Pulli Gap
کانال بسته
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap
نمایش بیشتر34 598
مشترکین
-5924 ساعت
-2427 روز
-1 29130 روز
آرشیو پست ها
34 632
Repost from Agrobank
Har bir orzuga eltuvchi yo‘lning o‘z sinovlari bor
📗 Ba’zan xatolar, ba’zan omadsizliklar, ba’zan esa hammasi tugagandek tuyuladigan lahzalar…
Ammo aynan shunday paytlarda inson o‘zida yana bir bor oldinga qadam tashlashga kuch topadi. 💪
Katta natijalar bir kunda emas, qat’iyat, ishonch va doimiy harakat orqali yaratiladi. 🏆
O‘sish esa har doim birinchi qadamdan boshlanadi.
Har kim o‘sishga qodir.
Agrobank 💚
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati translyatsiyasining bosh homiysi ⚽️
34 632
🥇 Olimpiada o'yinlarida medallar davlat budjetiga, ya'ni soliq to‘lovchilar mablag‘lariga qanchaga tushishini bilasizmi?
🎥 Yangi videomizda: bitta medalning o‘rtacha narxi, sportchilarga berilgan pul mukofotlari, avtomobillar va boshqa sovg‘alar, bu xarajatlarning soliq to‘lovchilarga ta'siri hamda boshqa davlatlar bilan taqqoslash haqida so‘z yuritamiz.
👉 Videoni tomosha qiling va mavzu bo‘yicha fikringizni izohlarda qoldiring. Sizningcha, bunday xarajatlar o‘zini oqlaydimi? 🤔
https://youtu.be/ZaGKcRcjQS8?si=LrUUSvBJLHUCN706
34 632
Reklama qurboniga aylanmang! 📢
“Faqat bugun!”, “Oxirgi imkoniyat!”, “50% chegirma!” kabi yozuvlarni ko‘rib, shoshilib xarid qilganmisiz?
Reklama bizni xarid qilishga undashi tabiiy. Ammo har bir taklif ham sizga haqiqatan kerak degani emas.
💡 Moliyaviy savodxonlik — reklamalarga ishonmaslik emas, balki ongli tanlov qilishdir.
Esda tuting: eng yaxshi chegirma — kerak bo‘lmagan narsani sotib olmaslik💡
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
🕯 Foiz stavkasi nima va u qanday hisoblanadi?
Kredit olish oson. Lekin uni tushunmasdan olish — qimmatga tushishi mumkin. Eng ko‘p xatolar aynan bitta joyda qilinadi: odamlar foiz stavkasini ko‘radi, lekin u qanday ishlashini tushunmaydi. Natijada esa qayerdandir ortiqcha to‘lovlar ham paydo bo'ladi.
Keling, buni to‘liqroq ko‘rib chiqamiz.
😊Xo'sh, foiz stavkasi aslida nima?
Foiz stavkasi — bu bankdan olgan pulingiz uchun to‘lov. Buni ijara bilan solishtirish mumkin: siz pulni “ijaraga olasiz” va buning uchun haq to‘laysiz.
Muhim jihati stavka har doim yillik bo‘ladi, ya’ni 24% degani — bu 1 yil uchun, bir oyga emas. Ko‘pchilik aynan shu yerda adashadi va kreditni noto‘g‘ri baholaydi.
📈Foiz nimadan hisoblanadi?
Bank foizni boshlang‘ich summadan emas, qolgan qarzdan hisoblaydi. Bu esa albatta siz uchun yaxshi. Chunki, qarzni kamaytirasiz - foiz ham kamayadi, tezroq to‘laysiz - kamroq ortiqcha pul ketadi.
🔍Keling, misol bilan ko'rib chiqamiz: 1mln so'm kredit oldingiz deylik.
Kredit: 1 000 000 so‘m
Yillik stavka: 22%
Birinchi oy uchun foizni hisoblaymiz: 1000000×0.22/12
Taxminan: 18 300 so‘m
Endi eng muhimi agar siz darhol 400 000 so‘mni qaytarsangiz, qarzingiz 600 000 so‘m qoladi
Keyingi oy foiz: 6000000×0.22/12
Taxminan 11 000 so‘mni tashkil etyapti.
