cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

𝗦𝗵𝗼𝗵𝗷𝗮𝗵𝗼𝗻 𝗯𝗹𝗼𝗴/𝗞𝗶𝘁𝗼𝗯𝘅𝗼𝗻𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗹𝘂𝗯𝗶

Bᴜɢᴜɴ ʙɪᴛᴛᴀ ᴋɪᴛᴏʙ ᴏ'ǫɪɢᴀɴ ʙᴏʟᴀ,ᴇʀᴛᴀɢᴀ ᴛᴇʟᴇᴠɪᴢᴏʀ ᴋᴏ'ʀɪʙ ᴏ'ᴛɪʀɢᴀɴ ᴏ'ɴᴛᴀ ʙᴏʟᴀɴɪ ʙᴏsʜǫᴀʀɪsʜɪ ᴍᴜᴍᴋɪɴ. ©Sʜᴀᴠᴋᴀᴛ Mɪʀᴢɪʏᴏʏᴇᴠ 𝐌𝐮𝐫𝐨𝐣𝐚𝐚𝐭 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧: @Ajib_Kitobxon_bot 👨‍💻

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
199
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+17 روز
-130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Kecha kerak bo'lding, Bolalik chog'im! Senga qo'l uzatdim, Yo'q, Yetolmadim. Oshkora g'irromlik qildi O'rtog'im. Men: bor, o'ynamayman, Deb ketolmadim... ©Erkin Vohidov
نمایش همه...
8👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#𝑺𝒉𝒂𝒓𝒒𝒍𝒊𝒌_𝒂𝒚𝒐𝒍 Sal katta bo‘ldimu, dunyoga boqdim, Ko‘nglimni qurshadi turfa xayollar. Gʻarblik xonimlarning ko‘zidan o‘qdim: “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Nazokat bobida buloqdek tiniq Ovro‘po – hammadan farqlik ayollar. Gʻarblik yigitning-da tasdig‘i aniq – “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Huquqshunos xonim aylaydi taftish Va o‘z xulosasin uyalmay yo‘llar: “Nega xo‘rlanmasin, axir, oddiy ish – Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Anjeli Joli ham topibdi bir gap, O‘zi ko‘rsa hamki, turli visollar: “Kundoshi bo‘lsa ham indamas, sabab Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Ha, bundoq misollar ko‘pdir ehtimol, Ehtimol go‘zaldir g‘arblik ayollar, Shu sabab aytarsiz balki bemalol: “Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!” Ey g‘arblik do‘stlarim, bilmasangiz gar Haqiqiy sevgini, buyuk xayolni, Tilingizni tiying qiyomat qadar Tinch qo‘ying, tinch qo‘ying SHARQLIK AYOLNI! © Xayrulla Hamidov
نمایش همه...
15
Photo unavailableShow in Telegram
#Bitiruvchilarga yuborib qo'yamiz😄
نمایش همه...
👍 10
Photo unavailableShow in Telegram
#Umarolarning_ulamolarga_ehtiromi Alloma Taftazoniy Amir Temurning majlisida oyoqlarini og‘riq tufayli uzatib o‘tirgan edilar. Ba’zilar: «Bu sizga hurmatsizlik qilyapti!», deb, u kishini Temurga shikoyat qilishdi. Amir Temur ularga qarata: «Nima qilayin? Mening saltanatim yetmagan joylarga uning kitoblari yetgan», deb javob qildi.
نمایش همه...
👍 4 3🕊 2💯 2
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzgaribsiz... "Oʻzgaribsiz" deysan. Boʻlishi mumkin: Axir boshdan oyoq oʻzgardi dunyo. Odam, havo, tuproq avvalgidekmas, Menda oʻzgarishlar boʻlmaydimi yo? Oqibatni koʻmdik oxir-oqibat, Huquqlar haqida kimdir chertar soz... Hov issiq yurtlarda polaponlar och, Mening esa sochim toʻkilgan bir oz... "Oʻzgaribsiz", deysan. Ha, men oʻzgardim: Diydam qotdi ancha, kechdim roʻyodan. Sahroi Kabirga qor yogʻdi, axir, Oʻzgarmay boʻlarmi shunday dunyoda?! Oʻzgardim. Sezibsan. Avvalgi "men" yoʻq. Ishga koʻmilganman ertadan to kech. Muztogʻ erimoqda, men xudbin esa, Onamni koʻrgani vaqt topmayman hech. Mayli, xayron boʻlma, hammasi yaxshi Hech kimning aybi yoʻq - oʻzimdan ginam. Koʻp narsa oʻzgardi, toʻgʻri va lekin Mehrim oʻzgarmadi senga birgina... © Kabul Dusov
