fa
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

رفتن به کانال در Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

نمایش بیشتر
4 367
مشترکین
+3324 ساعت
+447 روز
+20630 روز
آرشیو پست ها
photo content
+2

Dasturchi Prodga qo‘li yetsa. O‘zbekistonda juda ko‘p dasturchilar Prod serverdan foydalanadi. (Foydalana oladi ham emas, ayn
Dasturchi Prodga qo‘li yetsa. O‘zbekistonda juda ko‘p dasturchilar Prod serverdan foydalanadi. (Foydalana oladi ham emas, aynan foydalanadi)
Bu juda juda yomon odat.
Lekin, faqat bizda emas, Yevropada ham shunday holatlar uchrab turadi. Phoenix kitobida shunday joyi bor. 1. Dasturchilar kompyuterida Admin bo‘lib ishlay oladi. 2. Xohlagan payt Prod serverga o‘zgartirish kirita oladi. Hurmatli biznes egalari, bunday xatolar biznesingiz 0 ga aylanishiga yoki boshqa birovga o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli ba’zi tavsiyalarni ko‘rib chiqsangiz. 1. Albatta Test server oling. Ko‘p korxonalarda faqat bitta server bo‘ladi va majbur hamma prod bilan ishlaydi. 2. DevOps va Dasturchining farqiga boring. DevOps sizning odam bo‘lishi kerak. Progda unga huquq beriladi. Dasturchilar esa Test server bilan ishlaydi. Prodga kira olmaydi. 3. Albatta Progda ma’lumot chiqishi jarayonini yozib chiqing. Va o‘zingiz amal qiling. QA javob bergandan keyin DevOps chiqara oladi. Shu tamoyil va rol larni bilib oling. 4. Dasturchilarga o‘zingiz qurilma olib bering. Admin huquqi bo‘lmasin. Agar dasturchi o‘zining shaxsiy kompyuteridan ishlasa, demak sizning ma’lumotlaringiz xavf ostiga. 5. IT Audit qilib turing. IT Audit qila oladigan tashkilot va dasturchilar bor. Ularning maslahatini olib va joriy qiling.
Prod hech qachon o‘chmasin!
07.06.2025 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum kanalimiz ahli, 🕌 Barchani kirib kelgan Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklayman. Ibodatlaringiz qabul boʻlsin. Kuningiz hayrli va barakali boʻlsin! Shu bilan birga Sardor ogʻadan oʻrnak olgan holda doʻstlarimiz * Qudrat ogʻa Abdurahimov * Anvar aka Narzullaev * Sardor ogʻa * Jahongir Rahmonov * Muhammadjavohir Sur'atov * Khumoyun Inoyatov * Farkhonjon Chinberdiyev * Umar Sadullayev * Zarifjon Naxalov * Botir Ziyatov * Temurbek Adhamov * Adham Zohirov * Diyorbek Ibragimov * Murodjon Normatov sizlarni alohida muborakbod etmoqchiman. Sizni, oila a'zolaringizni va albatta kanalingiz a'zolarini bayram bilan tabriklab, xonadoningizga tinchlik, oilangizga totuvlik, roʻzgʻoringizga baraka tilayman. Ishlaringiz doimo rivojli va unumli boʻlsin. Sizlar sohamiz mutaxassislarisizlar va bu yoʻlda oʻz bilim va tajribalaringizni beminnat ulashib kelyapsizlar. Koʻpchilik bilan shaxsan koʻrishish nasib etgan. Hatto birga ishlash ham nasib etgan. Jamiyatimiz haqida qaygʻuradigan insonlarsiz. Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlanishiga oʻzingizning hissangizni qoʻshayotganingiz uchun alohida rahmat. 05.06.2025 @DrAlgorithm

Qahva Ertalabdan Axborot xavfsizligi boʻyicha konferensiyaga bordim. Vendor risk-management boʻyicha bitta xizmatni koʻrish u
Qahva Ertalabdan Axborot xavfsizligi boʻyicha konferensiyaga bordim. Vendor risk-management boʻyicha bitta xizmatni koʻrish uchun stend oldida turgan edim. Qahva moshinasini qoʻyib qoʻyishgan ekan. Xodimlaridan biri kelib, birinchi soʻragan narsasi: "Qahva ichasizmi?" - boʻldi. - Americano, - dedim oʻylab oʻtirmay. Juda zoʻr gʻoya. Ertalabdan qahva ichadiganlar koʻp. Qahva soʻragandan keyin aniq 5 daqiqa sizning stend oldida turishadi, ular endi siz uchun vaqt ajratishi tayin.
Win-win
Qahva koʻpi bilan £5 tursin. Agar 20 ta shunday suhbatdoshdan bittasi siz bilan shartnoma imzolasa, £15,000 degani. Konferensiyadan koʻp foydali maʼlumotlar oldim. 05.06.2025 @DrAlgorithm