Farqni ko‘ryapsizmi? Siz qarzni kamaytirib har oy kamroq foiz to‘lay boshlaysiz.
❓Nega ko‘pchilik baribir ko‘p to‘laydi?
Chunki ular ko'pincha “Oylik to‘lov qancha?” deb shunga qaraydi, aslida “Umumiy qancha ortiqcha to‘layman?” deb so'ralishi kerak. Bu esa bank uchun qulay, siz uchun esa qimmat variant.
Foiz stavkasi — bu shunchaki raqam emas. Bu siz qancha ortiqcha pul to‘lashingizni belgilaydigan mexanizm. Shuni doimo yodda tuting.
Bu postni ko'p kredit oladigan do'stingizga jo'natib qo'ying 😉
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
Repost from Agrobank
Yana bir muhim marra zabt etildi!
📗 Tijorat banklari orasida Agrobank YouTube’ning “Silver Play Button” mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi bank bo’ldi.
📹 Youtube platformasida 100 000 dan ortiq obunachi — bu bizga bildirilgan ishonch va birgalikdagi mehnat natijasidir. Agrobank uchun bu faqat raqam emas, balki mijozlarimiz va jamoamiz bilan qurilgan katta hamjamiyat ifodasidir.
🙏 Bizni kuzatib, qo‘llab-quvvatlayotgan barcha obunachilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Birgalikda yanada katta yutuqlarga erishamiz!
📹 YouTube 📱 Instagram 🕸Sayt
34 632
❗️Bugun barcha xodimlar ishidan 1 soat oldinroq ketishi kerak
Ertaga Qurbon hayiti — ishlanmaydigan rasmiy dam olish kuni hisoblanadi.
Shu sabab, bugun Mehnat kodeksiga asosan ish vaqti kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ya’ni, tashkilot yoki korxonada ishlovchi har bir xodim bugun odatdagidan ertaroq uyiga qaytish huquqiga ega 🙂
Hamkasblaringizga bu videoni jo'natib qo'ying 🚀
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
3 ta odat va siz har oy pul yig‘a boshlaysiz
Ko‘pchilik “ko‘proq pul topishim kerak” deb o‘ylaydi. Lekin aslida pul yig‘ish daromaddan emas, shunchaki odatlardan boshlanadi.
✔️Agar quyidagi 3 ta oddiy odatni hayotingizga qo‘shsangiz, oy oxirida pulim qayerga ketti degan savolingiz yo'qolishi aniq.
1️⃣ “Avval o‘zingga to‘la” qoidasi
Odatda biz nima qilamiz? Oyligimiz tushadi, darhol xarajat qilamiz, agar ortib qolsa, yig‘amiz.
Aksincha, oylik tushishi bilan darhol 10–20% pulingizni alohida ajrating.
Bu pul — sizniki. Uni sarflash emas, yig‘ish uchun ajratyapsiz.
💛Layfhak: Alohida karta yoki hisob ochib, o‘sha pulga tegmang. Shunda u “ko‘rinmaydi” va sarflanmaydi.
2️⃣ Har bir xarajatni sezish odati
Pul eng ko‘p ketayotgan joy — bu albatta mayda xarajatlar: bu qahva, taksi, “kichkina” buyumlar bo'lishi mumkin.
Bir qarashda arzimagan puldek, lekin oy davomida katta summa bo‘ladi.
💛Layfhak: 3–5 kun davomida barcha xarajatlaringizni yozib boring. Shunda o‘zingiz ham hayron qolasiz: pulingiz qayerga ketayotganini yaqqol ko‘rasiz.
Natijada esa keraksiz xarajatlarni avtomatik kamaytirasiz.
3️⃣ Rejasiz xaridni 24 soatga kechiktirish
Ko‘p pul impulsiv xaridlarga ketadi: “yoqib qoldi — oldim”.
