fa
Feedback
"Birgalikda yuksalamiz"

"Birgalikda yuksalamiz"

رفتن به کانال در Telegram

Facebook. https://www.facebook.com/profile.php?id=100086462423067 Assalomu alaykum aziz ota-onalar,oʻquvchilar bu kanal Beshariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab yangiliklari va eʼlonlari uchun moʻljallangan. Murojat uchun: @DNasriddinova

نمایش بیشتر
1 085
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-127 روز
-2930 روز
آرشیو پست ها
Тестдан озод этилган абитуриентларга рухсатнома берилмайди Барча фанлардан миллий сертификатга эга бўлиб, тест синовидан озод
Тестдан озод этилган абитуриентларга рухсатнома берилмайди Барча фанлардан миллий сертификатга эга бўлиб, тест синовидан озод этилган абитуриентларга «Абитуриент рухсатномаси» шакллантирилмайди. Улар тест синовларида иштирок этмайди ва тест ўтказиладиган ҳудудга бориши талаб этилмайди. 👉 https://kun.uz/kr/60743626 Kun.uz расмий канали

Энг муҳими - ўқишга кириш! Грантга кирган абитуриент келаси йил контрактга тушиши, ёки контрактга кирганда келаси йил грантга ўтишиям мумкин! Абитуриентларга юбориб қўйинг! #qabul2026 #abituriyent Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi 👈

⚡Тезкор хабар: Абитуриентларга рухсатномалар бериш бошланди Рухсатномани my.uzbmb.uz сайтидаги шахсий кабинетдан юклаб олиш м
Тезкор хабар: Абитуриентларга рухсатномалар бериш бошланди Рухсатномани my.uzbmb.uz сайтидаги шахсий кабинетдан юклаб олиш мумкин. «6-Фанлар мажмуаси» деган саҳифанинг юқорисида «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» деган ёзув пайдо бўлган.
Ёки шахсий кабинетга кирмасдан, шунчаки my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow саҳифаси орқали паспорт серияси ва рақами ҳамда ЖШШИР рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин. Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим. Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди!
👉 Vodiy1.uzга уланиш учун   https://t.me/Vodiy1uzofficial.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

Алифбодаги ўзгаришлар: Gʻ gʻ → Ğ ğ Oʻ oʻ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç ng ҳарфи эса алифбодан олиб ташланди. Ўзгаришлар кучга
Алифбодаги ўзгаришлар: Gʻ gʻ → Ğ ğ Oʻ oʻ → Ö ö Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç ç ng ҳарфи эса алифбодан олиб ташланди. Ўзгаришлар кучга кириши учун қонун Сенат томонидан маъқулланиб, президент томонидан имзоланиши керак бўлади. Kun.uz расмий канали

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun
+3
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar #Mirziyoyev #Yoshlar #30iyun

Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ti
+6
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi.
🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar

❗️ОЛИЙ ТАЪЛИМДА 20 ДАН ОРТИҚ ЯНГИ ЙЎНАЛИШ ТАСДИҚЛАНДИ Энди бакалавриат ва магистратура босқичларида 20 дан ортиқ янги таълим
❗️ОЛИЙ ТАЪЛИМДА 20 ДАН ОРТИҚ ЯНГИ ЙЎНАЛИШ ТАСДИҚЛАНДИ Энди бакалавриат ва магистратура босқичларида 20 дан ортиқ янги таълим йўналиши очилади. Бакалавриатда — дронлар, мобил робототехника, яшил иқтисодиёт, қайта тикланувчи энергия, экотуризм каби йўналишлар. Магистратурада — халқаро энергетик сиёсат, сув дипломатияси, барқарор молия, урбанистика, экология ҳуқуқи ва бошқа замонавий мутахассисликлар. 🇺🇿ТОШКЕНТДА БИТТА БЎЛГАН 1 МИЛЛИОНЛИК КАНАЛ👇🏼 https://t.me/+6Kq_uxh2KYUzMjhi

