fa
Feedback
⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali

⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali

رفتن به کانال در Telegram

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali. 👉 Murojaatlar uchun: Call center: 1154, (55) 707-60-60 Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام ⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali

کانال ⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali (@samhetk) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 11 589 مشترک است و جایگاه 6 073 را در دسته تجارت و رتبه 6 969 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 11 589 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 22 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 751 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -14 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 21.67% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 17.81% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 2 505 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 2 059 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 2 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali. 👉 Murojaatlar uchun: Call center: 1154, (55) 707-60-60 Telegram messenjeri: +998 95 375-75-00

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 23 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته تجارت تبدیل کرده‌اند.

11 589
مشترکین
-1424 ساعت
+1297 روز
+75130 روز
آرشیو پست ها
⚡️Samarqandda elektr energiyasidan foydalanish yuzasidan reydlar davom etmoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hudud
+7
⚡️Samarqandda elektr energiyasidan foydalanish yuzasidan reydlar davom etmoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali hamda “Energosavdo” bo‘linmasi tomonidan elektr energiyasidan qonuniy va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Nazorat tadbirlari davomida elektr energiyasi uchun qarzdorligi mavjud iste’molchilar belgilangan tartibda elektr tarmog‘idan uzilib, holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida aniqlangan noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha ham belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli ma’lumotlar taqdim etilmoqda. Elektr energiyasidan foydalanish holatlarini o‘rganishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda. Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni hamda elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishni so‘rab qolamiz.   https://t.me/SamHETK

#Infografika ⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik k
#Infografika
⚡️“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida elektr uzatish tarmoqlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari to‘g‘risida ma’lumot
https://t.me/SamHETK

⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Bugun soat 15:30 dan 18:00 oralig‘ida 56-fiderning havo elektr uzatish tarmog‘i
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Bugun soat 15:30 dan 18:00 oralig‘ida 56-fiderning havo elektr uzatish tarmog‘idagi tayanch ustunini ko‘chirish ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Fidoyilar, Sarbon, Sharq, Sharq-1, Ogahiy, Kavarzor mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. ✅ https://t.me/SamHETK

⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Bugun soat 14:30 dan 17:00 oralig‘ida 330A-fiderining elektr uzatish tarmog‘id
⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!   Bugun soat 14:30 dan 17:00 oralig‘ida 330A-fiderining elektr uzatish tarmog‘ida salqi simlarni qayta tortish va tarmoq atrofini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Abdulla Qahhor, Sadriddin Ayniy, Rohat, G‘ofur G‘ulom mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.   https://t.me/SamHETK

⚡️ Chiqindi xizmatidan qarzingiz tufayli elektr energiyasi uchun toʻlov qila olmayapsizmi? Agar chiqindi xizmatidan qarzingiz
⚡️ Chiqindi xizmatidan qarzingiz tufayli elektr energiyasi uchun toʻlov qila olmayapsizmi? Agar chiqindi xizmatidan qarzingiz bo‘lsa, elektr energiyasi uchun to‘lov vaqtincha cheklanishi mumkin. Cheklovni olib tashlash uchun qarzni to‘liq to‘lab, 1205 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz kerak. Batafsil ma’lumot infografikada. https://t.me/SamHETK

⚡️Kiberxavfsizlik va kibermadaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan
+3
⚡️Kiberxavfsizlik va kibermadaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan kiberxavfsizlik va kibermadaniyatni yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali xodimlari ham videoaloqa orqali ishtirok etdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlari, internetdan xavfsiz foydalanish madaniyati, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish, kibertahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda dolzarb ma’lumotlar taqdim etildi. Mazkur o‘quv-seminar xodimlarda kiberxavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirish, axborot resurslaridan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda raqamli makonda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarga nisbatan ogohlikni oshirishga xizmat qildi.   https://t.me/SamHETK

OCHIQ MULOQOT - 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! https://t.me/SamHETK

⚡️Oqdaryo tuman elektr ta’minoti mas’ullari ishtirokida Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ochiq muloqot tashkil etildi. Muloq
+2
⚡️Oqdaryo tuman elektr ta’minoti mas’ullari ishtirokida Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ochiq muloqot tashkil etildi.   Muloqot davomida tuman elektr ta’minoti boshlig‘i Sherali Bahromov hamda soha mutaxassislari tomonidan elektr ta’minoti tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.   https://t.me/SamHETK

⚡️ ELEKTR ENERGIYASI UCHUN TO‘LOV TARTIBI 📌 Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi quyidagicha: ⚡️ EHNAT tizimig
⚡️ ELEKTR ENERGIYASI UCHUN TO‘LOV TARTIBI 📌 Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi quyidagicha: ⚡️ EHNAT tizimiga ulangan iste’molchilar ❗️ Qarzdorlik mavjud bo‘lsa — avtomatik ravishda tarmoqdan uziladi. 🏢 Yuridik shaxslar 💳 Elektr energiyasi 100% oldindan to‘lov asosida yetkazib beriladi. 🔎 Belgilangan muddatlarda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda elektr ta’minoti to‘xtatiladi (maxsus tartibdagilar bundan mustasno). ⚡️ To‘lov madaniyati — barqaror energiya tizimining poydevori! https://t.me/SamHETK

⚡️ Urgut tumanida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
+2
⚡️ Urgut tumanida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Dehqonobod elektr ta’minoti korxonasining “Bahrin” ustachilik bo‘limi mutaxassislari tomonidan 5960-sonli transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida transformator punktining texnik holati to‘liq tekshirilib, eskirgan qismlar yangisiga almashtiriladi, yuqori va past kuchlanishli tarmoqlari yangilandi. Transformator punktining tashqi ko‘rinishi ham tartibga keltirilib, uning estetik holati yaxshilandi. Amalga oshirilgan mazkur chora-tadbirlar natijasida hududdagi aholi xonadonlarining elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlanishi ta’minlandi. Shu bilan birga, texnologik yo‘qotishlar kamaytirilib, elektr energiyasidan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari yaxshilandi. ✅ https://t.me/SamHETK

