cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Janob Musayev | Digital World

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta - Dasturiy Muhandislik va Arxitektura - Raqamli Transformatsiya - Biznes tahlil - Product va Project Management - UX va CustDev - Marketing - StartUp Start Something Priceless!

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 056
مشترکین
-224 ساعت
-167 روز
+2530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Bugun EventGO loyihamiz doirasifa birinchi marta tadbir tashkilotchi o'zi tomonidan mustaqil tarzda joylandi. Eng muhimi birorta savol so'ramagan holatda. Startap qiymatini tasdiqlash uchun ilk kichik va lekin juda muhim qadam bo'ldi. Startaplardagi qiymat va o'sish tasdig'i haqida alohida post yozaman. #startup @Janob_Musayev
نمایش همه...
👍 9🔥 5
Sherzod Shermatov har kim har xil fikrda bo'lishi mumkin, lekin men o'sha uchrashuvda taniganimdan beri chuqur hurmat qilaman. Yuqoridagi videoda ham juda to'g'ri narsani eslab o'tibdi. ©️ Video Sardor aka Dushamov kanalidan olindi @Janob_Musayev
نمایش همه...
👍 16🔥 8
Repost from Musayev blogi
Bundan ikki yil avval hozirgi Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov Axborot texnologiyalari va Kommunikatsiyalari vaziri bo'lib turgan payt universitetimizga (TATU) talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazish uchun kelgandi. Uchrashuv men o'ylaginimdan umuman boshqacha, chin ma'noda ochiq va hech qanday rasmiyatchiliksiz o'tgan. Shermatov fikrlashiga esa havas qilganman. O'sha uchrashuvda Sherzod Xotamovich bitiruvchilar haqida qiziq va foydali gap aytgan. Eslaganimcha o'zgarishsiz berishga harakat qilaman: "Mening oldimga diplom bilan kelishadi. - "Ish bering", deb. - "Dasturlashni bilasanmi?", deyman. - "Yo'q, lekin diplomim bor", deydi. - "Ho'p, ingliz tilini bilasanmi?", deyman. - "Yo'q, lekin diplomim bor", deydi. - "Yaxshi unda Office dasturlarida ishlay olasanmi?", deyman. - "Oz-moz, lekin diplomim bor deydi - "Hech bo'lmasa komputerda tez yoza olasanmi", deyman - "Yo'q, lekin diplomim bor. Meni ishga olishingiz kerak", deyishadi. Shundan keyin noiloj ularni 400-500 mingli ishga kirgazib qo'yaman. Yuraverishadi..." O'sha payt menga bu gap ajoyib ta'sir qilgan. Bir tomondan xursand qilgan. Chunki o'sha payt komputerda klaviaturaga qaramasdan yozishni (typing)ni o'rganayotgan edim )). Keyingi kurslarda esa ingliz tili va dasturlashni astoydil o'rganganman. Ya'ni bu gap men uchun qaysidir ma'noda reja bo'lib xizmat qilgan. Hozir esa universitetni bitiryapman va hozirgi vaqtda diplomimdan ko'ra qobiliyatlarim (skill) hayotda menga ko'proq yordam berishi oydinlashmoqda. Siz ham hozirda ilk kurslarda o'qiyotgan bo'lsangiz, o'z kasbingiz mutaxassisi bo'lishingiz uchun qanday bosqichlarni bosib o'tishingiz kerakligini reja qilib oling va asta-sekin ushbu pog'onalarni egallang. Barcha bitiruvchilarga hayot yo'llarida omad! Hali talaba bo'lib turganlarga esa ikki karra omad! )) #justthoughts P.S: Talaba va o'quvchilar bilan bunday chin ma'nodagi ochiq uchrashuvlar ko'proq bo'lib turishini xohlardim. Musayev blogi
نمایش همه...
Sherzod Shermatov

Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov Instagram:

