cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Birgalikda kitob o‘qiymiz 📚📖📎

بِسْمِ ْاللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الْرَحِمِ Xush kelibsiz: Bu sahifa aynan siz uchun! Kitoblardan iqtiboslar...📗📕📙 Chiqarilgan xulosalar... Va kitob haqidagi boshqa qiziqarli ma'lumotlar... 📝📝📝

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
248
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
+130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

نمایش همه...
Bobil Kutubxonasi

Kitob o’qishni endi boshlayotgan yo boshlamoqchi bo’lib yurganlar uchun jichik yo’riqnoma yozdim. Buni balki ogohlantiruv deyish ham mumkin. Ishqilib, o’qisangiz balki ba’zi savollaringizga javob, ba’zi javoblaringizga savol toparsiz. @bobil_kutubxonasi

https://telegra.ph/Kitoblar-Ayalar-va-Boshlangichlar-06-28

1
2.42 KB
4❤‍🔥 2🤩 1
​​#nazm Sizsiz yogʻgan yomgʻir haqida Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda, Sezdim, maysalarning titroqlarini. Va sizni o‘yladim kimni ko‘proq sevasiz, Menimi yoki yomg‘irni? Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda, Har neki begona, har kimsa tanish. Nigohingiz qidiraman, izlayman tovushingizni, Yurak topsa deyman bir dam osoyish. Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda, Tomchilar labimda uchdi sirpanchiq. Men sizdan uyaldim,  bu gunoh edi axir, Mashinalar termulib o‘tdi ko‘zlarin har damdan kattaroq ochib. Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda, Sog‘inchim yodimga soldi tomchilar. Yig‘ladim! Kechiring, kulaman degandim faqat, aytilmagan sirlar yog‘di tomchilab. Tomchilab, tomchilab yog‘di yomg‘irlar, Tomchilab, tomchilab yog‘di bor sirim. Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda, Men sizdan yomg‘irpo‘sh kutdim, hech kimim!   Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda... ©Parizoda Ro'ziboyeva @birgalikdakitoboqiymiz
نمایش همه...

🔥 4 2❤‍🔥 1
Abdulla Qahhorning yozuvchilar haqida aytganlari: ⚡️Adabiyot hunar,uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi. ⚡️Hayot- magnit-o'ziga tortadi. Yozuvchi shu magnitni o'ziga yuqtira olsagina kitobxonni o'ziga torta oladi. ⚡️Adabiy asar yozish uchun,hech shubhasiz,talant kerak,lekin yozilgan narsani o'chirish,kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o'zigagina kifoya qilmaydi,insof ham kerak. ''Chorak asr hamnafas'' © Kibriyo Qahhorova
نمایش همه...
6🔥 1😁 1🏆 1
Repost from The Stranger
Photo unavailableShow in Telegram
Xayoli dengiz sohillari kabi keng va dengiz havosi kabi toza odamlarni topish juda qiyin bo‘lib ketdi... "Azizim" Gi de Mopassan @salimov_blogi
نمایش همه...
8❤‍🔥 2🔥 2
#nazm Zamona zoʻrniki, dedilar menga, Tamosho koʻrniki, dedilar menga. Muhabbat-chi, she’r-chi, soʻradim qaqshab, Manglayi shoʻrniki, dedilar menga. Shukur Qurbon @boqiy_darbadarr
نمایش همه...
🔥 7👍 2 1❤‍🔥 1
​​#nihoya Stefan Sveyg ijodidan birinchi o‘qigan asarim.Bu ijodkorni ''Kristina'' asari orqali tanirdim.''Qalb besabrligi'' romani esa uning ijodi bilan yaqindan tanishtirdi. Romanda harbiy polkda xizmat qiladigan leytenant Toni Gofmiller va boy honadon qizi Editning muhabbati haqida hikoya qilinadi.Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bir tomonlama muhabbat va vijdon azobi. Bosh qahramon leytenant Gofmiller qizning sevgisini qabul qila olmagani katta falokatga sabab bo‘ladi va umri davomida buni hech qachon unutolmay yashaydi.Asar so‘ngida aytilganidek ''Hamonki vijdoning yodda tutar ekan,hech qanday gunoh unutilishga mahkum emas''. Asardagi bu holat menga ''Chinor'' romani qahramoni Akbarali tushgan holatni eslatdi.U ham bir soniyali qo‘rqoqlik tufayli o‘zini kechira olmaydi.Toni ham vaqtinchalik o‘z hissiyotlarini boshqara olmagani sabab bir insonning umriga zomin bo‘ldi. Asar 400 sahifadan oshiq bo‘lishiga qaramay,o‘zining qiziqarli syujeti bilan meni o‘ziga torta oldi va o‘qib chiqish uchun 3 kun sarfladim.Bu holat shu olti oy ichidagi mening rekordim.Kitoblarni 10-15 kunlab o‘qishga odatlanib qolgandim. P.s. Bir narsa menga yoqmadi.Kitob annotatsoyasida bosh qahramon o‘limi haqida oldindan aytib qo‘yilgan.Bu kitobxonning asarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini susaytirmay qolmaydi. :( @birgalikdakitoboqiymiz
نمایش همه...

