cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi rasmiy telegram sahifasi

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
975
مشترکین
-324 ساعت
-127 روز
-10430 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

✅Toshkent viloyati Maktabgacha va Maktab ta'limi boshqarmasi Toshkent viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi ✅ "Bolalar yozgi oromgohlari va sog'lomlashtirish maydonchalarida faoliyat olib boruvchi pedagog kadrlar va yetakchilarni tayyorlash" bo'yicha maxsus o'quv seminar bo'lib o'tdi. Seminar yakunida Sertifakatlar taqdim etildi. ©𝙏𝙤𝙨𝙝𝙠𝙚𝙣𝙩 𝙫𝙞𝙡𝙤𝙮𝙖𝙩𝙞 "𝘽𝙖𝙧𝙠𝙖𝙢𝙤𝙡 𝙖𝙫𝙡𝙤𝙙" 𝙗𝙤𝙡𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞 𝘼𝙭𝙗𝙤𝙧𝙤𝙩 𝙭𝙞𝙯𝙢𝙖𝙩𝙞.
نمایش همه...
👍 7
Assalomu alaykum! Bugun 16-may, Payshanba. ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi! 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🪩 Xalqaro tinchlikda birga yashash kuni 🪩 Xalqaro nur kuni 🪩 Qirg‘izistonda onalar kuni 🪩 Tongada otalar kuni 🌎 VOQEALAR:🌎 🌸 1881-yil — Germaniyada dunyodagi birinchi elektr tramvay harakati boshlandi. 🌸 1929-yil — AQShda birinchi “Oskar” mukofotlari topshirildi. 🌸 1996-yil — “O‘zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida”gi Protokol imzolandi. 🌸 2007-yil — 60- Xalqaro Kann kinofestivali boshlandi. TAVALLUDLAR: 🌹 1718-yil — Mariya Agnezi — italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi ayol professor. 🌹 1831-yil — Edvard Xyuz — mikrafon ixtirochisi. 🌹 1904-yil — Botu — atoqli o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. 🌹 1930-yil — Nuriddin Shukurov —O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim. 🌹 1963-yil — Fatxulla Ma'sudov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
نمایش همه...
👍 2
#Tabiat qo'ynida bir kun ✅ 14-may kuni Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi Qoronqul tog' zonasida "TABIAT QO'YNIDA BIR KUN" shiori ostida "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. ✅ Tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Parkent, Qibray hamda Bo'stonliq tumani "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garak a'zolari ishtirok etishdi. ©𝙏𝙤𝙨𝙝𝙠𝙚𝙣𝙩 𝙫𝙞𝙡𝙤𝙮𝙖𝙩𝙞 "𝘽𝙖𝙧𝙠𝙖𝙢𝙤𝙡 𝙖𝙫𝙡𝙤𝙙" 𝙗𝙤𝙡𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞 𝘼𝙭𝙗𝙤𝙧𝙤𝙩 𝙭𝙞𝙯𝙢𝙖𝙩𝙞.
نمایش همه...
👍 11🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍👩‍👧‍👦 “Xalqaro oila kuni” muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🥳 1994-yildan buyon 15-may - “Xalqaro oila kuni” sifatida butun dunyoda nishonlab kelinmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan. 🇺🇿 Yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. ⏩Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. 👏 Fursatdan foydalanib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi barcha yurtdoshlarimizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishlarini tilaydi. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
نمایش همه...
👍 8
Assalomu alaykum! Bugun 15-may, Chorshanba. ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi! 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🪩 Xalqaro oila kuni 🪩 Xalqaro astronomiya kuni 🪩 Xalqaro iqlim kuni 🪩 Hindistonda daraxtlar kuni 🌎 VOQEALAR:🌎 🌸 1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi. 🌸 1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi. 🌸 1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi. 🌸 1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi. TAVALLUDLAR: 🌹 1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori. 🌹 1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri. 🌹 1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi. 🌹 1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
نمایش همه...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
"Barkamol avlod" bolalar maktablarida oʻquvchilar qamrovi boʻyicha hududlar va tuman/shaharlar kesimida REYTING tuzildi 📈 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov yoʻnalishida tashkil etilgan to'garaklarga qamrab olingan oʻquvchi-yoshlar koʻrsatkichi boʻyicha joriy oʻquv yilining mart oyi holatiga koʻra REYTING belgilandi. ✅ Bundan ko'zlangan asosiy maqsad: ☝️maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, ☝️toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, ☝️hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini jonlantirish. Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:👇 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
نمایش همه...
👍 3
💃14.05.2024 kuni Olmaliq shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Milliy raqs" to'garak rahbari Nosirova Zuhra rahbarligidagi "G'uncha" raqs dastasi qizlari "Zo'r" TV kanalining "Ertalabdan salom" ko'rsatuvida o'zlarining raqslari bilan ishtirok etishdi.
نمایش همه...
👍 2
Tajriba almashish Yangiyo'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining yo'nalishlar bo'yicha uslubchilari va ITJE, MMOTTashkilotchisi  maktab direktori Saidova Muhayyo Abdulladjanovna rahbarligida Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabiga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi. Quyichirchiq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi hodimlari tomonidan iliq kutib olinib, maktabning o'quv xonalari bilan tanishtirilib tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Hodimlar tomonidan berilgan savollarga aniq va samimiy javoblar berildi. Tajriba almashish davomida kutilgan natijaga erishilib maktablar o'rtasida do'stona hamkorlik vujudga keldi.
نمایش همه...
👍 5
Oila muqaddas ! Yangiyo'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Tadbirga o'zlarining oilaviy hayotlari bilan barchaga o'rnak bo'la oladigan oilalardan Xidirov Shokir ota o'g'li Shokirov Normuxammad ota hamda Shokirova Marhamat onalar taklif etildi. Tadbir mehmonlaridan Yangiyo'l tuman Nuroniylar jamg'armasi bo'limi va Ma'naviyat ma'rifat bo'limi hodimlari ham o'z sovg'alari bilan tashrif buyurib ishtirok etishdi. Tadbirda oila haqida she'rlar, raqslar namoyish etilib qiziqarli o'yin tashkil qilindi. Davramiz mehmonlari o'zlarining hayotiy tajribalari bilan yoshlarga maslahatlar berdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda, kuchli ma'naviy ozuqaga boy holda bo'lib o'tdi. Yangiyo'l tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabi axborot xizmati
نمایش همه...
👍 4
آرشیو پست ها