cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktab

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: +998915626055 +998914608483

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
690
مشترکین
-124 ساعت
-27 روز
+2230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

02:07
Video unavailableShow in Telegram
Болаларни вақт эмас, муомала улғайтиради... Исталган рус миллатига мансуб 7-8 ёшли болага микрафон тутинг, “бидирлаб” гапиради. Ўзбек боласи эса иккиланади, уялади, истиҳола қилади. Бунга асосий сабаб, катталарнинг уларга бўлган муносабати, деб биламан... https://t.me/GuzorMMTByoshlari
نمایش همه...
8.39 MB
👍 3🔥 3
Repost from Osmondagi bolalar
01:08
Video unavailableShow in Telegram
Bolam uchun kitob o'qiyman! "Abadiyat" loyihasining navbatdagi soni girgittonlar ya'ni ofitsiant ayollar bilan bo'lib o'tdi. Qatnashchilarning ta'kidlashicha kitob o'qish uchun hech qachon kech bo'lmaydi. Hozir kitob o'qimayotgan odamlar barchasi fikrlashdan to'xtab qoladilar. O'ziga xos qizg'in kechgan navbatdagi sonda "Savdogarlar ustozi" kitobi muhokama qilindi. Videoni quyidagi havola orqali tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/z2JSpTXCR80
نمایش همه...
0711(Android).mp45.10 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 ❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: ➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; ➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; ➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 7
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
نمایش همه...
👍 1
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak, – Prezident maktablariga 62 062 nafar; – Ijod maktablariga 5 512 nafar; – Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;. – Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi. Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman! Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 7
01:47
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | "Yangi O‘zbekiston" universitetiga kirish imtihoni o‘tkazildi #uzbekiston24 00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Yangi.mp441.43 MB
👍 2
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi. 📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta; 📍Andijon viloyatiga 6 844 ta; 📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta; 📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta; 📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta; 📍Namangan viloyatiga 5 406 ta; 📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta; 📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta; 📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta; 📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta; 📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta; 📍Toshkent shahriga 3 753 ta; 📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta; 📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 5
01:21
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari #6july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
نمایش همه...
4.mp433.33 MB
#Qarshi_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 🔴Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda — Qarshi shahridagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi maneji Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh pedagog-xodimlari kirish imtihonlariga jalb etilganlar. Sinov jarayonlari 3 smenada - 08:00, 12:00 va 17:00 da tashkil etilgan. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 6-iyul sanasiga qadar davom etadi. 📲Bizni kuzatib boring:https://t.me/ptmaQarshituman
نمایش همه...
👍 9
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.