Ilm tekin emas, ammo... Sardor og‘a dars berishni qayta boshladilar. Juda zo‘r mutaxassis ekanlarini yaxshi bilasiz. 20 yil oldin bo‘lganida, kurslariga borgan bo‘lar edim. Hozir qabul qilmasalar kerak. HTML, CSS, JSni o‘rganib kelishim kerak bo‘ladi. Shunga sizga ilindim. Online kurslar yaxshi. Vaqt tejaydi va mustaqil o‘rganishga o‘rgatadi. Lekin ustoz bilan hamnafas, bir xonada ilm olish gashti boshqacha. 👉 Kurs haqida: https://t.me/Sardoroga_blog/2626 PHP ko‘p veb sahifalarning onasi bo‘lib ulgurgan. Shunga buni ham o‘rganib qo‘yish foydadan holi emas. * Har yili 1 ta yangi texnologiya o‘rganadigan "oka"larimiz bor. * Kursni o‘qib bitirganlar "Kotta odam" bo‘lib ketishgan. Shulardek bo‘lish sizga ham nasib etsin! 26.05.2025 London @DrAlgorithm

Odamiylik ko`nikmasi Juda ajoyib talqin va taklif boʻlibdi. Endi suhbat olish jarayonida (job interview) shu atama, Odamiylik koʻnikmasini, ishlatsak atama tezroq hayotga kirib keladi. Odamiylik Odob Intizom Axloq Tilimizda oʻzlashgan soʻzlar oʻrniga ishlatish mumkin boʻlgan va maʼnosi toʻlaroq ifoda eta oladigan soʻzlarimiz koʻp. Ularni qoʻllay olish - san'at.
Qudrat aka aytganlaridek: Vaqt ketdi, qani qanchada singar ekan.
Chorlov, chaqiriq (challenge)ga tayyormisiz? 21.05.2025 London @DrAlgorithm

Google I/O 25 Gemini ishlatib yoqtirib qolgan edim. Endi yana ham ishim osonlashar ekan. Koʻrishni tavsiya qilaman. Koʻp yangiliklar bor ekan. 20.05.2025 London @DrAlgorithm

Uzgeeks Meetup ko`pchilik dasturchilar uchun juda foydali tadbir. Agar hali qatnashib ko`rmagan bo`lsangiz, boshlash uchun ayni vaqti. Agar xabaringiz bor bo`lsa, yana bir bor eslatib qo`yishni xohladim. Tadbir barchangiz uchun foydali bo`lishini tilab qolaman. 19.05.2025 London @DrAlgorithm

Assalom alaykum!!! UzGeeksʼda DevOps kuni! 📌 31-may, shanba kuni TATU binosida "UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup" boʻlib oʻ
Assalom alaykum!!! UzGeeksʼda DevOps kuni! 📌 31-may, shanba kuni TATU binosida "UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup" boʻlib oʻtadi. ⭐️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
1️⃣“GitOps Beyond Kubernetes: Applying GitOps to VMs, and more” - Numon Amirov (Owner @ Subinc); 2️⃣“Lets Nix it.” - Sokhibjon Orzikulov (Head of OSS @ Uzinfocom); 3️⃣“Katta infrastrukturani boshqarishda monitoringning o'rni.” - Jahongir Yovmuddinov (Yetakchi mutahassis @ Mobiuz);
🔄 Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak. 📍Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 108 (Toshkent axborot texnologilari universiteti) 🎙Hamkorlar: ➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi; ➡️ Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi; ➡️ Thinkland. ➡️ Toshkent axborot texnologilari universiteti ➡️ Floss O'zbekiston. Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate

Micro SaaS (Software as a Service) Juda ajoyib g‘oya o‘ylashibdi. Ko‘p dasturchilarimiz kichik loyihalar qilishadi. Bu kichik loyiha o‘zlarining ishlarini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Masalan, - Har 45 daqiqada, 15 daqiqa dam olish kerak ekanini eslatish; - Qisqa tugma orqali kerakli IDE yoki boshqa dasturchi ochish; - Berilgan 100 ta rasm fayllarini bitta PDF ga o‘tkazish; - emaillaringizning qaysi biri kerakli, qaysini esa reklama ekanini ajratish kabi. Bu hozir esimga kelganlari. Tasavvur qiling O‘zbekistonda IT sohasida ishlab yurganlar qancha. Agar ularga o‘z g‘oyalarini ommaga chiqarishga yo‘l berilsa, nima bo‘ladi?
Ko‘pchilik uchun foydali yangi xizmatlar (SaaS) dunyo ko‘radi.
Shundan muhitlardan biri, Startup Garage tomonidan ishlab chiqilgan SG Micro SaaS Studio loyihasi. Loyihasi asoschisi Muhammad Xalilni yaxshi taniyman. Tavsiya qilaman bu loyihada ishtirok etib, o‘zingizni sinab ko‘rishingizni. 👉 Batafsil
Ba’zida bizga berilgan imkoniyat oyog‘imiz ostida bo‘ladi.
09.05.2025 London @DrAlgorithm

