cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

MUBORAK TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
363
مشترکین
+224 ساعت
+107 روز
+5530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#New_Uzbekistan_university ⚡️Xitoy madaniyati kuni oʻtkazildi Agentlik tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida talabalarni Xitoy madaniyati bilan tanishtirsh va oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida madaniyat kuni oʻtkazildi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Yuy Szyun ishtirok etdi. Xitoy madaniyati kuni doirasida turli madaniy chiqishlar, milliy san’at asarlari koʻrgazmasi va taqdimotlar namoyish etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
#Ochiq_eshiklar_kuni #Qabul_2024 #Prezident_maktablari ⚡️Agentligimiz tizimidagi barcha Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi. Mazkur tadbirlar doirasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va ota-onalar Prezident maktablarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumotlar berildi, maktablarimizdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimotlar qilindi. O‘quvchilarimizning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlari boʻyicha koʻrgazmalar oʻtkazildi. Prezident maktablarida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlaridan suratlar. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi? ➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda; ➖ Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda; ➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda; ➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda; ➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas; ➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa. ☎️ Call-markaz: 1206 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
15:05
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 #OAV_biz_haqimizda AOKA | Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjatlar qabuli bilan bog'liq jarayonlar #uzbekiston Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! 📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda. 🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz. 🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin. 🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI 📝 IJOD MAKTABLARI 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
01:35
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 ❗️MUBORAK TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA 2024-2025-O'QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI! ⚡️ Hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 🗂 Talabgor (o'quvchi) ning: ➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumoti va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ✅ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga O'tgan o'quv yili davomida yuzaga kelgan bo'sh o'rinlar uchun ham quyidagi sinflarga arizalar qabul qilinadi: ➖6-sinf aniq fanlar yo'nalishiga; ➖7-sinf aniq fanlar yo'nalishiga; ➖8-sinf aniq va tabiiy fanlar yo'nalishiga; ➖9-sinf aniq va tabiiy fanlar yo'nalishiga; ➖10-sinf aniq va tabiiy fanlar yo'nalishiga; ☎️ Murojaat uchun: +998 99 968 49 12; +99899 660 21 06 https://t.me/muboraktumanixtisoslashganmaktab
نمایش همه...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! 📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda. 🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz. 🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin. 🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI 📝 IJOD MAKTABLARI 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1
#Taqdirlash_marosimi Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻquvchilarimiz 30 ta medalni qoʻlga kiritdi ✅ Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi. ➖ 14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi. ⚡️ Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi. Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan: ➖ 10 nafar ishtirokchi — oltin medal; ➖ 19 nafar ishtirokchi — kumush medal; ➖ 26 nafar ishtirokchi — bronza medallari bilan taqdirlandi. ❗️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi. 👉 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
نمایش همه...
04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
نمایش همه...
👍 1