Ramziddin — AI va dasturlash haqida
رفتن به کانال در Telegram
Man bilan bog'lanish – t.me/ramzcoder?direct Ingliz tilida kanalim – @ramzcoderen Ramzcoder community – @ramzcodercom Instagram — instagram.com/ramzcoder Programming emoji pack – t.me/addemoji/ramzcoder
نمایش بیشتر2 182
مشترکین
+224 ساعت
-4 6587 روز
-930 روز
آرشیو پست ها
Ko'proq man yozgan shit-code haqida
Davronbek Turdiyevning Supermiya loyihani ustida ishlaganimda, uni Next.jsda yozganman.
Adminkani noldan ham birinchi marta umrimda yozganman.
Adminlar iltimos qilishdi: "Barcha userlarni ko'rish uchun page yaratib bering".
Muammo yo'q, page tayyor. Lekin…pagination yo'q, lol
Bu degani adminlar "Barcha userlar" sahifaga kirganida, admin panel barcha 10 000 userlarni birinchi yuklash kerak edi, va keyin page render bo'lar edi. Bu sahifa 2-3 daqiqada yuklangan edi va butun ro'yxat qotib-qotib render bo'lgan edi 🥺
JonliChatdagi man yozgan shit-code haqida
Anonymous login qo'shmoqchi bo'lganimda - backend logicni o'zgartirgim kelmadi.
Shuning uchun, har bitta "Anonim bo'lib kirish" tugmani bosganingizda, users tableda yangi row yaratilib JWT qaytardi.
Bu degani backend logikaga farqi yo'q – oddiy usermisiz yoki anonimmisiz.
Shit tomoni esa – 10 marta "Anonim bo'lib kirish" tugmani bosganingizda, 10ta user yaratilar edi 😂
Bunaqa shit-code sababi – tezroq ship qilmoqchi edim va backend logic natijada anonim bilan oddiy userni ajiratmagan, bu degani logic hamma uchun o'sha-o'sha bo'lgan 😁
Mobile ilovani ustida ishlavotganim uchun, buni o'zgartirdim (va kechasi buni xaqida har kuni yomon tushlar ko'rganim uchun ham 😭)
Claude Code, Cursor, OpenCode va boshqa agentlarda "Plan Mode" bor. Va plan mode orqali agentga reja tuzdirishingiz mumkin.
❌ Plan Mode ishlatmaganingizda:
• Muhim qarorlarni AI o‘zi mustaqil qabul qilishiga yo‘l qo‘yasiz.
• U kotta ehtimol bilan xato qiladi.
• Sizni to‘g‘ri tushungan-tushunmaganini faqat vazifani bajarib bo‘lganidan keyin bilasiz.
✅ Plan Mode ishlatganingizda:
• AI biror ish qilishidan oldin – unga reja yozdirasiz.
• Agar biror narsa yoqmasa yoki u sizni noto‘g‘ri tushungan bo‘lsa – rejani iteratsiya qilasiz, ya’ni o‘zgartirasiz.
• AI ishga kirishishidan oldin – u nima qilmoqchi ekanini aniq ko‘rasiz va bo‘lajak jarayonni "tepadan" to‘liq ko‘ra olasiz (bird-eye view).
• Nihoyat, o‘zingizga yoqqan reja tayyor bo'lganida – uni tasdiqlaysiz va AI shu asosda ishlaydi.
Ohirigi paytlar ahamiyat berdim: AI haqida post yozganimda reaktsiyalar va izohlar kam.
Nimaga?
• Balki fundamental narsalardan tushuntirishdan boshlashim kerak?
• Balki qiziq yoki foydali emas?
superpowers:brainstorm skill – agentic dasturlash uchun eng foydali narsalardan biri.
Agentga aniq muammoni tushunturasiz va siz bilan brainstorm qilishiga so'rov berasiz.
Shunchaki nimadir plan qilib implement qilishga bervorishingizni o'rniga…
Agent sizga turli savollar beradi, va siz agentga ham savollar berasiz.
Jarayonda aniq sizda va agentda yanada ko'proq savollar paydo bo'ladi:
• Mahsulot haqida
• Infrastructure haqida
• Implementation haqida
Bu skillni o'rnatish uchun superpowers repoga kiring:
https://github.com/obra/superpowers
Claude Code, OpenCode, Codex, GitHub Copilot va Gemini CLI bilan bemalol ishlidi@mabrur_dev ning screenflow.dev servisni ko'rish maslahat beraman. Pure magic
Bu post X da juda viral bo'ldi. 77 million odam shu postni ko'rdi.
Dan Koening "Hayotingizni 1 kunda tuzating" maqolasi
https://x.com/thedankoe/status/2010751592346030461
Bozorimizdan kurs sotib olgandan ko'ra, shu pulni ingliz tiliga invest qilish kerak. Eng kotta ROI ingliz tili beradi.
Vercel 𝚜𝚔𝚒𝚕𝚕𝚜 CLI dasturni chiqarishdi va uni "the npm of AI skills" deb nomlashdi
Juda ham foydali, chunki endi skillslarni har qanday agentga o'rnatishingiz mumkn: Claude Code, Cursor, OpenCode, …
Sinab ko'rish uchun Vercelning agent-skills o'rnatib ko'ring:
npx skills i vercel-labs/agent-skillsExpo va Claude Code bilan ishlasangiz…
Claude Code uchun yangi Expo plugin chiqdi. Claude Code endi sifatliroq ilovalar yozadi
O'rnatish uchun Claude Codeni ochib buni kiriting:
/plugin marketplace add expo/skillsMan uchun AI shunaqa narsalar qilishi bu esa:
• Ko'proq odamlarga dasturlashga kirish uchun imkoniyat
• Dasturlashdagi narsalarni tezroq o'rganish uchun imkoniyat
• Ko'proq narsalarni ship qilishimiz imkoniyat
• Ishga kirganingizda tezroq onboard bo'lishingiz imkoniyat
• Oldin qilmagan ishlarni qilishingizga imkoniyat
Vibecodingga ishonmagan odam, Ben Davis, IDE dan foydalanmaslik uchun IDEni block qiladigan extension yozdi va vibecode qilishga majbur bo'ldi.
Natijada Claude Code bilan va Ralph Wiggum loop bilan ko'p ish bajardi.
https://www.youtube.com/watch?v=HqPL5ONfOL8
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
