cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Dilfuza KAMOLJONOVA Barchasi bolalarga

Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi

نمایش بیشتر
طاجيكستان7 262زبان مشخص نشده استکتب18 442
پست‌های تبلیغاتی
198
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Zulfiya ISROILOVA KAPALAK Hulkar degan qizchaman, Gul ichida o‘saman. Ko‘kda uchsa kapalak, Yo‘llarini to‘saman. Unga deyman: “Hay, go‘zal, Borayapsan qayoqqa ? Pastga tusha qol bu gal, Kelib qo‘n bizning bog‘ga...” Kapalak rozi bo‘ldi, Kelib qo‘ldi bog‘imga. Men ham unga tutdim gul, Sig‘mayin quchog‘imga... Kapalak xursand bo‘ldi, Sevinib, qanot qoqdi. Dedi: “Endi ketmayman, Bog‘ing menga ko‘p yoqdi.” O‘ynadik oqshomgacha, Quyosh uyiga ketdi. So‘ng dedim kapalakka: Uxlamoqqa vaqt yetdi. Toza o‘ynab charchadik, Endi uxlab orom ol. Men ham uxlashga yotay, O‘rtoqjonim yaxshi qol. https://t.me/dilfuza_kamoljonova
نمایش همه...
Dilfuza KAMOLJONOVA Barchasi bolalarga

Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi

MEHNATSEVAR O‘RGIMCHAK (Ertak) Qishning sovuq kunida, Issiqqina inida O‘rgimchakning ishi ko‘p, Ishidan to‘qishi ko‘p. Toki qish yerda mehmon, Sovqotmasin biron jon, Deya shoshar o‘rgimchak, Tinim bilmay, jonsarak. Turli buyurtma olar, Katta-kichik naqsh solar. Ro‘mol, qo‘lqop-u qalpoq, Taxlanar juft-juft paypoq. So‘nggi urufda bari, Kamalakdek ranglari. Oh-ho... po‘rim nimchalar, Bejirimdir bunchalar. Minnatdor undan o‘rmon, Tinim bilmasdan bir on. Qishga, deb kiyim-kechak, Ip yigirar o‘rgimchak. Dilfuza KAMOLJONOVA
نمایش همه...
YOD OLAMIZ, SHODLANAMIZ! Tursunboy ADASHBOYEV TELEFON Mazza bo‘ldi zag‘chaga, Arzimagan aqchaga, Telefon sotib oldi, So‘ng g‘ilof topib oldi. Ishlarini butladi, Zag‘izg‘onni qutladi. Oldi-berdisin dovlab, So‘ngra chigirtka ovlab, Do‘stlarin yo‘qlab bordi. So‘ngra esa Laylakka SMS ham yubordi. QO‘SHUV Doskadagi yozuvlarni Dumida artib, O‘rganmoqda amallarni Mushuk batartib. Qo‘shib borgach, sanoq son Boradi ortib. To‘g‘ri topsa o‘nta sichqon O‘ziga tortiq. https://t.me/dilfuza_kamoljonova
نمایش همه...
Dilfuza KAMOLJONOVA Barchasi bolalarga

Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi

Photo unavailableShow in Telegram
RAVSHAN ISOQOV YOZ Tunlar qisqa, bir tutam, Quyosh-chi, saxiy, hotam. Tutar handalak hidi, Biram yoqimli, xushta’m Ochil dasturxon bogʻlar, Mevalar pishgan chogʻlar. Anhor boʻylari soʻlim, Qitiqlar dilni chogʻlab. Suvlar kuylar ashula, Tomchida oʻynar shu’la. Jimirlaydi yulduzlar Oymomo toʻpgan palla. @ZamiraBuvi - Farzandlarimizning ma'naviyatini boyituvchi kanal.🍀🍀🌸
نمایش همه...
Kavsar TURDIYEVA QIDIRYAPMAN BEFOYDA Oyim bergan koptokni Olish uchun shoshildim. Birov tegmasin deya Uni o‘n bor yashirdim. Berkitgandim koptokni Hech kim topmas zo‘r joyga Uch kundirki, topolmay Izlayapman befoyda. MUZQAYMOQ Yurar edi Nodirvoy Qishloq bilan tanishib. Muzqaymoq deb o‘yladi Ko‘rib qoldi qamishni. Xursand bo‘lib bolakay Der tikilib ekinga: – Endi yeyman muzqaymoq, Hoxlagancha tekinga. MEHR Uydami yo ko‘chada Yonimda bo‘lsa akam, Jasurlashib ketaman, Sher bo‘laman chinakam. Menga kulcha non yopib Yonimda yursa oyim, Ish buyursa, “xo‘p” deya, Quvnoq boqaman doim. “Balli, ota o‘g‘il”, deb Yonimda tursa dadam, Hovlimizga suv sepib Charchamayman sira ham... Meni erka ekan deb, Balki rosa kularsiz. Ammo sira, sira ham Turolmayman ularsiz.
نمایش همه...
Kavsar Turdiyeva qutlug‘ 65 yoshda
نمایش همه...
Repost from BOLALAR ADABIYOTI
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun "G'UNCHA" jurnalining bosh muharriri, bolalarning sevimli ijodkori DILFUZA SHOMALIKOVA tavallud topgan kun. TABRIKLAYMIZ!!! t.me/Adabiyotchi_Bolajon
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.