Oddiy qoidani unutmang: agar narsa hayotiy zarur bo‘lmasa — 24 soat kuting.
Ko‘pincha shu vaqt ichida olish istagi yo‘qoladi.
Natijada keraksiz narsalarga pulingiz ketmaydi, aksincha sizda qoladi.
💛 Shuni yodda saqlang: pul yig‘ish uchun katta daromad shart emas. To‘g‘ri odatlarning o'zi yetarli.
Shunda siz asta-sekin emas, aniq pul yig‘ishni boshlaysiz
Xo'sh, boshlab ko'rasizmi?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
🛍 Kreditda qanday qilib kamroq foiz to‘lash mumkin?
Kredit olgandan keyin ko'pchilik “Qanday qilib kamroq to‘layman?” deb o'ylashi tabiiy. Foiz stavkasi berilgan, endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydigandek tuyiladi.
Aslida esa o'zgartirish mumkin. Va juda sezilarli darajada. Bu yerda hech qanday murakkab layfhaklar yo‘q. Lekin ishlaydigan, real strategiyalar bor.
1️⃣ Qarzni imkon qadar tez kamaytiring
Kreditdagi eng muhim qoida oddiy: foiz har doim qolgan qarzdan hisoblanadi
Demak:
*️⃣qarz katta bo'lsa → foiz ham katta
*️⃣qarz kichik bo'lsa → foiz ham kichik
Shu sababdan har qanday qo‘shimcha to‘lov sizga ikki marta foyda beradi:
1- asosiy qarzni kamaytiradi
2- keyingi oy to'laydigan foizini pasaytiradi
Bu kichikdek ko‘rinadi, lekin uzoq muddatda katta farq qiladi.
2️⃣ Minimal to‘lov bilan cheklanib qolmang
Minimal to‘lov — bu sizni “kechiktirib yashash” rejimida ushlab turadi. Bank uchun bu qulay: siz uzoqroq va albatta ko‘proq foiz to‘laysiz. Siz uchun esa bu eng qimmat yo‘l. Minimal to‘lov kreditni yopmaydi — uni faqat cho‘zadi. Agar imkon bo‘lsa, har oy ozgina bo‘lsa ham ko‘proq to‘lashga harakat qiling — eng to‘g‘ri qaror shu bo'ladi.
3️⃣ Erta yopishdan qo‘rqmang
Amalda ko‘p kreditlarda muddatidan oldin yopish mumkin, ba’zilarida hatto bu rag‘batlantirilishi ham mumkin.
Lekin bitta qoida bor: shartnomani doim tekshiring! Agar jarima yo‘q bo‘lsa — erta yopish sizning eng katta yutug‘ingiz bo‘ladi. Chunki siz foiz to‘lashni tezroq to‘xtatasiz.
Kreditdagi foiz — bu o‘zgarmaydigan narsa emas. Siz unga ta’sir qila olasiz.
‼️ Yodda tuting:
➖Foiz stavkasi yillik ko‘rsatkich
➖Foizlar har doim qolgan qarzdan hisoblanadi
➖Qarzni tezroq yopish — bu real tejash
➖Kredit narxi iqtisodiyotga bog‘liq
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
🚻 Jamoat hojatxonasi — oddiy joy emas. U orqali jamiyat madaniyati, xizmat sifati va odamlarning umumiy munosabatini ham bilsa bo‘ladi.
Nega ayrim davlatlarda jamoat hojatxonalari qulay va toza, boshqalarida esa umuman kirging kelmaydi? O‘zbekistonda bu masalada vaziyat qanday?
Shu mavzuni yangi videomizda ko‘tardik 👀
Videoni tomosha qiling va fikringizni yozib qoldiring ✍️
📌 “Pulli Gap”ga obuna bo‘ling — oldinda yana ko‘plab qiziqarli va foydali mavzular bor!
https://youtu.be/fXulQaG0siY?si=q18RqGr_Xb86OHBb
34 632
3 ta odat va siz har oy pul yig‘a boshlaysiz
Ko‘pchilik “ko‘proq pul topishim kerak” deb o‘ylaydi. Lekin aslida pul yig‘ish daromaddan emas, shunchaki odatlardan boshlanadi.