نمایش همه...
👍 4 3💯 3🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Бамбук фалсафаси Хитойда бир турдаги бамбук дарахти бор. Бу бамбук дарахти экилганидан кейин 5 йил давомида ҳеч қанақа ўсишсиз, бир хил сақланиб туради. Кўпчилик ташқаридан қараганда ўсиш бўлмаяпти деб ўйлайди. Лекин аслида шу 5 йил давомида пастга қараб илдиз отаётган бўлади ва 5 йилдан кейин шунақа даражада тез ўсиб кетади-ки, 60 кунда 50-60 метргача ўсиб кетадиган ҳолатлар бўлади. Инсондаям шунақа, бирор ишни қилишга киришган пайт бошланишида ҳеч қанақа натижа кўрмайди. Бу дегани инсон ўсмаяпти дегани эмас. Ўсяпти, фақат ўзига шу даврда фундамент қураётган бўлади. Шу фундамент яхши қуриб олинса, кейин ўсиш тезлашиб кетади. Шундай экан, фундаментни қуришдан тўхтаманг, бир кун келиб албатта баландга кўтариласиз!
نمایش همه...
💯 4👍 3 2🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
Gul qoʻyadi poyimizga Dil toʻkilar poyimizga Biz shunchaki yashamadik Nur toʻlsin deb oyimizga Tunlar bedor atomlardan Dunyo notinch xatolardan Bu dunyoda tinchlik boʻlsin deb soʻradik odamlardan Halovat yoʻq yegan tuzda Ketmon choptik yozu-kuzda Xaqni aytsak tilni chopti Gung boʻlmoqqa chidaymizda Er qoʻymadi qochmoq uchun El qoʻymadi qochmoq uchun Martlar kabi jon berganmiz Sizlar uchun sizlar uchun Ruslar uchun kurashmadik Millat uchun kurashganmiz Bizku koʻrdik har baloni Sizlar uchun kurashgandik Kelsin derdik yangi zamon Kunlar bo'lsin dorilomon Shunday yurtda yashayapmiz Sizlar omon bizlar omon Oʻqing doim el yoriga Oʻgʻlim shay tur el koriga Biz shunchaki o'lmaganmiz Jon berganmiz el joniga Gul qo'yinglar poyimizga Dil to'kmanglar poyimizga ✍🏻 Xushnud Xamroyev
نمایش همه...
9
Photo unavailableShow in Telegram
"Chumolini ham ranjitmayman"! dema, "Ham" degan ifodaning oʻziyoq chumolini hafa qiladi. Soʻz soʻylamoq uchun Irfon kerak... Soʻz anglamoq uchun esa inson.. ©Fuzuliy
نمایش همه...
7👍 6
ARABTILI. 1.HARF MAHRAJ YO'NALISHI(QURONNI QOIDALAR BILAN O'QISHNI O'RGANISH). 2. ARAB TILI GRAMATIKASI(SARF VA NAHV ILMI). 3.ZAMONAVIY ARABTILI. 4.MUHOVARA DARSLARI.(SPEAKING). 5.CEFRGA TAYYORGARLIK. DARS JARAYONI HAQIDA MALUMOT. DARSLAR ONLINE O'TILADI. HARBIR SHAXSGA ALOHIDA O'TILADI. GURUHLARDA O'TILADI. MUROJAAT UCHUN:@WHO_1025
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Daraxt hayron edi bir holga xasta Uni turfa yo'lda ishlatdi usta. Bir uchi beshikka atalgan bo'lsa, Bir uchi tobutga bo'lgandi dasta! © Umar Hayyom
نمایش همه...
💯 7