⚡️Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiling. Chunki sizni uyda kutayotganlar bor. https://t.me/SamHETK

#Tezkor ⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Bugun soat 09:30 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarm
#Tezkor ⚡️ Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!   Bugun soat 09:30 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Do‘stlik” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Urgut tumanidagi Quyiqishloq, Zarafshon, So‘fi, Jartepa, Tinchlik, Do‘stlik, Rahmatobod, Ishchan, Uzun, Mug‘ol, Vatak, Boybul, Beshyog‘och, Mirzabog‘lon, Chep, Vatkan Qo‘zibek, Chumchuqli, Terak, Mo‘minobod, Quyi Mo‘minobod, Gʻoʻs, Soy Gʻoʻs, Yetti Uylik, Jayratepa, Koʻtarma, Toshariq, Ravot qishloq hamda Chumchuqli mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.   ✅ https://t.me/SamHETK

⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Ertaga, 23-iyul kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar “Samarqand magistral elektr
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari! Ertaga, 23-iyul kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Pichot” podstansiyasining (T-1, 110) elektr uskunasini almashtirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqtda Qo‘shrabot tumanidagi Mustaqillik, Qo‘rolos, Buloqboshi, Pichot, Do‘stlik, Sohibkor, Ozod, Tegirmonovul, Kuvkalla, Yuqori Saroy, Mayintepa, Bozorjoy mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. ✅ https://t.me/SamHETK

⚡️Elektr jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish muhimligini, aks holda yong‘in, elektr tokidan zararlanish va boshqa shu kabi noxush holatlar kelib chiqish xavfi mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz.https://t.me/SamHETK

❗️Diqqat Siz yashayotgan hududda noqonuniy elektr energiyasi va tabiy gaz tarmoqlariga ulanish holatini ko‘rdingizmi?. Bu kabi qonunbuzarliklarga aslo befarq bo‘lmang! Endi “UZENERGO” ilovasi yordamida ushbu holatlar haqida tez va ishonchli xabar bera olasiz.
🔴 Noqonuniy tabiy gaz hamda elektr energiyasi ulanishlarini ko‘rsangiz, oddiygina suratga oling yoki videoga yozib oling… 🔴 Play Market yoki App Store orqali ilovani yuklab oling. Keltirilgan bandlarni to‘ldiring, video va suratlarni yuklang. 🔴 Siz yuborgan ma’lumotlar O'ZENERGOINSPEKSIYA tomonidan ko‘rib chiqiladi va asosli bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘riladi. 🔴 Eng muhimi — sizning xabaringiz asosli chiqsa, aniqlangan zarar asosida sizga foizli rag‘bat beriladi.
UZENERGO” – Sizning nazoratingiz, adolatli energiya taqsimoti uchun! Yuklab oling. Xabar bering. Rag‘bat oling. https://t.me/SamHETK

⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Joriy yilning 24-iyul kuni soat 08:00 dan 13:00 oralig‘ida “Samarqand magistral
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Joriy yilning 24-iyul kuni soat 08:00 dan 13:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Zarmitan” podstansiyasining T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Qo‘shrabot tumanidagi Zarkent, Zarmitan, Boyto‘p, Solpi mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. https://t.me/SamHETK

⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Ertaga, 23-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elekt
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!   Ertaga, 23-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Registon” podstansiyasining elektr tarmog‘ida (SSH-6-2) joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Mustaqillik, Siyobcha, Bo‘stonsaroy, Ko‘ksaroy mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.   https://t.me/SamHETK

⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! Ertaga, 23-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elekt
⚡️Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!   Ertaga, 23-iyul kuni soat 00:00 dan 07:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Cho‘ponota” podstansiyasining “V-Sharqiy” elektr tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Yoshlar, Oqsaroy, Ro‘dakiy, Maqsud Shayxzoda, Sayqal, Matonat, Turon, Anhor, Tutzor, Sevali ota, Istiqlol, Istiqbol, Farovonlik, Lahutiy, Bog‘ichinor, G‘iyosiddin Jamshid, Xo‘ja G‘unjoyish, Motrid, Moturidiy, Galaosiyo, Humo, Gulobod, Imom Vose, Afrosiyob, Rasadxona, Shodlik, Bog‘imaydon, Bog‘ibaland, Dari zanjir, Sharq, Fidoyilar, Abdurahmon Jomiy, Yominiy, Ogahiy, Xalqobod, Xo‘ja Doniyor, Obi Rahmat, Qir, Chilustun, Qo‘shhovuz, Xo‘ja Zulmurod, Yangi Xayrobod, So‘fi Roziq, Geologlar, Qo‘rg‘oncha, Ko‘kmachit, Xo‘jai Xizr mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.   https://t.me/SamHETK

⚡️Pastdarg‘om tumanida elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda Tuman elektr ta’minotining Xonchorb
+6
⚡️Pastdarg‘om tumanida elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda Tuman elektr ta’minotining Xonchorbog‘ bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan hududdagi 0,4 kV havo elektr uzatish tarmoqlarida temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur qurilish-montaj ishlari elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash hamda iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Hududda olib borilayotgan modernizatsiya ishlari natijasida elektr uzatish tarmoqlarining barqaror faoliyati ta’minlanib, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan elektr ta’minoti xizmatlari sifati yanada yaxshilanishiga erishiladi. https://t.me/SamHETK