✔️Agar quyidagi 3 ta oddiy odatni hayotingizga qo‘shsangiz, oy oxirida pulim qayerga ketti degan savolingiz yo'qolishi aniq.
1️⃣ “Avval o‘zingga to‘la” qoidasi
Odatda biz nima qilamiz? Oyligimiz tushadi, darhol xarajat qilamiz, agar ortib qolsa, yig‘amiz.
Aksincha, oylik tushishi bilan darhol 10–20% pulingizni alohida ajrating.
Bu pul — sizniki. Uni sarflash emas, yig‘ish uchun ajratyapsiz.
💛Layfhak: Alohida karta yoki hisob ochib, o‘sha pulga tegmang. Shunda u “ko‘rinmaydi” va sarflanmaydi.
2️⃣ Har bir xarajatni sezish odati
Pul eng ko‘p ketayotgan joy — bu albatta mayda xarajatlar: bu qahva, taksi, “kichkina” buyumlar bo'lishi mumkin.
Bir qarashda arzimagan puldek, lekin oy davomida katta summa bo‘ladi.
💛Layfhak: 3–5 kun davomida barcha xarajatlaringizni yozib boring. Shunda o‘zingiz ham hayron qolasiz: pulingiz qayerga ketayotganini yaqqol ko‘rasiz.
Natijada esa keraksiz xarajatlarni avtomatik kamaytirasiz.
3️⃣ Rejasiz xaridni 24 soatga kechiktirish
Ko‘p pul impulsiv xaridlarga ketadi: “yoqib qoldi — oldim”.
Oddiy qoidani unutmang: agar narsa hayotiy zarur bo‘lmasa — 24 soat kuting.
Ko‘pincha shu vaqt ichida olish istagi yo‘qoladi.
Natijada keraksiz narsalarga pulingiz ketmaydi, aksincha sizda qoladi.
💛 Shuni yodda saqlang: pul yig‘ish uchun katta daromad shart emas. To‘g‘ri odatlarning o'zi yetarli.
Shunda siz asta-sekin emas, aniq pul yig‘ishni boshlaysiz
Xo'sh, boshlab ko'rasizmi?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
⚠️ Soxta akkauntlarga aldanmang!
Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qo‘mitasi nomidan feyk xabarlar tarqatilayotgani haqida rasmiy ogohlantirish berildi.
Firibgarlar rasmiy FISh, rasm va logotiplardan foydalanishi mumkin.
Yodda tuting:
❌ Shaxsiy ma’lumotlaringizni yubormang
❌ Havolalarni bosmang
❌ Kod va karta ma’lumotlarini bermang
🎥 Batafsil videoda tomosha qiling
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
💳Muzlatish yoki bloklash: farqi nimada?
Kartani muzlatish va bloklash ko‘pincha bir xil narsadek tuyuladi, lekin aslida ular ikki xil vaziyat uchun ishlatiladi va natijasi ham turlicha bo‘ladi.
Keling, bu atamalarni ko'rib chiqamiz.
➡️ Kartani muzlatish — bu vaqtinchalik to‘xtatish. Ya’ni karta ishlamay qoladi: u bilan to‘lov qilish ham, pul yechish ham mumkin bo‘lmaydi. Lekin muhim jihati shundaki, karta ham, hisob ham o‘chmaydi va saqlanib qoladi. Istalgan payt uni ilova orqali yana yoqib yuborish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun bu variant odatda “hozircha ishlatmay turaman, keyin yana kerak bo‘lishi mumkin” degan holatlarda tanlanadi.
Masalan, karta qayerdadir yo‘qolgan bo‘lsa, lekin uyda ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsa yoki vaqtincha xavfsizlik uchun uni ishlatishni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, muzlatish qulay yechim bo‘ladi.
