fa
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

رفتن به کانال در Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

نمایش بیشتر
4 608
مشترکین
-724 ساعت
-137 روز
-7630 روز
آرشیو پست ها
Repost from Farkhod - AI PM
Konferensiyada o’zimizni qanaqa tutishimiz kerak Shu haftaning 19-mart kuni, soat 11:00da IMPACT.T kovorking markazida, ajoyib dizayn konferensiya bo’lib o'tadi. Qatnashishni maslahat qilaman.  Endi, tinglovchilar, ma’ruzachilar va tashkilotchilarga maslahatlarim bor.  Tinglovchilarga: - Kechikmay keling, sal shu odatni yo’qotaylik.  - Konferensiyadan keyin ma’ruzachidan rahmatingizni ayamang. Bir o’giz rahmat desangiz, ko’ngli ko’tarilib qoladi.  - Ma’ruzachiga to’g’ri savol bering. Misol uchun, menga dizayn chizishga yordalashing demang, uni o’rniga dizaynimni tipografikasidan qoniqmayapman, maslahat bera olasizmi yoki foydalanuvchilarni intervyu qilishni yo’lga qo’ya olmayapman, nima qilsam bo’ladi. To’g’ri savol berish bu sizni qanaqa inson ekanligingizni ko’rsatadi. Menga to’g’ri savol bergan shogirdlar bilan hali ham aloqadaman.  - Uyalmang, ma'ruzachi bilan shunchaki kelib 2 o’giz gap ochsangiz bo’ladi. Tanishib qo’ying. O’zingizni borligingizni ko’rsatasiz, kelajakda sizni eslab balkim ish bilan ta’minlar.  - Konferensiyaga qatnashish nafaqat yangi bilim olish balkim yangi tanishlar ortirish ham. Yangi tanishlar sizga ish, yordam va maslahat bera oladi. Balkim startup qilayotgan bo’lsangiz, sherik topasiz. Kelib hamma bilan qo’shilib, gaplashib keting. Spikerlarga: - Iltimos, auditoriya bilan ishlang. 5 minutdan keyin uhlab qolishadi. Youtube to’la dars bu masalada. O’zizga savol bering, nimaga meni tinglashga keldi, foydali va o’zingizni tajribangiz haqida gapiring.  - O’zbek tilida chiqish qilsangiz, rus va ingliz tilini boricha kamroq ishlating. Bilaman iljoji yoq so’zlar bor lekin aralash bo’lganda juda yoqimsiz eshitiladi. - Nutqda ‘aaa’, ‘emmm’ ishlatmang. Chiqishdan oldin sinov sifatida o’zingizni videoga tushuring, o’zingizga baho bering. Tashkilotchilarga: - O’zbekmiz, o’z vaqtida ovqat yeyishni yahshi ko’ramiz. Och qoringa kallaga hech nima kirmaydi. Shuni inobatga olinglar.  - Fotograf tashkil qilish kerak. Ma'ruzachi shuncha gapiradi lekin hech qayerga chiroyli rasmlar yuklay olmasa, u nima qiladi kelib? Biron foyda tarafi ham bo'lishi kerak ma'ruzachiga. - Konferensiya tugagandan keyin ma'ruzachilarga, shuncha vaqt va kuch sarflading deb individual rahmat deb qo’yish kerak. 👉 Dizayn konferensiya bo'yicha to'liq ma'lumot https://t.me/gdgtashkent_design/58 Konferesniya qatnashuvchilari bilan ulashing. Rahmat. P.S. Afsus konferensiyaga qatnasha olmayman. Boshqa viloyatda ishlarim bor.  @farkhod_com

Repost from Botir Ziyatov
Gpt4 chiqdi ! Hozirgina OpenAI kompaniyasi bu haqida post chiqardi uni imkoniyatlari boʻyicha kechasi soat 1 da onlayn efir boʻladi. https://www.youtube.com/live/outcGtbnMuQ Qani futbol oʻrniga ham shunaqa chiqishlarni koʻradiganlar ham bormi 😅 👉 @botirziyatov

Repost from Sariq Dev
Parazit. Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi. Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?" Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz. Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz. Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi. Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi. Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.