cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

𝑨𝑳𝑰𝑱𝑶𝑵 𝑩𝑶𝑯𝑶𝑫𝑰𝑹𝑶𝑽𝑰𝑪𝑯

✓"ILM-FAN QANOTI" koʻkrak nishoni ✓"Rossiya Federatsiyasi taʼlim va tarbiya akademiyasi" koʻkrak nishoni sohibi ✓"Qoʻsh qanot" xalqaro yozuvchilar uyushmasi va ✓Respublika "Mushoira" klubi aʼzosi ✓"Ijodkor yoshlar klubi" koordinatori @ALIJON_YOLDOSHEV

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
328
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-3330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi YOʻLDOSHEV ALIJON "IQTIDORLI TALABALAR OLTIN FONDI" AʼZOLIGIGA QABUL QILINDI
نمایش همه...
👍 21👏 5
Umr Umr goʻzal fasl, goʻzal bir bahor, Unga qanday koʻzda qarashing muhim. Sal shamol boʻlganda nolimoq bekor, Qorlar ham, yomgʻir ham topadi tinim. Umr - bu saodat, umr oʻzi baxt, Kimga juda qisqa, kimgadir uzun. Daryodek shahd bilan oʻtib ketar vaqt, Kimga quvonch berar, kimlardir mahzun. ALIJON YOʻLDOSHEV
نمایش همه...
🔥 16👍 10
Otajonim❤️ Keksaygan otamning koʻziga qarab, Oʻzimni qoʻyarga topolmayman joy. Kecha qayda edi aql, farosat? Ranjitmasam boʻlar edi hoynahoy... "Xoʻp" desam uzilib tusharmi tilim? Kimlarga ishondim, kimga kerildim?! Eng katta boyligim otam turganda, Dunyo ziynatiga buncha berildim... Qani atrofimda parvona doʻstlar? Bugun bittasini izlab topmayman. Mana ularsiz xam oʻtarkan kunim, Xech kimning ortidan endi chopmayman. Qani orqasiga qaytsa edi vaqt, Xoʻrsinib qoʻyaman koʻksimga urib. Oʻpardim otamning oyoqlarini, Xizmatini qilar edim yugurib. Sezmay xam qolibman oʻtgan umrni, Kechagina Otam edi baquvvat. Koʻrib koʻzlarimdan oqayapti yosh, Oqargan sochlar-u, egilgan qomat... Kimga aytay arzim eshitadi kim? Dod dedim, atrofim suv quygandek jim... Arzirli bir oʻgʻil bo'la olmagan, Nafratlandim bugun oʻzimdan oʻzim. "Qariyapman" demang sizdan iltimos, Ota - siz bizlarga bosh boʻlib yuring. Koʻzlari koʻr boʻlgan mendek nodonni, Kechira olsangiz kechirib qoʻying... ✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
نمایش همه...
👍 10😢 5👏 4 3🔥 3
Bizdan soʻrasangiz... Bahorning oʻrnini egallab qishlar, Orqadan-orqaga ketadi ishlar, Ado boʻlmaydi hech gʻamlar, tashvishlar, Lekin soʻrasangiz doim yaxshimiz. Bosib oʻtdik qarang, anchagina yoʻl, Uzatay desangiz yetmaydida qoʻl, Dengizni qumsaymiz atrofimiz choʻl, Ammo soʻrasangiz doim yaxshimiz. Bizning bogʻlarda ham unsin deymiz gul, Bazida umidlar boʻladi bir pul, Omadsizlik ezib qoʻyadi butkul, Mudom soʻrasangiz doim yaxshimiz. Bandamizda axir qilolmaymiz arz, Faqat yaratgandan bir jonimiz qarz, Shukrona aytmoqlik fazilat, bir farz, Bizdan soʻrasangiz doim yaxshimiz. ✍ ALIJON YOʻLDOSHEV
نمایش همه...
👍 6 6👏 5🔥 4❤‍🔥 2
00:33
Video unavailableShow in Telegram
👍 7 6🥰 4👏 4
00:21
Video unavailableShow in Telegram
🎊💐🌙RAMAZON MUBORAK!!!✨💐🌙
نمایش همه...
11🕊 8❤‍🔥 3👍 1