasi", "Mualliflik huquqi va shartnoma shartlari", "Turdosh huquqlar va ularning vujudga kelishi, obʼektlar va huquqiy muhofazasi" kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. Kursni bitirgan tinglovchilarga tegishli namunadagi sertifikat taqdim etiladi.
Repost from Kasaba_natlib
Hurmatli Farida Akbar qizi!Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Barcha ezgu orzu-istaklaringiz roʻyobga chiqsin! Xayotda muvaffaqqiyat bilan maqsad sari olgʻa intiling! Yanada koʻproq yutuqlarga erishish baxti nasib etsin! Omad, quvonch va baraka doimo yo‘ldosh bo‘lsin. Hamisha quvnoq, omadli va jozibali bo'ling! 🎉🌺🎉
Hurmatli Navro'z Xushmurotovich!Tug'ilgan kuningiz muborak bo’lsin, eng muhimi- sog'liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat aslo Sizni tark etmasin!💪🥳 Yangi cho'qqilarni zabt etishingizda muvaffaqiyat yor bo’lishini va barcha maqsadlaringiz amalga oshishini tilaymiz. Jamoamizdagi alohida tutgan o‘rningiz yo‘qolmasin! Omad hamisha Sizga yo‘ldosh bo‘lsin! 🎉🎁🎉
Hurmatli Umida Alimdjanovna! Sizni tavallud ayyomingiz bilan Milliy kutubxona jamoasi hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi nomidan chin dildan tabriklaymiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab qolamiz. Kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyat tilagan holda barcha oldingizdagi rejalashtirgan niyat-maqsadlaringizni dadil qadamlar bilan amalga oshirishingizga tilakdoshmiz! Kutubxonalar rivoji uchun qilayotgan mehnatlaringiz ijobiy samarasini beribgina qolmay, bu mehnat-mashaqqatlarning qadr-qimmati munosib baholanishiga tilakdoshmiz! Shijoatingizga hech qachon ko'z tegmasin, oilangiz bilan tinch totuv, sog'lik salomatlikda go'zal hayot gashtini surib yashang💐🌷
Hurmatli Gulbahor Tulkunovna!Tugʼilgan kuningiz muborak boʻlsin. Mustaxkam so'g'liq, baxt va omad doimiy hamrohingiz bo'lsin. Xonadoningizda tinchlik, farovonlik va hamjihatlik hukm sursin. Farzandlaringiz oʼzingiz istaganingizdek komil insonlar boʻlib voyaga yetib, kelajakda ota-onasiga faqat rahmat keltiradigan insonlar qatorida boʻlishsin. Barcha rejalaringiz, eng ezgu orzularingiz amalga oshsin. 🎁💐🎁
Qadrli Milliy kutubxona jamoasi! Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin!🌺🌹💐
+8
✅Kutubxonamizda Milliy liboslar kuni ...
Atlas ko'ylak kiyib olsa bir bor qarang,
Uzun kokil sochlaridan hamma garang,
Otabekni Majnun qilgan shirin so'zlar
Bizning Kumush, o'sha sodda o'zbek qizlar.
Kichiklarni siz-siz deya sizlaguvchi,
Begonani o'g'lim deya asraguvchi.
To'lin oydir,maftun bo'lgan ul yulduzlar,
Bizning Zebo, mehridaryo O'zbek qizlar.
+4
✅Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijtimoiy himoya” reestiri "Ayollar daftari", "Temir daftar"da ro'yxatga olingan xodimlar uchun Navro'z bayrami arafasida Ramazon bokslar taqdim etildi.
📣Hurmatli Milliy kutubxona jamoasi!
🗓Ertaga 19-mart kuni kutubxonamizda Milliy liboslar chellenj o'tkaziladi. Sizlardan, milliy liboslarda kelib, chellenjda faol ishtirok etishingizni so'raymiz.
+4
✅ Milliy kutubxonaning bir guruh vakillari Toshkent fotosur'atlar uyida tashkil etilgan "Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z" deb nomlangan Respublika foto ko'rgzmasida ishtirok etishdi. Ko'rgzmadan o'rin olgan fotosur'atlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
+5
O'zbekiston Milliy kutubxonasi kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan kutubxonaning -1 , -2-qavatida hamda nodir nashrlar bilan ishlayotgan xodimlariga sut, qatiq mahsulotlari tarqatildi.
Наша Очеравательная Асал Алимовна!
В этот прекрасный день желаем всегда оставаться такой яркой, положительной, жизнерадостной, энергичной и веселой! Пусть во всех начинаниях и повседневных делах вам сопутствует удача, дом будет наполнен радостным смехом близких, пусть будет крепким здоровье и не заканчивается благополучие! С Днем рождения!🎁🎉
Hurmatli Zuxra Sayidvaliyevna! Tugʼilgan kuningiz muborak boʻlsin. Mustaxkam so'g'liq, baxt va omad doimiy hamrohingiz bo'lsin. Xonadoningizda tinchlik, farovonlik va hamjihatlik hukm sursin. Farzandingiz oʼzingiz istaganingizdek komil inson boʻlib voyaga yetib, kelajakda ota-onasiga faqat rahmat keltiradigan insonlar qatorida boʻlsin. Barcha rejalaringiz, eng ezgu orzularingiz amalga oshsin. 🌺💐🎁
Hurmatli Fotima Saydvaliyevna!Tugʼilgan kuningiz muborak boʻlsin. Mustaxkam so'g'liq, baxt va omad doimiy hamrohingiz bo'lsin. Xonadoningizda tinchlik, farovonlik va hamjihatlik hukm sursin. Farzandlaringiz oʼzingiz istaganingizdek komil insonlar boʻlib voyaga yetib, kelajakda ota-onasiga faqat rahmat keltiradigan insonlar qatorida boʻlishsin. Barcha rejalaringiz, eng ezgu orzularingiz amalga oshsin. 🎁💐🎁