👍 4 3🔥 2
​​#iqtibos ''Inson o‘zi bilan ham, o‘z birodari bilan ham, o‘z vaqti bilan, o‘zi yashaydigan joy bilan ham nizoda''. ©Uilyam Folkner @birgalikdakitoboqiymiz
نمایش همه...

👍 2❤‍🔥 1🔥 1😁 1💯 1
#nazm *** Hayronman, kim kimga otayapti o'q, Na o'qni to'xtatdim, na bo'ldim qalqon. Kecha okopidan chiqmagan askar, Bugun tirikman deb bo'lsa qahramon... Hayronman, ne uchun Haq demas tilim, Yoki o'chirdimmi dildagi cho'g'ni? Nega ko'nayapman haqsizlikka jim, Menga bir qaranglar, o'lganim yo'qmi? ✍Najmiddin Ermatov @birgalikdakitoboqiymiz
نمایش همه...
💔 5 2❤‍🔥 1🔥 1
​​#taqriz ''Yolg‘izlikning yuz yili''  Gabriel Garsia Markes   Asarni o‘qish oson kechmadi. Buning bir qancha sabablari mavjud.Jumladan, ismlar o'xshashligi (bir xilligi desa ham bo‘ladi),voqealar o‘ta zich joylashganligi va dialogning yo‘qligi. Ushbu sabablar tufayli  romanni boshlagan ko‘pchilik kitobxonlar oxiriga yetkazishga toqati yetmaydi. ''Yolg‘izlikning yuz yili'' asari haqidagi faktlar: ✔️Roman 1967-yilda ilk bor nashr qilingan. ✔️Ingliz tilida 1970-yilda nashrdan chiqqan. ✔️Asar yozilgan til  - ispan tili. ✔️1982-yilda Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. Roman  ''magical realism'' janrida yozilgan. Bu jumlani o‘zbek tiliga ''fusunkor realizm'' deb tarjima qilishgan. Roman janri  ''sehrli  realizm'' deyilishiga sabab asarda ko‘plab aql bovar qilmas hodisalar tasvirlangan: arvohlar, o‘ta uzoq umr ko‘rish(Ursula,Pilar Ternera), osmonga uchib g‘oyib bo‘lgan qiz, shahar bo‘ylab oqib Ursulani topgan qon va hokazolar. Bu G. G. Markesning xayolot mahsulidir. Realizmligiga sabab esa yozuvchi o‘z romani orqali tarix haqiqatlarini jonlantiradi. Ya'ni Lotin Amerikasi tarixini ushbu romani orqali ko‘rsatib beradi.Bunga yaqqol misol  ''Banan qirg‘ini''dir.Kolumbiyadagi ish tashlash tufayli qirib tashlangan mingdan ziyod odamlar voqeasi asarda ham uchraydi. Yana ikki partiya liberallar va konservatorlarning o‘rtasidagi bema'no urushlar ham tarix chizgilaridir. Roman Xose Arkadio Buendia va Ursula o‘z qishlog‘ini tark etib yangi Makondo degan yurtga asos solishi bilan boshlanadi. Asarda ushbu oiladagi yetti avlod hayoti yoritib berilgan. Asarda lo‘lilar to‘dasining boshlig‘i Melkiadesning o‘rni juda katta.Uning Mokondoga turli yangi kashfiyotlarni olib kelishi bilan boshlangan asar, u yozib ketgan qo‘lyozma siri ochilishi bilan nihoyasiga yetadi. Romanda ochib berilgan eng asosiy mavzu bu- yolg‘izlik. Umumiy olib qaraganda Mokondo qishlog‘ining o‘zi boshqa qishloqlardan ajralib qolgani ham uning  yolg‘izligiga ishora. Bundan tashqari har bir obraz alohida yolg‘izdir.Polkovnik Aurliano Buendia oltindan baliqchalar yasaydi. So‘ng hammasini eritadi va yana qaytadan yasaydi. Shu taxlit o‘z yolg‘izligini yengishga harakat qiladi. Xose Arkadio Buendia daraxtga bog‘lab qo‘yilgandan so‘ng aqldan ozib faqat lotin tilida gapiradi va hech kim uni tushunmaydi u ham o‘z dunyosi bilan yolg‘izdir. Rebeka, Amaranta, Ursula - barcha barcha qahramonlar o‘zlarini yolg‘iz his qiladi. Muallif bu bilan nima demoqchi? Inson zoti borki yolg‘izlikka mahkum. Xoh do‘stlari, xoh yaqinlari bo‘lsin, nima bo‘lganda ham uning ruhiga yaqin, ichidagilarni to‘liq his qila oladigan biror kimsa yo‘q. Gabriel Garsia Markes ''Yolg‘izlikning yuz yili'' romani orqali ham o‘z vatani tarixi, ham butun insoniyatga tegishli bo‘lgan yolg‘izlik dardini olib chiqa olgan.Shu sababdan ham ushbu asar o‘lmas asarlar qatoridan joy olgan. P.s. Asarni o‘qiyotganlar o‘qish jarayonida quyidagi oila shajarasidan foydalansa,  chalkashliklar sal bo‘lsa ham kamayadi. @birgalikdakitoboqiymiz
نمایش همه...

🆒 4🕊 2👍 1🔥 1👏 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.