https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov

Telefon: +998 71 2384107

👍 12🔥 2
Haliyam odatiy sim karta ishlatib yuribsizmi? 18/20 Menimcha, odatiy sim kartalarni hech kim yoqtirmasa kerak. O'zi boshidan kichik bo'lgan sim karta keyinchalik mikro va nano versiyalari bilan yanayam kichiklashib ketdi. Bu narsa esa ularni oson yo'qolib qolishiga sabab bo'ladi. Boshqa tomondan hozirgi vaqtda esa bitta odamda 2 ta tugul 3-4 talab raqam bo'lishi mumkin. Qachon qaysi biri kerak bo'lganda almashtirib yurish juda noqulay (hamma umrida bir marta bo'lsa ham sim karta slotini ochadigan igna qidirgan bo'lsa kerak). Elektron Sim Karta (eSIM) esa mana shu muammolarni deyarli to'liq hal qildi. Sim karta — bu aslida telefoningizni tarmoqqa ulab beruvchi kichik dasturni olib yuruvchi qurilma bo'lgan. Hozirda istalgan dasturni onlayn yuklab olish mumkin. Oddiy qilib tushuntirganda eSIM — bu ana shu kichik dasturni telefoningizga yuklab olish va o'rnatish. Faqat buning uchun smartfoningiz eSIMni qo'llab-quvvatlovchi avlod bo'lishi kerak (iPhone X+, Samsung Galaxy S20+ va hokazo). To'liq ro'yxatni bu yerdan topishingiz mumkin. eSIMning fizik sim kartadan asosiy afzalliklari ➡️ yo'qotib qo'yaman deb xavotir olmaysiz ➡️ smartfonda odatda o'nlab eSIM saqlash mumkin, lekin faqat bir vaqtda 2 tasini ishlatish mumkin ➡️ sim karta o'zgartirmoqchi bo'lganingizda shunchaki sozlamalarga kirib kerakli eSIMni tanlaysiz va qaysidir bir aktiv sim kartangizni o'chirasiz ➡️ eng asosiysi ularni onlayn ham sotib olish mumkin Men buni bilganimdan keyin hamma sim kartalarimni eSIMga almashtirib oldim. Hozir O'zbekistondagi asosiy provayderlar (Beeline, Ucell) hammasida eSIM olsangiz bo'ladi. Bundan tashqari sayohat qilishda o'sha davlatga borishdan oldin eSIM olsangiz bo'ladi. Airalo degan startup aynan mana shu biznes modelda 200 dan ortiq davlat uchun eSIM yetkazib beryapti. Eng qizig'i u sim kartada nomer bo'lmaydi, qong'iroq ham qilolmaysiz, faqat internet paket bo'ladi (1, 3, 5 GB...) va sim karta 15-30 kunda avtomatik kuyib ketadi. Sayohatchilar uchun ayni muddao. Xullas, mana shunday kichik ko'ringan yangiliklar ham odamlar hayotini yanayam osonlashtirishi mumkin. eSIM ishlatib ko'rdingizmi? Yoki u haqida oldin eshitganmidingiz? #technology @Janob_Musayev
نمایش همه...
What devices support eSIM? - Airalo Help Center

Learn which devices are eSIM compatable. This rich list includes iPhones, iPads, Android phones and Windows-based laptops.