➡️ Kartani bloklash esa jiddiyroq qaror. Bu holatda karta butunlay yopiladi va odatda uni qayta tiklab bo‘lmaydi. Ya’ni eski kartadan foydalanish imkoni qolmaydi va yangi karta chiqarishga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, undagi pul yo‘qolib ketmaydi — u saqlanadi va yangi kartaga o‘tkaziladi.
Bloklash ko‘pincha xavfsizlik sababli qilinadi: karta yo‘qolib qolsa, begona odam qo‘liga tushishi mumkin bo‘lsa yoki karta ma’lumotlari (raqam, CVV) kimdadir borligiga shubha bo‘lsa, uni darhol bloklash kerak bo‘ladi.
📗 Masalan, "Agrobank mobile" ilovasida karta sozlamalari ichida "Kartani bloklash" tugmasi mavjud. Bankka borish shart emas, ilovani o'zidan kartangizga oson bloklashingiz mumkin.
Oddiy qilib aytganda, muzlatish — bu vaqtinchalik pauza, bloklash esa kartani butunlay almashtirishga olib keladigan qaror.
✔️ Muzlatish xavfsizlik yoki vaqtinchalik ehtiyot chorasi sifatida ishlatiladi, bloklash esa karta endi xavfsiz emas yoki undan foydalanish kerak emas degan vaziyatlarda qo‘llanadi.
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
❗️086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani endi onlayn olish mumkin
Avvallari bu hujjatni olish uchun shifoxonaga bir necha marta borish, navbat kutish va hujjatni qo‘lda olish kerak edi.
Endi esa jarayon ancha osonlashdi — hujjatni uyda o‘tirib yuklab olishingiz mumkin.
Qanday qilib onlayn olasiz?
1️⃣my.gov.uz portaliga kiring
2️⃣ Shaxsiy kabinetingizga login va parol orqali kiring
3️⃣ “Sog‘liqni saqlash” bo‘limini tanlang
4️⃣ “086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma olish” xizmatini oching
5️⃣ Tayyor bo‘lgan hujjatni yuklab oling yoki saqlab qo‘ying
📌 Unutmang: Onlayn yuklab olish — bu oxirgi bosqich. Ya’ni siz avval tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tishingiz kerak, shifokorlar xulosasi elektron tizimga kiritiladi, shundan keyingina ma’lumotnoma portalda paydo bo‘ladi
💸 Xizmat mutlaqo bepul. Hech qanday qo‘shimcha hujjat talab qilinmaydi, navbat kutish shart emas, hujjatni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin
Shunday xizmatlar kundalik hayotni ancha yengillashtiryapti. Qo'shilasizmi?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
🚘 Elektr avtomobillar uchun zaryadlash — 300 so‘mdan
O‘zbekistonda elektr avtomobil egalari uchun yangi imtiyoz joriy etildi.
🗓 1-maydan boshlab davlat elektr avtomobillarni zaryadlash xarajatlarini subsidiyalashni boshladi. Endi haydovchilar qaysi zaryadlash stansiyasidan foydalanishidan qat’i nazar, 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun atigi 300 so‘m to‘laydi. Qolgan qismi esa davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
✅ Ushbu tashabbus ekologik toza transportni rivojlantirish va elektr avtomobillardan foydalanishni yanada arzonlashtirishga qaratilgan. Yangi tartib elektr mashinalarni nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham foydali tanlovga aylantiradi.
🚕 Elektr taksi xizmatlari uchun ham qo‘shimcha yengilliklar mavjud. Joriy yil mart oyidan boshlab ularga davlat avtoturargohlarida, shuningdek, vokzal va aeroport hududlarida 30 daqiqagacha bepul to‘xtash imkoniyati berildi. Bundan tashqari, bunday transport vositalari uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha 10% chegirma ham joriy etilgan.
Bu kabi qo‘llab-quvvatlash choralari mamlakatda elektr transportga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va uning ommalashishini tezlashtiradi.
🔤Siz nima deb o'ylaysiz?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
Tilanchilik — ehtiyojmi yoki tizim?