Ot masalasi - (javob) 🔗 https://telegra.ph/Ot-masalasi---javobi-05-06 Masala: Shaxmat taxtasida ot va piyoda bor. Ot eng kam yurish bilan piyodani urishi kerak. Ot eng kam necha qadamda piyodani uradi? ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
Masalani ko‘pchilik rekursiya yordamida yechib ko‘rsatishdi. Men esa 9 sinf bolasi qanday yechganini yozib bermoqchiman. Massiv (array) yasab olamiz. taxta[8][8] Ot turgan joyni 0 deb belgilaymiz. Endi massivning har bir katagidan yurib chiqamiz. Agar biror son ko‘rsak, shu sondan borish mumkin bo‘lgan joylarni +1 qilib belgilab chiqamiz. Demak, agar ot 0-raqamda turgan bo‘lsa, undan borish mumkin bo‘lgan joylar 1 ga aylanadi. Bitta o‘tishda butun taxtani to‘ldirib bo‘lmaydi. Shu sababli bajargan ishimizni bir necha marta takrorlaymiz. Necha marta takrorlash kerak? Aniq bilmaganim uchun o‘sha payt 10 marta takrorlaganman. keyinchalik esa maksimum qadamlar sonini aniqlab, 8 martaga tushirganman. 2-o‘tishda taxtamizda (massivda) 0, 1, va 2 sonlari paydo bo‘ladi. Shu zaylda davom etamiz va 3 lar va 4 lar hosil bo‘lishini kuzatamiz. Endi, Ot turgan joydan boshlab, keyingi raqamga qarab yurishni boshlasak har doim ham manzilga yeta olmaymiz. Chunki 0->1->2 dan keyin 3 ga o‘ta olmasligimiz mumkin. Mana shu yerda men o‘rgangan bitta zo‘r falsafa bor: - Natija olish uchun har doim ham boshlang‘ich nuqtadan tugash nuqtasiga harakat qilinmaydi. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladi, tugash nuqtasidan boshlanish nuqtasiga borish kerak. Man hayron qolganman (shok bo‘lganman). Rostdan ham shunday ekan. Agar ot turgan joydan biror keyingi songa o‘tsam va yana ixtiyoriy keyingi onga o‘tsam, men tugash nuqtasiga bora olmas ekanman. Lekin, agar tugash nuqtasidan orqaga qaytishni boshlasam, ixtiyoriy kichik sonni tanlasam ham doim boshlang‘ich nuqtaga yetib kelar ekanman. Shunday qilib, piyoda turgan joy 3 ga teng. U yerdan ixtiyoriy 2 ga o‘taman, keyin yana ixtiyoriy 1 ga va 0. Bu eng qisqa yo‘l bo‘ladi. Ishonmasangiz tekshirib ko‘ring. Va agar yo‘llar ko‘p bo‘lsa, shu usulda barchasini ko‘rib chiqa olasiz.
Ana shunaqa gaplar. 🏠 Endi esa, uyga vazifa. 1. Ot turgan katak (manzil) va piyoda turgan katak (manzili) beriladi. Siz borish mumkin bo‘lgan barcha eng qisqa yo‘llarni yozib bering. 2. Ot va piyodani shunday joylashtiring-ki. Ular orasidagi yo‘l eng uzun bo‘lsin. Eng uzun masofa necha qadamli? 07.05.2025 London @DrAlgorithm

Skype - 05.05.2025 Bugun yana bir muloqot dasturi (messanger) bilan xayrlashdik.
Bu faqat xabar emas, ovozli qo`ng`iroq va internet telefon (VoIP) texnologiyalarida katta burilish yasagan tizim edi.
Skype chiqqan vaqtda xalqaro qo`ng`iroqlar qimmat edi. Endi tasavvur qiling, oddiy narxda chet davlatiga telefon qilishni... - ana shunaqa maxluq edi bu.
Xullas, yana o`sha gap: - Messangerlar hayoti qisqa, email dan foydalanish kerak.
05.05.2025 London @DrAlgorithm

Oybek yaxshi bir post qoldirgan ekanlar. 📱 https://www.linkedin.com/posts/oybek-mukhiddinov_ustoz-shogird-telegram-kanali-shu-kanalni-activity-7324155849382211585-4izX Boringizga shukr. Izohlarda berilgan fikrlar ham manfaatli bo`ldi. Hammaga rahmat! 04.05.2025 London @DrAlgorithm

⁉️ Bu savol kodini yozib koʻrganlar bormi? Izohda qoldirsangiz. Keyin javoblarni solishtiramiz. Ertaga javobini tashlayman.