​​📥 @SavedInstaBot orqali yuklab olindi

📚 KITOBXONLIK TANLOVI 📚 Aziz kitobsevarlar! Sizlarni kitob mutolaasi va bilim sinoviga chorlaymiz. Tanlov quyidagi yo‘nalis
+4
📚 KITOBXONLIK TANLOVI 📚 Aziz kitobsevarlar! Sizlarni kitob mutolaasi va bilim sinoviga chorlaymiz. Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
🧒 7–14 yosh 📖 1-kitob: «Besh bolali yigitcha» — Xudoyberdi To'xtaboyev 🕐 Test sanasi: 29.06.2026 | 20:00–20:20 🧑‍🎓 15–19 yosh 📖 1-kitob: «Ota» — Ulug'bek Hamdam 🕐 Test sanasi: 30.06.2026 | 20:00–20:20 🧑 20–30 yosh 📖 1-kitob: «Otamdan qolgan dalalar» — Tog'ay Murod 🕐 Test sanasi: 01.07.2026 | 20:00–20:20 👩 Kitobxon ona 📖 1-kitob: «Yo'qotganlarim va topganlarim» — Said Ahmad 🕐 Test sanasi: 03.07.2026 | 20:00–20:20 👨 Kitobxon ota 📖 1-kitob: «O'tkan kunlar» — Abdulla Qodiriy 🕐 Test sanasi: 02.07.2026 | 20:00–20:20
📌 Tanlov qoidalari: ✅ Har bir bosqichda 20 ta test savoli ✅ Har bir savol uchun 1 minut vaqt ✅ Testni bot orqali boshlaysiz ⚡️Muhim: • Bitta telefon raqam orqali faqat bitta ishtirokchi qatnashishi mumkin • Test natijalari bot orqali avtomatik hisoblanadi • Ballar teng bo‘lsa, testni tezroq ishlagan ishtirokchi yuqori o‘rinni egallaydi 📲 Ro‘yxatdan o‘tish va test o'tkaziladi: @kitobxonlar_tanlovi_bot 📚 Bilimingizni sinab ko‘ring va g‘olib bo‘ling! Barchangizga omad tilaymiz! ✨ Bizga obuna bo'ling: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Youtube 📱 Facebook

📚 Diqqat! Farg’onada yangi loyiha - kitobxonlik tanlovlariga start beriladi! 2026-yil 29-iyundan 29-avgustga qadar “Kitobxon yoshlar”, “Kitobxon ota” va “Kitobxon ona” onlayn tanlovlari o‘tkaziladi.
“Kitobxon yoshlar” 3 toifadagi yoshlar o’rtasida o’tkaziladi: 7-14 yosh toifasi — dushanba kunlari; 15-19 yosh toifasi — seshanba kunlari; 20-30 yosh toifasi — chorshanba kunlari. 📖 “Kitobxon ota” tanlovida barcha yoshdagi otalar (payshanba kunlari); 📖 “Kitobxon ona” tanlovida barcha yoshdagi onalar (juma kunlari) ishtirok etishi mumkin. Tanlovlar e’lon qilingan adabiyotlar asosida onlayn test shaklida tashkil etiladi. Tanlovda ishtirok etish, test o‘tkazish vaqtlari hamda boshqa muhim ma’lumotlar bizning @farnews_uz telegram kanalimizda muntazam e’lon qilib boriladi.
Siz tanlovda ishtirok etish uchun hozirning o’zida @kitobxonlar_tanlovi_bot orqali ro’yxatdan o’ting. Tanlov kuni belgilangan vaqtda ushbu bot orqali kirib, o’z bilimingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Prezident_maktabi_madhiyasi.mp32.38 MB

❗️SAT сертификати билан қўшимча давлат гранти олиш тартиби белгиланди ✅ Агар SAT натижангиз 1200 ёки ундан юқори бўлса, «Математика» (3.1) ва «Чет тили» (2.1) фанлари мажмуаси бўлган кундузги бакалавриат йўналишларида қўшимча давлат гранти учун ҳам танловда иштирок эта оласиз. 📌 Қўшимча грантлар сони асосий қабул квотасининг 50 фоизи миқдорида ажратилади. Мисоллар: • 20 та квота → 10 та қўшимча грант • 40 та квота → 20 та қўшимча грант • 15 та квота → 8 та қўшимча грант • 21 та квота → 11 та қўшимча грант ⚠️ Агар ҳисоб-китобда каср сон чиқса, юқорига яхлитланади. 📍 Ушбу тартиб фақат: 🔹 кундузги таълим шаклига; 🔹 «Математика» ва «Чет тили» фанлари мажмуасига эга йўналишларга; 🔹 SAT натижаси 1200+ бўлган абитуриентларга татбиқ этилади #Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi

