cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Zakopediya

Zakopediya - Aqlingni charxla! 🎗 Ishonchli 🪪 🚩 Foydali 💯 🔝 Mualliflik © 🎩 Kanaldan maʼlumot olinganda, muallif koʻrsatilishi shart!

نمایش بیشتر
أوزبكستان32 186زبان مشخص نشده استکتب13 409
پست‌های تبلیغاتی
1 099
مشترکین
-324 ساعت
-107 روز
-4630 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Bekorga gapni uzoqdan boshlamadim! Kimgadir "Paprika" haqida gapirilsa qiziqmasligi mumkin, lekin "Muqaddima" filmida "Paprika"dan kadrlarni ko'rish mumkin va ikkisining ham g'oyasi bir xil deyilsa qiziqib qolishi turgan gap. "Inception"dagi g'oya qanchalik chuqur va murakkab bo'lsa, "Paprika"dagi falsafa ham anglash qiyin bo'lganlardan. Ikkisini ko'rgan odam bir ko'rishda nimani tushunganini aytib bera olmaydi, bu tabiiy! Umuman inson ongining ongsiz vaqtdagi harakatlari, ya'ni tushlari haqida mulohaza yurutish oson emas! Mana bu yerda "Paprika"ni o'zbek tiliga subtitrlashibdi. Anime faqat yaponcha ko'rilishi shart bo'lgan jabhalardan, chunki braziliyada futbol san'at darajasiga olib chiqilgan bo'lsa, Yaponiyada ham dublyaj sohasi o'zining eng yuqori cho'qqisida turibdi. Otakular bir vaqtda ikki narsadan zavqlanadi! Biri aqlbovar qilmas kadrlar bo'lsa, biri quloqbovar qilmas dublyaj... Hech narsani tushunmasligingizni kafolatlayman, dattibayo!
نمایش همه...
Otakular

Paprika (2006) Audio: Yaponcha, Inglizcha Sub: Uz, En Rej: Satoshi Kon Bir marta ko'rib tushinib ketiladigan filmlardan emas. Hatto "Muqaddima"ni 3-4 marta ko'rib zo'rg'a tushunilgan paytda, "Paprika"ga yo'l bo'lsin. Otakular - Maxsus sahifa...