Bugun ko‘chada ko‘rganingiz — oddiy holat emas.Tilanchilik ortida qanday haqiqatlar yashiringanini bilasizmi?
Videoni tomosha qiling va xulosa qilish o'zingizdan
Link 👉 https://youtu.be/K42s01xLX0g?si=34GUZ3GGa8y7D995
34 632
🔍 Toshkentda o‘rtacha oylik yetadimi?
Toshkentda o‘rtacha ish haqi 11,6 mln so‘mga yetgani aytilmoqda. Qog‘ozda bu yaxshi ko‘rinadi. Lekin real hayotda bu pul qancha narsaga yetadi? Keling, oddiy misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
🏠 Yashash xarajatlari
Agar siz ijarada tursangiz: 1 xonali kvartira oyiga: 3-5 mln so‘m
Kommunal to‘lovlar: 500 ming-1 mln so‘m atrofida
Jami: 4-6 mln so‘m
🍽 Oziq-ovqat
O‘rtacha bir kishi uchun bozor + supermarket: 2-3 mln so‘m
Agar tez-tez tashqarida ovqatlansangiz, bu xarajat yanada oshadi.
🚕 Transport
Taksi/yo‘l xarajatlari: 500 ming – 1 mln so‘m
📱 Qo‘shimcha xarajatlar
*️⃣Internet, aloqa: 200-300 ming
*️⃣Kiyim-kechak, dorilar, mayda-chuyda: 500 ming-1 mln
Shunda, bitta odam uchun minimal xarajat: 7-10 mln so‘mni tashkil etmoqda.
🤔 Demak bu pul shunda yetadimi?
Agar yolg‘iz yashasangiz – ha, yetadi, lekin katta jamg‘arma qilish qiyin.
Agar oilangiz bilan yashasangiz – yetmasligi mumkin
Agar ijarada turmasangiz, o'z uyingiz bo‘lsa – ancha yengil bo‘ladi
O‘rtacha 11,6 mln — bu hammaning oladigan oyligi emas. Kimdir 20 mln oladi, kimdir 4 mln. Shu sababli ko‘pchilik real hayotda “o‘rtacha oylik yetmaydi” deb his qiladi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, Toshkentda 11–12 mln so‘m yashash uchun yetadi, lekin “erkin yashash” va katta maqsadlar uchun kamlik qiladi.
Yana qanday xarajatlaringiz bor?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
🔤 Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 11 mln so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda rasmiy o‘rtacha ish haqi 6,8 mln so‘mga yetdi, Toshkentda esa 11,6 mln so‘mdan oshdi.
🚀Eng yuqori daromad bank va moliya sohasida ishlovchilarga to‘g‘ri keladi — o‘rtacha 18,5 mln so‘m atrofida.
⚖️Eng past ish haqlari tibbiyot va ijtimoiy sohada qayd etilgan — taxminan 4,1 mln so‘m. Ta’lim sohasida daromad biroz yuqoriroq: o‘qituvchilar o‘rtacha 4,6 mln so‘m oladi.
Raqamlar o‘syapti. Lekin hamma uchun bir xil emas. Bu esa bir muhim savolni o‘rtaga qo‘yadi:
Qadr eng ko‘p qayerda, maosh esa qayerda? 🤔
Iqtisod o‘smoqda, ammo inson kapitali qay darajada baholanmoqda?
💬 Sizning fikringiz qanday: qaysi sohada maoshlar adolatsiz darajada past?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
💸 Nega siz ko‘p ishlaysiz, lekin pul yo‘q?
Ko‘pchilik shunday holat: “Men juda ko‘p ishlayman, lekin baribir pulim yo‘q”
Avvalo, tinchlaning. Bu muammo faqat sizda emas. Bu — juda keng tarqalgan holat. Eng qizig‘i esa muammo ko‘p ishlashda ham emas.
Keling, buni chuntirishga harakat qilamiz. Muammo — qanday ishlayotganingizda va pulni qanday boshqarayotganingizda bo'lishi mumkinligini o'ylab ko'rganmisiz.
Endi esa asosiy sabablarni ko‘rib chiqamiz.