❗️Абитуриентлар сони 600.00 нафарга қараб кетмоқда! Қабул тугашига 3 кун қолди! 23-июн куни соат 08:26 ҳолатига кўра давлат о
❗️Абитуриентлар сони 600.00 нафарга қараб кетмоқда! Қабул тугашига 3 кун қолди! 23-июн куни соат 08:26 ҳолатига кўра давлат олий ва касбий таълим ташкилотларига қабул учун жами 558 694 нафар абитуриент онлайн рўйхатдан ўтди (батафсил юқоридаги инфографикада). Эслатма: Онлайн рўйхатдан ўтишнинг 1-босқичи 25-июнга қадар (шу куни ҳам) давом этади.
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #abituriyent
Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi

Assalamu alaykum hurmatli tengdoshlarim, maktabdoshlarim, qadrli ustozlarim. Ushbu post bilan toʻliq anglatib bera olmasam ham, hammangizga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Oʻquv yilining soʻnggida sogʻligʻimdagi muammo tufayli darslarda qatnasha olmagan paytimda ortda qolmasligim uchun, har jihatdan menga qulaylik yaratishga yordam bergan oʻrtoqlarimga, ustozlarimga alohida tashakkur aytaman. Rizqim qoʻshilgan ekan, ustozlarim bergan bilim ortidan “Study in Beijing” dasturi orqali Xitoy davlatiga 100% harajatlari qoplangan 6 kunlik sayohat qilish nasib qildi. Men bu orqali dunyoning 7 moʻjizalaridan birini koʻrishga, dunyoning eng rivojlangan davlatining tabiatidan, manzaralaridan, ajoyibotlaridan bahramand boʻlishga musharraf boʻldim. Sayohat davomida, tushinib yetganim, har qanday holatimizda ham harakatdan toʻxtamasligimiz — bizning eng katta yutugʻimiz ekan. Hayotimizni albatta, sayohatlar bilan bezashimiz, Alloh yaratgan jamiiyki moʻjizalardan xulosa olishimiz kerak ekan. Taassurotlarim a'lo, oʻqishdagi qiyinchiliklarim, bedor tunlarim-u, bormagan bayramlarimni hammasini unutishimga birgina sayohat yetarli boʻldi. Keyingilaridan ham maksimal manfaat olish nasib qilsin. Hammamizning oʻqish yoʻllarimiz ravon boʻlsin. Ustozlarimga yana bir bor tashakkur. Hurmat bilan, 10-"Green" sinf bitiruvchisi Nu'monova Kamola.

photo content

📝 IMTIHONGA 2 KUN QOLDI 25-IYUN. Payshanba. Prezident maktabi 1-bosqich SARALASH imtihoni — 28-29-30-IYUN. Yakshanba, Dushanba va Seshanba kunlari Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — 3-4 IYUL. Juma - Shanba kunlari Tayanch Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — 17-IYUL. Juma. Prezident maktabi ASOSIY BOSQICH imtihoni bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik ko'rayotganlar izohlarga yozingchi. Tayyorgarlik qalay -? @piimaolympiad_edu @piimaolympiad_edu @piimaolympiad_edu

📝 IMTIHONGA 2 KUN QOLDI 25-IYUN. Payshanba. Prezident maktabi 1-bosqich SARALASH imtihoni — 28-29-30-IYUN. Yakshanba, Dushanba va Seshanba kunlari Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — 3-4 IYUL. Juma - Shanba kunlari Tayanch Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — 17-IYUL. Juma. Prezident maktabi ASOSIY BOSQICH imtihoni bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik ko'rayotganlar izohlarga yozingchi. Tayyorgarlik qalay -? @piimaolympiad_edu @piimaolympiad_edu @piimaolympiad_edu

📢 TALABGORLAR DIQQATIGA! Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xaba
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA! Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda. Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing: ✅ Imtihon topshiriladigan maktab turi; ✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari; ✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili; ✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti. ‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.
🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor