cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
13 780
مشترکین
-4424 ساعت
-4747 روز
-3 57530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Quva tumani Chilon qishlog‘ida yashab, faoliyat olib borgan, o‘z ezgu ishlari bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan keksalarni e’zozlab, ularga hurmat ko‘rsatib, 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Xotira abadiy, qadr muqaddas” nomli tadbir tashkillandi. Unda qishlog‘idagi keksalar, faxriy ustozlar maktab jamoasi handa o‘quvchilar qatnashdilar. Tadbir mazmunki va taassurotlarga boy bo‘ldi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqda “Marg‘ilon shahridagi 17-maktabda dars vaqtida direktor tomonidan o‘quvchilar ishlatilmoqda” mazmunida tarqatilgan xabar Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish o‘z yakuniga yetgach natijalari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
Bayram arafasida Farg‘ona shahridagi 36-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari shahardagi “Saxovat” uyida yashovchi qariyalar holidan xabar olishdi. Ular yoshi ulug‘larni 9-may – “Xotira va qadlash kuni” bilan qizg‘in tabriklashdi. Muassasa tarbiyalanuvchilari o‘zlari tayyorlab kelishgan badiiy dasturlarini namoyish qilishdi. Jajji bolajonlarning qo‘shiq va raqslari nuronoylarga bir olam quvonch bag‘ishladi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Tibbiy ko‘rik bepul bo‘lishini so‘raymiz...” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Ushbu murojaatda O‘zbekiston tumanida maktab o‘qituvchilari analdagi tartibga zid ravishda tibbiy koʻrikdan o‘tish uchun 18 000 soʻmdan mablag‘ni o‘zlar to‘lab kelayotgani bildirilgan. Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganilayotgani va yakuniy natija haqida qo‘shimcha ma’lumot berilushini ma’lum qilamiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
Kuni kecha Farg‘ona viloyatidagi 5-6 sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiadada Farg‘ona viloyatidagi 900 nafardan ortiq maktablarning 5- va 6-sinf o‘quvchilari fsol ishtirok etdilar. Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5 nafar o‘quvchilari "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
نمایش همه...
👍 3
Oltiariq tumanidagi 33-maktabda iqtidorli o‘quvchilar safini ko‘paytirish, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Ta'lim maskanida har bir tadbirga puxta hozirlik ko‘rish, belgilangan tartib va reja asosida uni o‘tkazish ana'naga aylangan. Bugun mazjur maktabda 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Viloyat hokimining sovrini uchun” bilimlar belashuvining birinchi – maktab bosqichi tashkillandi. Unda tadbir adolatli va shaffof o‘tkazilishi uchun barcha choralar ko‘rilgan. Yaxshi natija ko‘rsatgan va g‘olib deb topilgan o‘quvchilarga keyingi bisqichga yo‘llanma beriladi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
👍 2
#Onalarga_ehtirom Viloyatimizda to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali Yozyovon tumanida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Tumandagi 24-DMTT xodimlarining onalari, uzoq yillar tizimda ishlagan faxriy onaxonlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlarning tabrigi yanada fayz kiritdi. Onaxonlarga bog‘chaning jajjilari ishtirokidagi chiqishlari olqishlarga sazovor bo‘ldi. O‘yin-kulgu barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘nggida onalarga tabriklar, guldastalar taqdim etildi. Bayram dasturi mazmunli o‘tdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
👍 1
Farg‘onada pedagoglar attestatsiyasi davom etmoqda Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 572-son qaroriga muvofiq, joriy yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining pedagoglari malaka test sinovlarida qatnashmoqdalar. 🔸Viloyatimizda toifa sinovlarida qatnashish uchun 21 319 nafar da'vogarlar hujjat topshirishgan. Jarayonlar Farg‘ona shahridagi 28-maktabda bo‘lib o‘tmoqda. Buning uchun ta’lim maskanida bo‘sh turgan bino ta’mirlanib, talablar asosida jihozlangan. Sinovlar uchun Nizomda belgilab berilgan barcha sharoitlar mavjud. Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov mazkur maktabda bo‘lib, attestatsiya jarayonlari va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi. Malaka toifasi sinovlariga kelgan pedagoglar bilan suhbatlashdi. Ularga imtihonlarda muvaffaqiyatlar tiladi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Xabaringiz bor, Farg‘ona shahrida 1-Nurli maskan uchun zamohaviy barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ta’lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirish arafasida. Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ushbu yangi bunyod etilayotgan 1-Nurli maskan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i ushbu yangi ta’lim maskani o‘quv binosidagi targ‘ibot va tashviqot vositalari hamda hududdagi obodonchilik va ko‘klamzorlashtirish ishlari bilan qiziqdi. Bu borada soha mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
نمایش همه...
👍 2