O`zimizning mavzu... https://t.me/DrAlgorithm/839 Ora-chora hazil qilib turila. Jaa jiddiyni yoqib olmasdan. 03.05.2025 London @DrAlgorithm

Barakalla Otabek! Kechaginda katta tizim, oʻrganish qiyin deb Oracle haqida aytgan edim. Endi qaranggi bu ukamiz nafaqat Oracleni oʻrgandi, balki uni yasash bilan shugʻullanar ekan. Muborak boʻlsin Otabek! Yoshlarimiz kuchli salolihiyatga ega. Bilim olishda ancha oldinda. Davomli boʻlsin. Otabeklar koʻpaysin! 03.05.2024 London @DrAlgorithm

Oracle’dan offer oldim — va bu yo‘l qanday bosib o‘tildi? To‘liq hikoya shu yerda: https://medium.com/@otabekecma/oracledan-offer-oldim-d83f413baabe

"Algoritmni qayerdan o‘rgansam bo‘ladi?" Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qiladi. Ularga tavsiyalarim ichida Qudrat akaning kitoblari birinchi qatorda turadi. Nima uchun?
Qudrat aka dasturlashning negizini bilishdan tashqari o‘z amallari bilan 1 qadam oldinda yuradilar.
2006 yil ilk kitoblarini chiqarganlarida man hayron bo‘lgan edim. - Qanday qilib? - Buncha tez? - Qanday qilib tarqatasiz? (puli chiqadimi?) Manda ko‘proq muammolarga yechim izlash tamoyili ishlab ketgan. Ular esa, shartta o‘tirib, qunt qilib, kitob yozgan edilar.
Kitoblari esa og‘zaki ovoza bo‘lib, tarqab ketgan edi.
Ustozdan o‘rganadigan narsalar ko‘p. Dasturlashni o‘qitishda qiynalgan o‘quv markazlari Foundation kursini o‘ylab topishdi. Qudrat aka esa kompyutersiz dasturlashni o‘rgata oladigan ustoz.
Ko‘p yozdim, ko‘p maqtab yubordim. Lekin bori shunday.
👍 Tavsiya qilaman. O‘zingiz, tanishingiz va farzandingiz uchun foydali bo‘ladi deb bilaman. 02.05.2025 London @DrAlgorithm

Olimpiada va bellashuv Maktabda katta sinflar orasida olimpiada va bellashuvlar bo‘lar edi. Hozir turi ko‘payib ketgan. Lekin
Olimpiada va bellashuv Maktabda katta sinflar orasida olimpiada va bellashuvlar bo‘lar edi. Hozir turi ko‘payib ketgan. Lekin aynan o‘sha olimpiada tufayli Charles Babbage mashinasi, Pascal hisoblash uskunasi, birinchi ayol dasturchilar bilan tanishganmiz.
London Fan muzeyida Charles Babbage mashinasini ko‘rib, maza qilgan edim. Bu quvonchni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi.
~~~ Bu xabarni yozar ekanman 2 ta narsa bir vaqtda esga tushdi. Shu sababli har birini alohida xabar qilib yozaman. ~~~ Shoxmot o‘yinini bilasiz. U yerda menga eng yoqadigan shakl - ot. Chunki uning yo‘nalishini yaxshi bilsangiz kutilmagan zarbalar bera olasiz. Shoxmot taxtasida bitta ot bor. Sizga bo‘sh kataklardan biri ko‘rsatiladi. Diqqat savol:
- Ot ko‘rsatilgan katakka eng kam nechta qadam bilan bora oladi?
~~~ Bu masalani avval qo‘lda yechib ko‘ring. Keyin dasturini yozishga harakat qiling. Juda qiziq. Ilk marta bu masalani 9 sinfda yechib ko‘rgan edim. U vaqtlar dasturlash fani 8-sinfda kirishni boshlar edi. 3 kun urinib, yechimni topganimda, nima uchun aynan shunday ekanini his qilganimda, rosa maza qilgan edim.
Shunday baxtni siz bilan ulashgim keldi.
Eslatma: 1) Izohlarni o`qishdan avval urinib ko`ring. Izohlarda kimdur javobini qoldirgan bo`lishi mumkin. 2) Javobni izohlarga ochiq holda qo`ymang. Hammaga urinishga imkon bering. 01.05.2025 London @DrAlgorithm