👍 13 2🔥 2🤓 1👨‍💻 1
Kichik lekin qudratli Hozirgi ishlayotgan mahsulot yoki API tashqaridan qaraganda juda kichik ko'rinishi mumkin. Shunchaki 2 ta endpoint json holatda 10-15 ta ma'lumot qaytaradi. Lekin katta kompaniyalarda kichik degan tushuncha bo'lmasligini shu yerda bildim. Bizning API'ni JPMorgan, Meta, ByteDance (TikTok) kabi o'z industriyasining "kitlari" ishlatadi. Yaqinda bular orasiga Amazon ham qo'shildi. Mijozlarning vazni sababli ham hozir mahsulotchamizga e'tibor ancha baland. Bundan tashqari tepadagi 10-15 ta ma'lumotlar Mastercard asosiy faoliyatida ham kritik hisoblanadi. Ya'ni to'lov tizimlari ulardan foydalangan holda tranzaksiyalar xato bekor bo'lishini oldini olishi mumkin. Bu tomondan kompaniya daromadi sezilarli oshishida mahsulotning tekin versiyasidan foydalanadiganlar ham ko'paygani ahamiyatli. Boshqaruvchilar shu sababdan ham API tekin versiyasidagi ba'zi cheklovlarini olib tashlashyapti. Mana shu 2 tomonlama ahamiyat sabab mahsulot va uning ortidagi 5-6 kishidan iborat "2 ta pitsalik" jamoamiz 2-3 ta boshqaruv majlislarida alohida qayta-qayta e'tirof qilinib kelinyapti. Xalqaro va katta kompaniyada ishlashdan asosiy maqsadim ham shu bo'lgan boshidan. Bu yerda "kichik" ko'ringan narsalar ham shunaqa qudratli bo'lishi mumkin :) (Kanalda Visada ishlaydiganlar yo'q degan umiddaman) #mastercard P.S: Mijozlarimiz orasida AnorBank ham borligi men uchun alohida ahamiyatga ega 🫡 @Janob_Musayev
نمایش همه...
👍 20🔥 3
Bir oyda bir soatdan ishlab MVP ishlab chiqqanim haqida 17/20 O'zimning asosiy qiziqishim Mahsulot Boshqaruvi (Product va Startaplarda bo'lgani sababli blogda ham buyog'iga bu mavzularda tez-tez yozib turmoqchiman. Ayniqsa o'zim yo'l-yo'lakay qilib ketayotgan ishlarni. Yuqoridagi ko'rib turgan tizimingiz — EventGO admin panel qismini bir oydan sal ko'proq vaqt, har kuni bir soatdan vaqt sarflab ishlab chiqdim. Biror qator frontend kod yozmasdan. Yangi yil boshida orada to'xtab qolgan loyihamiz — EventGOni qayta ishga tushirish xoshishi paydo bo'ldi. Oldingi tizim eski texnologiya, Yii2 da qolib ketgani va boshqa sabablarga ko'ra uni qayta ishlab chiqish, ammo buni minimum resurs sarflagan holda amalga oshirishga qaror qildik. Anchadan beri Laravel (PHP) uchun yangi chiqqan paket — Filament bilan qiziqib yurgandim. Ayni o'sha vaqtda Laracasts saytida "Rapid development with Filament" degan 5 soatli kursni uchratib qoldim. Shundan so'ng ➡️ $19 sarflab Laracastsga a'zo bo'ldim ➡️ Loyiha rejasiga ko'z yugurtirib chiqdim. Nima xohlashimiz aniqligi vaqtdan yutishga yordam berdi ➡️ Tasavvur hosil qilib olish kursning 40% chasini ko'rib chiqdim ➡️ Keyin esa kurs bilan yo'l-yo'lakay loyihani qurib ketishni boshladim ➡️ "Oldin ishlatib ol, keyin yaxshila" degan qoidaga amal qildim Yakunda yuqorida ko'rib turgan loyihangiz tahminan 50 soatdan kam muddatda tayyor bo'ldi. Albatta, hech qanday admin panelsiz Telegram o'zida ham yuritishimiz mumkin edi. Lekin unda yuqoridagi kabi statistika va kunlik eslatmalar kabi muhim narsalarni qo'sha olmasdik. Xullas, mana shu sabablarga ko'rayam men kamroq kod yozishimda yordam berayotgan texnologiyalar haqida juda ijobiy fikrdaman. #startup #rapid_development P.S: PHP haliyam hech narsaga yaramaydi deb hisoblaysizmi? ) @Janob_Musayev
نمایش همه...
👍 21🔥 1👏 1
Dasturchilar uchun yo'l xaritalari 16/20 Dasturlashni yangi o'rganishni boshlagan vaqtimda dasturlash ma'lum sohasini (backend, frontend...) qanday o'rganish bo'yicha aniq reja — yo'l xaritam bo'lishini xohlardim. Har tomonga yo'rg'alamaslik va fokusni saqlash uchun. Hozir esa aynan shu narsani ta'minlash uchun Roadmap.sh saytini ishlab chiqishgan. U yerda soha yoki texnologiya bo'yicha aniq yo'l xaritasi bor. Qadamma-qadam o'rganib borsangiz sohada strong junior/middle darajaga chiqib olasiz (har-holda nazariy tomondan) Sohalar bo'yicha mavjud xaritalar ➡️ Backend dasturchi ➡️ Frontend dasturchi ➡️ Full Stack ➡️ Android dasturchi ➡️ AI va Data Scientist... Texnologiya yoki bilim bo'yicha xaritalar ➡️ Algoritm va Ma'lumotlar tuzilmasi ➡️ Kompyuter ilmi (Computer Science) ➡️ Loyihalash va Arxitektura ➡️ Prompt Engineering ➡️ Java, JavaScript, Python, C++, Rust, Go kabi tillar ➡️ Spring, React, Angular, Vue, Nodejs kabi freymworklar ➡️ Docker, Kubernetes, AWS kabi texnologiyalar... Yo'l xaritalaridan foydalanib bemalol o'zingizni qiziqtirgan soha yoki mutaxassisliklarni o'rganishni boshlashingiz mumkin 🔗 https://roadmap.sh/ Don't forget to like, share and subscribe :) #software_engineering #learning @Janob_Musayev
نمایش همه...
Backend Developer Roadmap: What is Backend Development?

Learn what backend development is, what backend developers do and how to become one using our community-driven roadmap.