1️⃣ Siz vaqtni pulga almashtiryapsiz
Agar siz oylik ishda ishlasangiz
yoki kunlik haq bilan yashasangiz, demak sizning daromadingiz vaqtingiz bilan cheklangan.
Bir kunda 24 soat bor — siz bundan ko‘proq ishlay olmaysiz. Bu degani daromadingiz ham cheklangan.
✔️Yechimi bor: Qo‘shimcha daromad manbai yaratishingiz kerak. Onlayn xizmat, savdo yoki kichik biznes boshlash mumkin. Xullas, pul sizsiz ham ishlaydigan tizim yarating
2️⃣ Pul keladi, lekin darhol chiqib ketadi
Siz pul topasiz… Lekin oziq-ovqat, taksi, mayda xarajatlar, obunalar va yana boshqalar hammasi pulni “yutadi”
Natijada qancha ko‘p topsangiz ham — qolmaydi
✔️Yechimi bor: Xarajatlarni yozishni boshlang. “Pullar qayerga ketdi?” degan savolga javob toping. Keraksiz chiqimlarni qisqartiring
3️⃣ Daromadingiz o‘smayapti
Ko‘pchilik yillar davomida bir xil daromad bilan ishlaydi. Narxlar esa oshadi, hayot qimmatlashadi, siz esa o‘sha joyda qolasiz.
✔️Yechimi bor: Yangi ko‘nikma o‘rganing, o‘zingizni ishingizni "qimmat" qiling. Daromadingizni oshirishni maqsad qiling
4️⃣ Siz ko‘proq topgan sari ko‘proq sarflayapsiz
Bu “boyib ketdim” hissi deyiladi. Ko‘proq pul = ko‘proq xarajat
Masalan, oylik oshdi → yangi telefon olgingiz keladi
Pul keldi → restoran, kiyim-kechak uchun ishlatib yuborasiz
Bonus → dam olishga chiqasiz
Natijada, pulingiz summasi yana nolga tushadi
✔️Yechimi bor: daromadingiz oshsa ham, xarajatni oshirmang. Ortiqcha pulni yig‘ing yoki investitsiya qiling
5️⃣ Siz pulni boshqarmaysiz
Ko‘pchilik budjet tuzmaydi, reja qilmaydi, pulni nazorat qilmaydi
Bu nimaga olib keladi? Albatta, pul sizni boshqaradi, aksincha emas
✔️Yechimi bor: oylik budjet tuzing. Daromad va xarajatni rejalashtiring va moliyaviy intizom yarating
6️⃣ Siz faqat ishlaysiz, lekin o‘sishga vaqt ajratmaysiz
Kun bo‘yi ishlaysiz… Lekin o‘sish, rivojlanish, yangi imkoniyatlar yo‘q. Natijada siz o‘sha darajada qolib ketasiz.
✔️Yechimi bor: har kuni kamida 30–60 daqiqa o‘zingizga sarmoya qiling. Ya'ni kitob o'qing, kurslarga yoziling, tajribangizni oshiring — bu kelajakda ko'proq pul topishingizga turtki bo'ladi.
🔤Unutmang: boylik formulasi:
To‘g‘ri fikrlash + nazorat + strategiya
🔤Endi, o'ylab ko'ringchi, siz qaysi xatoni ko‘proq qilyapsiz?
Telegram • Instagram • YouTube
34 632
QQS — siz sezmay to‘layotgan soliq 💵
Har kuni xarid qilasiz. Lekin har safar ichida yashirin “soliq” borligini bilasizmi?
Videoda siz quyidagilarni bilib olasiz:
*️⃣ QQS aslida nima
*️⃣ O‘zbekistonda qanday ishlaydi
*️⃣ Kim to‘laydi va qanday hisoblanadi
*️⃣ Nega u “yashirin soliq” hisoblanadi
🎥 Hammasini oddiy tilda tushuntirdik — tomosha qiling!
💬 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring
https://youtu.be/avmOSLLYk8Q?si=o31UgqYl3YYoQClg
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
