cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Bekobod tumani MMTB

Bekobod tumani maktabgacha va maktab bo'limi, Manzil: Zafar shaharchasi Porloq k-si 13-uy E-mail: [email protected] Telefon:(+998 70) 935-21-80 Admin bilan bog'lanish: @BekobodTXTBadminbot

نمایش بیشتر
أوزبكستان45 174زبان مشخص نشده استآموزش96 279
پست‌های تبلیغاتی
440
مشترکین
-124 ساعت
-17 روز
+230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Bekobod tumani MMTB tasarrufidagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2024- yil 14-maydagi 04-04/1-529 sonli xati "SO'NGGI QO'NG'IROQ" tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va uni o'tkazish bo'yicha berilgan tavsiyalar bilan pedagogik jamoa va ota-onalar tanishtirilib tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
نمایش همه...
#Besh_tashabbus #kasaba_kubogi #Viloyat_bosqichi O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan viloyatdagi ta'lim muassasalari o'qituvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida, "Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida o'tkazilgan "Kasaba uyushmasi kubogi" sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi o'z nihoyasiga yetdi. Bayramona kayfiyat va qizg'in raqobat ruhida o'tgan musobaqada Bekobod tumani jamoasi "Kasaba uyushmasi kubogi"ni qo'lga kiritdi. 🏆Musobaqaning viloyat bosqichida jamoalar va ishtirokchilar olgan yakuniy natijalariga ko‘ra, 🥇 1-o'rin - Voleybol (ayollar) sport turi bo'yicha 42-maktab jamoasi; 🥇 1-o'rin - Shaxmat (erkaklar) sport turi bo'yicha Xaydarov A (26-maktab); 🥈 2-o'rin - Stol tennisi (erkaklar) sport turi bo'yicha Sultonov E (56-maktab); 🥉 3-o'rin - Futbol sport turi bo'yicha 50-maktab jamoasi; 🥉 3-o'rin - Shashka (erkaklar) sport turi bo'yicha Toshboyev R (38-maktab) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.   Umumjamoa hisobidagi natijalarga ko'ra Bekobod tumani jamoasi 🏆 "Kasaba uyushmasi kubogi" va 🎫 30 000 000 so'mlik vaucherni qo'lga kiritdilar.   🎗Bu yuksak g'alabani qo'lga kiritgan jamoa va ishtirokchilarni yutuqlari bilan tabriklab qolamiz. Kelgusida bunday natijalar ko'plab bo'lishini tilab qolamiz. Kanalga ulanish👇 @BekobodtumaniMMTB
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ #ПКА_2024 ‼️ Бекобод тумани педагоглари учун эълон! 🕍 Ҳудуд номи-Бекобод тумани; 🏫 Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи - Педагогларнинг билим ва кўникмаларини баҳолаш маркази (Тошкент шаҳри, Беруний кўчаси 83-А-уй, мўлжал: Метронинг "Тинчлик" бекати, "IMZO" фирмасининг эски биноси). 📅 Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2024 йил 20 май куни; 🧑‍🎓Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Информатика ва ахборот технологиялари; ‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА Kanalga ulanish👇 @BekobodtumaniMMTB
نمایش همه...
#kasaba_kubogi #Toshkent_viloyati O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan viloyatdagi ta'lim muassasalari o'qituvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida, "Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida o'tkazilgan "Kasaba uyushmasi kubogi" sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi o'z nihoyasiga yetdi. Bayramona kayfiyat va qizg'in raqobat ruhida o'tgan musobaqada Bekobod tumani jamoasi "Kasaba uyushmasi kubogi"ni qo'lga kiritdi. G'oliblar va sovrindorlarning to'liq ro'yxatini birozdan so'ng e'lon qilamiz.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
#fan_olimpiadasi 📣 "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqaga 6 KUN QOLDI! Respublika bo'yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun o‘tkazilayotgan fizika fanidan onlayn musobaqada o‘z bilimlaringizni, albatta sinab ko‘ring.
O‘tkazilish vaqti:
🗓 22-may, chorshanba 📌 Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz quyidagi botlardan biridan foydalaning: @tasimo3_bot @tasimo2_bot @tasimo1_bot @tasimo_botTasIMO botlaridan foydalanish YO‘RIQNOMASI! 📞 Batafsil ma'lumot olish: +998555084400   @nordikedu 🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
نمایش همه...
Repost from Pedkadr.tdi.uz
Мактабга биринчи марта ишга кирган стажёр-ўқитувчилар учун 21-22 май кунлари тест синовлари ўтказилади
Назорат синови натижаси бўйича 56 ва ундан юқори балл тўплаган талабгор тест синовидан ўтган ҳисобланади.
Агар талабгор навбатдан ташқари назорат синовида иштирок этиб, шунда ҳам етарли балл тўплай олмаса, у билан тузилган меҳнат шартномаси меҳнат қонунчилигида белгиланган тартибда бекор қилинади.
Касбий сертификат ҳақидаги кўплаб саволларга каналимизда ўтказилган онлайн-мулоқотда батафсил жавоб берилган. Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
نمایش همه...
Pedkadr.tdi.uz

📆⏰ Жорий йилнинг 28 февраль куни каналимиз ходимлари иштирокида навбатдаги онлайн мулоқот ўтказилди. 📌 Мулоқот давомида: 📌 Мулоқот давомида: 1️⃣ Малака синовларига тайёргарлик бўйича ўқув фанларидан ОНЛАЙН РЕПЕТИЦИЯларнинг ташкил этилиши ва репетицияларда иштирок этиш тартиби; 2️⃣ 2024 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш жараёнлари; 3️⃣ Педагог кадрларни Касбий сертификатлаш тўғрисидаги саволларга жавоб берилади. ❗️🎙Кўпчилик педагоглар томонидан ушбу мулоқотда иштирок эта олмаганликлари сабабли, мулоқотнинг аудио-шаклида тақдим этиш сўралган. ‼️Аттестацияда иштирок этаёган педагогларга мулоқотни тўлиқ эшитишни тавсия қиламиз! P.S. Мулоқот давомидаги узилишлар ва техник носозликлар учун узр сўраймиз. 👉

https://t.me/pka_tdi_uz

👈 👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot

Bekobod tumani 19-DMTT guruh tarbiyalanuvchilari "15-May Xalqaro Oila kuni"ni keng nishonlash va "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Kanalga ulanish👇 @BekobodtumaniMMTB
نمایش همه...
Toshkent viloyati Bekobod tumani MMTBga qarashli 32-umumiy o'rta ta'lim maktabida ertalabki saflanishda O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etilib dars mashg'ulotlari boshlandi. Kanalga ulanish👇 @BekobodtumaniMMTB
نمایش همه...
Бекобод тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлимига қарашли 46-умумий ўрта таълим мактабининг 1-"А" синф ўқувчилари билан "Биз тинчликни асраймиз" мавзусида тадбир ўтказилди.
نمایش همه...
آرشیو پست ها