👍 12🔥 10
Oldin ishga borish uchun velosiped minayotgan edim. Hozir velosiped minish uchun ishga boryapman #healthy_life @Janob_Musayev
نمایش همه...
😁 32🔥 9👍 2
Bulut (Cloud) texnologiyalari haqida xulosalar 15/20 Ishda kerak bo'lgani uchun 2 oydan beri Azure Cloud xizmatlari va umumiy Bulut Arxitekturasi haqida o'rganib yurgandim. Shu bo'yicha ba'zi xulosa va o'rganganlarimni yozib ketmoqchiman ➡️ Bulut texnologiyalarini sotishda eng asosiy marketing gapi bo'lgan "Bulutli texnologiyalardan foydalanish sizga arzonroq tushadi" degan gap juda ko'p holatlarda to'g'ri tugul aksincha ishlaydi. Cloud xizmatlari arzon emas. Kichik arxitektura ham oyiga $8-10 mingga tushishi mumkin ➡️ Uning eng ustun tomoni — bu birdaniga ham texnologiya, ham unga bo'lgan servis taqdim qilishida. Eng asosiysi bulutdagi dasturning o'chib qolishidan, ma'lumotlar o'chib ketishidan, xavfsizligidan, unga qarab turgan odamdan yoki performance tomonidan xavotir olmaysiz. Albatta, arxitektura to'g'ri qurilgan va sozlangan bo'lsa. Lekin yuqoridagi har bir kafolatning o'ziga yarasha narxi bor ➡️ Lokal mashinada yurib turgan dasturni bulutdagi virtual mashinaga ko'chirib qo'yish bilan uning kuchidan to'liq foydalanayotgan bo'lib qolmaysiz. Buning uchun dasturni biroz o'zgartirish yoki ko'p hollarda bulut arxitekturasiga moslagan holda qayta qurib chiqish talab qilinishi mumkin ➡️ Bulut texnologiyalari va arxitekturasini o'rganish orqali zamonaviy Dasturiy Arxitektura haqida ko'p narsani tushunib olish mumkin. Ayniqsa microservis arxitekturasi bo'yicha ➡️ Monolit va ayniqsa stateful dasturlar bulut imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi juda qiyin yoki imkonsiz. Chunki masalan uning eng asosiy jihatlari — scale up stateful dasturlar bilan ishlamaydi. Xavfsizlik, networking va monitoring kabi qo'shimcha xizmatlardan foydalansangiz bo'ladi ➡️ AWS, Azure yoki Google Cloud kabi bulut xizmatlarida juda ko'plab tayyor xizmatlar bor. Juda ko'pchilik biladigani — bu AI xizmatlari: image recognition, text to speech va hokazo. Lekin bundan tashqari ham juda ko'p xizmatlar bor. Masalan, dasturingiz autentifikatsiya funksiyasini APIGW orqali to'liq cloudga ko'chirib yuborish mumkin ➡️ Kompaniyalar ichki tizimlarini bulutli texnologiyalarga o'tkazishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishlari kerak. Bunga asosiy motivlar bo'lib narxlarni optimallashtirish, bulut texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish, tizimni modernizatsiya qilish yoki yangi ishchilarni jalb qilish bo'lishi mumkin ➡️ Narxlarni optimallashtirish har doim kutilganidek ishlamasligi mumkin. Modernizatsiya qilish ba'zida umuman ilojsiz bo'lishi mumkin (qayta qurishdan boshqa). Eng yaxshi motiv — bulut imkoniyatlaridan foydalanish. Eng g'alati lekin ishlaydigani bu orqali yangi va kuchli ishchilarni jalb qilish. Chunki kuchli ishchilar har doim yangi texnologiyalar bilan ishlashni xohlaydi ➡️ Va sezganingizdek Bulut Texnologiyalari odatda startaplar uchun emas, katta korporatsiyalar uchun yaxshiroq tanlov. Lekin shuni hisobga olib AWS, Azure va Google Cloudlar startaplarga o'z xizmatlaridan foydalanishga katta grantlar berishi mumkin. Masalan, o'zbeklar ishlab chiqqan Musaffaa startapiga Google Cloud $200,000 ajratgan ekan O'rganishda quyidagi kursdan foydalandim (not affilitated) 🔗 Microsoft Azure: From Zero to Hero - The Complete Guide #cloud #software_architecture @Janob_Musayev
نمایش همه...
👍 9
Repost from Musayev blogi
Bir oy davomida taomlanishni cheklashni buyurgan Alloh Hayit kuni ro'za tutishdan qaytardi
Muborak ayyomni yaxshi kayfiyatda, bayram qilib, oila davrasida nishonlaylik. Toki farzand va jiyanlarimiz uni har qanday boshqa kundan ham ko'proq intiqib kutishsin. Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin 🌙 @Musayev_blogi
نمایش همه...
👍 15🔥 4👏 1