2
00:12
Video unavailableShow in Telegram
Qaysi biri to'g'ri, Satoshi Konni anime olamidagi Kristofer Nolan deyishmi yoki aksincha, Kristofer Nolanni kino sanoatidagi Satoshi Kon!? Ba'zilar "Muqaddima"ni "Paprika"ga ehtirom desa, ba'zilari buni sof badiiy tasodif deb bilishadi, boshqalari buni to'liq o'g'irlash deb hisoblaydi. Muhimi bular ikki rejissyorning shohasarlaridir! Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
Paprika-2006-Inception-2010-Everything-s-a-copy-of-a-copy-of.mp48.40 KB
👍 3🔥 2 1
Rashmor yodgorligi - tog'da AQShning toʻrt nafar prezidenti: Jorj Vashington, Tomas Jefferson, Teodor Ruzvelt va Avraam Linkolnning boʻyi 60 fut (18 m) boʻlgan boshlari tasvirlangan... Xokage yodgorligi - Naruto animesining birinchi faslida Konohagake qishlog'iga qarab turgan qoyaga o'yilgan dastlabki 4 xokagelarning bosh tasvirlari bo'lib, ular Senju Hashirama, Senju Tobirama, Hiruzen Sarutobi va Namikaze Minato... Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
👍 6 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ilon yog'i - bu aldamchi marketing, sog'liqni saqlash sohasidagi firibgarlik yoki umuman firibgarlikni tasvirlash uchun ishlatiladigan atama hisoblanadi. Bu atama 19-asrda AQSh va 18-asrdagi ko'plab Yevropa tadbirkorlari orasida "Har dardga davo" sifatida sotilgan "Snake oil liniment" doridan kelib chiqqan. Qo'shma Shtatlarda ilon yog'idan foydalanish 19-asr o'rtalarida uzoq vaqt davomida jismoniy mehnat bilan ishlagan xitoylik temir yo'l ishchilaridan kelib chiqqan bo'lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Patent dori vositalari 1712-yilda Richard Stoughton eliksiriga patent berilgan Angliyada paydo boʻlgan. Jon Rokfellerning otasi Uilyam Rokfeller ham ilon yog'ini sotgan. Bizdagi "Ilonni yog'ini yalagan" degan ibora ham uchiga chiqqan firibgarlarga ishlatilishi ham bejiz emas ekan... Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Google tomonidan 22-aprel "Yer kuni"ga bag'ishlangan #Doodle... Shuningdek, Google "Yer kuni"ning 50-yilligini "Asalari"larga bag'ishlagan... O'zining oddiy o'yini orqali, Asalarilarni qanchalik tabiatga foydali ekanligini tushuntirishga harakat qilgan... Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
👍 5
Malkolm X va Kassius X Muhammad Ali va Malkolm X birgalikda 1964-yil 6-martda "Islom millati" tashkilotiga a'zo bo'lgan. Va ustozi Ilyos Muhammad tomonidan o'sha vaqtda "Kassius X" nomi bilan tanilgan ismi hozirgi Muhammad Aliga o'zgartirilgan... #Duplet... Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
🔥 5👍 1
Repost from N/a
1. Odam Ato portreti (1578) 2. Momo Havvo portreti (1578) Rassom: Juzeppe Archimboldo 🦉Zakovatist
نمایش همه...
👎 22👏 4🤬 2 1
Bolalar qutqaruvchisi - Nemis olimi Emil Fon Bering uchun berilgan mashhur nom bo'lib, difteriyaga qarshi toksinni o'ylab topgani uchun berilgan, chunki ilgari difteriya bolalar o'limining asosiy sababi edi. Ushbu ishi uchun Bering, 1901-yil fiziologiy va tibbiyot boʻyicha birinchi Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan. Uning Nobel mukofoti medali hozirda Jenevadagi Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy muzeyida saqlanmoqda. Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#Nobelchilar #1901 Vilgelm Rentgen - 1895-yil 8-noyabrda "Rentgen nurlari" deb nomlanuvchi toʻlqin uzunligi diapazonida elektromagnit nurlanish hosil qilgan va aniqlagan. 1901-yilda Rentgen fizika bo'yicha birinchi Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Mukofot rasman "Keyinchalik uning nomi bilan atalgan ajoyib nurlarni kashf etishda ko'rsatgan ajoyib xizmatlari uchun" berilgan. Omma oldida Nobel maʼruzasini oʻqishdan bosh tortgan. Rentgen oʻzining Nobel mukofotidan olgan 50 000 shved kronasini oʻz universitetidagi tadqiqotga xayriya qilgan. Mariya va Per Kyuri singari, Rentgen ham rentgen nurlarini kashf qilish bilan bog'liq patentlarni olishdan bosh tortadi, chunki butun jamiyat bu hodisaning amaliy qo'llanilishidan foyda olishini xohlaydi. Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#Nobelchilar #1901 Vilgelm Rentgen - 1895-yil 8-noyabrda "Rentgen nurlari" deb nomlanuvchi toʻlqin uzunligi diapazonida elektromagnit nurlanish hosil qilgan va aniqlagan. 1901-yilda Rentgen fizika bo'yicha birinchi Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Mukofot rasman "Keyinchalik uning nomi bilan atalgan ajoyib nurlarni kashf etishda ko'rsatgan ajoyib xizmatlari uchun" berilgan. Omma oldida Nobel maʼruzasi oʻqishdan bosh tortdi. Rentgen oʻzining Nobel mukofotidan olgan 50 000 shved kronasini oʻz universitetidagi tadqiqotga xayriya qiladi. Mariya va Per Kyuri singari, Rentgen ham rentgen nurlarini kashf qilish bilan bog'liq patentlarni olishdan bosh tortadi, chunki butun jamiyat bu hodisaning amaliy qo'llanilishidan foyda olishini xohlaydi. Zakopediya | 🦉Zakovatist
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.