cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

3-maktab faoliyati

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
220
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
-1330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

АЗИЗ ОЛТИАРИҚЛИКЛАР! ТУМАНИМИЗ МЕҲМОНЛАРИ! Сизларни Она табиатнинг уйғониш  фасли, янгиланиш ва яшариш байрами - Наврўз билан қизғин табриклаймиз. Наврўз умумхалқ байрами муносабати билан Олтиариқ туманида ўтказиладиган "Олам нурга тўлсин сен билан, Наврўз!" деб номланган катта байрам концертига барчани таклиф этамиз! Байрам томошалари 19-март, сешанба куни Олтиариқ марказий стадионида соат 11:00 да бошланади. Байрам дастуридан эстрада юлдузлари Дилшод Раҳмонов, Жалолиддин Ахмадалиев ҳамда таниқли санъаткорларнинг чиқишлари ўрин олган. Наврўз байрами шодиёналарига марҳамат! Мухокама учун: ✍️👇👇👇 https://t.me/XALQ_OVOZI24 🌐Каналга обуна бўлинг     👇👇👇👇👇👇 https://t.me/XALQ_PARVAR
نمایش همه...
Яхши ўқиш учун яхши пул ва яхши шароит бўлиши керак деганлар кўрсин Фарғоналик бу ака-укалар оддий оиланинг фарзандлари, лекин президент мактабида ўқишмоқда. @achchiqq_haqiqat 👈
نمایش همه...
👏 2👍 1
Yaxshi kitob o'qimaydigan odam o'qiy olmaydigan odamdan ustun emas. © Mark Twen Haqiqatdan qo'rqqan odam yolg‘onning panasiga berkinadi. © O'tkir Hoshimov
نمایش همه...
Qani endi, sen oʻzingni suv deb fikr qil va oʻzingni suv kabi his et. Suv kabi oʻzgacha, suv kabi hayotbaxsh, suv kabi musaffo, suv kabi zarur, suv kabi hayot garovi va suv kabi bitmas tuganmas ekanligingni xayol qil… Ammo yana suv kabi kichik bir idishga oʻzingni sigʻdira bilgin-ki, toki insonlarning tomirlariga qadar kira ol. Hayot baxsh et, voz kechilmaydigan boʻl! © Jaloliddin Rumiy
نمایش همه...
Jismoniy tarbiya darsida turnikka tortilayotgan bolalar. Toshkent, 1935-yil. 🔎 СУРАТДАГИ ТАРИХ
نمایش همه...
💩 1
3-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-sinf o'quvchilari ingliz tilidan milliy sertifikatga ega boʻldilar. O'quvchilarimizga omad tilaymiz
نمایش همه...
👏 8👍 2
#Iqtibos Aziz opa-singillar, oilada farzand tarbiyasiga e’tiborni kuchaytiraylik, bog‘cha, maktab va oliygohlarga kirib boraylik. O‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, farzand va nabiralarimizning o‘qishi, davomati masalasi, axloq-odobi bilan qiziqaylik. Bolalarimizni bilimli va aqlli, oqni qoradan ajrata oladigan, el-yurtimizga sodiq, hayoli va iboli, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalash uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik. Shavkat Mirziyoyev Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
نمایش همه...
👍 1
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli ota-onalar va aziz oʻquvchilar. Tongingiz xayrli, kuningiz fayzli va mazmunli oʻtsin. Mohi Ramazon oyi barchamizga muborak boʻlsin. Bugun dushanba odatdagidek oʻqish kuni. Barchangizni oʻqish mas'uliyatini toʻliq yelkangizga olib, yaxshi niyat bilan maktabga kelishingizni hoxlayman. Bugundan musulmonlarning eng sevimli, savobu-saxovatlarga boy oyi mohi Ramazon boshlanadi. Qurbi yetganlar roʻza tutadilar, qurbi yetmagan, imkoniyati koʻtarmagan, bemor insonlar ham toʻkis roʻza tutadilar, faqat oshqozonlari roʻza tutmaydi.. Siz ham hurmatli oʻquvchim, yoshingiz yetsa, imkoniyatingiz koʻtarsa toʻliq roʻza tuting. Boʻlmasa, barcha tana a'zolaringizni roʻzador boʻlishga oʻrgating, oʻz vaqtida pana joyda ovqatlanib oling. Barchaga oshkora koʻcha-koʻyda qoʻlingizda ushlab yeb ketmang. Chunki atrofingizdagilarning koʻpchiligi roʻzador, odobsizlik sanaladi. Yoki imkoniyatingiz koʻtarmasligini hammaga ham tushuntirib bera olmaysiz... Toʻliq va ajru-savoblarga boy roʻza tutish barchangizga nasib etsin. Dilingizdagi eng ezgu niyatlaringiz barchasi amalga oshsin ilohim.
نمایش همه...
👍 5😇 1
Aziz va moʻtabar onajonlar, munis opa-singillar! Barchangizni ayyomingiz bilan chin dildan tabriklayman. Oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha sogʻ-salomat boʻlishingizni tilayman. SIZDAGI chiroy, sabr, matonat, sabot, ozodalik, tartiblilik, tejamkorlik va fidoiylik hech qachon soʻnmasin. Ayol borki, olam munavvar. Ayol borki, oila mustahkam. Oilada va jamiyatda ayolni e'zozlagan yurt taraqqiy etaveradi. Siz va sizning fidokorona mehnatingiz va berayotgan ta'lim-tarbiya orqali ilmli va salohiyatli ayol-qizlarimiz safi kengayaversin... Sizlar bilan hamkorligimiz bardavom boʻlsin va oʻz ijobiy natijasini bersin ilohim.
نمایش همه...
👏 2👍 1🥰 1😍 1
Хитой мактабларидаги ўқувчиларга ҳаёт танловини кўндаланг қўйишнинг амалий кўриниши. Балки шунинг учун Хитой дунёдаги энг тез ривожланаётган давлатлар қаторида бўлса керак. Бизда шунақа қилса, ота-оналар ўқитувчини қарғаб, мактабга жанжал қилиб келиши аниқ Балки шунинг учун ҳам бугун биз бутун дунёга энг арзон ишчи кучини етказиб берадиган давлат бўлсак керак. 👉🏻@XAYDOVCHILARUZ - ТВда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар каналига аъзо бўлинг!
نمایش همه...